4-mavzu: biologiyada foydalanadigan ko‘rgazmali, amaliy metodlar va ular tarkibiga metodlar hamda ularning turlari reja



Yüklə 37,7 Kb.
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü37,7 Kb.
#123679
1   2   3   4   5
4-mavzu

Tadqiqotchilik loyihalari. Tadqiqotchilik loyihalarini o‘quvchining tadqiqotchilik faoliyatining eng yuqori bosqichi deb hisoblash mumkin. Nazariy-ekspress tadqiqotlar, tajribalar o‘tkazish usullarini egallagan o‘quvchilar maxsus tanlab olingan metodikalar bo‘yicha tadqiqotchilik loyihalarini olib boradilar. 5-6-sinfdan boshlab o‘quvchilarda tadqiqotchilikka qiziqishning namoyon bo‘lishi, tadqiqot o‘tkazishning bir qancha bosqichlarini o‘tishi kelgusida ularning ilmiy ishlari sari qo‘ygan birinchi qadami bo‘ladi. Masalan: Ajoyib kaktuslar. Aloe - derazamdagi yashil doktor. Atirgul - gullar malikasi. Barchaga tanish archa. Doimiy yashil libos siri. Fitonsidlarning mikroorganizmlarga ta’siri. Fotosintez - tabiat jumbog‘i. Maktab hovlisidagi fitonsid o‘simliklar haqida. O‘simliklar hayotida xazonrezgilikning ahamiyati. O‘simliklarning o‘zaro munosabatlari. Polizimizdagi dorixona. Qadimdan tanish tabib. Qoqio‘t - kichkina tabib. SHakli o‘zgargan barglar. Shakli o‘zgargan er usti novdalari. Shakli o‘zgargan er osti novdalari. Sinoptik o‘simliklar. Yashil dorixona. Yashil laboratoriya. Yashil tabib. Yum-yumaloq dekcha, ichi to‘la mixcha. Zaharli o‘simliklar. Zamburug‘lar - o‘simlikmi yoki hayvon.
O‘quv faniga qiziqishning ortishi, adabiyotlar bilan ishlash va tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarining ortishi, darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha shug‘ullanish istagining paydo bo‘lishi, mustaqil ishlashga intilish, o‘zining “kashfiyotlari” va muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashishi - bularning barchasi o‘quvchilar olib boradigan tadqiqotchilik faoliyatidan kutilgan va muhim ahamiyatli natijalardir. Tadqiqotchilik ishlari o‘quvchilarni yuksak ijodiy faollikka, mustaqil fikr yuritishga erishishlariga beradi. O‘quvchilarning o‘quv-tadqiqot ishlarini tashkil etishdan kutiladigan natijalar: o‘quvchilar o‘quv dasturida belgilangan kompetensiyalarga ega bo‘ladilar; o‘quv-tadqiqot usullari va metodlarini egallaydilar; zarur bilimlarni topish uchun mustaqil ravishda qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganadilar; kerakli ma’lumotlarni tanlash, saralash ko‘nikmasini egallaydilar; tushuncha va hodisalarni mustaqil taqqoslashga o‘rganadilar; o‘zining shaxsiy fikrini bildirish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini aniq va dadil ifoda etish malakasiga ega bo‘ladilar.

Yüklə 37,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin