4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish22
Asosiy tayanch tushunchalar: Jahon xo’jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Globallashuv – jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil to’ishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmui.
Ka’italning xalqaro harakati – ka’italning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi.
Ishchi kuchining xalqaro migrastiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishi.
Emigrastiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigrastiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.