4-B geografiya talabalari Otaxonov adham va matyakubov sardorlarning “oʻrta osiyo geografiyasi” fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: oʻrta osiyoning paxtachilik tarmogʻi
REJA:
1. Oʻrta Osiyoda paxtachilik tarmogʻini shakllanishi
2. Bugungi kundagi paxtachilik tarmogʻi
Markaziy Osiyo tabiiy sharoiti xilma-xil va tabiiy hamda mehnat resurslariga boy o`lka. Shular negizida regionda qishloq xo`jaligining yetakchi tarmoqlari o`simlikshunoslikda: paxtachilik va paxta majmuasi: donchilik, ayniqsa bug`doy, sholi, makkajuxori, arpa: mevachilik va uzumchilik, poliz va sabzavotchilik; chorvachilikda: qaramolchilik, qo`ychilik, yilqichilik, tuyachilik, parandachilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlar shakllangan va rivojlantirilgan. Respublikalarda deehqonchilikning tarkibi ham bir – birlaridan farqlanadi. Jumladan ,Qozog`iston, Qirg`izistonda donchilik muhim o`rinni egallaydi. O`zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda sug`orma dehqonchilik uning muhim tabiiy qismi paxtachilikning ahamiyati juda katta. Sobiq Ittifoq davrida qishloq xo`jalligi ishlab chiqarishni “markaz” boshqarar, natijada yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga chek qo`yilgan edi. Jumladan O`zbekistonda 1987 yilga kelib jami sug`oriladigan yerning (2.1mln.ga) 60% dan ko`prog`iga chigit ekilgan , paxta yakka hokimligi hukumronlik qildi. Bunday holatlar Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalar qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishga ham jalb qilingan edi. Sho’rolar davrida Tojikistonda yiliga 700 mingdan 900 ming tonnagacha yuqori sifatli paxta hosili olingan bo’lib, uning tola uzunligi eng sifatli va qimmatbaho hisoblangan. Hozir yiliga 250 ming tonnadan sal ko’proq paxta teriladi, sabab ekin maydonlari qisqarib ketdi, yerlar sho’rlanib yaroqsizlandi, yerga ishlov sust, mineral o’gitlar tanqis, Mustaqillik qishloq xo`jaligini yuritishning “markaz”lashgan shakliga chek qo`ydi. Regiondagi barcha respublikalar qishloq xo`jaligida chuqur islohatlarni amalga ohirish davri boshlandi. Qishloq xo`jaligiga bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o`tish, mulkni davlat ehtiyojidan chiqarish va xususiylashtirish, fermer, shirkat va boshqa xo`jalkiklar faoliyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish chora tadbirlarini ishlab chiqarishga katta e`tibor bermoqdalar. O‘zbekistonda 2020-yilda 1 million 34 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 million 82 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi, deya xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Bu 2019-yilda yetishtirilgan hosilga nisbatan 9 foizga ko‘p, biroq belgilangan yalpi hosilga nisbatan 99,4 foizni tashkil etadi. Dunyoning eng yirik paxta yetishtiruvchi o‘nta davlatidan biri bo‘lgan Turkmaniston 2023-yilda ekin maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bo‘shatilgan yer maydoni kartoshka va sabzavot yetishtirishni oshirishga yo‘naltiriladi. 2023-yilda Turkmanistonda Joriy yilda 580 ming gektar maydondan 1 million 250 ming tonna paxta yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan”, Markaziy Osiyo Respublikalarida qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga katta e`tabor qaratilmoqda va qishloq xo`jaligi tarmoqlari ishlab ciqarishni taraqqiy ettirish uchun sanoatni takomillashtirish va rivojlantirishga harakat qilmoqda. Chunki, qishloq xo`jaligiga eng avvalo sanoatning taraqqiyoti , fan va texnikaning taraqqiyoti bilan bog`liq. Shuningdek qishloq xo`jaligi tarmoq larini jadal taraqqiy ettirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar ajratishga, uning moddiy- texnika va ilmiy, bazasini yuqori darajada yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ko`rishmoqda.