INTERSECT– bu operator ikki jadvalni taqqoslab ikkisida ham mavjud bo’lgan elementni chop etadi. Masalan A to’plamda 1, 2 va 3 ; B da esa 3, 4 va 5 bo’lsin. U holda:
SELECT * FROMA INTERSET SELECT *FROMB buyrug’ining natijasida 3 soni chop etiladi.
MINUS– birinchi jadvalda mavjud va ikkinchisida yo’q bo’lgan elementlarni chiqaradi. Yuqoridagi ifodada intersect o’rniga minusoperatorini yozsak, natijada ekranga 1 va 2 soni chiqariladi.
UNIONALL- (Bir nechta so'rovlarni bitta SQL-buyruqqa birlashtirish va shunga mos ravishda so'rovlar natijalarini birlashtirish uchun UNION kalit so'zidan foydalaniladi. UNION bilan qo'shilgan so'rovlar bir xil miqdordagi ustunlarni chiqarishi kerak va ustunlar ma'lumotlari turlari mos bo'lishi kerak. Natijalarni birlashtirishda takroriy satrlar avtomatik ravishda o'chiriladi; takroriy satrlarning o'chirilishining oldini olish uchun UNION so'zining o'rniga UNION ALL ifodasini ishlatiladi. Va nihoyat, bog'langan so'rov satrlarini ORDER BY jumlasi yordamida buyurtma qilish mumkin.
Ishni bajarish tartibi Intersect, Minus operatorlari MySQLda ishlamaydi. Shuning uchun bu laboratoriya ichini Open Server dasturida bajaramiz.
Zavod va kon xodimlari jadvallarini ko’ramiz;
So`rov: SELECT * FROM zavod_xodimlari; Natija:
9.4 – rasm. Zavod_xodimlari jadvalidagi ma’lumotlarni ko’rish
So`rov: SELECT *FROM kon_xodimlari; Natija:
9.5 – rasm. Kon_xodimlari jadvalidagi ma’lumotlarni ko’rish
2. Bu ikki jadvalni UNION yordamida birlashtiramiz.