4-amaliy mashg'ulot. MTMda tabiatshunoslikka oid ta'limiy o'yinlarni tashkil etish.
Reja:
O`yin va uning turlari
MTTda didaktik o`yinlarning ahamiyati
Turli yosh guruhlarda tabiat hodisalariga oid o`yinlarni tashkil etish
O`yinlardan namunalar yozib kelish
Turli yosh guruxlarda tabiat burchagini tashkil etish.
Tabiat burchagiga qo'yiladigan talablar.
Mayda sut emizuvchilar va ularni parvarishlash yollarini o'rgatish.
Tabiatshunoslikkadoirta’limiyo’yinlardanfoydalanishdaularningshakli,mazmunigakarabishlatishrejalashtiriladi.Tabiatshunoslikkaoidishlarnirejalashtirgandaharbiryoshguruxningxususiyatixisobgaolinib,ularningasosiyshakllaridanfoydalanilibtabiatbilantanishtirishuslublariasosidatuziladi.Tarbiyachibajarilganishnikundalikishrejasidaxisobgaolib boradi. Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, yangi sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlardan foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni faollashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol-bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Predmetli o‘yinlar - barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib qopcha», «Mevalar va ildizlar», «Bu butoqda kimning bolakaylari» va shu kabi o‘yinlardir. Bu o‘yinlar yordamida bolalar faol muloqotda bo‘ladigan predmetlarning xususiyat hamda belgilari haqidagi tasavvurlari aniqlanib, boyitiladi. Predmetli o‘yinlar, ayniqsa, kichik va o‘rta yosh guruhlarda keng qo‘llaniladi.
Predmetli o‘yinlar barcha yoshdagi guruhlarning biroz murakkablashtirilgan bilimlarini kengaytirish, tafakkurlarini kuchaytirish hamda harakatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Stol-bosma o‘yinlari - «Yilning to‘rt fasli», «Kichkintoylar», «Mevalar», «O‘simliklar», «Barglarni terib ol», «Juft rasmlar» va shu kabilardir. Bu o‘yinlar bolalarning o‘simliklar, hayvonlar, jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini o‘zlashtirish, aytilayotgan so‘zga qarab predmetni tasvirlash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O‘yin so‘z bilan birgalikda olib boriladi, so‘z yo rasm idrok etilishidan oldin keladi yoki o‘yin bilan uyg‘unlashib ketadi. Bunday o‘yinlar ozchilik bolalar bilan o‘tkaziladi. Og‘zaki o‘yinlar («U nima uchun uchadi, yuguradi, sakraydi», «Suvda, havoda, yerda», «Kerak-kerak emas» va shu kabilar) hech qanday jihoz talab qilinmasligi tufayli juda maqbuldir. Ular u yoki bu predmetlarning vazifalari hamda harakatlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, umumlashtirish va bir tizimga solish maqsadida o‘ynaladi. Bu o‘yinlar diqqatni, zehnni, qabul qilish tezligini, ravon nutqni rivojlantiradi.
3.Turli guruhlarda kuzatishlarni tashkil etish. Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi ko’rgazmali metod - kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish - tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo’nalgan va bevosita shu hodisalarning borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo’lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o’stirishda g’oyat katta ahamiyatga egadir. Bu haqda K.D. Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq to’g’ri mantiqiy
fikr yuritishdan iboratdir, to’g’ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko’rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi». Bolalarni tabiatdagi narsa vahodisalar bilan ma’lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi. Kuzata bilish - juda muhim xususiyat bo’lib, bunda bolada to’g’ri yoza bilish, og’zaki nutq malakalari rivojlanadi. Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o’zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o’rgatish zarur. Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishda narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqa va sabablarning bog’lanishlarini ilg’ab olishni bolalarga o’rgatishi kerak. Shunday qilib maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tafakkurlari tabiat haqidagi aniq bilimlarni to’plash orqali o’sadi. Kuzatishlar diqqatni jalb qilish yo’li bilangina olib borilishi mumkin. Kuzatish, ya’ni narsa va hodisalarga diqqatni maqsadga muvofiq holda jalb qilishga o’rgatish bilan biz ularda ixtiyoriy diqqatni ham o’stiramiz. Noto’g’ri tushunchalarni tuzatish yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalar maktabgacha ta’lim yoshidayoq, his qilish tajribalariga asoslangan holda, tabiat haqida to’g’ri tushunchalarga ega bo’lishlari juda muhimdir. Bolalarda tabiatga qiziqishni tarbiyalash zarur, chunki u sog’lom bo’lmagan faoliyatlarda ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, bolalar qo’ng’iz va kapalaklarni tutib olib, nima qilar ekan deb, ularning qanot va oyoqlarini uzib tashlaydilar. Yoki hayvonlarni, qushlarni qiynab, natijasi nima bo’lar ekan, deb qiziqadilar. Ularga tabiatning o’zaro bog’liqligini, ya’ni uning «oltin zanjir» ekanligini tushuntirish zarur.
1 Terrariumda yashovchilar qaysi javobda tо‘gri kо‘rsatilgan.
*toshbaqa, kaltakesak, baqaqurbaqa,
Olmaxon, yumronqoziq, baliq, baqa, kaltakesak
olmaxon, baqa-qurbaqa, kaltakesaklar
kaltakesak, toshbaqa, yumronqoziq
2.Kurgazmali metodlar guruhi namoyishi bu-
*rasmlar kurish,kinofilm,diafilm,diopozitiv «yilning turt fasli» uy xayvonlari»
badiy adabiyot,predmetli rasm
tabiat haqidagi rasmlarlar namoyish qilish
ilmiy hikoyalar о‘qib rasmlarini namoyishi
3. Ekologiya fanida eng kо‘p foydalaniladigan uslublar:
*Kuzatish
Taqqoslash
Eksperimental
Modellashtirish
4. Mehnat asboblari va ularga qо‘yilgan talablar
*bolalar yoshiga mos haqiqiy mehnat asboblari
bolalar yoshiga mosо‘yinlar asboblari qay tariqa bо‘lganda ham tushunarli bо‘lishi
barcha mehnat asboblaridan tо‘gri foydalanish
mehnat asboblaridan tо‘gri foydalanish
5. Tabiat burchagidagi hayvonlarni parvarish qilish uchun asboblar
*togorachalar, supurgi, chо‘tkalar, qirgichlar, tovoqlar, taxtacha, pichoq, qaychi,
taxtacha, pichoqchо‘tkalar, togorachalar, qaychi, klinkalatta,
chо‘tkacha, togoracha, qaychitayyoqcha,
chо‘tkacha, klinka, chо‘tkacha
Dostları ilə paylaş: |