4-ma’ruza Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha


Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar (SCORM, TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish



Yüklə 139,76 Kb.
səhifə6/6
tarix16.12.2023
ölçüsü139,76 Kb.
#181631
1   2   3   4   5   6
4-ma’ruza Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha-fayllar.org

Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar (SCORM, TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish

SCORM standart paketlari: SCORM (angl. Sharable Content Object Reference Model -birgalikda foydalanish uchun ob`yekt tarkibidagi namunali model.


Bu o`quv materiallari orqali bilim oluvchining o`rganilayotgan o`quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini o`qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle)ga hisobot ko`rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo`lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni o`quvchi qancha vaqt davomida o`rganganligini, bu standartda (ya`niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o`quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi vaqtda mavjud bo`lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko`pchiligi yaratiladigan o`quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko`rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta`lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi


Moodle tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish.

Moodle – Web muhitida o`qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking va ancha ko`p bo`lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Ushbu majmuaning asosiy vazifasi o`qituvchi hamda ta`lim oluvchi o`rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni joylashtirish orqali ta`lim berish samarasini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko`p davlatlarining o`quv muassasalarida masofaviy ta`lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.
O`zbekistondagi ko`plab ta`lim muassaslarida aynan virtual ta`lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. 
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, internet tarmog`ida foydalanishga mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta`minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP prosessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 2.5.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org


LMS/LCMS tizimlari elektron ta`limni (masofaviy ta`lim jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga o`quvchilarning(o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ro`yihatga olishi, foydalanuvchilarni o`quv kurslardan chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish muhitini yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning o`zaro individual yoki/va guruh bo`lib hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy so`rovlar tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar(tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operasion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o`qituvchi(tyutor) (yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o`quv resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (CHat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqatini tashkillashtirish, o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operasiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin. 
http://fayllar.org
Yüklə 139,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin