Funktorlarning ko‘llanilishi. Funktor so‘zi C++ da “funksional obʻyektlar” ning qisqartmasidan olingan. C++ da funksional obʻyekt - operator() bilan aniqlangan sinfning nusxasi hisoblanadi. Agar C++ sinfi operator() aniqlasangiz, u funksiya kabi ishladi, ammo holatni saqlay olmaydi. Masalan, 4.11-dasturga qarang.
4.11-dastur. Operator()ni qayta ishlatish.
Dasturda sf obʻyekt bo‘lishidan qaʻtiy nazar sf() funksiyasini chaqiramiz.
Chunki SimpleFunctop sinfida operator() aniqlangan.
Ko‘p hollarda STL kutubxonasining taqqoslash va xatolik funksiyasining algoritmlarida funktorlar C++ da predikatlar sifatida ishlatiladi. Faraz qilaymiz, sonlar ketma ketligi berilgan. Bu ketma ketlikdagi barcha juft sonlar va toq sonlar yig‘indisini hisoblash kerak bo‘lsin. Bu masalani yechish uchun funktor va for_each algoritmidan foydalanish mumkin.
4.12-dastur. Funktor va for_each algoritmidan foydalanish.
#include "stdafx.h" #include #include #include using namespace std;
class EvenOddFunctor { int even_; int odd_; public:
EvenOddFunctor() : even_(0), odd_(0) {} void operator()(int x) { if (x%2 == 0) even_ += x; else odd_ += x;
}
int even_sum() const { return even_; } int odd_sum() const { return odd_; }
};
int main() {
EvenOddFunctor evenodd;
Dasturda for_each da EvenOddFunctor sinf obʻyekti berilgan. for_each my_list bo‘yicha ketma ket o‘tganda funktor funksiyani chaqirmoqda. Har takrorlanishda evenodd funktor nusxasini qaytaradi. Evenodd funktor esa juft yoki toq elmentlarni yig‘indisini saqlaydi.