Mexanizmlarning кinematiк tahlili. Mexanizm holati. grafik usulda mexanizmlarni kinematik tekshirish
Rеja:
1. Oddiy stеrjеnli mеxanizmlar kinеmatikasini oʼrganish maqsad va vazifalari
2. Mеxanizm bo‘g‘inlari holatlarini va ularga tеgishli nuqtalar trayеktoriyalarini qurish
3. Stеrjеnli mеxanizmlarda tеzlik va tеzlanishlarning turlari va ularni aniqlash usullari
4. Krivoship-polzunli mеxanizm tеzliklar plani
5. Mеxanizmdagi uzatish nisbatlarini hisoblash
6. Krivoship-polzunli mеxanizm tеzlanishlar plani
Mexanizmlarning kinematik tahlili quyidagi masalalarni hal qiladi:
1). Mexanizmning holatlari aniqlanadi. Bu yerda mexanizm yetaklovchi bo‘g‘inlarining turli holatlariga mos keluvchi yetaklanuvchi bo‘g‘inning holatlari aniqlanadi. Bunday masalalar asosan ekskavatorlar, yuk ko‘targich mashinalar, randalovchi dastgohning ishchi aʼzosining holatlari, uchuvchi mashinalar g‘ildiragining holatlarini aniqlashda uchraydi. Masalan, yer tekislovchi mashina qirquvchi aʼzosining gorizontal holatda harakat qilishi yoki to‘siqlar ichida harakat qiladigan ekskavator cho‘michining harakat chizig‘ini bilish maqsadga muvofiq masalalardir.
2). Mexanizm bo‘g‘inlari va nuqtalarning tezliklarini aniqlash. Bu masalada mexanizmning yetaklovchi bo‘g‘inining tezliklariga mos ravishda uning yetaklanuvchi qismining va nuqtalarining tezliklari aniqlanadi. Mexanizm bo‘g‘inlari tezliklarning nisbatini bilish nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Tezliklar nisbatini bilish mexanizmning ishlash tezligini va biror ishni qanday tezlikda bajarish qobiliyatini bilishga yordam beradi. Bu masala yuritmalarda reduktor va dvigatellarni tanlashda yordam beradi.
3). Mexanizm bo‘g‘inlari va nuqtalarining tezlanishlarini aniqlash. Bu masala inersiya kuchlarini aniqlash bilan bevosita bog‘liqdir. Demak, mexanizm bo‘g‘inlari va nuqtalarining tezlanishlarini aniqlash ularning ishlash qobiliyatini, chidamliligini, mustahkamligini va dinamik ko‘rsatkichlarini bilishga olib keladi.
«Mashina va mexanizmlar nazariyasi» fanida mexanizmlar kinematikasini aniqlashda quyidagi 3 xil uslub ishlatiladi:
Hisobiy uslub. Bu uslub juda ham aniq uslub bo‘lib, ilmiy tekshirish ishlarida qo‘llaniladi. Bu uslubda EHM dan foydalanish imkoniyati bor.
Grafik uslub. Bu uslub juda katta noaniqliklar bilan bajariladi. Lekin bu usul yaqqol bo‘lganligi uchun talabalarga loyihalash ishlarida undan keng foydalanish tavsiya etiladi.