Strategik komanda – kelajakka yo`nalgan maqsad va vazifalarni belgilash uchun tashkil etilib, mazkur komanda rahbar, uning muovinlari, yordamchilari va tashkilotdagi malakali mutaxassislardan iborat bo`ladi. Bundan tashqari komandaga ekspert sifatida chetdan mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin. Bunday komandalar muhim tadbir yoki korxona kelajagini rejalashtirish bo`yicha tashkillashtiriladi.
Stresslarni boshqarish– rahbarning bosim o`tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o`zini qo`lga ola bilish xususiyati.
Tashabbuskorlik – rahbardagi tegishli ko`rsatmalar olish yoki kuchli zarurat tug`ilgunga qadar nima qilish kerakligini ko`ra olish qobiliyati.
Tashkilot ichidagi kar’yera– xodimning bir tashkilot doirasidagi rivojlanish bosqichlarining izchillik bilan almashinib borishi va harakat trayektoriyasi bilan bog`liq o`sishi.
Texnika sohasidagi kompetentsiya – rahbarning texnika sohasidagi chuqur bilim va ko`nikmalarini ko`rsata olish qobiliyati.
Texnologik yondashuv – bu tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan nati-jalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko`rsatmali tuzilma.
Tushuntiruvchi fikrlash– rahbardagi yaxlit, mavhum va nazariy fikrlash yordamida samarali yechimni topa bilish qobiliyati.
Uslubiy kompetentsiya – rahbarning bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko`nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma`lumotlar, topshiriqlarni tez, to`g`ri va tushunarli tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.
Vazifa– maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi.
Vertikal kar’yera – lavozimda o`sish.
Vijdonlilik – rahbardagi o`zining va o`zganing ishi to`liq bajarilgani, ma`lumotlar esa tekshirilganiga ishonch hosil qilish, taqdimot (prezentatsiya) va konferentsiyalarga qattiq tayyorgarlik ko`rish, boshqa hamkasblar bilan birgalikda shartnomalar hamda majburiyatlar to`liq bajarilayotganini kuzatib borish kompetentsiyasi.
Xayrixohlik– rahbarning ustunlikka intilmaslik, o`z hissiyotini nazorat etish, ma`lumotni e`tiroz bildirmay qabul qilish, salbiy hisning yo`qligi, optimal nutq tempi.