Microsoft Office
tarkibiga kiruvchi dastur. Bu dastur
Microsoft Word
ilovasi deb ataladi. Agar Siz,
biror-bir algoritmik dasturlash tilida (masalan, Paskal tilida) birorta dastur ishlab
chiqqan bo’lsangiz, uni ishlashini kompyuterda amalga oshirsangiz u ilova dastur
hisoblanadi, uni nomiga “ilova” so’zi qo’shib ishlatiladi. Lekin, “ilova” so’zi
ko’proq turli operatsion tizimlarda ishlaydigan dasturiy mahsulotlarga nisbatan
ishlatilsa to’g’ri bo’ladi.
4.12-rasm.
Dasturlash axborot texnologiyalari ikkita yo’nalishga ajratilib ko’rsatiladi.
Bularning birinchisi, ilovalarni yaratish dasturiy vositalar bo’lib, turli hil operatsion
tizimlarida ishlatiladigan “Dasturiy ilovalarni tuzish uchun” (
RAD
– Rapid
Application Development) vositalar deb ataladi. Ular tarkibiga: dasturlash
tizimlari va turli xil dasturlash tillari bazasidan iborat bo’lgan uskunaviy ishlab
chiqarish muhiti kiradi.
Ikkinchisi,
CASE
- texnologiyalari deb ataladi (Computer Aided Software
Engineering, yoki
CASE
). Bu texnologiya dasturiy ta’minotini tuzishni kompyuterli
qo’llab-quvvatlovchi va murakkab axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirish
vositalarini o’zida mujassamlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |