4-laboratoriya ishi Ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regression model
Eng yaxshi model uchun t test o‘tkazish Navbatdagi tahlil bizning modelimizdagi regressiya tenglamasi uchun olib boriladi va uning mohiyati quyidagicha:
regressiya tenglamasidagi universitet tadqiqotiga qo‘yilgan ball X4 va talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rov X5 prediktorlar oldida turgan koeffitsiyentlarning ahamiyatli ekanligi (nolga teng emasligini) haqidagi taxminni tekshirish.
Buning uchun gipoteza o‘tkazamiz. Gipotezamiz nolinchi va ikkiyoqlama gipotezadan iborat bo‘ladi:
α=0,025ahamiyatlilik darajasi uchun t ning kritik qiymatini topamiz:
.
Endi, biz t ning tanlanma hisoblangan qiymatini Minitab dasturi yordamida topamiz va quyidagicha natijaga ega bo‘lamiz:
4.2-jadval
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, X4 va X5 oldidagi koeffitsiyentlar hal qiluvchi qoidaga ko‘ra, |t1|>tα/2(n–k) va |t2|>tα/2(n–k) ya’ni |21,38|>2,339061 va |9,24|>2,339061 bo‘lganligi uchun t testdan o‘tdi. Chunki |t|>tα/2(n–k) bo‘lganligi uchun H1 qabul qilinib, H0 rad etildi. Ikkala prediktor oldidagi koeffitsiyentlar ham bu sinovdan o‘tdi.
Demak, X4– universitet tadqiqotiga qo‘yilgan ball va X5 – talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rov bir paytda regressiya tenglamasida qatnasha olar ekan.