4. Matnda hamma narsa o‘zaro bog‘langan, hattoki murakkab sintaktik butunlik va undagi alohida gaplar ham. Jumlalararo aloqaning turli vositalari mavjud. Asosiylarini sanab o‘tamiz:
vaqtli aloqa (matnda yagona vaqt makoni mavjudligi). Vaqtdagi birgalik grammatik va leksik ifodalanadi: 1961yilda, avval-keyin; ertalab–kechqurun va b.. vaqtning grammatik birligiga alohida e’tibor bering. Vaqtni almashtirish doim o‘rinli bo‘lishi kerak. Maktabdagi insholarda eng ko‘p uchraydigan xatolik hozirgi zamondan o‘tgan zamonga asossiz o‘tib ketishdir: Kecha birinchi kanal bo‘yicha mening sevimli filmom «Krepkiy oreshek» namoyish qilindi. Men uni yettinchi marta ko‘rmoqdaman;
makonli aloqa (shahrimizda,u yerda,bu yerda va b.);
so‘zlar tartibi.
Yozma hikoya matnida gaplar, odatda, mavzudan, xabar predmetidan, biron-bir tanish narsadan (avvalgi hikoyadan) yoki mazmun jihatidan kamroq ahamiyatga ega narsadan boshlanadi. Gap yakunida, odatda, gap yangi, ushbu kontekst va vaziyatda ahamiyatliroq bo‘lgan axborot beriladi. Tanish va yangi, kamroq va ko‘proqqa bo‘lish butun matnga bog‘liq. Eng keng tarqalgan so‘zlar tartibi. Yangi, ahamiyatli va avvalgi gapni oxirida kelgan axborot keyingi gapda tanish, kamroq ahamiyatga ega bo‘lib qoladi va shuning uchun boshiga ko‘chib o‘tadi.
Fikr bildirish orqali berilgan axborot tushunarli bo‘lishi uchun gap ikki qismdan iborat bo‘lishi kerak. Birinchi qism «berilgan» deb ataladi; u tanish dalillarni o‘z ichiga oladi va odatda gapning boshida keladi. Ikkinchi qism «yangi» deb ataladi, tanish bo‘lmagan axborotdan iborat bo‘ladi. «Yangi» keyingi gapda «berilgan» bo‘lib qoladi, undan keyin navbatdagi «yangi» keladi.
Aloqaning mantiqiy vositalariga qo‘yidagilar kiradi: fikrlar, voqealar, dalillarni bayon qilishda ketma-ketlik: Jenщina poshla domoy, posadila yachmennoye zerno v tsvetochnыy gorshok, iz nego vыros bolshoy chudesnыy tsvetok vrode tyulpana (G. -X. Andersenu;
sabab-oqibat va shart-oqibat aloqalariga rioya qilish (so‘zlarni qo‘llash: shuning uchun, natijada, demak, shu bilan bog‘liq, shu bilan birga va b.),
fikr bildirish tartibini tashkil qiluvchi kirish so‘zlarni qo‘llash (masalan, birinchidan, ikkinchidan, bir tomondan, boshqa tomondan, bundan tashqari,umuman olganda),
yakunlovchi so‘zlarni qo‘llash(nihoyat, shunday qilib, oxirida, yakun yasaymiz).