Katalitik riformingda tempyeratura bosim va
xom-ashyoni kelish tezligi
jarayonga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tanlangan katalizatorni xossalari va
jarayon kimyosi ham hisobga olinadi. Katalitik riformingni o‘ziga xos
xususiyatlaridan
biri shundaki, naftenlarni degidrirlash reaksiyalari issiqlik
yutilishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bosimni ortishi katalizatorni
tez zaxarlanishini
oldini oladi, lekin aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishini
kamaytiradi va
gidrokreking va dealkillash reaksiyalarini tezlashtiradi.
Bosimni pasayishi natijasida aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishi
tezlashadi, lekin katalizatorni kokslanishi tezlashadi. Shuning uchun riformingni
polimetall katalizatorlari ishtirokida 1,5
MPa bosimda olib borish,
jarayon
tempyeraturasini 200S pasaytirish va aromatik uglevodorodlar miqdorini
ko‘paytirish imkoniyatini yaratadi
Katalitik riformingda tempyeratura bosim va xom-ashyoni kelish tezligi
jarayonga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tanlangan katalizatorni xossalari va
jarayon kimyosi ham hisobga olinadi. Katalitik riformingni o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri shundaki, naftenlarni degidrirlash reaksiyalari issiqlik
yutilishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bosimni ortishi katalizatorni tez zaxarlanishini
oldini oladi, lekin aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishini kamaytiradi va
gidrokreking va dealkillash reaksiyalarini tezlashtiradi.
Bosimni pasayishi natijasida aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishi
tezlashadi, lekin katalizatorni kokslanishi tezlashadi. Shuning uchun riformingni
polimetall katalizatorlari ishtirokida 1,5 MPa bosimda olib borish, jarayon
tempyeraturasini 200S pasaytirish va aromatik uglevodorodlar miqdorini
ko‘paytirish imkoniyatini yaratadi.
Katalitik riforming texnologiyasi. Xozirgi vaqtda sanoatda riforming
jarayoni ikkita asosiy maqsad uchun: 1) motor yoqilg‘ilarini oktan sonini oshirish
va 2) individual aromatik uglevodorodlar olish uchun qo‘llaniladi.
1. Birinchi xolatda xom-ashyo sifatida ligroin fraksiyasi yoki og‘ir benzinlar
qo‘llaniladi. Ularni oktan soni 35-40 tashkil qiladi, riforming natijasida 80-95 ga
yetadi.
2. Aromatik uglevodorodlar olish uchun xom-ashyo manbai neft fraksiyalari
hisoblanadi. Ularning tarkibi S6 va undan yuqori uglyerod atomi bo‘lgan parafin
va naftendan iborat.
Benzol olish uchun 60-85 0S qaynovchi neft fraksiyalari, toluol olish uchun
85 dan 105-110 0S
da qaynovchi, ksilollar uchun esa 110 dan 130-135 0S da
qaynovchi neft fraksiyalari qo‘llaniladi.
Katalitik riforming jarayoni ikki xil reaktorlarda olib boriladi:
1) qo‘zg‘almas qatlamli katalizatorli reaktorlar;
2) qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli reaktorlar.
Endi qo‘zg‘almas qatlamli katalizatorli platforming jarayoni texnologiyasi
bilan tanishamiz (1-rasm).
Xom-ashyo neft fraksiyasi 5-chi issiqlik almashtirgichda isitiladi,
vodorod
bilan aralashtiriladi va oltingugurtdan tozalash uchun kyerakli tempyeraturada 6-
trubkali pechda qizdiriladi. Katalizator solingan 4-reaktorda
gidrotozalash jarayoni olib boriladi. 4-jixozdagi issiq gazlar 2-chi sovutgich
apparatida sovutiladi. 1-chi separatorda kondensat N2 va H2S dan ajratiladi va 3-
chi nasos yordamida riforming bosqichiga uzatiladi. 10-issiqlik almashtirgichga
kelishdan ilgari xom-ashyo
vodorod bilan aralashtiriladi, so‘ngra 10-issiqlik
almashtirgichda va 6-trubkali pechda isitiladi.
Dostları ilə paylaş: