texnikum bitiruvchilari uchun namunaviy savollar 2
5430400–Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash va 5430300–Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis yo‘nalishlari bo’yicha:
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning asosiy vazifasi deganda nimani tushunasiz?
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni rivojlantirishda inson omiliga bog‘liq yo‘nalishni qanday tushunasiz?
Intensiv usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish deganda nimani tushunasiz?
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini eksintensiv usulda ko‘paytirish deganda nimani tushunasiz?
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasi deganda nima tushuniladi?
Ishlab chiqarish jarayoni deganda nima tushuniladi?
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida resurstejamkorlikning xozirgi holati va istiqboli bo‘yicha tushuncha bering.
Qishloq xo‘jalik energetika vositalarida muqobil energiya manbalarini qo‘llanilishi haqida ma’lumot bering
Muqobil yonilg‘ilardan foydalanish bo‘yicha chet el va Respublikamizda olib borilgan innovatsion tadqiqotlarni misollar yordamida aytib bering.
Respublikamizda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash va ularning natijalari haqida ma’lumot bering.
Resurstejamkor texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligiga nimalar kiradi?
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda resurstejamkor texnika va texnologiyalar haqida ma’lumot bering.
Tuproq va o‘simlikni himoyalovchi va resurstejamkor dehqonchilik tizimidagi tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot bering.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda qo‘llaniladigan innovatsion texnika va texnologiyalarga misollar reltiring
Tuproqqa asosiy ishlov berishning resurstejamkor texnika va texnologiyalari haqida ma’lumot bering.
Tuproqqa sayoz ishlov berishning resurstejamkor texnika va texnologiyalarni haqida ma’lumot bering.
G’allani yig‘ishtirib olish samaradorligini oshirishda innivatsion texnologiya va mashinalarni qo‘llanilishini tushuntirib bering.
Paxtani yig‘ishtirib olishning qanday innovatsion texnologiyalarini bilasiz?
Respublikamizda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash va ularning natijalari haqida ma’lumot bering.
Texnikalardan foydalanishda texnik xizmat ko‘rsatishning ahamiyati deganda nimani tushunasiz.
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish turlari haqida ma’lumot bering.
Texnik xizmatni tashkil etishning maqsadi va usullari haqida ma’lumot bering.
Texnik servis tushunchasi qanday ifodalanadi?
Qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash va texnik xizmat ko‘rsatish haqida ma’lumot bering.
Mashinalarning texnik xolati deganda nimani tushunasiz?
Mashinalrni saqlashni tashkillashtirish haqida ma’lumot bering.
Xorijiy texnikalar (masalan Klass firmasi texnikalari) firmaviy servisi deganda nimani tushunasiz?
Nima uchun mashinalarga mavsumiy texnik xizmat o‘tkaziladi?
Ko‘chma texnik xizmat ko‘rsatish vositalari haqida ma’lumot bering.
Moylash tizimining vazifasi haqida tushuncha bering.
Sovitish tizimining vazifasi haqida tushuncha bering.
Mashinalarning asosiy holatlari va ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot bering.
Texnik servis tushunchasi qanday ifodalanadi?
Mashinalarning saqlanuvchanligi deganda nimani tushunasiz?
Traktor gidravlik tizimi nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish usullari haqida ma’lumot bering.
Texnikalarning texnik holatini aniqlashda diagnostikaning ahamiyati haqida ma’lumot bering.
Texnik servis korxonalari va dilerlik xizmati haqida ma’lumot bering.
Dvigatelni suyuqlik va havo yordamida sovitish bo‘yicha tushuncha bering.
Mashinalarni masofadan turib boshqarish bo‘yicha tushuncha bering.
Traktorlarga qo‘yiladigan agrotexnik talablarga nimalar kiradi?
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan “mashina-traktor agregatlar”ga tushuncha bering.
Qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalardan samarali foydalanish deganda nimani tushunasiz?
Qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalar texnik servisi deganda nimani tushunasiz?
Servis yo‘nalishining kasbiy faoliyat ob’ektlari bo‘yicha ma’lumot bering
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan traktorlar bo‘yicha ma’lumot bering
Servis, texnik-texnologik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan vositalar, asbob, uskunalar bo‘yicha ma’lumot bering
Mashinalarni yuqori unumdorlik bilan ishlashini ta’minlovchi usullar bo‘yicha ma’lumot bering
Qishloq xo‘jalik mashinalarning qarshiligini kamaytirish yo‘llarini tushuntiring
Traktor g‘ildiraklari sxemalari va ularning tortish imkoniyatlari bo‘yicha tushuncha bering
Agregat ish unumini oshirishda mexanizatorning mahoratiga bog‘liq bo‘lgan asosiy holatlarni tushuntiring
Qaysi agrotexnik ishni (operatsiyani) bajarishda agregatning dioganal usulda harakatlanishi yuqori samara beradi?
Agregatning harakatlanish usulini to‘g‘ri tanlanganligini qanday ko‘rsatkich bilan baholash mumkin.
Agregatning ish unumini belgilovchi asosiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha ma’lumot bering
Agregatning haqiqiy ish unumini qanday oshirish mumkin?
Agregatning ish unumini oshirishda mexanizatorning malakasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatgichga misol keltiring
Agregatning ish unumi dalaning o‘lchami va shakliga bog‘liqligini tushuntirib bering
Maydon o‘lchami (yuzasi) katta, bo‘yi uzun yoki o‘lchami kichik, bo‘yi qisqa dalalarda qanday mashinalardan foydalanish tavsiya etiladi?
Xo‘jalik sharoiti uchun tanlangan qishloq xo‘jaligi mashinasi qanday talablarga javob berishi kerak?
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yil davomida ekinlar ekish hisobiga ko‘paytirish yo‘nalishi sanoat yo‘nalishi hisoblanadi. Shunga qisqa tushuncha bering
Eng yuqori aniqlik bilan yerni tekislaydigan M-13 rusumli lazer qurilmali tekislagichga tushuncha bering.
Diskli ishchi qism qo‘yilgan tirmalar (baronalar) bilan qanday maydonlarga ishlov berish mumkin emas?
Nima uchun g‘o‘zani birinchi kultivatsiya qilishda agregatni eng past tezlikda yuritish kerak?
Mashina terimiga ajratilgan paxta maydoni qanday talablarga mos kelishi kerak?
Paxta terish apparati barabanlari orasidagi tirqish kengligi qanday va nimaga qarab rostlanadi?
Mamlakatimizda g‘alla hosili qaysi usulda yig‘ishtirib olinadi?
Har smenada mashinani ishga tayyorlashga qanday tadbirlar (ishlar) kiradi?
Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish necha marta o‘tkaziladi va nima uchun?
Metall sirtlarni zanglashdan saqlash ishlari qaysi texnik xizmat ko‘rsatish turiga kiradi?
Sotuv oldidan firmaviy texnik servis kim tomonidan bajariladi?
Sotuvdan keyingi firmaviy texnik servis qaysi tashkilot tomonidan bajariladi?
Ta’mirlash turlari necha xil bo‘ladi, qanday o‘tkaziladi, bir biridan fanqi qanday, tushuncha bering
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash deganda nimani tushunasiz?
Energiya-resurstejamkor texnologiyalar haqida nimalarni bilasiz?
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining faoliyat ob’ektlari bo‘yicha ma’lumot bering
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari ilmiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shag‘ullanishi mumkinmi? Masalan, misol keltiring
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari loyiha-konstruktorlik faoliyat bilan shag‘ullanishi mumkinmi? Masalan, misol keltiring
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari ishlab-chiqarish-texnologik faoliyat bilan shag‘ullanishi mumkinmi? Masalan, misol keltiring
Tanlangan bakalavr ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda nimalar bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin?
Tanlangan bakalavr ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida nimalar bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin?
Energetika vositasi (traktor) + qo‘shimcha mexanizm + qishloq xo‘jalik mashinasidan iborat tizimga deb aytiladi?
Traktor g‘ildiraklari qanday sharoitlarda shataksiraydi?
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan traktorlarga asosan qanday dvigatellar o‘rnatilgan
Traktorlarning g‘ildiraklarini yanada kengroq va kattaroq qilib ishlab chiqarsa uning qaysi ko‘rsatkichi o‘zgarishi mumkin?
Kelajakda dalada ishlatiladigan qishloq xo‘jalik mashinalarining sonini ko‘paytirishni cheklashga qaysi sabab to‘sqinlik qilishi mumkin?
Har bir qishloq xo‘jaligi mutaxassisi mahsulot ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish, energiya va quvvatdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qaysi bilimlarni chuqur egallashi zarur?
Qishloq o‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning asosiy vazifasi - bu har bir texnologik ishning belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlash hisoblanadi. Nima uchun?
Texnik servis shaxobchalarinining hozirgi ahvoli va uning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha nimalarni bilasiz?
Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik servisni rivojlantirishda ilg‘or xorijiy mamlakatlarning texnologiya va uslublari bo‘yicha ma’lumot bering
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini bajarishda mashinalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari va sharoitlari bo‘yicha ma’lumot bering
Mashina-traktor agregatining ish unumi bo‘yicha tushuncha bering
Qishloq xo‘jaligida tuproqni himoyalash va melioratsiya ishlari bo‘yicha tushuncha bering
Mashinalar ishlamay qolishi va ularning sodir bo‘lish sabablari bo‘yicha tushuncha bering.
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishning ahamiyati bo‘yicha tushuncha bering
Tuproq va yerga ishlov berishdan ko‘zlangan maqsad nima? Tushuncha bering.
Tuproq unumdorligi uning fizik-mexanik hossalari deganda nimani tushunasiz.
Agrotexnik tadbirlarning qoniqarsiz bajarilishi natijasi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Qishloq xo‘jaligi ekinlari samaradorligining pasayishiga nimalar sabab bo‘liadi?
Qishloq xo‘jaligida texnikaning yetishmasligi qanday oqibatlarga olish keladi?