3-mashg’ulot.Stekloplastik armatura materiallari va konstruksiyalari. Sementobeton qoplamalariga stekloplastik armatura materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish
Reja:
Stekloplastik armatura materiallari va konstruksiyalarining afzalliklari va ullarning qo‘llash sohalari.
2.Stekloplastik armatura materiallari va konstruksiyalar uchun xom-ashyolar va ularni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari.
Ma'lum miqdorda o'lchab olingan bog'lovchi modda, mayda va yirik to'ldirg'ichlar va suv aralashmasidan tashkil topgan qorishmaning asta-sekin qotishi natijasida xosil bo'lgan sun'iy toshlar beton deyiladi.
Bog'lovchi moddalar va suv aktiv tashkil etuvchilardir. Ular o'zaro ximiyaviy reaktsiyaga kirishib
to'ldirg'ich donachalarini jipslashtirib turuvchi sement toshini xosil qiladi. To'ldirg'ichlar (qum, tosh, shag'al, chaqiq tosh) ko'pincha suv va sement bilan ximiyaviy bog'lanmaydi. Ular asosan betonning karkasini tashkil kiladi. Sement qotishi natijasida xosil bo'ladigan torayishni betonda kamaytiradi.
Yengil betonlarda g'ovakli to'ldirg'ichlar betonlarni o'rtacha zichligini va issiqlik o'tkazuvchanligini kamaytiradi.
Betonlarni sinflarga bo'linishi.
Betonlar asosan o'rtacha zichligiga, to'ldirg'ich turlariga va beton strukturasiga qarab
sinflarga bo'linadi.O'rtacha zichligiga qarab betonlar besh turga bo'linadi:
1. Juda og'ir betonlar- р0 >2600kg/m3. To'ldirg'ichlar — po'lat qirig'i, baritli beton,
magnezit, cho'yan maydasi
2. Og'ir (oddiy) beton- р0 =2100-2600 kg/m3. To'ldirg'ichlar — zich tog' jinslari — kvarts qumi,
kvartsli shag'al, chaqiq tosh.
3. Yengillashtirilgan beton- r0р0 =1800-2000 kg/mZ. To'ldirg'ichlar g'isht maydasi, yoki ko'p g'ovakli
beton.
4. Yengil betonlar- р0 =1200-1800 kg/mZ. To'ldirg'ichlar —engil g'ovakli (shlak, pemza, tuf) yoki
ko'p g'ovakli betonlar.
5. O'ta yengid betonlar- р0 <1200 kg/mZ. To'ldirg'ichlar — ko'pikli beton, gazli beton.
Bog'lovchi mineral turiga qarab betonlar:
Sementli;
sement-polimerli;
gipsli;
silikatli (oxak asosida);
shlakishqorli;
asfal`t (bitum,qatron asosida);
polimerli betonlarga bo'linadi;
Ishlatilishiga qarab betonlar:
oddiy-temir beton buyumini olish uchun;
gidrotexnik-turonlar, shlyuzlar, kanal chetlari qoplash uchun;
bino devorlari uchun;
tomga yopiladigan yengil t/b buyumlar uchun;
issiqdan muxofaza qiladigan o'ta yengil betonlar;
pol, yo'lka, yo'l, aerodromlarni qoplash uchun;
maxsus betonlar; beton uchun kerakli materiallar.
A) beton uchun sementni tanlash.Beton markasi:
M100, M200, M250, M300, M400, M500, M600 va yuqori
Sement markasi;
300, 300-400, 400, 400-500, 500-600, 600
b) beton uchun to'ldirg'ichlar.
Qum. Tog' jinslarini nurashidan hosil bo'lgan sochma massaga qum deyiladi (0.14-5mm gacha).
Tabiiy qumlar joylashishiga qarab: daryo, dengiz va tor qumlariga bo'linadi.
Oddiy beton uchun ishlatiladigan qum quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-0,14mm li elakdan o'tgan qum miqdori 10% dan oshmasligi kerak.
-Chang, tuprok miqdori 3% dan oshmasligi kerak (yuvish yo'li bilan aniqlanadi).
-qumni yirik-maydaligini elakda elash bilan aniqlanadi. Bunda elaklar sistemasi 5; 2.5;
1.25; 1.63; 0.315; 0.14 mm dan iborat bo'ladi. 10 mm dan ko'pi ruxsat berilmaydi. 5-10 mm 5%
dan oshmasligi kerak.
Qum turlari Yiriklik moduli
0.63mm li elakdan qolgan to'la qoldiq, %
Yirik, O'rtacha ,Mayda
3,5-2,5; 2,5-2; 2-1,5; 50-75; 35-50; 20-35
qumning o'rtacha zichligi — 1450-1550 kg/m3
qumning zichligi — 2.5 g/sm3
qumning namligi 5-7% bo'lganda eng katta xajmni egallaydi, namlik oshsa yoki kamaysa
egallagan xajmi kamayadi.
Yirik to'ldirg'ichlar. Shag'al, chaqiq, tosh.
Kelib chiqishiga ko'ra- tog' daryo va dengiz shag'ali bo'ladi. Yapaloq va ignasimon 15% dan kup
bo'lmasligi kerak. (1 tomoni qolgan ikki tomonidan 3 marta katta bo'lsa ignasimon, teskarisi
yapaloqsimon) Shag'al donasi yirik-maydaligiga qarab:
Juda mayda 5-10 mm
Mayda 5-20 mm
O'rtacha 20-40 mm
Yirik 40-70 mm
Juda yirik 70-150 mm
Beton qorishmasining xossalari va betonning strukturasi.
Beton qorishmasi murakkab ko'p komponentli sistema bo'lib, u bog'lovchi materialning zarrachalaridan, yangi xosil bo'lgan minerallardan (suv bilan bog'lovchini reaktsiyasi natijasida) to'ldirg'ichlardan, suv, ba'zi vaqtlarda ko'shilgan qo'shimchadan, kiritilgan xavodan iborat bo'ladi.
Betonning xossalariga asosan sement butkasini mikdori va sifati ta'sir etadi, chunki fakat sement butkasi dispers (mayda) sistema xisoblanadi.
Ma'lum struktura xosil qilgan sistemani mexanik kuch ta'sir etganda reologik xossalarini o'zgartirish va kuch ta'siri to'xtatilganda yana o'z xolatiga qaytish xususiyatiga tiksotropiya deyiladi.
Beton texgologiyasida bu xossa keng foydalaniladi- ya'ni bikr, quyuq, beton qorishmasidan
buyumni qolipda olish vaqtida silkitib olinadi.
Buyum va kostruktsiyalarda betonning sifati yuqori bo'lishi uchun, yaxshi ishlov berish uchun beton
qorishmasini joylashtirish shartiga tug'ri keladigan quyuqligi (konsistentsiya) bo'lishi kerak.
Odatda quyuk,-suyuqligini aniqlash uchun joylashuvchanlik yoki bikrlik bilan belgilanadi.
Beton qorishmasining joylashuvchanligini aniqlash uchun, ya'ni beton qorishmasini o'z og'irligi
bilan yoyilishi va sochilib ketishi uchun standart konus dan foydalaniladi. (GOST 10181-81)
Betonni joylashuvchanligi quydagi omillarga bog'lik,:
- suv miqdori (asosiy omil);
- sement butqasini miqdori ;
- sementni normal quyuqligi;
- to'ldirg'ichlarni yirikligi;
- qo'shimchalar;
- sement turi, tuldirg'ichlarni turi
Beton qorishmasini quyuq-suyuqligi, shu betondan olinadigan buyumning o'lchamlarga, armaturani
kam-ko'pligiga, qolipga quyish usuliga, zichlashtirishga qarab loyiha talabida beriladi.
Olinayotgan buyum murakkab, serarmatura bo'lsa ishlatiladigan beton qorishmasi suyuqroq qilib
tanlanadi.
Vakt o'tishi bilan sement bilan suvni kimyoviy birikishi natijasida beton qorishmasini
joylashuvchanligi asta-sekin kamayib boradi.
Betonni strukturasi.
Beton qorishmasini quyuqlashib qotishi natijasida betonning strukturasi shakllanadi. Betonni
strukturasi uni xossalarini belgilaydi.
Beton asta sekin qotib boradi, agar yaxshi temperatura va namlik bo'lsa mustaxkamligi tez
oshadi.
Oddiy og'ir begonni xossalari.
1. betonni o'rtacha zichligi- r (g/sm3 )
2. siqilishdagi mustaxkamlik chegarasiga (kgs/sm2 ) ko'ra beton quyidagi markalarga bo'linadi:
15, 25, 35, 50, 75, 100, 150, 200, 250, 300, 400, 500, 600.
Betonning mustaxkamligi normal sharoitda (1q 20° ± 2°S, U=90-100%) qotgan kublarda
aniqlanadi.
Kb asosan Kts bilan s/s ga bog'lik,.
Kb=A*g!s (s/s-0,5) s/s > 0,4 bo'lganda
Kb=A1*Kts (s/sQ0,5) s/s < 0,4 bo'lganda
3. betonning deformativ xossalari.
a) kirishishi (usadka) beton xavoda- quruq muxitda qotsa, uning xajmi sezilarsiz kamayadi.
Agar beton suvda qotsa, u juda oz miqdorda kirishadi, ayrim xollarda kengayishi xam mumkin.
Oddiy og'ir beton 1 yilda 0,2-0,4 mm/m ga kirishadi.
b) siljish (polzuchest`) betonga uzoq, vaqt kuch ta'sir etadigan bo'lsa, u plastik
deformatsiyalanadi.
Yengil betonlar.
Yengil to'ldirgichlar xisobicha o'rtacha zichligi bilan issiqlik o'tqazuvchanlik ko'rsatqichlari kamaytirilgan betonlarga yengil betonlar deyiladi.
Xozir qurilishlarda quyidagi yengil betonlar ishlatiladi:
1. g'ovak to'ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar: to'ldirgichlar sifatida vulqon tufi pemza, ko'pchitilgan gil (keramzit), yoqilg'i va donali domna shlagi va ularning qumi. r0
=1200-1800 kg/m3
2. yirik g'ovakli (qumsiz) betonlar. Bunday betonlar tarkibida suv, bog'lovchi va yirik
to'ldirgich (shag'al yoki chaqilgan tosh) bo'ladi. r0 = 500-1800 kg/m3
3. juda yengil ko'p g'ovakli betonlar (gazli beton, ko'pik beton) tarkibi: bog'lovchi, suv,
mayda to'ldirgich, gaz xosil qiluvchi yoki ko'pik xosil qiluvchi qo'shimcha. r0 =500 kg/m3 dan kam.
Yengil betonlarbop to'ldirgichlar. G'ovak to'ldirgichlar kelib chiqishiga qarab tabiiy va sun'iy xillarga bo'linadi.
Tabiiylari - yengil g'ovak tog' jinslari - pemza vulqon tufi, chaqmoq tosh va b.q.
Sun'iylar to'ldirgichlar:
Keramzit - ko'p g'ovakli, mustaxkam, yengil g'ovak to'ldirgich. Keramzit olishda xom ashyo sifatida tarkibida 6-12% temir oksidi ( 1-3% organik aralashmalar) bo'lgan yengil eruvchan loy ishlatiladi. Nam yoki nim quruq usulda tayyorlangan loy 1100-1300°S da xumdonda 30-60 minutda pishiriladi. Pishiriga jarayonida loydagi organik aralashmalar qo'yib, komponentlar o'rtasida
oksidlanish boshlanadi va gaz ajrala boshlaydi. Natijada loy ko'pchiydi va unda g'ovaklar hosil bo'ladi.
Donali domna shlagi kristall tuzilishga ega bo'lgan metallurgiya sanoatining chiqindisidir.
Metall olishda domna qozoni sirtiga ko'tarilgan eritmani tez sur'atda sovutib yirik qum singari g'ovak donalardan tashkil topgan (5-10 mm) shlak olinadi. Shlak tarkibida bog'lanmagan SaO va MgO bulmasligi kerak.
Yonilgi shlagi va kuli - toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir xosil bo'ladigan yengil betonbop g'ovak to'ldirgichlardir. Ko'mir tarkibidagi anorganik qo'shimchalar (masalan loy) yuqori tempuraturada
erib, bo'lak-bo'lak g'ovak materialga aylanadi.
Ko'pchitilgan perlit - tarkibida suv miqdori kam (2-4%) bo'lgan vulqondan otilib chiqqan shishasimon tog' jinslarini (perlitlar, obsidianlar) 950-1200°S da jadal pishirib olingan yengil to'ldirgich. Pishirish jarayonida perlitdagi suv yo'qolib, xajmi 10-12 marta kattalashadi
(ko'pchiydi). r0 q120-500kg/m3 ; r0 =360-800kg/m3.
Agloporit - loyli jinslar bilan 8-10% gacha yonuvchi qo'shilmalarni maxsus tur o'rnatilgan aglomeratsiya mashinasida pishirib olingan yengil sun'iy to'ldirg'ich. Aglomeratsiya mashinasidagi 20 sm qalinlikdagi xom-ashyo qatlami 10-25 minut davomida 1050-1100°S da pishiriladi. Yengil betonlar strukturasi va xossalari.
Yengil beton strukturasi g'ovakli to'ldirgichlar sirtida bog'lovchi material bilan bo'ladigan fizik-ximik jarayonlar natijasida xosil bo'ladi. G'ovak to'ldirgichning sirtidagi g'ovaklarga sement bo'tqasi asta shimilib boradi, va xar donachalar sement bo'tqasidagi suvni shimib olganligi uchun qisman s/s nisbati kamayadi.
Ko'p g'ovakli to'ldirgichlar (keramzit, agloporit) tarkibida amorf SiO2 bo'lib, sement tarkibidagi Sa(ON)2 bilan bog'lanib, mustahkam kontakt qatlam xosil qiladi.
Са(ОН)2/ 5Н2О=СаО* SiO2*nН2О
Yengil betonlar (tarkibida 75-80% g'ovakli to'dirgich bo'lishiga qaramay) o'zidan suv o'tqazmasligi va sovuqda chidamliligini yuqoriligi shu sababdan.
Yengil betonlar strukturasiga qarab uchga bo'linadi:zich, g'ovakli, yirik g'ovakli
Yengil betonlar siqilishga mustahkamligiga qarab quyidagi sinflarga bo'linadi, MPa:
В2; В2,5; В3,5; В5; В7,5; В10; В12,5; В15; В17,5; В20; В22,5; В25; ВЗО; В40.
Issiqdan muxofaza qiladigan betonlar uchun: BO,35; BO,75; B1.
Yana yengil betonlar asosiy xossasi zichligiga qarab xam bo'linadi, kg/m3:
D200, DЗОО, D400, D500, D600, D700, D800, D900, D1000, D1100, D1200, D1300, D1400, D1500, D1600, D1700, D1800, D1900, D2000.
Issiqlik o'tqazuvchanligi asosan zichligi va kamligiga bog'liq..Yengil betonlar sovuqqa chidamliliga qarab: F25, F35, F50, F75, F100, F150, F200, FЗОО, F400, F500 ларга бўлинади.
G'ovak to'ldirg'ichli yengil betonlar suv o'tqazmasligiga qarab quyidagilarga belilangan:
WО,2; WО,4; WО,6; WО,8; Wl; WI,2 (МПа).
Gaz beton.
Sement xamiriga gaz xosil qiluvchi modda, ba'zan ob don to'yilgan qum, shlak yoki qum tuproq
komponentini qo'shib gaz beton olinadi.
Bog'lovchi material sifatida asosan oz miqdorda ohak yoki o'yuvchi natriy qo'shilgan p/s olinadi.
Gaz xosil qiluvchi qo'shimcha sifatida algomin yoki rux kukuni (ohak) bilan reaktsiyaga kirishadi.
ЗСа( ОН)2+6Н2О+6А1=ЗСаО*А12Оз*6Н2О+ЗН2
Ajralgan gaz sement xamirida xavo pufakchalarini xosil qiladi va u g'ovakli strukturaga aylanadi. Xom-ashyoning tarkibi: p/s - 90% , ohak kukuni - 9,75%
s/s=0,55 - 0,65 dan oshmasligi, alyumin kukuni - 0,25% masligi kerak (shu holda gazosilikat beton avtoklavlarda olinadi).
Ko'pik beton.
Sement xamiri yoki qorishmani maxsus so'nmaydigan ko'pik bilan aralashtirib, ko'pik beton olinadi.
Ko'pik xosil qiluvchi moddalar.
kanifol` sovun bilan, xayvonot yelimi, o'simlik ildizidan olingan sovun,Arbolit. Arbolit sement organik to'ldirgichlar, ximiyaviy qo'shilmalar va suv qorishmasidan tayyorlanadi.
Temir beton.
Odatda beton sikilishga yaxshi ishlab, cho'zilishga yomon ishlaydigan materialdir. Armaturani
betondan olinadigan buyumga shunday qo'yiladiki, u cho'zadigan kuchlanishni qabul qilsin, beton
esa siqilishdagi kuchlanishni qabul qilsin. Bu esa olingan materialni xam siqilishga xam,
cho'zilishga yaxshi ishlashiga imkon beradi. Armatura beton bilan yaxshi tishlashishi va bir xil KLTR
(temperaturadan chiziqli kengayish koeffitsienti) ga egaligi temir betonni keng qulamda
ishlatish mumkinligini ta'minlaydi. Armaturani yemirilishdan beton ximoya qiladi. Yig'ma temir
beton buyumlarni qurilishda ishlatilishi xisobiga ishlab chiqarish 3 martadan ko'p oshdi.
Yig'ma temir beton buyumlarning afzalliklari:
-yuqori sifati;
-uzoq, muddat xizmat qilishi;
-ishlatish vaqtida ortiqcha mehnat talab qilmasligi;
-qurilish tezlashishi;
-mehnat kam sarflanishi;
-havoda qilinmasligi xisobiga yog'och iqtisodi;
-qishda ishlatish qurilishda qulayligi.
Yig'ma temir betonlar quyidagi sinflarga bo'linadi:
I. armaturalash turiga qarab a) oddiy armatura bilan; b) oldindan taranglangan armatura
bilan.
II. zichligiga qarab - zich beton yengillashtirilgan beton yengil beton o'ta yengil beton
III. betonning turiga qarab: sementli og'ir va yengil, g'ovakli beton, silikat beton,
ximiyaviy muxitga chidamli, pardozbop.
IV. ichki tuzilishiga qarab: to'liq, ichi kovak, aralash.
V. ishlatilash joyiga qarab: turar joy uchun, sanoat qurilish uchun, jamoat qurilishi uchun,
qishlok, xo'jaligi qurilishi uchun, gidrotexnik qurilishi uchun.
Armatura turlari:
At - termik mustahkamlangan sterjen armatura
A - Shts - termik mustahkamlangan payvandbop armatura
A - I - silliq yuzali dumaloq, shakldagi armatura
V - 1 -silliq sim
A - Shk - kuchlanish natijasida yemirilishga chidamli armatura.
Xozirgi vaqtda oldindan taranglanmaydigan buyumlar uchun asosan sterjenli A-SH va at-Ivc va
simli Vr-1 (uzlukli notekis)
Taranglab olinadiganiga esa sterjenli A-V, A-VI, At-V, At-U1 yuqori mustahkamlikka ega
bo'lgan sim va undan olinadigan trosslar ishlatiladi.
Qurilishning samara darajasini oshirish, binolar va inshootlarni qayta ta'mirlash uchun qurilish
mahsulotining sifatini yaxshilash, uzoq muddatligini oshirishda mahalliy materialdan
tayyorlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish lozim. Beton
qorishmasini, buyum va konstruktsiyalarni zavod va ishlab chiqarish sharoitida tayyorlash
texnologiyalari shuni ko'rsatdiki, beton va temirbetonni tayyorlashda yuqori samarali
plastifikatorlarni ishlatilishi 1m3 kub betonda 10-20% sementni iqtisod qilishga imkon
beradi.
Izlanishlar shuni ko'rsatdiki, SSE ishlab chiqarish chiqindisi yarim funktsional qo'shilmalar
jumlasiga kirib, =0,994-0,998g/sm3zichlikdagi och sariq suyuqlikdir.
SSE qo'shilmasi zararsizdir, uni konstruktsiyalar va mahsulotlar ishlab chiqarish uchun
ishlatsa bo'ladi. Beton qorishmasiga SSE qo'shilmasini qo'shish uning texnologik xususiyatlarini
yaxshilashga olib keladi va mahsulotlarni ishlab chiqarishda ichimlik suvini to'la tejaydi. SSE
ning sutkalik zaxirasi Buxoro viloyati bo'yicha 700 m3 ni tashkil qiladi. Maxsus o'tkazilgan
izlanishlar shuni ko'rsatdiki, sanoat chiqindisi SSE oqsil moddalarning suvli kontsentratsiyasi
bo'lib, tarkibi bo'yicha 2 oqsildan: seritsin va fibroindan tashkil topgan. Seritsin suvda
eriganda fiksirlangan zaryadlar bilan elastik zanjirga ega bo'lgan oqsillar molekulalari
ko'pchiy boradi va ma'lum darajada bir–biridan uzoqlashishi mumkin. Suvda eriganda
makromolekulalarining zaryadlanganligi dispers qismlarining teskari ionlari bilan o'zaro
ta'siriga yordam beradi. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki eritilgan sement qorishmalarining
suspenziyalari elektroforetik hodisaga uchraydi. Tayyorlangan sement qorishmasining
suspenziyasi uzoq vaqt davomida barqaror bo'ladi va o'lchovlar bo'yicha qoniqarli qiymatlar
ko'rsatadi. Agar mineral qismlari gidrofilli ekanini hisobga olsak, unda suvli muxitda
hosil bo'lgan salohiyatli ionlar sifatida gidroksil` guruh ionlari xizmat qiladi.
Beton qorishmalarida SSE ning ishlatilishi beton va temir-beton mahsulotlaridagi armatura
karoziyasi jarayonini rivojlanishiga olib kelmaydi.
SSE ni beton qorishmasining suyuq fazasi sifatida ishlatilishi to'la ravishda ichimlik suvini
qo'llamaslik imkonini beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xozirgi kunda hududimizda temir-beton konstruktsiyalar ishlab
chiqaruvchi zavodlarida samarali kimyoviy qo'shilmalar kam ishlatiladi.Samarali kimyoviy
qo'shilmalar sifatida mahalliy chiqindilarni ishlatish juda foydalidir. Bunday chiqindilarga
SSE ni misol qilishimiz mumkin.
Shuni ta'kidlash joizki, SSE ishlatilgan betonning mustahkamlik va deformativ xossalari kam
o'rganilgan, bu sohadaga tadqiqodlarni davom ettirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz
Bugun dunyo yangi texnika va texnologiya taraqqiyotiga qadam qo'ydi. Fan texnikani rivojlanishi
natijasida metallurgiyada xam katta o'zgarishlar bo'lmoqda. Metall o'rniga yangi turdagi
maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Masalan: eng yaxshi po'lat yoki alyuminiy qotishmalari bilan tenglasha oladigan material – bu
kompozit yoki kompozitsion materiallardir.
Entsiklopedik materiallarga ko'ra «Kompozit»ning manosini qo'yidagicha berilgan: «Berilgan
yo'nalishi bo'yicha mustaxkamlovchisi bo'lgan metall yoki metallmas materiallar. Zamonaviy
kompozitsion materiallardan biri - temirbeton». Ma'lumki, temir-beton olishda, po'lat
armatura atrofida betonni qotiriladi. Natijada o'ziga xos monolit xosil bo'lib, beton asosan
siquvchi kuchga, armatura chuzuvchi kuchga ishlaydi.
Bundan ko'rinib turibdiki, kompozit materiallarini ishlab chiqish, asos va mustaxkamlovchining
yaxshi xususiyatlarini qo'llashga mo'ljallangandir.
Bunga misol tariqasida shisha plastikani olishimiz mumkin. Unda shisha ipni polimer smolasiga
botiriladi. Bu material yonmaydi, o'tda qizdirilganda xam mustaxkamligini saqlaydi, suv
shimmaydi, korroziyaga chidamlidir. Bundan tashqari, mustaxkamlovchi – shisha ipi, ko'p tarqalgan
organik va neorganik tolalar orasida keng qo'llanilishi bo'yicha oldingi o'rinda to'radi.
Asosi polimer bog'lovchi bo'lgan kompozitlar xozircha keng tarqalgan. Bu materiallar 200 S
temperaturagacha bo'lgan muxitda ishlay oladi. Kompozitsion materiallarning ba'zi turlari,
masalan: uglerod bog'lovchisi, uglerod tolali kompozitlar 2500 S gacha temperaturaga bardosh
beradi. Bog'lovchi turiga qarab kompozitlar uch xil bo'ladi: polimerli, metall va keramikali.
Polimerlar xaqida yuqorida aytib o'tildi. Metallkompozitlar turiga asosan alyuminiy yoki
magniy bo'lgan materiallar kirib, mustaxkamlovchi sifatida uglerodli, borli va boshqa tolalar
qo'llaniladi. Ularni ishchi temperaturasi 400-500 S. Ulardan so'ng asosan titan yoki nikel
qotishmali kompozitlar turadi. Keramika turidagi karbid yoki nitrid kremniyli kompozitlarni
1700-2000 S gacha qo'llash mumkin.
Xamma kompozitlarning farqlanuvchi tomoni shundan iboratki, ular o'ta mustaxkam, yengil va
ximiyaviy chidamlidir. Alyuminiy qotishmasi bilan organik plastika bazasida qatlamli
materiallar ishlab chiqildi. Uni mavjud bo'lgan alyuminiy qotishmalari bilan solishtirilganda,
uni qo'yidagi afzalliklari bor: 10-20% zichligi kam, 15-20% solishtirma mustaxkamlik yuqori,
charchashdan paydo bo'ladigan yoriqlarni o'sish tezligi 10 barobar kamdir.
Material qancha yengil bo'lsa, uning zichligi kam bo'lishi ma'lumdir (bir xil mustaxkamlikda).
Xisob-kitob ishlarida asosan solishtirma mustaxkamlik va bikrlik modulidan foydalaniladi,
ya'ni materialning bu ko'rsatkichlari solishtirma og'irligiga nisbati olindi. Shuning uchun
solishtirma mustaxkamlik va solishtirma bikrligi kilometrda o'lchanadi, boshqacha qilib aytganda
uzunlik o'lchamiga egadir.
Борли ва керамик толалар ўта қаттиқ ва температурани ортиши билан мустахкамлигини камайишига мойил эмас. Органик толалар учун максимал температура 300 С. углеродли толалар нейтрал ва тикловчи мухитда 2200 С гача қиздиришгача чидамлидир, у бунда ўз мустахкамлигини сақлайди. Ҳавода эса, 450 С дан оксидланишни бошлайди.
Саноатда шиша-, карбид-, бор- ва органик толалар ипларини, эпоксидли ва полиамид боғловчилар асосида кўп ишлатилади, металл композитларда эса борли ва углерод толали ипларни, пўлат, вольфрам ва бошқа симларни, алюминий, магний, титан ва бошқа боғловчи материаллар асосида ишлатилади.
Матрицаларнинг механик хоссалари композитларнинг хоссаларини белгилаб беради. Масалан, тола йўналишидаги суриш, сиқиш ва юкланишдаги нормал кучланишга чидамлилиги, яна чарчоқдан емирилишга қаршилиги. Матрицаларнинг мустахкамлик чегарасини ва толанинг эластиклик модули чегарасини ортиши билан, бир хил толаларда мустахкамланган композитларнинг чарчашдаги мустахкамлиги ортади. Мустахкамловчи толалар шакли, тола ва матрицанинг мустахкамлик ва деформацияланувчанлик тавсифи, композитларнинг физик-механик хоссалари анизотропиясини белгилайди. Уни, толаларнинг ўзаро жойлашини ва миқдорини ўзгартириб, созлаш мумкин. 1-расмда хар хил структурада армирланган композитларнинг кучланиши ва деформацияси орасидаги боғланиш келтирилган. Ундан кўринадики, композит энг юқори мустахкамлик ва бикрликка узлуксиз толалар ўзаро параллел жойлашганда (бунда юкланиш тола йўналиши бўйича берилган) эришилади. Бу кўрсаткич армирловчи толани мустахкамлик ва эластиклик модули ортиши билан ортиб боради.
Углеродли толаларда армирланган енгил қотишмалар асосилаги композицион материални олишнинг икки усули мавжуд: дастлаб баръер қатлами билан қопланган углерод толаларини эркин чуктириш ва суюқ эритма билан босим остида мажбурлаб чуктириш.
Plastikoynali armatura po'latdan yasalgan armatura o'rnini bosadigan mahsulotdir.
URAL-AZIYA ARMATURA O'zbekistonda birinchilardan bo'lib, plastikoynali armaturalarni ishlab
chiqaruvchilardan hisoblanadi.
Mahsulot sifatini aniqlash omillariga tasdiqlangan sinov bayonnomalari, uzluksiz yetkazib
berish tizimi, omborxonalarda mahsulotning doimiy mavjudligi, yuklarning samarali yuborilishi,
narx moslashuvchanligi, “qo'ng'iroq orqali” mahsulot yetkazilishi, hamda joylarda to'lash
imkoniyatining mavjudligi, bularning barchasi, qurilish mollari bozorlarida plastikoynali
armaturalarni sotish bo'yicha yetakchi o'rinlarni egallash imkonini beradi.
KOMPOZIT PLASTIK OYNALI ARMATURA
An'anaviy temir armaturalar o'rniga beton inshootlarda qo'llaniladi. Shishatoladan,
uglerodtoladan va bazal`ttoladan tayyorlanadi. Tashqi ko'rinishi an'anaviy armaturadan farq
qilmaydi, tashqi diametri 4 mm dan 16 mmni tashkil etib, uzluksiz spiralsimon rel`efga ega бўлган, исталган узунликдаги қурилиш маҳсулотидир.AL-AZIYA ARMATURA
Kompozit plastikoynali armatura – ekologik xavfsiz qurilish mahsulotidir. Uzoq muddatiyligi
va deyarli barcha ko'rsatkichlar bo'yicha temir armaturalardan ancha ustundir.
Plastik armatura turli muhitlarda saqlanishi mumkin. U yengil bo'lganligi sababli, uni yengil
avtomobillarda olib yurilishi mumkin. Bu armatura mahsus kimyoviy tarkib bilan to'yintirilgan
shishatolali (stekloroving)ni o'zida namoyon etadi.
Stekloplastikovuyu armaturu tak je nazivayut polimernoy, ASP (stekloplastikovaya
periodicheskogo profilya) ili kompozitnoy.
Plastikoynali armaturalarni shuningdek polimer yoki kompozit deb ham atashadi. Plastikoynali
armaturaning afzalliklari:
1. 2,5 marta mustahkam;
2. 10 marta yengil;
3. 30% arzon, bu o'z navbatida qurilish harajatlarini kamaytiradi;
4. Transportirovka qilish qulay;
5. Zanglamas, hizmat qilish muddati 80 yil.
Foydalaniladi:
1. Armirovalangan beton buyumlar ( fundament qurilishida, pol, garaj, yo'lak, avtostrad
va yo'llarni ustki qoplamasida);
2. To'siqlar qurilishida;
3. Suvomborlarining qirg'oqlarini mustahkamlashda;
4. Fundamentni ta'mirlash ishlarida, g'ishtli va temirbeton tuzilishlarida;
5. Elastik bog'lamalar sifatida;
6. Dengiz va portoldi inshootlari qurilishida;
7. Yo'l va yo'lak plitalar qo'yilishida;
Plastikoynali va temir armaturalar hususiyatlarining taqqoslanishi:
Ҳусусиятлар
|
Арматура
|
Темир синфи
А-Ш (А400С)
|
Композитн арматура «АРМАСТЕК»
|
Хом ашё
|
Пўлат
|
Стеклоровинг, эпоксид қатронлари асосидаги полимер боғланмаси
|
Тортилиш мустаҳкамлиги чегараси, МПа
|
390
|
1 300
|
Таранглик модули, МПа
|
200 000
|
55 000
|
Узайиш нисбати, %
|
25
|
2,2
|
Иссиқлик ўтказиш коэффициенти, Вт/(мּ0С)
|
46
|
0,35
|
Кенгайиш коэффициенти, αх10-5/0С
|
13-15
|
9-12
|
Зичлиги, т/м³
|
7,8
|
1,9
|
Тажоввузкор муҳитда занглашга чидамлилиги
|
Занглайди
|
Зангламайдиган хомашё
|
Иссиқлик ўтказувчанлик
|
Иссиқлик ўтказувчи
|
Иссиқлик ўтказмайди
|
Электр ўтказувчанлик
|
Электр ўтказади
|
Электр ўтказмайди – диэлектрик ҳисобланади
|
Чиқарилаётган профил
|
6 - 80
|
4 - 20
|
Узунлиги
|
Мажмуанинг узунлиги 6-12 м
|
Буюртмачининг талабига биноан
|
Экологик тозалиги
|
Экологик тоза
|
Токсик маҳсулот эмас, инсон организмига ва атроф муҳитга таъсир этиш даражаси 4 хавфлилик синфига мансуб, (хавфсиз).
|
Узоқ муддатлилиги
|
Қурилиш меъёрлари мувофиқлигида
|
80 йилдан кам бўлмаган муддат
|
Физико-механик ҳусусиятларига кўра арматураларнинг алмаштирилиши
|
6 АIII
8 АIII
10 AIII
12 АIII
14 АIII
16 АIII
18 АIII
20 АIII
|
4 АКС
6 АКС
7 АКС
8 АКС
10 АКС
12 АКС
14 АКС
16 АКС
|
Оғирлик, кг. (при равнопрочной замене)
|
6 А-III - 0,222
8 А- III – 0,395
10 A-III – 0,617
12 А-III – 0,888
14 А- III – 1,21
16 А- III – 1,58
18 А- III – 2,0
20 А- III – 2,47
|
4 АКС – 0,02
6 АКС – 0,05
7 АКС – 0,07
8 АКС – 0,08
10 АКС – 0,12
12 АКС – 0,20
14 АКС – 0,26
16 АКС – 0,35
|
UNING QO'LLANILISH SOHALARI, TEMIR ARMATURALARDAN KO'RA ANCHA YUQORI HISOBLANADI.
1. Armatura yo'l qurilishida hamda sanoat ishlab chiqarilishida ishlatish uchun mo'ljallangan.
2. Beton binolarning tuzilmalarida va turli xil maqsadli inshootlarda qo'llanilishi.
3. Yengil va og'ir betonlarda qo'llanilishi uchun (penobeton, to'siqli plita, qoplamali plita,
monolit fundament)
4. G'ishtli qavatlar orasiga qo'yilgan binolarda.
5. Binolarning tashqi devorini issiqlik ushlab turuvchi moslama dyubel sifatida ishlatilishi.
6. Inshootlarda to'r sifatida.
7. Binolarning uch qavatli tosh devorlarini bog'lovchi moslashuvchan moslama sifatida,
fuqarolik, sanoat va qishloq ho'jaligi qurilishida.
8. Qirg'oqbo'yi hududlarini mustahkamlashda ishlatilishi.
9. Dengiz va portoldi inshootlarida.
10. Kanalizatsiya, melioratsiya va suv yurg'izishda.
11. Yo'l yuzasi va to'siqlarda.
12. Kimyoviy ishlab chiqarishda infrastruktura elementlarida.
13. Kuchlanishga ega bo'lgan va kuchlanishga ega bo'lmagan betondan ishlab chiqilgan narsalarda
ya'ni (tayanch yoritkichlari, tayanch chiziqli elektr uzatkichlar, chiziqli elektr uzatkichlar
izolyatsiyalangan traverslar; yo'l va yo'lak plitalari, devor plitalari, porebriklar, ustun va
tayanchlar; temir yo'l shpalalari; kollektorlar uchun turli bichimdagi mahsulotlar, quvur
o'tkazgichlar va trassa o'tkazgichlar (issiqlik markazlari, kabel kanallari) kommunal
tizimlarida ishlatiladi
14. Uylarning yechilmas opalubkalarini qurilishida.
15. Binolarning seysmochidamlilik kamarini yaratishda hamda mavjud inshootlarda temir bo'lmagan armaturalarning qayta ishlatilishi, temir armaturalarga qaraganda ishlatilish muddati 2-3 marotaba ortiqroqligi, shu bilan birga unga ta'sir etuvchi tajovuzkor muhitga (xlorist tuzlari, ishqorlar va kislotalarga) chidamliligi shular jumlasidandir.1200>
Dostları ilə paylaş: |