4.3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo‘llari
Gʻarb adabiyotlarida “strukturani takomillashtirish” iborasi umuman qo‘llanilmaydi. Uning o‘rniga:
“strukturaga o‘zgartirish” kiritish;
strukturani almashtirish;
strukturani tanlash;
strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi.
Strukturaga o‘zgartirish kiritish va uni almashtirish – bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayon bo‘lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning bosh omili – bu ilmiy – texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSH firmalarida, Gʻarbiy Evropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o‘rtacha har 3-5 yilda almashtirilib turiladi.
Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo‘llari:
Amaldagi strukturasini soddalashtirish usuli.
Boshqaruv bo‘g‘inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo‘g‘iniga huquq va vakolatni ko‘proq berish (demarkazlashuv). Bunday usul inqilobiy usullari qatoriga kiradi.
Shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirsh, matritsali strukturadan chiziqli funksiyaonal strukturaga o‘tish boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to‘g‘ri kelishiga erishish lozim, ya’ni boshqaruv normasiga erishishga intilish kerak.
Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko‘nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish.
Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi salbiy tomonlar xos: gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik iyerarxik aloqalardagi qatiylik me’yorlashtirilgan ma’suliyat yuqori darajadagi rasmiyatchilik qarorlar qabul qilinishidagi o‘ta markazlashuv va unda ko‘pchilik boshqaruvchilarning qatnasha olmasligi.
Bu strukturani ko‘nikma hosil qilingan, sinovdan o‘tib o‘zini oqlagan struktura bilan almashtirish ma’quldir.