4-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Kalloid kimyo tarixi



Yüklə 245,43 Kb.
tarix04.08.2023
ölçüsü245,43 Kb.
#138606
4-Amaliy mashgulot. Mavzu Kalloid kimyo tarixi

4-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Kalloid kimyo tarixi

Kolloid kimyo bir vaqtlar fizikaviy kimyoning bir bo’lagi bo’lgan bo’lib, keyingi vaqtlarda texnikaning har xil sohalarida kolloid sistemalar va kolloidkimyoviy jarayonlar katta ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun ham xalq xo’jaligining rivojlanishiga katta hissa qo’shib, mustaqil fan bo’lib chiqdi. Kolloid kimyo ikki yoki ko’p fazali sistemalarni o’rganadi. Shunga ko`ra kolloid kimyoga quyidagicha ta‘rif berilgan. Kolloid kimyo – bu yuqori molekulyar birikmalar va geterogen yuqori dispersli sistemalarning fizikaviy kimyosidir. Kolloid moddalar qadim zamonlardan beri inson tomonidan ishlatilib kelingan va olimlarning e‘tiborini jalb qilgan.

Asrlar davomida insoniyat tarixida kolloid sistemalar to’g’risida juda ko’p ma‘lumotlar to’plangan. Kolloid sistemalar xossalarini o’rganish uchun mahsus tadqiqot uslublari yaratilgan, masalan ultramikroskopiya, nefelometriya, ultrafiltratsiya, elektron mikroskopiya, osmometriya, viskozimetriya va boshqa tadqiqot metodlari yaratilgan. Kolloid-kimyoviy jarayonlar qadimgi markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Misr, Yunonistonda, Qadimgi Rimda qo’llanilib kelingan. O’sha davrlarda ovqat tayyorlashda, terini qayta ishlashda, to’qimalarni bo’yashda bu jarayonlar ishlatilgan. Bundan ming yillar ilgari yashab tadqiqot ishlari bilan shug’ullangan buyuk allomalar Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar, doridarmonlar tayyorlashda, kristallar xossalarini o’rganishda kolloid-kimyoviy jarayonlardan foydalanishga va bu uslublarni takomillashtirganlar. Sharq xalqlari, jumladan Markaziy Osiyo xalqlari masjid va madrasalar qurishda kolloid kimyoning amaliy tomonidan keng foydalanishgan. Ular gʼisht va toshlardan imorat devorlarini tiklashda zarur boʼlgan qumli loyga organik moddalar (tuxum va boshqa maydalangan organik moddalar) qo`shib juda pishiq imoratlar qurishgan

1752 yilda M.V. Lomonosov rangli shishalar ishlab chiqarishda, oltinning kolloid eritmasini tayyorlab ishlatgan. Rossiya olimlaridan T.Ye. Lovitsning 1789 yili faollantirilgan ko’mirning yutish xususiyatini aniqlashi, adsorbsiya hodisasini kashf etishi, A. Musinning 1797 yilda simob metalining suvdagi kolloid eritmasini hosil qilishi kolloid kimyoning har tomonlama rivojlanishiga yo’l ochib berdi

Franchesko Selmi 1817 yilda Vignolada tug'ilgan. 1840 yilda Modendagi kimyo laboratoriyasining boshlig'i va 1867 yilda Boloniya universitetida farmakologiya va toksikologiya kafedrasi professori bo'lgan. 1861 yildan boshlab ingliz kimyogari T. Grem qon, yelim, kraxmal va boshqa eritmalar xossalarini batafsil o’rganib, ularning yomon diffuziyalanishi, o’simlik hamda hayvon membranalaridan o’tmasligi, undagi moddalar kristallanmasdan amorf cho’kmaga tushini aniqladi. T. Grem moddalarning 7 suvdagi diffuziyasini tekshirib barcha moddalarni quyidagi ikki guruhga ajratgan. Birinchisi – qand, natriy xlorid, magniy sulfat kabi yaxshi kristallanadigan va katta tezlik bilan diffuziyalanadigan moddalar boʼlib, ikkinchisi – jelatin, tuxum oqsili va sut kabilar diffuziyalanadigan moddalardir. Grem quyidagi muhim xulosaga kelgan: yaxshi diffuziyalanadigan moddalar hayvon pufagi va oʼsimlik membranalaridan tez oʼtadi; ikkinchi guruhdagi moddalar esa, hayvon pufagi va membrana devorlarida ushlanib qoladi. Bunday moddalarni T. Grem lotincha «Colla» soʼzi asosida kolloidlar deb atagan. Birinchi guruhdagi moddalarga esa kristalloidlar nomini bergan.

  • Tomas Grem (1805 -1869) - Tomas Grem molekulyar hodisalar sohasidagi eng muhim kashfiyotlari bilan mashhur bo'lib, zamonaviy kolloid kimyo asoschilaridan biri hisoblanadi.
  • Shunday qilib T. Grem eritmalarni xususiyatlariga ko’ra ularni tashkil qilgan moddalarni ikkiga: kolloidlar va kristalloidlarga bo’ldi, T. Gremning kolloid kimyo sohasida qilgan ishlarini hisobga olib va birinchi bo’lib kolloid atamasini kiritganligi uchun uni shu fanning «otasi» deb ham atashadi.

Kolloid kimyoda tekshiriladigan obʼektlar prof. N.P. Peskov tomonidan 1930 yillarda taʼriflangan ikki belgi bilan tavsiflanadi. Ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir. Kolloid eritmalarning xossalari haqida toʼliqroq (umumiyroq) tasavvur ham N.P. Peskov tomonidan yaratilgan. U barcha kolloidlarni quyidagi ikki guruhga boʼladi: birinchi guruhga erituvchida oʼzoʼzicha dispers holatga oʼta oladigan moddalarni kiritdi. Аgar ana shunday sistemada koagullanish boʼlsa, koagulyantda juda koʼp erituvchi boʼladi. Ikkinchi guruhga dispersion muhitga nisbatan inert boʼlgan moddalar kiritildi. Qizigʼi shundaki, dastlab fan tarixida «kolloidlar» nomini olgan moddalar (yelim, oqsil, kraxmal) aslida yuqori molekulyar birikmalar (YuMB) ning haqiqiy eritmalari ekanligi maʼlum boʼldi. Ularning eritmalari «liofil kolloidlar» nomi bilan atalib keldi. Haqiqiy kolloid sistemalar esa «liofob kolloidlar» deb ataladigan boʼldi. D.I. Mendeleev kolloid kimyoni tabiat haqidagi bilimlarning porloq istiqbolga ega boʼlgan yangi tarmogʼi deb qaragan


Yüklə 245,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin