4-mavzu: astrofizikadagi kompakt ob’ektlar. Qorong‘I MATERIYA VA Qorong‘i energiya. Gravitatsion to‘lqinlar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/5
tarix30.03.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#54422
1   2   3   4   5
4-mavzu ZFvaA amaliy.

Gravitatsion to’lqinlar.

2016 yilning 11 fevralida AQSh Milliy ilmiy fondi (National Science Foundation – NSF) tomonidan gravitatsion to’lqinlarning ilk bora tajribada qayd etilgani e’lon qilindi. Ushbu kashfiyot olamshumul kashfiyot bo’lib, zamonaviy astrofizikada yangi ilmiy yo’nalishlarni ochadi11.



2-rasm. Ikkita qora tuynuklarning qo’shilishi natijasida tarqalgan gravitatsion to’lqinlarning qayd etilishi.


Gravitatsion to’lqinlar mavjud bo’lishi nazariy jixatdan Eynshteyn tomonidan umumiy nisbiylik nazariyasini yaratganidan so’ng 1916 yildayoq aytilgan edi. Oradan 100 yil o’tib, gravitatsion to’lqinlar kashf etildi. AQSh dagi gravitatsion to’lqinlarni qayd etuvchi LIGO – observatoriyasi tomonidan 2015 yilning 14 sentyabrida ikkita qora tuynuklar (massalari 29 va 34 Quyosh massasiga teng bo’lgan) ning birlashishi natijasida yangi bitta Qora tuynukning (massasi 60 Quyosh massasiga teng) paydo bo’lishi natijasida ajralib chiqqan gravitatsion to’lqinlarni qayd etdi12. Gravitatsion to’lqinlar tabiatan kichik intensivlikka ega bo’lib, ularning intensivligi gravitatsion to’lqin manbasining massasiga to’g’ri proportsionaldir. Qora tuynuklar massalari etarlicha katta bo’lganligi tufayli ulardan kelayotgan gravitatsion to’lqinning intensivligi tajriba qurilmalari aniqligi intervalida bo’ldi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin