4-ma’ruza. Osi etalon modeli. Reja



Yüklə 271,5 Kb.
səhifə5/8
tarix20.11.2023
ölçüsü271,5 Kb.
#164126
1   2   3   4   5   6   7   8
2.2-ma\'ruza OSI (59-74) (1)

Transport pog’onasi. Bu pog’ona amaliy ilovalarga (iyerarxiyaning yuqori pog’onalariga): amaliy, taqdim etish va seans pog’onalariga talab etiladigan ishonchlilik pog’onasida ma’lumotlarning uzatilishini ta’minlaydi. OSI modelida 0 dan 4 gacha beshta sinfdagi transport servislari (xizmatlari) aniqlangan. Bu servis turlari taklif etiladigan xizmatlar sifati uzilgan aloqani qayta tiklanish imkoniyati, buzilishlar, yo’qotish va paketlarni almashtirish kabi uzatish xatoliklarini topish va to’g’rilash xususiyati bilan ajralib turadi.
Servis sinfini tanlash, ma’lumotlarni transportirovka qilish tizimi qanchalik ishonchli ekanligiga bog’liq. Bu ishonchlilik pastki tarmoq, kanal va transport pog’onalarining ish sifatiga bog’liq. Talab etiladigan ishonchlilik pog’onasini ta’minlash uchun xatoliklarni topish va tuzatishning turli usullari ishlatiladi:

  • mantiqiy bog’lanishni oldindan o’rnatish;

  • nazorat yig’indilari bo’yicha yetkazilishini tekshirish;

  • paketlarni siklli nomerlash.

Bu barcha nazorat qilish algoritmi turlari tarmoq oxirgi bog’lamalarining dasturiy vositalari orqali, ya’ni uzatadigan va qabul qiladigan abonentlarning tarmoq operasion tizimlari orqali ishlatiladi. Transport protokollariga TCP, UDP, SPX misol bo’ladi.
Pastki to’rtta pog’onalar protokollari (fizik, kanal, tarmoq va transport) ixtiyoriy topologiyali va turli texnologiyalardagi tarkibiy tarmoqlarda berilgan darajadagi sifatli xabarlarni transportirovka qilish masalasini yechadi.
OSI modelining uchta yuqori pog’onasi ishlov berishning amaliy dasturlari uchun servisni ta’minlash masalasini yechadi.
Seans pog’onasi. U tomonlarning o’zaro ishlashini ta’minlaydi, uzatish va qabul qilish tomonlarini qayd etadi, almashtirishni sinxronlashtirish vositalarini taqdim etadi. Bundan tashqari, seans pog’onasi oxirgi nazorat nuqtasidan uzilgan aloqani qayta tiklanishiga imkon beradi, boshqa yuqori va pastki pog’onalar protokollarini ishlatadi. Seans pog’onasining vazifalari, ko’pincha amaliy pog’ona vazifalari bilan birlashtiradi.

Yüklə 271,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin