4- Modul. SCADA sistemasi va uning tuzilishi
10-mavzu. SCADA sistemasi. SCADA sistemalari to„g„risida umumiy ma‟lumot.
Rеja:
1.
SCADA sistemasini ishlatilish sohalari
2.
SCADA tizimlariga qo`yidagigan asosiy talablar qoʻyiladi:
Tayanch so‟z va iboralar: SCADA, tizim, dispetcher, ERP tizimi, MES, PLC, integratsiyalashgan
boshqaruv, ob‘yekt, ruxsatsiz foydalanish, mnemosxema.
Xozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalari, elektr stantsiyasi, offis markazlari - har qanday sanoat
korxonalari oʻnlab kishilarni doimiy va hushyor nazorat ostida uzliksiz ishlashini taʻminlab kelmoqda. Ushbu
obʻektni muammosiz va toʻgʻri ishlashini taʻminlaydigan kompyuterlar va maʻlumotlarni nazorat qilish uchun
minglab sensorlar va yuzlab nazorat signallari mavjud. Bu uzluksiz axborot oqimini zamonaviy
avtomatlashtirilgan kompyuterlar nazorat qilish tizimlarini qurishga olib keladi.
SCADA – Supervisory Control And Data Acquisition – bu, Tezkor dispetcherlik boshqaruvi va
maʻlumotlarni yigʻish tizimi hisoblanadi. Bu tizim inson va nazorat qilish tizimi oʻrtasida interfeyslarni taqdim
etib, xozirgi kun talabi boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ajralmas qismi
hisoblanib kelmoqda.
Zamonaviy avtomatlashtirilgan boshhqarish tizimlari koʻpincha korxonani integrallashgan boshqaruv
tizimlari bir qismiga kiradi. Korxonani integrallashgan boshqaruv tizimlariga quydagilar kiradi:
ERP- tizimlari (Enterprise Resource Planning) – korxonaning resurslarini rejalashtirish;
MES- tizimlari (Manufacturing Execution Systems) – Korxonanai ijro intizomi tizimi;
SCADA (Supervisory Control And Data Acquisition) – Tezkor dispetcherlik boshqaruvi va
maʻlumotlarni yigʻish tizimi;
Dostları ilə paylaş: |