4- sinf oqish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari o'qish. Mundarija kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari ishlar


Savod o`rgatish davri sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilar savodxonligini oshirishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlardan foydalanish



Yüklə 45,78 Kb.
səhifə5/6
tarix25.10.2023
ölçüsü45,78 Kb.
#161301
1   2   3   4   5   6
4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...

2.2 Savod o`rgatish davri sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilar savodxonligini oshirishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlardan foydalanish.
Sinfdan tashqari o`qish samaradorligini oshirishda tanlanadigan kitob va asarlar g`oyasiga e’tibor berish, o`qish texnikasi hamda qayta hikoyalash jarayonida o`qituvchining shaxsiy namunasi muhim o`rin tutadi. Shuning uchun o`qituvchi tayyorgarlik paytida o`qib beriladigan asarni bir necha marta takror o`qib chiqishi , ayrim o`rinlarini yod olishi va mashg`ulotning aniq planini ishlab chiqishi zarur.
Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotining boshlanish qismida o`quvchilar diqqatini to`plash maqsadida shunday murojaat qilinadi:
- Bolalar , bugun ajoyib bir kitobcha olib keldim. Bunda (o`qituvchi kitobni ko`rsatadi ) juda qiziq ertaklar bor. Mana shu ertaklardan o`qib beraman. Mazmunini yaxshilab tushunish uchun e’tibor berib eshitib o`tirasiz. Eshiting…
O`qituvchi ertakni shoshilmay , muhim o`rinlarini takrorlab va ovozini ertak qahramonlari xarakteriga moslab o`qiydi. Ertak o`qiganidan keyin uning mazmunini ochish va o`quvchilar tushunchasini kengaytirish maqsadida savol - javob o`tkaziladi.
Ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha soda savollar berish mumkin:
- Ertak sizga yoqdimi? Bu ertak nima haqida ekan? Shu ertakni kim eshitgan edi? Qayerda va kimdan eshitgan edi? Ertak qanday so`zlar bilan boshlangan? Bu ertakni boshqacharoq qilib qanday nomlash mumkin?...
Dastlabki paytlarda o`quvchilar javob qaytarishda qiynaladilar. Ular qisqa yoki bir so`z bilan javob qaytarishlari mumkin. Bunday holatda o`qituvchining o`zi yordam berishi lozim.
Savol-javoblardan keyin kitob birgalikda ko`rib chiqiladi. Kitob bilan dastlabki tanishtirishda uni o`qituvchi hamma o`quvchilarga ko`rinadigan qilib, ko`krak balandligida ushlaydi. Dastlab o`quvchilarning diqqati kitobning muqovasiga jalb qilinadi. Muqovadagi rasmlar va undagi yozuv (kitob nomi va avtori) ko`rsatilib , qisqacha tushuncha beriladi. Agar o`quvchilar shu avtorning biror kitobi bilan oldindan tanish bo`lsalar , uni eslaydilar. Muqovadagi rasmda nimalar tasvirlangan bo`lsa , u haqidagi tasavvur-tushunchalarini aytadilar, kitob nomini o`qishga harakat qiladilar. (Bu vaqtda hamma harflar o`rganilmagan, lekin maktabgacha tayyorgarligi yaxshi bo`lgan ayrim o`quvchilar uni o`qishlari ham mumkin .
O`qituvchi kitobni asta –sekin varaqlab , har bir betdagi rasmlarga alohida to`xtab izoh beradi. Ko`rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan o`quvchilar fikri eshitilib , to`ldiriladi. O`quvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar o`quvchilarga o`qitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi. Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga ko`zlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin o`quvchilar asta – sekin bu ishga o`rganib va ko`nikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka-ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirig`i berilib, dars yakunlanadi.
Boshlang'ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashkari mashg’ulotlarga e'tiborni kuchaytirish bilan ham ta'lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo'shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya'ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg'otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to'ldirishdir. Huddi dars jarayonida bo'lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf rahbarining vazifasi mas'uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas'uliyat ulardan doimiy ravishta o'z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yo'naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy hususiyati, o'quvchi kundalik hayotining namoyon bo'lishidir. O'quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma'naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o'quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o'stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg'ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo'yadi. Ularning har biri o'zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko'rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o'quvchilar hayoti bilan ya'ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan kunlari bilan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 1-sentyabr, Kuz bayrami, Konstitusiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, Mashhur allomalarning tug'ilgan kunlari, 8-mart, Navro'z bayrami, gullar bayrami kabilar. 4. Sinfdan tashkari mashgulotlarga raxbarlik kilishda milliy kadriyatlar ta'siri vositasida ba'zi ukuvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bar-taraf kilib borish;
5. Boshlangich sinf ukuvchilari bunday tadbirlarda zur ishtiyok bilan kat-nashadilar. Ba'zan xamma ukuvchilar xam birdek talabga javob bera olmay-dilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda xar-bir boshlangich sinf ukituv-chisi eng avvalo, tashkil kilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chukur urganishi, uning natijalariga jiddiy e'tibor berishi va bu bilan ukuvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etishga intilmogi, Vatanga e'tikod, milliy gurur, Vatan ravnaki uchun xizmat kilish, kolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yullarini izlamogi lozim.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari tarbiyaviy faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda isbotlash maqsadida turli ertaliklarni, kechalarni, bellashuvlarni o'tkazish maqsadga muvofiq.
Buning uchun, avvalo o'tkazilayotgan tadbir haqida bolalarda tushuncha xosil kilish, Vatan xakidagi she'rlarni yod oldirish, ukuvchilarning uzlari chizgan suratlar namoyishini tashkil qilish, ko'rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik kuriladi.
Milliy bayramlarimizni boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan birga-likda nishonlash, avvalo o'quvchilarda ona-Vatanga, tabiat va jonzotlarga nisbatan mehr-muhabbat, g'urur va iftixor hissini tarbiyalaydi. Bu kabi tarbiyaviy ishlarning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lo'gat boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlarini mustahkamlanadi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'quvchilar birdamlikka, jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasiga ega bo'ladilar.
Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiyalab borishda ertaliklarning o'z o'rni bor.
Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega bo'lgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik ko'rishning o'ziyoq bolalarda qiziqishni uyg'otadi. Bolalar ertalik munosabati bilan she'r, qo'shiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.
Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o'tkazishga kam e'tibor beriladi, ba'zi sinflarda umuman o'tkazilmasligi ayon bo'ldi.
Ertaliklar quyidagi tartibda o'tkazilsa, yaxshi natija beradi.
- ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to'plash;
- ertalikning dasturini rejalashtirish;
- ertalikka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish;
- ertalik o'tkaziladigan joyni aniqlash va bezash;
- ertalikni muvaffaqiyatli o'tkazish va qatnashchilarni rag'batlantirish.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan «Navro'z bayrami», «Mehrjon bayrami», «Gullar bayrami ertaligi», «Alifbo ertaliklari», “Oltin kuz” va boshйa ertaliklarni uyushtirish mumkin.
Shuningdek, Navro'z bayrami xalqimizning eng qadimiy qadriyatlaridan biridir. Uni necha ming asrlardan buyon ajdodlarimiz nishonlab kelishadi. Navro'z kelishi bilan tabiat uyg'ona boshlaydi. Bu kun tabiatning o'zidan kelib chiqqan holda, kun va tun tenglashuvi, kunlarning uzayishi, dalalarda ishlarning avj olishi bilan, tabiatning uyg'onishi va yashillanishi bilan boshlanadigan xalq bayramidir. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha shahar va qishloйlarida, korxona-yu, tashkilotlarida, maktabu-bog'chalarida “Navro'z” bayramiga bag'ishlangan sayillar, tadbirlar, namoyishlar, bellashuv va ko'rik-tanlovlar o'tkaziladi.
Boshlang'ich sinflarda bu ishlarning davomi sifatida «Navro'z bayrami» ertaligini tashkil qilish mumkin. Bu borada boshlangich sinf o’qituvchilari “Navro’z”, “Bahor” haqidagi she'rlarni ifodali o’qib berib, o'quvchilarni bahor kelganidan ogoh etishi va bu tadbirga ularni jalb etishlari mumkin. Ertalikda barcha o’quvchilarni ishtirok etishini ta'minlash lozim. Shuningdek, musiqa o'qituvchisi yordamida bolalarga Navro’, Bahor, Vatan, Tabiat haqidagi alohida va guruh ishtirokida aytiladigan ashulalar o'rgatiladi. Mana shu tantanaga tayyorgarlik ko'rishning o'ziyoq bolalarga benihoya zavq-shavq bag'ishlaydi. O'qituvchining bayramga atab devoriy gazeta chiqarishi, unda bahor, tabiatning tasvirlanishi ham bolalarda ko'tarinki kayfiyatni hosil qiladi. Biz yuqorida aytganimizdek, ertalik munosabati bilan bolalarning she'r yodlashi, qo’shiq va raqslarni, bahor, tabiat, hayvonlar to’g’risidagi topishmoq, tez aytishni o’rganishlari ertalikni qiziqarli, ta'sirchan o’tishiga katta yordam beradi. Ertalik mazmunini boyitadigan obrazlar: Navro’zoy, Dehqonbobo, Gullar, Bahoroy, Quyosh bobo, hayvonlardan: Ayiqpolvon, Quyoncha, Olmaxon, qushlarning ishtiroki bayramga yanada ko’rk bag’ishlab bolalarning qiziqishini yanada oshiradi.
Ertalikka ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif qilinadi. Bu ertalik, ya'ni, «Navro'z» bayrami ertaligi orqali o'quvchilar yurtimiz tabiati, undagi bahor munosabati bilan bo'ladigan tabiat hodisalari, kattalar mehnati xaqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Qolaversa, bu ertalik orqali bolalar ona-tabiatni asrashga, jonvorlarga ozor bermaslikka, tevarak-atrofni ifloslantirmaslikka, daraxt va ko'chatlarni ko'paytirish ishlariga o'z hissalarini qushishda katnashadilar. Shu bilan birga o’quvchilar bu ertalik orqali, «Navro’z» bayrami xalqimizning e'zozlab keladigan qadriyatlaridan biri ekanligini anglab etadilar.

Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchlar savodxonligini oshirishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlardan foydalanish



Zamonaviy ta'lim sharoitida yangi pedagogik va axborot texnologiya ishlarini qo'llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashda didaktik ta'limotni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Didaktik vosita nima? Bu savolga javob berish uchun biz avvalo «vosita» so'zining ma'nosini esga olaylik. Yuqorida aytib o'tganimizdek biror bir ishni sifatli va samarali amalga oshirishimiz uchun biz albatta tegishli vositalardan foydalanamiz. Masalan, tuproqqa ishlov berishda, uni yumshatish vositalari, bular tuvakdagi gul uchun kichik yumshatgich belkurakchalar bo'lsa, bog'dagi tuproqqa ishlov berishda ketmon va belkuraklardan, bir necha gektarlik ekinzor dalalarga esa traktorlardan foydalanamiz. Endi tasavvur qiling, agar vosita bo'lmasa ushbu ishlarni amalga oshirish qanchalik qiyin bo'lardi, hatto ba'zilarini amalga oshirish imkoni ham bo'lmasdi. Xuddi shu kabi mahsulot tayyorlashda dastgohlardan, yuk tashishda transportlardan, ommaga axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalaridan va h.k. foydalanamiz. Xuddi shuningdek ta'lim berishda esa didaktik vositalardan foydalanamiz. Pedagogika kursidan bizga ma'lum bo'lgan didaktika, ya'ni grekcha «didaktos» so'zidan olingan bo'lib, ta'lim bermoq yoki ta'lim nazariyasi degan ma'noni anglatishini esga olishning o'zi kifoya. Didaktik vositalar - bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto biz foydalanib yurgan vositalar bo'lishi mumkin. Ya'ni ularning hammasi ham aynan ta'lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo'lishi shart emas. Shu jihatdan olganda didaktik vositalardan foydalanishni o'rganish osonroq. Faqat qo'llanilayotgan vositaning didaktik imkoniyatlarini aniqlab olish zarur. Masalan: televideniyeni olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo'llaniladigan maishiy texnik vosita bo'lsa, aholi orasida targ'ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta'limda ham keng foydalanayapmiz. Masalan, masofadan turib o'qitishda u didaktik vosita sifatida qo'llanilishi mumkin.
Didaktik vositalar o'quv jarayonida muhim o'rin tutadi. Chunki ular o'quv jarayonining asosiy tashkil etuvchi vositalaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar o'quv jarayonida o'qituvchilarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Didaktik vositalardan o'quv jarayonida quyidagilardan foydalaniladi:
- nazariy mashg'ulotlarda talabalarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir o'quv materiallarini tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilishda;
- amaliy mashg'ulotlarda talabalarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir malaka va ko'nikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, mashq qilishda;
- nazorat mashg'ulotlarida talabalarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va dasturlardan foydalanishda.
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o'tkazishda ham didaktik vositalarsiz ko'zlangan maqsadga erisha olmaymiz.
Endi bir tasavvur qilib ko'raylik, mashg'ulotda biror bir texnologik mashina yoki jihozning ishlash prinsipi to'g'risida o'qituvchi faqat og'zaki usul bilan qay darajada talabalarga ma'lumotlarni bera olardi. Agar bu ishda o'qituvchi shu texnologik mashina yoki jihozning prinsipial sxemasidan-mi, uning virtual, yoki aynan modelidan-mi, unga doir video materialdan-mi foydalansa, talabalarga uni tushunishlari, tasavvur qilishlari qay darajada oson bo'ladi. Bu ikki vaziyatni solishtirsak natija yaqqol sezilib turadi. Albatta ikkinchi vaziyatda samara yuqori bo'ladi. O'quv jarayonida olib boriladigan mashg'ulotlarda biz faqat og'zaki usul bilan tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o'quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma ko'rinishda, ovozli va tasviriy ko'rinishda, xajmiy va harakatli ko'rinishda, elektron va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olamiz. Buning uchun biz avvalo didaktik vositalarning klassifikasiyasi bilan tanishib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.
Didaktik vositalarning klassifikasiyasi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yo'nalishga ajratamiz. Bular didaktik materiallar, ulardan foydalanish uchun qo'llaniladigan didaktik vositalar, hamda didaktik materiallar va vositalar yordamida ta'limni amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. Har bir yo'nalish bo'yicha ularning tegishli turlari bor.
Biz bularning har biri bilan kelgusi ma'ruzalarda, tegishli mavzular orqali, chuqurroq tanishib olamiz. Hozir esa ular to'g'risida qisqacha boshlang'ich ma'lumotlarni beramiz. O'quv mashg'ulotlarida talabalarga beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib ko'rsatiladigan va shunga o'xshash barcha turdagi o'quv axborotlarini biz didaktik materiallar deymiz. Ularni qachon va qay maqsadda qo'llashimizga qarab ularni alohida guruhlarga ajratib chiqamiz (1-rasmga qarang).

1 – rasm. Didaktik vositalarning guruhlanishi.


Ushbu materiallarni qo'llashda va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, informasion texnologiyalar asosidagi materiallar va h.k.z.
O'z navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va didaktik imkoniyatlariga qarab sinflaymiz (1–rasmga qarang).
Shundan kelib chiqqan holda biz mashg'ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo'llaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg'ulot uchun tuzilgan didaktik vositalari majmuasi hisoblanadi (1–rasm).
Endi qisqacha didaktik vositalar to'g'risida mulohaza yuritsak. Har bir vazifani amalga oshirishda, yaxshi samaraga erishish uchun biz unga kompleks, ya'ni majmuiy yondoshishimiz maqsadga muvofiqdir. Shudan kelib chiqqan holda biz ham mashg'ulot davomida beriladigan o'quv axborotlarini majmua tuzgan holda bersak ishimiz ancha samarali kechadi.
Didaktik o'yinli darslar
Didaktik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferensiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O'qituvchi avval o'quvchilarni individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng, ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o'quvchilar didaktik o'yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'qituvchi didaktik o'yinli darslarni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

Didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi.

Muhim muammolarga bag'ishlanishi va ular o'yin davomida hal etishini.

Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.



Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o'yinli darslarning tavsifiga qisqacha to'xtalamiz.
Rolli o'yinlar
Zamonaviy ta'limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o'yinlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'quvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko'nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta'limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o'yinlar o'ziga xos o'rin tutadi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida qo'llash nihoyatda qulay bo'lgan bir qator o'yinli texnologiyalar yaratilgandir.
XULOSA
Оnа tili va o`qish savodxonligi bоshlаng’ich sinflаrdа аsоsiy o’quv prеdmеti hisоblаnаdi. Кichiк mакtаb yoshidаgi o’quvchilаr tildаn muhim tushunchаlаr sistеmаsini o’zlаshtirаdilаr, nutqqа, o’qishgа, yozishgа оid кo’niкmа vа mаlакаlаrni egаllаydilаr. Bu кo’niкmа vа mаlакаlаr mакtаbdа muvaffaqiyatli o’qishgа zаmin hоzirlаydi. Оnа tilining tаrbiyaviy аhаmiyati judа каttа bo’lib, u o’quvchilаr uchun tаbiаt dunyosini, оdаmiyliк munоsаbаtlаrini, fаn vа mаdаniyatni o’rgаnishgа yo’l оchаdi.Оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi mustаqil pеdаgоgik fаndir. Hоzirgi zаmоn o’qituvchisi hаr tоmоnlаmа кеng bilimli bo’lishi, ya`ni аdаbiy til nоrmаlаrini egаllаshi, bоshlаng’ich sinflаrdа оnа tilidаn оlib bоrilаdigаn ishlаr mаzmuni vа sistеmаsini, dаsturini yaхshi bilishi, оnа tili o’rgаtishning nаzаriy аsоslаrini vа tа`lim prinцiplаrini o’zlаshtirishi o’quv ishlаrining аsоsiy usullаrini оlishi vа uni o’z ish tаjribаsidа tаtbiq qilаоlishi, mеtоdiкаning fаn sifаtidа rivоjlаnishining аsоsiy yo’nаlishlаrini, кеyingi yillаrdа bоshlаng’ich tа`lim оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi sоhаsidа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаrni vа hаl qilinishi lоzim bo’lgаn muаmmоlаrni tushunib bоrishi lоzim. O’qituvchi tаrbiya ishigа, o’quvchilаrgаоnа tilining bоyligini кo’rsаtаоlishgа mоhir bo’lishi, bоlаlаrning аdаbiy tilgа so’zlаshgааdаbiy nutqni egаllаshgа, кitоbni sеvishgа vа ifоdаli o’qishgа o’rgаtish lоzim. Fаnning аsоsiy bo’limlаri vа ulаrdа o’rgаnilаdigаn muаmmоlаr.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini yanada takomilashtirish, til materialini chuqur o`rganish, o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olish uchun orfografik malaka va ko`nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, ona tili darslarida imloviy bilimlarni mustahkamlash ko`p jihatdan orfografik tahlillar bilan olib boriladi.

Yüklə 45,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin