Bugungi darsda o’tilgan mavzu yana bir bor eslatiladi, uyga vazifa tushuntiriladi va dars davomida qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirilib, baholanadi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:raqamlar,tartib son,matematik amallar Soatlar soni: 1 soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi:Sonlarni tartibini o’rganish va ular ustida amallar bajara olish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: Bahs-munozara,blits so’rov,”Aqliy hujum ”usuli, taqdimot, tushuntirish, savol - javob. Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun. Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar. Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi. Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsadi
Maqsadlar: Ta’limiy:. O’quvchilarga 100 dan ikki xonali sonlarni ayirish bo’yicha misol va masalalar mavzusini hayot bilan bog’lagan holda tushuntirish va misol- masalalar yechish malakasini mustahkamlash.