4. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar


Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish



Yüklə 28,09 Kb.
səhifə5/6
tarix27.04.2023
ölçüsü28,09 Kb.
#103654
1   2   3   4   5   6
4. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar

8.Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish.
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga haq to’lash fondi ustidan doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Buxgalteriya xodimlari ishbay narx va baholarning tarif stavkalarini, maosh, ustama haq va qo’shimcha to’lovlar, mukofotlarning to’g’ri qo’llanilishi va hisoblanishi ustidan joriy nazorat o’rnatishi kerak.
Shu vaqtga qadar ish haqi fondidan to’g’ri foydalanilishi ustidan tashqi nazorat funksiyalari davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklangan edi.
Bank nazorati mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish hajmi yoki korxona faoliyatini ifodalovchi boshqa ko’rsatkichlar (daromad) hamda ish haqi buyicha hisob va hisobotning joriy etilgan tartibi asosida har chorakda amalga oshirilar edi.
Bank muassasalalari korxonaga ish haqi uchun mablag’larni mahsulot (ish, xizmat)lar yoki daromad hajmining o’sish darajasi 0,7 koeffitsiyentiga to’g’rilangan ish haqi fondining baza darajasiga asoslangan holda berar edi. Ishlab chiqarish hajmi kamaygan taqdirda ish haqi uchun mablag’lar bank tomonidan ish haqi fondining baza darajasida berilar edi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’z mablag’laridan mustaqil foydalanish ko’lamini oshirish maqsadida respublikamizda ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 avgustda qabul qilingan «Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida korxona, tashkilot va muassasalarning bankdagi o’z hisobvaraqlaridagi pul mablag’laridan erkin foydalanishini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Xususan, ushbu Qarorning 3-bandiga muvofiq 2002 yil 1 sentabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tijorat banklaridagi o’z hisob raqamlaridan naqd mablag’larni topshirilgan naqd tushum doirasida belgilangan tartibda birinchi talab bo’yicha olish huquqi berilishi ko’zda tutilgan.
Qarorning 4-bandiga binoan 2002 yil 1 oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinishi ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, 2002 yilning to’rtinchi choragidan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar yollanib ishlovchilarga mehnatga haq to’lash sifatida hisoblangan va amalda to’langan summalar hamda boshqa daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu daromadlardan soliq summalari to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda taqdim etishi belgilab qo’yilgan.
Qarorning amaliyotga tatbiq etilishi respublikamizda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning mehnatga haq to’lash fondi ustidan nazoratni

Xulosa:
Maxsulot va daromadlarni taqsimlash har doim bir hil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan, yergaesa davlat mulki bo’lib turgan sharoitlarda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yurutiladi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iborat.
Ish xaqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: ishbay va vaqtbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish xaqi xodimning ish malakasi, mehnat sifati va ishlagan ish vaqtiga qarab to’lanadigan ish xaqidir. Ishbay ish xaqi ishchining ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki bajargan ishiga qarab beriladigan ish xaqidir. Xaq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish xaqining tizimini tashkil qiladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida qulay mehnat sharoitlarini yaratish, yangi ish o’rinlarini ochish, mehnatga haq to’lashni takomillashtirish yuzasidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.


Yüklə 28,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin