4-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Yüklə 250,13 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü250,13 Kb.
#208162
4-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


4-MAVZU. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH
REJA:
4.1. Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari.
4.2. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish.
4.3. Investitsiya loyihalari bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish
4.4. Biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha qarorlar qabul qilish.
4.5. Biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha qarorlar qabul qilishda boshqaruv samaradorligini baholash.
4.6. Rivojlangan mamlakatlarda biznesni markazlashtiril magan holda boshqarish tajribasi.
Tayanch so’zlar: rejalashtirish, muvofiqlashtirish va aloqa, rag’batlantirish, nazorat, baho, o’qitish, umumiy (asosiy) byudjet, operativ byudjet, sotuv byudjeti, tijorat sarflari byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, materiallarni xarid qilish, foydalanish byudjeti, mehnat sarflari byudjeti, umumiy ishlab chiqarish sarflari byudjeti, umumiy va ma’muriy sarflar byudjeti, foyda va zararlar to’g’risida faraziy (prognozniy) hisobot, moliyaviy byudjet, kapital sarflar byudjeti.

4.1. Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari


Korxonalar iqtisodiy faoliyatida boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni alohida o‘rin tutadi, u yuqori malaka va amaliy tajribaga ega bo‘lishni talab qiladi.
Boshqaruv qarorlari qabul qilish korxona oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi.
Boshqaruv qarorlari amal qilish davriga ko‘ra strategik (uzoq muddatli) va qisqa muddatli qarorlarga bo‘linadi.
Strategik boshqaruv qarorlari korxonaning oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur qarorlar korxona rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi.
Qisqa muddatli qarorlar qo‘yilgan maqsadga erishishda qabul qilinadigan tezkor qarorlardir. Ular korxonaning joriy rejalarini tuzish, kadrlar masalasini hal qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga bir qancha talablar qo‘yiladi. Bu talablar boshqaruv qarorlarining ishonchliligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish zarurati bilan izohlanadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga quyidagi talablar qo‘yiladi:
aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi va korxona manfaatlarini to‘liq ifoda etishi. Bunda boshqaruv qarorlarining korxona oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga hamda uning foydasini oshirishga yo‘naltirilishi nazarda tutiladi;
ilmiy-amaliy jihatdan asoslanishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili natijalari, uning iqtisodiy imkoniyatlari hamda zamonaviy fan-texnika yutuqlarini to‘liq hisobga olish zarur;
aniq muddatlarda qabul qilinishi va amalga oshirilishi. Boshqaruv qarorlarini amalga oshirish davri belgilab olinishi lozim. Bu holat uni o‘z vaqtida va oqilona bajarilishini nazorat qilishga ko‘maklashadi;
tezkor bo‘lishi. Boshqaruv qarorlari bozor talablari va korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib zarur hollarda tezkor qabul qilinishi zarur.
yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda unumsiz va ortiqcha xarajatlarni rejalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda xodimlar manfaatlarini korxonaning umumiy manfaatiga mos bo‘lishi, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish, korxonaning iqtisodiy, texnikaviy salohiyatini tahlil etish kabi jihatlarga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Bu hol esa o‘z navbatida korxonalardan boshqarishni bozor iqtisodiyotiga mos mexanizmlarini shakllantirishni talab etadi. Ushbu mexanizmlar korxonalarning yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatishi, bozorda barqaror mavqega ega bo‘lishini va mahsulotlarini raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlashi zarur. Bu masalalarni hozirgi zamon menejmentisiz hal etish murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalarni rivojlantirishda zamonaviy menejmentning mazmun va mohiyati, vazifalariga batafsilroq to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
Menejmentga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda uning mohiyati va mazmuniga turli yondoshuvlar mavjud (12.1-jadval):
4.1-jadval
Menejment atamasining mohiyati va mazmuniga mavjud yondoshuvlar


Menejmentningmohiyati


quyidagichaaniqlanadi

Vazifa, faoliyat turi

Fan va san’at

Boshqaruv organi yoki apparat

Jarayon

Insonlar kategoriyasi

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, menejmentning ko‘p yillik rivojlanishi boshqaruv faoliyatini ishlab chiqarish vazifasidan farq qiluvchi alohida vazifaga ajratadi.


Boshqaruv vazifa sifatida u tomonidan boshqaruv vazifalari, deb nom olgan boshqaruv jarayonlarini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Ular birinchi marta fransuz olimi A.Fayol tomonidan asoslangan edi. Bu vazifalar rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish kabilardan iborat. Keyinchalik, boshqaruv jarayonlarini yanada mukammallashtirish hisobiga ko‘pgina ishlanmalarda bu vazifalar to‘ldirib borilgan. Jumladan, menejment vazifalariga motivlashtirish, kommunikatsiya, tadqiq etish, baholash, qarorlarni qabul qilish kabilar qo‘shildi.
Menejmentni vazifa sifatida ko‘rib chiqish boshqaruv faoliyatini hamma turlarining tarkibi va mazmuni, shuningdek, ularni zamon va makondagi o‘zaro aloqadorligini ishlab chiqishni talab etadi.
Menejment mustaqil fan sifatida XIX asrning oxirida shakllana boshladi. Uning asosini ko‘p yillar davomida to‘planib borgan boshqaruv to‘g‘risidagi bilimlar tashkil etadi. Ular turli konsepsiyalar, nazariyalar, tamoyillar, boshqaruv uslublari va shakllarida o‘z aksini topgan. Menejmentning fan sifatidagi ta’rifi asosida boshqaruv xususidagi bilimlarning shakllanganligi va muayyan tizimga keltirilganligiga alohida o‘rin beriladi. Bu esa birinchidan, korxonalarga joriy faoliyatni o‘z vaqtida samarali boshqarishga, ikkinchidan esa istiqbolni belgilash va unga mos korxonaning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishga imkon beradi. Shu bois, boshqaruv fani o‘zining nazariyasini ishlab chiqadi. Uning mazmunini esa boshqarish jarayonida insonlar faoliyatining qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va uslublari tashkil etadi.
Amaliyotda menejmentni san’at sifatida tushunish keng tarqalgan. U xo‘jalik korxonalari murakkab tizim ekanligi va ularning faoliyatiga bir nechta tashqi va ichki muhit omillari ta’sir etishiga asoslanadi. Bunday murakkab mexanizmni boshqarish yuqori sifat darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham menejment san’at sifatida talqin qilinadi va u tegishli konsepsiya, nazariya, tamoyillar, shakl va uslublarga tayanadi.
Bu kabi yondoshuvlar korxona menejerlariga nafaqat ilmiy bilimlarni doimo to‘ldirib, yangilab borish, balki shaxsiy sifatlarni takomillashtirib borish, o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash layoqatini mustahkamlashni talab qiluvchi fan va san’atni bir jarayonga birlashtirishga imkon beradi.
Korxonalarda ishlovchi xodimlar o‘z kuch va imkoniyatlarini aniq maqsadlarga erishishga yo‘naltirishlari uchun menejerlar ular bilan doimo aloqadorlikda bo‘lishlari va samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoit yaratib berishlari zarur.
Menejment shuningdek, integratsion jarayon sifatida ham talqin qilinadi. Uning asosida yuqori kasbiy malakaxga ega mutaxassislar korxona faoliyatini tashkil etadi va maqsadlarni aniqlash, ularga erishish uslublarini ishlab chiqish yo‘li bilan korxonani boshqaradilar.
Ta’kidlanganidek, menejment jarayoni rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat qilish kabi vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. Ular yordamida menejer korxonada ishlovchi xodimlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratadi.
Shu munosabat bilan boshqaruv jarayonini menejment sohasida yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega mutaxassislar amalga oshiradi. Ular korxona faoliyatini yuritadilar, maqsadlarni belgilaydilar, unga erishish usullarini ishlab chiqib amalda qo‘llaydilar. Bu san’atga ma’lum bir insonlar kategoriyasi – menejerlar ega bo‘lishlari lozim. Ularning vazifasi xodimlarni oqilona boshqarish natijasida korxonani samarali faoliyat yuritishini ta’minlashdan iborat.
Ko‘p hollarda menejment organ yoki boshqaruv apparati bilan tenglashtiriladi. Menejment-tijorat va notijorat korxonalarning o‘ziga xos organidir. Korxona bu organlarsiz bir butun tizim sifatida faoliyat ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun boshqaruv apparati har qanday korxonani tarkibiy qismi hisoblanib menejment faoliyatiga tenglashtirildi. Unda band bo‘lgan xodimlarning bosh vazifasi pirovard maqsadga erishish uchun korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashdan iboratdir.
Shunday qilib “menejment” atamasi boshqaruv xususidagi adabiyotlarda juda keng talqin etiladi. Binobarin, uning har qanday ta’rifi to‘liq emas. Masalan, menejment har xil tamoyillar, vazifalar va menejmentning sotsial-iqtisodiy uslublaridan foydalanish asosida bozor iqtisodiyoti sharoitida harakat qiluvchi korxonalarning optimal xo‘jalik natijalariga erishishga qaratilgan kasbiy faoliyatining o‘ziga xos turi. Bu ta’rifda urg‘u menejment kasbiy faoliyat turi ekanligiga berilmoqda.
Menejment alohida insonlar va jamoalarga tizimiy ta’sir etishni ta’minlaydi. Bundan maqsad, kelishilgan holda birgalikda faoliyat ko‘rsatib, ko‘zlangan maqsadga erishishdan iborat. Shuningdek, menejment harakatlarni tanlash, ularni kombinatsiyalash, ketma-ketligini belgilash, pirovard natijalarni baholashni nazarda tutadi.
Hozirgi zamon menejmentining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
ishlab chiqarish va biznes samaradorligini oshirishga intilish hamda korxona tomonidan rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga yo‘naltirilganlik;
tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga bog‘liq holda belgilangan maqsadlar va dasturlarga doimo ravishda tuzatish kiritib borish;
rejalashtirish jarayonini joriydan istiqbolga qarab o‘zgartirish;
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisoblarni amalga oshirish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
korxona faoliyatini samarali boshqarishga barcha xodimlarni jalb etish;
boshqaruv jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tahlil etish va tegishli moslashuvchan qarorlar asosida ish olib borish;
korxona boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida innovatsion yondashuvdan keng foydalanish va h.k.lar.
Korxonani samarali boshqarish xodimlarni qo‘yilgan maqsadga erishish uchun moddiy, iqtisodiy, huquqiy sharoitlardan foydalanib birgalikda harakat qilishlarini tashkil etadi. Xodimlar faoliyatining sharoitlari yaxlit holda korxonaning tashkiliy tuzilmasini tashkil etadi. Shu sababli, korxonani resurslar, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot kabi uch elementdan iborat tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Bunda boshqaruv qismi ob’ektning holati to‘g‘risidagi va boshqa axborotlardan foydalanib qarorlar qabul qilish orqali boshqaruv jarayonini amalga oshiradi (4-.1-rasm).



4.1-rasm. Korxonada boshqaruv jarayonining modeli

Shuni ta’kidlash zarurki, korxonani samarali boshqarish quyidagilarga bevosita bog‘liq:
-aniq maqsadning mavjudligi. Bu korxonaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratadi, uning xodimlari harakati yo‘nalishlarini belgilab beradi;
-korxona barqarorligi, ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarda mustahkamlik hamda doimiylikni ta’minlaydigan ichki muvofiqlashti-ruvchi tizimning amal qilishi;
-korxonaning barcha ichki jarayonlarini o‘z-o‘zini tartibga solish tamoyili asosida muvofiqlashtirilganligi;
-korxonaning alohidaligi ya’ni uni boshqa korxonalardan ajratib turuvchi chegaraning mavjudligi;
-tashkiliy madaniyatning mavjudligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment milliy iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan korxonalarni samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularni istiqbolli rivojlantirishni ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot nuqtai-nazaridan korxonalarning samarali rivojlanishi quyidagi ijobiy afzalliklarga ega:
birinchidan, aholining mavjud ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga imkon beradi;
ikkinchidan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Bu esa bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining o‘sishida namoyon bo‘lad;
uchinchidan, aholining yashash darajasi, farovonligi yaxshilaydi;
to‘rtinchidan, mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.
Mikroiqtisodiy nuqtai nazardan esa, korxona olayotgan foyda miqdorini oshishi natijasida xodimlarning daromadlari ko‘payadi, jamg‘arishga ko‘proq mablag‘ ajratilishi natijasida korxonaning ichki investitsiya qilish imkoniyatlari oshadi. Bu esa uni innovatsion asosda rivojlanishiga imkon beradi.
Amaliyotda, ko‘pchilik hollarda qabul qilinadigan qarorlar tor doiraga ega bo‘lib, korxonani istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlari va tamoyillarini ifodalay olmaydi. Bu holat esa respublikamiz korxonalarida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning aniq bosqichlarini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi (4.2-rasm).

4.2-rasm. Korxonalarda boshqaruv qarorlariqabul qilishning asosiy bosqichlari

Boshqaruv qarorlari qabul qilishning dastlabki bosqichida korxona bo‘linmalari amaliyotidagi muammolarni aniqlashga e’tibor qaratiladi. Bu bosqichda korxona buxgalteri tomonidan mavjud muammoni hal etish yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.
Muammolar yechimlarining muqobil variantlari aniqlangandan keyin buxgalter har bir muhokama qilinayotgan variantlarni xarajatlarni hisoblash, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini tejash imkoniyati hamda xo‘jalik muomalalarining moliyaviy natijalarini aniqlashga ta’sirini tahlil qiladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilishning har bir bosqichida turli xil hisob axborotlaridan foydalaniladi.
Boshqaruv hisobida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda mavjud muammolar yechimiga ko‘p variantlilik tamoyili asosida yondashish talab qilinadi. Bunda muhokama qilinayotgan masalaning ikki yoki undan ortiq variantdagi yechimi mavjud bo‘lsa, ular orasida eng maqbulini tanlab olish boshqaruv hisobidagi muhim vazifalarda hisoblanadi.
Tanlash jarayonida menejer uchun boshqaruv samaradorligini baholash muhim hisoblanadi.
Qo‘yilgan muammoni yechish uchun talab qilinadigan barcha axborotlar olingach, menejerlar qarorlar qabul qilishning samarali variantlarini tanlashlari mumkin.
Keyingi bosqichda korxona buxgalteri qabul qilingan qarorlar natijalarini tahlil qiladi va o‘z xulosalarini rahbariyatga taqdim etadi.
Agar mavjud muammolarning yechimlarini topish borasida boshqa choralar ko‘rish zarurati bo‘lmasa, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni tugallangan hisoblanadi, aks holda barcha bosqichlar qaytadan amalga oshiriladi.

4.2. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish


Bozor munosabatlari sharoitida har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishga majbur bo‘ladi.
“Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” (Cost-Volume-Profit) o‘zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlar va maslahatchilar korxona moliyaviy natijasini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim tavsiyalar berishlari mumkin.
Zararsizlik nuqtasi korxona daromadlari uning xarajatlarini to‘liq qoplash nuqtasi bo‘lib, moliyaviy natijalarni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi.
Baholar, korxona xarajatlari, mahsulotni sotish hajmi va tarkibiga oid har bir qabul qilingan qaror pirovard-natija korxona moliyaviy natijasida namoyon bo‘ladi.
“Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” quyidagi imkoniyatlarni beradi:
ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish;
xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va foydaning o‘zaro bog‘liqligi ta’siri natijasida xarajatlarning qanday o‘zgarishi mumkinligini aniqlash;
korxona rahbarlarining qisqa muddatli boshqaruv qarorlari qabul qilishlariga ko‘maklashish;
korxonani istiqbolli rivojlantirish imkonini beradigan variantlar orasidan eng maqbulini tanlash va h.k.
“Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” tahlili tizimi nafaqat kichik tadbirkorlik sub’ektlari, balki yirik korxonalar rahbarlari uchun ham ishonchli boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimida xarajatlar, ishlab chiqarish jarayonlari va moliyaviy natijalar bog‘liqligiga ta’sir etuvchi turli xil omillar o‘rganiladi. Bu holat korxona menejerlarini muntazam ravishda sotish bahosi, o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar, resurslarni sotib olish va ulardan oqilona foydalanish borasida qarorlar qabul qilishi zarurligi bilan ifodalanadi.
CVP-tahlili marjinal daromad, rentabellik ostonasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilikning marjinal zaxirasi kabi asosiy elementlardan iborat.
Marjinal daromadkorxonalarda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olinadigan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o‘rtasidagi tafovutni ifodalaydi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisoblash uchun korxonalarda marjinal daromad hajmi va koeffitsiyenti ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Marjinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlarni qoplash va foyda olishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi. Uni hisoblashning ikki usuli mavjud:
birinchi usuldamahsulotlarni sotishdan tushgan tushumdan barcha o‘zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlanadi;
ikkinchi usuldaesa marjinal daromad hajmi korxona doimiy xarajatlari va foydasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Marjinal daromadning o‘rtacha hajmi deganda, mahsulot bahosi bilan o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut tushuniladi. Bu ko‘rsatkich mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan doimiy xarajatlarni qoplashga qo‘shilgan hissa va olingan foydani aks ettiradi.
Marjinal daromad koeffitsiyenti mahsulot sotishdan olingan tushumdagi marjinal daromadning ulushi yoki tovar bahosidagi marjinal daromadning o‘rtacha ulushini ifodalaydi.
Rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotida CVP - tahlilini o‘tkazishning bir qancha usullaridan foydalaniladi. Ular ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zararsizlik nuqtasini aniqlash va unga ta’sir etadigan omillarni hisoblash uchun ko‘plab formulalar qo‘llaniladi. Shu bilan birga, amaliyotning o‘zi ham shunday har tomonlama qulay formulani qo‘llashni talab etadiki, u CVP - tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash va ancha oddiy yo‘l bilan har bir omilning ta’sirini aniqlashga imkon tug‘dirishi lozim. Bunday maqsadga erishish uchun quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

bu yerda, - mahsulot hajmi;
- doimiy xarajatlar summasi;
- foyda summasi;
-marjinal daromadning mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan summasi;
- mahsulot birligi bahosi;
- o‘zgaruvchan xarajatlarning mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan summasi.
Quyida 100000 so‘mlik foydani olish uchun rejalashtiriladigan sotish hajmini aniqlaymiz.

1. Bu yerda mahsulotni zararsiz sotish hajmi quyidagini tashkil etadi:

2. Berilgan koordinatlardagi kutilayotgan foyda summasini aniqlaymiz:

3. Berilgan koordinatlardagi doimiy xarajatlar summasini aniqlaymiz:

4. Sotishlarning rejalashtirilgan bahosini aniqlaymiz:

5. O‘zgaruvchan xarajatlarning mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan summasini aniqlaymiz:

6. Marjinal daromadning mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan summasini aniqlaymiz:

“Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” tahlilining muhim sharti korxona xarajatlarini doimiy va o‘zgaruvchanlarga bo‘lish hisoblanadi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish va sotishlar hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, o‘zgaruvchan xarajatlar esa - bu ikkita omilning o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgarib turadi. Shu bois, yuqorida keltirilgan formulalarga asosan zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulotni zararsiz cotish koeffitsiyenti ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu yerda, - mahsulotni zararsizsotish koeffitsiyenti;
- mahsulotni zararsiz sotish hajmi;
- mahsulotni foydali sotish hajmi.
Quyida mahsulotni zararsiz sotish koeffitsiyentini hisoblaymiz:

Bu koeffitsiyent yordamida mahsulot sotish hajmiga bog‘liq zararsizlik ko‘rsatkichini aniqlaymiz.
1. Mahsulot sotish hajmini qiymat ko‘rinishida aniqlaymiz.
1500000 x 0,83 = 1245000 so’m
2. Mahsulotni zararsiz narxini belgilaymiz.
100 x 0,83 = 83 so’m
3. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajat­larni aniqlaymiz.
60 x 0,83 = 49,8 so’m
4. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan marjinal daromad summasini aniqlaymiz.
40 x 0,83 = 33,2 so’m
SVR - tahlil tizimi hisob-kitoblarni soddalashtiradi va ularning mehnat talabliligini kamaytiradi, shuningdek, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga imkon beradi.
SVR - tahlili amaliyotda goho zararsizlik nuqtasi tahlili deb ham yuritiladi.
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegarasi) deganda, korxona ishlab chiqarishining shunday hajmi va tushumi tushuniladiki, bunda barcha xarajatlar qoplanishi va dastlabki foyda olinishi ta’minlanadi ya’ni mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan tushum uning barcha xarajatlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bu sotishlarning shunday hajmiki, unda korxona foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi.
Mazkur nuqta “Xatarli”, “O‘lik” yoki “Muvozanat” nuqtasi deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqtani VYeR (“Break-even point” - qisqartmasi) sifatida belgilanadi va u rentabellik nuqtasi yoki ostonasi deb ataladi.
Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni hisoblash grafik, tenglamalar va marjinal daromad kabi usullar yordamida amalga oshiriladi.
Grafik usulda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni topish “Xarajatlar - mahsulot hajmi - foyda” yaxlit grafigini tuzish imkonini beradi (12.3-rasm).

4.3-rasm. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni aniqlash tartibi


Keltirilgan rasmdagi zararsizlik nuqtasiga mos keluvchi tushum ostonaviy tushumdeb ataladi. Zararsizlik nuqtasidagi ishlab chiqarish (sotish) hajmi ishlab chiqarish (sotishlar)ning ostonaviy hajmi deb ataladi. Agar korxona sotishlarning ostonaviy hajmidan kam mahsulot sotsa, u zarar ko‘radi, ko‘p sotsa foyda oladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi va yalpi foyda rasmsini tasvirlashda turli darajadagi ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash muammosi paydo bo‘ladi. Zararsizlik nuqtasi rasmsi bo‘yicha foyda va zararlar o‘rtasidagi oqilona nisbatni aniqlash uchun jami xarajatlar va daromadlar chiziqlari orasidagi masofa aniqlanadi. Bunda foydaning oshishiga mahsulot hajmini o‘zgarishi ta’sirini aniqlashda qulay usullardan biri foyda va mahsulot hajmi rasmsi hisoblanadi (12.4-rasm.).

4.4-rasm. Foyda va mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik


Keltirilgan rasmdan ko‘rinib turibdiki, gorizontal o‘q ishlab chiqarish va sotish hajmini, vertikal o‘q esa hisobot davridagi foyda va zararlarni aks ettirgan. Agar sotish hajmi nolga teng bo‘lsa, unda maksimal zararlar doimiy xarajatlar summasiga teng bo‘lishi shart, chunki korxonaning zararlari uning doimiy xarajatlari summasidan oshib ketmasligi lozim.
Har bir birlik mahsulot sotilganda, doimiy xarajatlardan yuqori 10000 so‘mlik yalpi foydaga erishiladi, chunki foyda va zararlarning intervali 10000 so‘mdan qilib belgilangan, natijada sotish hajmi 6000 donaga yetganda yalpi foyda doimiy xarajatlar yig‘indisiga tenglashadi.
Bunda har bir 6000 donadan yuqori sotilgan mahsulot uchun 10000 so‘mdan qo‘shimcha foyda olinadi. Demak, sotish hajmi 10000 dona bo‘lganda foyda summasi 400000000 so‘mni (40000 so‘m x 10000 dona) tashkil etadi. Sotish hajmi va foyda o‘rtasidagi bu nisbat rasmda punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan.
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarish hajmi (quvvati) mashina va uskunalarning bo‘sh turib qolishi, ularni ta’mirlash vaqti, ishdagi tanaffuslar va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, u optimal yoki real imkoniyat darajasiga ega bo‘ladi. Optimal imkoniyat - mashina va jihozlarning bo‘sh turmasdan yuqori unum bilan ishlash darajasi hisoblanadi. Real imkoniyat esa - mashina va jihozlarning o‘rtacha (normal) quvvat bilan ishlashi mumkin bo‘lgan imkoniyatidir. Demak, optimal imkoniyatdan real imkoniyatni chegirib tashlasak, ishlab chiqarish quvvati kelib chiqadi, bu amaliyotda nazariy quvvat (imkoniyat) deb ham ataladi.
Relevantli daromad va xarajatlar - haqiqiy olingan daromad va qilingan xarajatlar bo‘lmay, ular kelajakda kutilayotgan daromad va xarajatlar hisoblanib, boshqaruv qarorlari ta’sirida o‘zgaradi.
Ularni tan olishning ikkita mezoni mavjud:
agar daromad va xarajatlarning kelgusi boshqaruv qarorlari ta’sirida o‘zgarishi ko‘zda tutilsa, ular relevantli deyiladi;
daromad va xarajatlarning miqdori boshqaruv qarorlari ta’sirida o‘zgarsa ya’ni ko‘p variantlilik vujudga kelsa, ular relevantli deyiladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, haqiqiy xarajatlar va olingan daromadlar relevantli deb qaralmaydi, chunki qanday boshqaruv qarorlari qabul qilishdan qat’i nazar ularning miqdorini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Ko‘p variantlilik ya’ni relevantlik holatini quyidagicha tasvirlash mumkin (12.5-rasm).

4.5-rasm.Relevantlik darajasining aproksimatsiya chizig‘i bilan o‘zaro bog‘liqligi


Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, to‘g‘ri chiziqli o‘zgaruvchan xarajatlar bilan egri chiziqli o‘zgaruvchan xarajatlar ma’lum darajada alohida, ma’lum bir nuqtada esa bir tekisda harakat qiladi va keyinchalik yana ajralib ketadi. Mana shu chiziqlar qo‘shilgan oraliq relevantlik darajasideb ataladi.
To‘plamlar (tenglamalar) usuliyordamida zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
Yalpi tushum - O‘zgaruvchan xarajatlar-
- Doimiy xarajatlar = Foyda
Formula ko‘rsatkichlari hisob-kitobini quyidagicha yoyib chiqish mumkin:
(Bir birlik mahsulotning bahosi  Bir birlik mahsulotning miqdori) - (Bir birlik mahsulotga qilingan o‘zgaruvchan xarajatlar  Bir birlik mahsulotning miqdori) - Doimiy xarajatlar = Foyda
Sotishlarning zararsizlik (kritik) nuqtasini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Marjinal daromad usulitenglamalar usulining turlaridan biri hisoblanadi. Bunda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Zararsizlik nuqtasi

=

Doimiy xarajatlar

Marjinal daromad normasi

Chidamlilikningmarjinalzaxirasi- bumahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdanolinadiganhaqiqiytushumningsotishnizararsizliginita’minlovchiostonaviytushumdanoshibketishiniko‘rsatuvchikattalikdir. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula bilan topiladi:


Chidamlilik marjinal zahirasi

=

Haqiqiy tushum-Ostanaviy tushum

Haqiqiy tushum*100%

Zararsiz sotuv vaqtida mahsulot bahosini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Mazkur formula yordamida ishlab chiqarish hajmini belgilash, sotish va zarur darajada foyda olish imkonini beradigan bahoni belgilash mumkin.
Korxonalarda ishlab chiqarish dastagi samarasini aniqlash tartibi
Ishlab chiqarish dastagi(leverage, so‘zma-so‘z tarjimada richag, dastak) - bu korxona foydasini samarali boshqarishning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni o‘zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmidir. Uning yordamida sotish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda korxona foydasi o‘zgarishini taxminlash, shuningdek, zararsiz faoliyat yuritish nuqtasi topiladi. Korxona xarajatlarini doimiy va o‘zgaruvchanga bo‘lishga asoslangan marjinal usuldan foydalanishda ishlab chiqarish dastagi mexanizmini qo‘llanishi zaruriy shartdir.
Ishlab chiqarish dastagi samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
yoki
bu yerda,
- ishlab chiqarish dastagi samarasi;
- marjinal daromad;
- doimiy xarajatlar;
F- foyda.
Ushbu formula yordamida topilgan ishlab chiqarish dastagi samarasining qiymati korxona tushumi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda foydaning o‘zgarishini taxminlash imkonini beradi.
Ushbu holat quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:

bu yerda,
DF - foydaning o‘zgarishi, % da;
DT - tushumning o‘zgarishi, % da.
Yanada aniqroq tasavvur qilish uchun ishlab chiqarish dastagi samarasini «Andijonsut» aksiyadorlik jamiyatining 2003 yilgi ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqamiz, (so‘mda).
Sotishlar summasi (tushum) 575454
O‘zgaruvchan xarajatlar 444096
Marjinal daromad (1q-2q) 131358
Doimiy xarajatlar 74045
Asosiy faoliyat(operatsion)
foydasi (3q-4q) 57313
Sotilgan mahsulot hajmi, dona 1050
Bir birlik mahsulot bahosi, so‘m 548,05
Ishlab chiqarish dastagi
samarasi (3q:5q) 2,29
Bizning misolimizda ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,29 birlikni tashkil etadi (131358:57313). Bu shuni anglatadiki, korxona tushumi 1%ga pasayganda, foyda 2,29%ga qisqaradi, tushum 23%ga pasayganda esa, biz rentabellik ostonasiga yetamiz ya’ni foyda nol bo‘ladi. Faraz qilaylik, tushum 10%ga qisqardi va 517908,6 so‘mni tashkil etdi (575454x10:100). Bunday sharoitda korxona foydasi 22,9%ga qisqaradi va 27232,02 so‘mni tashkil etadi.

bu yerda,
-ishlab chiqarish dastagi;
-sotilgan mahsulot hajmi, dona;
B-bir birlik mahsulotning bahosi;
-bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajatlar;
-doimiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish dastagi korxona rahbarlariga xarajatlar va foydani boshqarish, yuqori foyda olish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich hajmining o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar;
sotish bahosi va hajmi;
yuqoridagi omillar kombinatsiyasi (moliyaviy va ishlab chiqarish dastaklarini hisoblashda zanjirli bog‘lanish usulini qo‘llash).
Shuningdek, sotishlar hajmini o‘zgarishi foydaning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga nisbati turlicha bo‘lgan korxonalarda bir xilda bo‘lmasligi mumkin. Bunda korxona xarajatlarining umumiy summasidagi doimiy xarajatlarni solishtirma og‘irligi qancha past bo‘lsa, korxona tushumi o‘zgarishi sur’atlariga nisbatan foyda hajmi shunchalik o‘sadi.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmining namoyon bo‘lishi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqarish dastagining ijobiy samarasiga korxona mahsulot ishlab chiqarishning zararsiz nuqtasini bartaraf etgandan keyingina erishish mumkin. Bunda korxona o‘zining avvalgi doimiy xarajatlarini qoplash uchun marjinal daromadning yetarli miqdorini belgilaydi;
2. Sotish hajmining bundan keyingi ortib borishi va zararsizlik nuqtasidan uzoqlasha borishi bilan ishlab chiqarish dastagi samarasi pasaya boradi. Sotish hajmini o‘sishining har bir keyingi foizi foyda summasining o‘sishini ta’minlaydi;
3. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmi teskari yo‘nalishga ham ega ya’ni sotish hajmini pasayishida korxona foydasi hajmi ham kamayib boradi;
4. Ishlab chiqarish dastagi va korxona foydasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud, korxona foydasi qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish dastagi samarasi shuncha past bo‘ladi va uning teskarisi ham kuzatiladi;
5. Ishlab chiqarish dastagi samarasi faqat qisqa muddatda yuzaga keladi ya’ni korxona doimiy xarajatlari qisqa vaqt oralig‘idagina o‘zgarishsiz qoladi. Sotish hajmini ortishi jarayonida doimiy xarajatlar summasining navbatdagi o‘zgarishi ro‘y berishi bilanoq korxona zararsizlikning yangi nuqtasini belgilashi va unga o‘zining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishi lozim.
Korxona tovar bozorining sotish hajmi pasayishi mumkinligini belgilab beruvchi noqulay kon’yunkturada, shuningdek, korxona iqtisodiy faoliyatining ilk bosqichlarida zararsizlik nuqtasi bartaraf etilmaganda, doimiy xarajatlarni pasaytirish uchun chora-tadbirlar ko‘riladi. Shuningdek, tovar bozorining qulay kon’yunkturasida va chidamlilikni ma’lum marjinal zaxirasi mavjudligida doimiy xarajatlarni iqtisod qilishni amalga oshirishga bo‘lgan talablar ancha pasayishi mumkin. Bunday sharoitlarda korxona asosiy ishlab chiqarish vositalarini qayta jihozlashi va yangilashi, real investitsiyalar hajmini ancha kengaytirishi lozim. O‘zgaruvchan xarajatlarni tejashning asosiy zaxiralari qatoriga quyidagilar kiritiladi: xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hisobiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari sonini kamaytirish, tovar bozorining noqulay kon’yunkturasi sharoitida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari hajmini qisqartirish, xomashyo va materiallarni yetkazib berishning korxona uchun qulay sharoitlarni yaratish va bosho‘.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni aniq maqsadga yo‘naltirish va boshqarish, beqaror bozor sharoitida ular o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni tezkor o‘zgartirib borish hamda korxona foydasini oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, CVP - tahlili korxona rahbarlariga o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, ishbilarmonlik riskini pasaytirish imkonini yaratadi. Uni universal formulasini qo‘llash orqali o‘tkaziladigan tahlil sifatini oshirishga erishiladi.

4.3. Investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish



Investitsiya faoliyati korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, aqliy salohiyat, kredit, yer va boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni yoki ijtimoiy samaraga erishishni maqsad qilib joylashtirilish jarayonini o‘zida ifoda etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar yo‘naltiriladigan sohaga ko‘ra ishlab chiqarish va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ishlab chiqarish (real) investitsiyasikorxona faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o‘sishiga ya’ni ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag‘lar qiymatini o‘sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmala­rini rivojlantirishga asosiy omil bo‘luvchi xarajatlardir.
Moliyaviy (portfelli) investitsiyalaresa qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy qo‘yilmalarga qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Bu xarajatlar bevosita moddiy kapitalni ko‘paytira olmaydi, ammo korxonaga qo‘shimcha foyda keltiradi. Qo‘shimcha foyda tarkibiga qimmatli qog‘ozlar kursining vaqtga qarab ijobiy o‘zgarishi yoki ijobiy valyuta tafovuti kiritiladi.
Investitsiya pul mablag‘larini biror-bir faoliyat turiga ma’lum muddatga sarflanishiga qarab, uzoq (1 yildan ortiq) va qisqa muddatli (1 yilgacha) investitsiyalarga bo‘linadi.
Investitsiya xarajatlari faqat kelgusida daromad keltirganligi bois investitsiya faoliyati korxonalar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalar oqilona investitsiya qarorlari qabul qilish uchun dastlab taklif etilayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashlari hamda ularning ko‘p mablag‘ talab qiladigan tomonlari haqida aniq ma’lumot olishga harakat qilishlari lozim.
Investitsiya loyihasi aniq, puxta o‘ylangan g‘oyaga, maqsadga ega bo‘lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya qo‘yilishini talab qiladigan xarajat dasturidir.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkita sharti mavjud: loyihaga ma’lum miqdorda mablag‘lar sarflash zaruriyati, mablag‘larni sarflash va qoplash (foyda olish) o‘rtasida muayyan vaqt mavjudligi.
Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
investitsiya g‘oyalarining shakllanishi ya’ni g‘oyani tanlash va dastlabki asoslash, ekologik nuqtai-nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish davomida qo‘yiladigan talablarga javob berish;
investitsiya imkoniyatlarini izlash ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga yoki xizmat turiga bo‘ladigan talabni o‘rganish loyiha ishtirokchilari tarkibi bo‘yicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;
shartnomaga oid hujjatlarni tayyorlash;
tender savdolariga tayyorgarlik;
salohiyatli investorlar bilan muloqotlar;
loyiha hujjatlarini tayyorlash;
nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi va yetkazib beruvchilarni aniqlash;
qurilish-montaj ishlari;
ob’ektni ishlab chiqarishda tajribadan o‘tkazish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi va ob’ektni loyiha quvvatiga yetkazish.
Investitsiya loyihalarni amaliyotga tadbiq qilish jarayoni ikkita bosqichga ajratiladi:
Loyihani ishlab chiqishloyiha maqsadlariga erishish uchun amalga oshiriladigan boshlang‘ich jarayon bo‘lib, u dastlabki hisob-kitoblarni bajarish, qulay variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdir.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda asosiy vazifa - loyihani amalga oshirish haqida qaror qabul qilish va bu loyihaga investitsiya ajratish maqsadida har taraflama texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlashdir. Agar loyiha tijorat xususiyatiga ega bo‘lsa, texnik-iqtisodiy asosnomaga qo‘shimcha ravishda loyihaning biznes-rejasi ham ishlab chiqilishi lozim.
Loyihani amalga oshirishuni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish, loyihani muayyan iqtisodiy voqelikka aylantirish, loyihani oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishishdir.
Amaliyotda investitsiya jarayoni uch asosiy fazaga bo‘linadi. Bundainvestitsiya jarayonining butun davri loyihaninghayotiy muddati yoki hayotiy jarayoni deb ataladi.
Investitsiya loyihasi jarayoni fazalarining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini aniq tasavvur qilish uchun quyidagi rasmga murojaat qilamiz (4.6-rasm).

4..6-rasm.Investitsiya xarajatlari va ularni investitsiyaloyihasining turli bosqichlarida keltirgan daromadining o‘zgarishi


Investitsiya oldi (dastlabki) fazasi investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Mazkur faza investitsiya loyihasi bo‘yicha dastlabki izlanishlardan boshlab uni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilingungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Investitsiya jarayonining ikkinchi fazasi investitsiyafazasi deb ataladi. Bu fazaning asosiy vazifasi loyihaga ajratilgan moliyaviy investitsiyalarni to‘g‘ri sarflanishini hamda loyihada belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni va samaradorligini ta’minlashdir.
Investitsiya fazasida imoratlar va inshootlarni ta’mirlash ishlari bajariladi, jihozlar sotib olinadi va o‘rnatiladi, ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllantiriladi, undan keyin mahsulotni turkumli ishlab chiqarish va sotishga o‘tiladi.
Investitsiya fazasi tugab, loyiha amalga oshirila boshlagach, investitsiya xarajatlari hajmi kamayib boradi. Investitsiya loyihasi keltiradigan daromad hajmi esa ortadi, chunki u asta-sekin o‘z samarasini bera boshlaydi. Bu holat ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib, sotish hajmining ko‘paytirishga imkon beradi.
Loyihaning bu tariqa rivoji uning foydalanish deb ataluvchi uchinchi fazasida davom etadi. Uchinchi fazada ishlab chiqarish hajmini saqlab turish va ko‘paytirish uchun asosiy vositalarning eskirishi orqali jamg‘arilgan manbadan ham foydalaniladi. Unda mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromadni investitsiya xarajatlaridan oshishi kuzatiladi. Natijada t1 vaqtda daromadning umumiy summasi loyihaga qo‘yilgan kapital qo‘yilma qiymatiga teng bo‘ladi va loyihani qoplash nuqtasiga yetadi.
Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida uni moliyaviy jihatdan baholanadi. Buning uchun loyihani qoplash darajasi, investitsiyalar samaradorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
Korxonalar faoliyatida investitsiya manbalarining yetishmasligi doimo ulardan oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Agar investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya hajmi yetarli bo‘lsa, korxona sarflangan investitsiyadan, investitsiya zaxirasining har bir birligidan ehtimoli kutilgan eng ko‘p iqtisodiy samara olishga harakat qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi, turli xil mulk shakllarining rivojlanishi, iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayishi, ichki va tashqi investorlarning faollashuvi rentabellikni aniqlashga yangicha yondashuv - investitsiyalar (yoki ularning alohida elementlari: kapital qo‘yilma, kapital) samaradorligini hisoblashni talab qilmoqda.
Sarflangan kapitaldan olinadigan mutlaq iqtisodiy samara (E) sarflangan kapital hisobiga olingan daromad (D) va investitsiya qo‘yilmalarining hajmi (Ix) o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
E= D-Ix

Kapital qo‘yilmalardan kelgan daromad miqdori ularning dastlabki hajmidan oshgan vaqt investitsiyalarni qoplash muddati deb ataladi. Keyingi holatda kapital sarflashdan olingan daromad kapital qo‘yilmadan orta boshlaydi. Bu ko‘rsatkich iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasidagi kapital sarflash samaradorligining eng zarur ko‘rsatkichidir.


Amaliyotda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga qilingan uzoq muddatli investitsiya qo‘yilmalari 2-3 yil ichida qoplanadi, uzoq muddatli investitsiya qo‘yilmalarini qoplash uchun esa 10-15 va undan ham ko‘proq yil talab qilinadi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi kapital qaytimiga nisbatan investitsiyalardan tushgan foyda bilan belgilanadi.
Iqtisodiy loyiha asosida amalga oshirilgan investitsiyalarning samaradorligi (Is) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Is

=

F

Ix

bu yerda,
F - investitsiya natijasida olingan foyda.
Ushbu holatda investitsiya samaradorligi bir birlikdan ortiq bo‘lishi kerak, shundagina qilingan xarajatlar qoplanadi. Xalqaro amaliyotda investitsiyalarning rentabelligi yillik balans foydasini (F) jami avanslangan kapitalga nisbati bilan aniqlanadi:

bu yerda,
I r avanslangan investitsiyalarning rentabelligi;
F- yillik balans foyda;
choraklar bo‘yicha avanslangan kapital qiymati.
Korxonalarning o‘z mablag‘larini kelgusida foiz stavkasi ko‘rinishida foyda olish maqsadida joriy qiymatida vaqtinchalik investitsiyalash jarayoni diskontlash, uning natijasida hosil bo‘lgan ko‘rsatkich - diskontlangan qiymat deyiladi.
Xarajatlarni diskontlash koeffitsiyenti (Dk) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bu yerda,
Ik- investitsiyalarning qiymati;
Pmo- yillik pul mablag‘lari oqimi.
Investitsiyalash jarayonini amalga oshirish uchun uzoq muddat talab qilinishi sababli mablag‘larni investitsiyalash vaqtida pul mablag‘larini ularning qaytimi bilan taqqoslash zaruriyati tug‘iladi. Bu maqsadda pul mablag‘larining kelgusi va haqiqiy qiymati tushunchalaridan foydalanish zarur.
Pul mablag‘larining kelgusi qiymatijoriy davrda investitsiyalangan mablag‘larning summasini ifodalaydi, ular belgilangan foiz stavkasini hisobga olgan holda ma’lum vaqt oralig‘ida shu summaga aylanadi.
Pul mablag‘larining haqiqiy (hozirgi) qiymatifoizning ma’lum stavkasini hisobga olgan kelgusi pul mablag‘lari summasini bildiradi. Pul mablag‘larining haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ular qiymatini muayyan vaqtdagi diskontlashtirish jarayonini ham hisobga olish lozim, chunki u pul mablag‘larining kelgusi miqdorda ortib borishiga teskari muomalani ifodalaydi. Bunday holda foiz summasi (diskont) pul mablag‘larining yakuniy summasi (kelgusi qiymati)dan ayirib tashlanadi.
Mablag‘larni investitsiya qilish va investitsiya foydasini shakllantirish bilan bog‘liq moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida pul mablag‘lari qiymatini oshira borish (kompaunding) hamda diskontlash jarayonlarini oddiy va murakkab foizlar bo‘yicha hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy foizlar qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo‘llaniladi.
Oddiy foizlar deganda mablag‘larni investitsiyalash jarayonida shartnomaga asosan kelishilgan to‘lovning hisobot davri (oy, chorak va h.k.) yakunida qo‘yilmaning dastlabki (haqiqiy) qiymatiga asosan hisob qilinishi tushuniladi.
Oddiy foiz summasi qo‘llanilganda qo‘yilmani ortib borishi (kompaunding) jarayonida quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Ip =Ko *p *Fp
bu yerda,
Ip- investitsiyalashni kelishilgan davri uchun foiz stavkasi;
Ko- qo‘yilmaning dastlabki summasi;
p- investitsiyalash davomiyligi (har bir foiz to‘lovi amalga oshiriladigan davrlar miqdori bilan ifodalangan);
Fp-o‘nli kasr bilan ifoda etilgan, foydalaniladigan foiz stavkasi.
Ushbu holatda qo‘yilmaning kelgusi qiymati (Kq) foiz summasini hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Qq =K0QIn=K0(1Qp Fp)
1-misol. Quyida berilgan shartlar orqali bir yil uchun foiz summasini aniqlash zarur. Qo‘yilmaning dastlabki summasi 500000 so‘m. Har chorakda to‘lanadigan foiz stavkasi - 10%. Bu miqdorlarni formulaga qo‘yib chiqib foiz summasini aniqlaymiz:
In = 500000 4 0,1 = 200000so‘m
Qavs ichidagi ko‘rsatkichlar (1Qn Fp) oddiy foizlar summasini ortib borishi koeffitsiyenti deyiladi. Bu koeffitsiyent doim bir birlikdan katta bo‘ladi.
Pul mablag‘i qiymatini diskontlash jarayonida oddiy foiz summasini hisob-kitob qilishda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

2-misol. Quyidagi shartlar asosida bir yil uchun oddiy foiz bo‘yicha diskont summasini aniqlash lozim. Qo‘yilmaning yakuniy summasi 800000 so‘m miqdorida belgilangan.
Har chorakda to‘lanadigan diskont stavkasi 10%ni tashkil etadi.
Bu ko‘rsatkichlarni diskont summasini hisoblash formulasiga qo‘yib chiqsak, quyidagi natijani olamiz:

Demak,bir yildan so‘ng 800000 so‘m olish uchun zarur bo‘lgan investitsiya xarajatlarining haqiqiy qiymati quyidagicha bo‘lishi lozim:

Murakkab foiz deb, hisoblangan oddiy foiz summasi belgilangan har bir davrdan keyin to‘lanmaydigan, balki asosiy qo‘yilma summasiga qo‘shilib, keyingi to‘lov davrida daromad keltiradigan investitsiya qilish natijasida yuzaga keladigan foyda summasiga aytiladi.
Qo‘yilma summasini hisoblashda murakkab foizlar bo‘yicha uning ortib borishi quyidagi formula orqali topiladi:
Kbs=K0 (1QFp)p
bu yerda,
Kbs- qo‘yilmaning murakkab foizlar bo‘yicha ortib borish qiymati.
Ushbu formulaga muvofiq foiz summasi (In) quyidagicha hisoblanadi:
Ip=K0 Q Kbs
3-misol. Quyidagi shartlar asosida investitsiyalashning butun davrida murakkab foiz summasi bilan qo‘yilmaning kelgusi qiymatini aniqlash talab qilinadi.
Qo‘yilmaning dastlabki qiymati 500000 so‘m.
Murakkab foizli usulda qo‘llaniladigan va har chorakdato‘lanadigan foiz stavkasi - 10%.
Investitsiyalashning umumiy davri ko‘rsatkichlarini yuqoridagi formulaga qo‘yib, qo‘yilmaning kelgusi qiymatini aniqlaymiz:

Ushbu holatda foiz summasi 55000 so‘m (555000-500000)ni tashkil etadi.
Pul mablag‘larining haqiqiy qiymatini hisoblashda murakkab foizlar bo‘yicha diskontlash jarayonini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

bu yerda,
-murakkab foizlar bo‘yicha hisoblangan qo‘yilmaning dastlabki summasi.
Shunga binoan diskont summasi (Ds) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ds=K0–Kx
4-misol.Quyidagi shartlar asosida bir yil uchun murakkab foizlar bo‘yicha diskont summasi va pul mablag‘ining haqiqiy qiymatini aniqlash zarur. Pul mablag‘ining berilgan qiymati 500000 so‘m.
Murakkab foizni diskontlash uchun foydalaniladigan stavkasi har chorakda 10%ni tashkil etadi.
Ushbu ko‘rsatkichlarni formulaga qo‘yib, pul mablag‘ining haqiqiy qiymatini aniqlaymiz:
Haqiqiy qiymat= = so‘m
Shunga muvofiq, diskont summasi 157534,2 so‘m (500000-342465,8)ni tashkil etadi.
Pul oqimlarini o‘zaro teng to‘lovlarining bunday bir tekisligi annuitet deb ataladi. Annuitetga misol qilib investitsiyalar bo‘yicha har chorakdato‘lanadigan foiz to‘lovlari summasi, ijaradagi mulk uchun bir tekis to‘lov va h.k.larni olish mumkin. Annuitet ko‘rinishidagi pul oqimlari to‘lovlarini ketma-ketligini aniqlash pul mablag‘larini ortib borish jarayonini hisoblashni ancha yengillashtiradi hamda ular qiymatini diskontlash uchun soddalashtirilgan formulalar to‘plamidan foydalanish imkonini beradi.
5-misol. Investor 500000 so‘mni 1 yil muddat bilan depozit qo‘yilmaga joylashtirishni mo‘ljallagan. Bir bank investorga murakkab foizlar bo‘yicha har chorakda 7,5% miqdorda to‘lashni, ikkinchisi esa 10%miqdorida to‘rt oyda bir marta, uchinchisi - 15% miqdorida yilda ikki marta, to‘rtinchisi - 30% miqdorida yiliga bir marta to‘lashni taklif qiladi.
Bu variantlarni taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkinki, investor uchun birinchi banktaklif etayotgan foiz stavkasifoydali hisoblanadi.
Annuitetning kelgusi qiymatini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Akel = Ats * dkoef
bu yerda,
Akel -ma’lum davr oxirida annuitetning kelgusi qiymati;
Ats - annuitet to‘lovi summasi;
dkoef - annuitet qiymati ortib borishini foizning qabul qilingan stavkasi va davrlarini hisobga olgan maxsus jadval bo‘yicha aniqlanadigan koeffitsiyenti.
Investitsiyalashning qaysi varianti samaradorliligini aniqlash uchun quyidagi jadvalni tuzamiz (4.2-jadval).

4.2-jadval


Investitsiyalashning turli sharoitlarida qo‘yilmaning kelgusi qiymatini hisoblash


Variantlar

Qo‘yilmaning
haqiqiyqiymati

Foiz
stavkasi

Yakuniy kelgusi qiymat

1 chorak

2 chorak

3 chorak

4 chorak

1
2
3
4

500000
500000
500000
500000

0,075
0,1
0,15
0,3

537500
550000
575000
650000

577812,5
605000
661250
845000

621148,4
665500
760437,5
1098500

667734,5
732050
874503,1
1428050

Shunga binoan, annuitetning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun formula quyidagi ko‘rinishni oladi:

Ahq

=

Aqs

Adk

bu yerda,
Ahq - annuitetning haqiqiy qiymati;
Aqs - annuitetni qoplash summasi;
Adk qabul qilingan diskont stavkasi va davrlar miqdorini hisobga olib, maxsus jadvallar bo‘yicha aniqlanadigan annuitetni diskontlash koeffitsiyenti.
Pul mablag‘larining haqiqiy qiymatini baholashda inflyatsiya omili ham muhim ahamiyatga ega, u pul mablag‘larining sotib olish qobiliyatini pasayishiga sabab bo‘ladi.
Investitsiyalash jarayonida pul oqimlarini samarali boshqarish bilan bog‘liq hisob-kitoblarga inflyatsiyaning ta’sirini baholashda pul mablag‘larining nominal va haqiqiy qiymatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Pul mablag‘larining nominal qiymatipulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishini hisobga olmay uning hajmini baholashni nazarda tutadi.
Pul mablag‘larining haqiqiy qiymatiesaularning kelgusi va hozirgi qiymatini aniq hisoblashda samarali qo‘llanilishi mumkin.
Odatda, inflyatsiya ta’sirini baholashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
1) inflyatsiya sur’ati (Is). Bu ko‘rsatkich muayyan davrda (n) baholarning investitsiya hisob-kitoblarida ifoda etilgan o‘nlik kasrdagi o‘rta darajadagi o‘sishni ifodalaydi.
2) inflyatsiya indeksi (Iindek.).
1QIs deb belgilanadigan ko‘rib chiqilayotgan davrda (n) inflyatsiyani hisobga olgan holdagi pul mablag‘larining qo‘shilgan qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Phaq

=

Pnom

Iindeks

bu yerda,
Phaq - pul mablag‘larining kelgusi haqiqiy qiymati;
Pnom. - pul mablag‘larining kelgusi nominal qiymati;
Mazkur formula yordamida pul mablag‘lari qiymati ortib borishi jarayonidagi foizning foydalaniladigan stavkasida inflyatsiya darajasi hisobga olingan bo‘lmasa, pul mablag‘larining aniq to‘langan qiymatini aniqlash mumkin.

4.4. Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlarqabul qilish



Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida respublikamiz korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish ya’ni biznes tarkibini o‘zgartirish (qayta tarkiblash) moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularni taqsimlash imkonini beradi.
Ushbu tarkibiy o‘zgarishlarning asosiy maqsadi korxonaning tanlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq uning tashkiliy tuzilmasini mukammallashtirish, ishlab chiqarishni markazlash-magan holda boshqarishga erishish hisoblanadi.
Quyidagi holatlar korxonalarda qayta tarkiblash zaruratini yuzaga keltiradi:
mablag‘larni qayta investitsiyalash, rivojlanishning uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, ularning uzluksiz moliyalanishini ta’minlash;
boshqarishning samarali tizimini shakllantirish;
birgalikdagi faoliyatdan olinadigan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni qat’iy nazorat qilish;
investitsiya loyihalari (biznes-rejalar)ni yagona standartlar asosida, xorijiy investorlar manfaatlari va tashqi omillar (inflyatsiya darajasi, soliq qonunchiligi, tarmoqning rivojlanish tamoyillari va h.k.)ni inobatga olgan holda rasmiylashtirish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha rejalarni korxona tomonidan bajarilishini joriy nazorat qilish, tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilishda loyihalar borasidagi mavjud muammolar haqida rahbariyatga o‘z vaqtida xabar qilish;
korxona moliyaviy-xo‘jalik holati va investitsiya loyihalari samaradorligi tahlili asosida investitsiya faoliyatining strategik rejasini ishlab chiqish;
investitsiya loyihalarini moliyalash strategiyasini rejalashtirish. Bunda investitsiya loyihalariga mavjud moliyaviy resurslarni taqsimlash, ularni samaradorlik darajasiga qarab guruhlash talab etiladi;
fond bozoriga mablag‘larni jalb etish uchun sharoitlar yaratish;
qarzlarni qayta tarkiblash va ularni to‘lash borasidagi muammolarini hal etish.
Biznes tarkibini o‘zgartirish (qayta tarkiblash) bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish quyidagi ijobiy xususiyatlarga ega:
bozor kon’yunkturasining o‘zgaruvchan talablariga muvofiq ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini tez muddatlarda o‘zgartirish;
ishlab chiqarish quvvatlaridan optimal darajada foyda-lanish;
aylanma mablag‘lar aylanishi tezligini ta’minlash va nazorat qilish imkoniyati;
korxonaning ishlab chiqarish va boshqa bo‘linmalari o‘rtasida oqilona baho siyosati yuritilishigaerishish va h.k.
Shuningdek, biznes tarkibini o‘zgartirish natijasida ishlab chiqarish jarayoni va texnologiyasi, mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishni boshqarishda muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu holat esa korxona moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Qayta tarkiblash jarayonida korxonani boshqarishning tashkiliy tizimi tahlil qilib chiqiladi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘limlari, sexlari bozorda talab mavjud bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashtiriladi, samarali faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘limlar, ishlab chiqarish shohobchalari tugatiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan qarzlar foydalanilmayotgan asbob-uskuna, jihozlar yoki binolarni sotish hisobiga qoplanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonini xomashyo va material, texnik vositalar bilan ta’minlovchi korxona yoki firmalar bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlar ham qayta ko‘rib chiqiladi. Shular qatorida qayta tarkiblashning boshqa chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi.
Albatta, bunday usulni qo‘llash birinchidan korxonaning bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahsulot ishlab chiqarishi, ikkinchidan xarajatlarni samarasiz yo‘naltirilayotgan qismini tejab qolish va korxonaning pirovard moliyaviy natijasini oshishiga olib keladi.
Qayta tarkiblash jarayoni zarar ko‘rib kelayotgan korxonalar ishlab chiqarishini tiklash yoki amaldagi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga imkon berishini aniqlash uchun korxonaning so‘nggi yillardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarining holati va dinamikasi, ularga soliqqa tortish tizimining ta’sirini tahlil qilish zarur.
Bunda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
faoliyat yakuniy natijalari (debitorlik va kreditorlik qarzlari tannarx, tushum, taqsimlanmaydigan foyda, rentabellik, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, xodimlar soni, mehnatga haq to‘lash fondi);
investitsiya va ish faolligining holati (o‘z va qarz mablag‘lari, zaxira va xarajatlarning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi, zaxiralar va o‘z mablag‘larining aylanuvchanligi);
likvidlilik va to‘lovga layoqatlilik (joriy likvidlilik, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti).
Korxona aktivlarini qayta tarkiblashda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlash;
korxonada foydalanilmayotgan aktivlarni sotish va ijaraga berish, garovga berish hamda ro‘yxatdan chiqarish;
tugallanmagan ishlab chiqarish, safarbar etilgan va boshqa mol-mulkni konservatsiyalash;
yangi yuqori sifatli jihozlarni xarid qilish, ijaraga, lizingga olish;
omborlardagi zaxiralarni kamaytirish, foydalanilmayotgan binolarni ijaraga berish;
debitorlik qarzlari qaytarilishi ustidan nazorat qilishni kuchaytirish;
moliyaviy qo‘yilmalarni sotish, garovga qo‘yish, ishonchli boshqaruvga topshirish.
Korxona passivlarini qayta tarkiblash (passivlarning tarkibi va asosiy unsurlari ya’ni ustav hamda zaxira kapitali, jamg‘arma fondi, ijtimoiy soha fondi, maqsadli moliyalash va tushumlar, taqsimlanmaydigan foyda, uzoq muddatli va qisqa muddatli qarz mablag‘lari, kreditorlik qarzlarini tahlil qilish) ham yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi.
Ustav kapitali va kreditorlik qarzlarini qayta tarkiblash jarayoniga to‘xtalamiz. Faraz qilaylik, «A» korxonaning ustav kapitali «V» korxonanikiga qaraganda 6 marta ko‘p. Mazkur holatda «V» korxonaning ustav kapitalini qayta tarkiblash korxona mulkdorlari (aksiyadorlar) tarkibining o‘zgartirishni nazarda tutadi. Bu uning moliyaviy ahvolini yaxshilaydi, salohiyatli investorlarni topishga ko‘maklashadi.
Ushbu jarayonning kamchiligi shundaki, bunda korxona mulkdorlari ustav kapitalidagi o‘z ulushlarining qisqarishiga rozi bo‘lishga majbur. Ammo, mulkdorlar ustav kapitalidagi o‘z ulushini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni saqlab qolishlari mumkin. Ayni paytda ular qayta tarkiblash yo‘li bilan ustav kapitalini ma’lum darajada ko‘paytirishdan manfaatdordir, chunki korxona bankrotlikka uchraganda uning barcha majburiyatlari amalga oshirilganidan keyin qolgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar olish mumkin.
Korxonalar va xoldingning moliyaviy ahvoliga budjet hamda budjetdan tashqari fondlarga qarzlar bo‘yicha qayta tarkiblash samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Bankning qisqa muddatli kreditlarini uzoq muddatli qarzlarga qayta rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Faraz qilaylik, «A» korxonadagi kreditorlik va debitorlik qarzlari «V» korxonadagiga qaraganda ikki marta ko‘p. Bunda mol yetkazib beruvchilar va boshqa kreditorlarga qarzlar bir necha usullar bilan qayta tarkiblanadi. Jumladan, bu holda mol yetkazib beruvchilarni korxona ustav kapitalida ishtirok etishga qiziqtirishi mumkin. Bunday holatda ustav kapitalini oshirish va aksiyalar (ulushlar va paylar)ning bir qismini mol yetkazib beruvchilarga sotish qarzlarni to‘lash imkonini beradi.
Qayta tarkiblash asosida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni ham bartaraf etish imkoniyati mavjud. Bunda qarzni ishlab chiqarilgan mahsulot yoki korxonaning aksiyalari bilan qoplash mumkin. Ammo, buning uchun Nizomga muvofiq xodimlar va aksiyadorlarning roziligini olish talab etiladi.
Passivlar va aktivlarni qayta tarkiblash nafaqat o‘zaro uzviy bog‘langan, balki ular boshqaruv tizimini qayta tarkiblashning uzviy qismi hisoblanadi. Xususan, passivlarni qayta tarkiblash o‘z-o‘zidan aktivlarning qayta tarkiblanishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida boshqaruv tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishni talab qiladi.
Qayta tarkiblash maqsadida boshqaruv tuzilmasi uchta yo‘nalishga ajratiladi:
ishlab chiqarishni boshqarish;
xodimlarni boshqarish;
integratsion boshqaruv.
Ishlab chiqarishni samarali boshqarish korxonani rivojlantirish strategiyasiga mos kelishi lozim. Bu esa nafaqat ishlab chiqarishni qayta tarkiblash, balki oqilona kadrlar siyosatini amalga oshirish, moliya-iqtisodiy, marketing va yuridik bo‘linmalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, kadrlarning miqdoriy va sifat tarkibini yangilashga asoslanadi.
Qayta tarkiblashdan oldin ishlab chiqarishni tezkor va strategik boshqarishning tahlili hamda shu asosda boshqaruv qarorlarini qabul qilish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni qayta tarkiblashdan maqsad - ishlab chiqarishni tayyorlanayotgan mahsulotlarga buyurtmalar bilan imkon darajada ta’minlash, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun sharoitlar yaratib berish hisoblanadi. Shuningdek, bunda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, kapital mablag‘lar tarkibini o‘zgartirish, boshqaruv tizimining qayta tashkil etilishini nazarda tutuvchi tovarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ular sifatini oshirish istiqbollarini belgilash ham muhim masalalardan hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni qayta tarkiblash to‘g‘risida boshqaruv qarorlari qabul qilishning zarurati ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotning moliyaviy-iqtisodiy va marketing jihatdan tahlilini talab darajasida emasligi hisoblanadi. Marketing tadqiqotlari asosida joriy yilda va kelgusida qanday tovarlarni qancha miqdorda ishlab chiqarish va sotish imkoni mavjudligini aniqlash mumkin.
Qayta tarkiblash jarayonida korxonalarning asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish mahsulot ishlab chiqarishning eng foydali yo‘nalishlarini iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. Bu ma’lumotlar asosida korxonada boshqaruv va ishlab chiqarish bo‘linmalarining yangi, samarali tarkibi shakllanadi. Qayta tarkiblashda rentabelli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi bo‘linmalardan tashqari bo‘linmalarni salbiy natijalar (zarur mutaxassislar shtatining qisqarishi, tushumning kamayishi va h.k.)ga olib kelishiga qaramasdan tugatishga to‘g‘ri keladi. Chunki, bu tadbir korxonani iqtisodiy sog‘lomlashtirishga ko‘maklashadi.
Shuningdek, ishlab chiqarishni qayta tarkiblashda quyidagilarga asoslanish zarur:
uy-joy kommunal xo‘jaligi, kapital qurilish, yordamchi xo‘jaliklar kabi ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan bo‘linmalarni mustaqil xo‘jalik sub’ektlariga ajratish;
rentabelli ishlab chiqarishni sho‘‘ba va tobe jamiyatlarga ajratish;
tegishli xizmat turlarini sotish jarayonini boshqaruvchi bo‘linmalarga topshirish va h.k.
Bu holatlar korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini xarajatlar va iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan tahlil etishni talab qiladi. Ishlab chiqarishni yuqori iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biri xodimlarning malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishidir.
Ishlab chiqarishni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish uchun korxonani qayta tarkiblashning yalpi dasturini ishlab chiqiladi. Mazkur dastur tahliliy amallarning natijalarini sintezlash, ular asosida qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish yo‘llari, usullari, shart-sharoitlarini aniqlash, bu boradagi zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Qayta tarkiblash dasturi maqsad va vazifalar, qayta tarkiblanayotgan korxonaning umumiy xususiyatlari, moliyaviy-iqtisodiy holatining tahlili, tovar bozorlari kon’yunkturasi va mahsulotlar assortimenti tahlili, boshqaruv tizimi, aktivlar va passivlarni qayta tarkiblash, qayta tarkiblash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning taqvim rejasi, moliyaviy reja, mas’ul ijrochilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qayta tarkiblashning samaradorligi, xatarlarni baholash, kafolatlar, qayta tarkiblashni amalga oshirilishining nazorati kabi bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Qayta tarkiblashning yalpi dasturini ishlab chiqish va joriy etish korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni rivojlanish strategiyasi va bozordagi xatti-harakatlari, shuningdek, ishlab chiqarish va marketingni rejalashtirishda hal etiladigan vazifalarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Dastur korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Ushbu organ tomonidan dasturning ijrochilari va rahbari tayinlanadi.
Dastur bajarilishining borishi haqida hisobotlar korxonaning boshqaruv organiga taqdim etiladi va zarur hollarda unga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Dasturning amalga oshirilishi bo‘yicha ishlar tasdiqlangan moliyaviy rejaga muvofiq moliyalashtiriladi. Mazkur dastur korxonani qayta tarkiblash bo‘yicha tadbirlar taqvim rejasining bajarilishi bilan yakunlanadi.
Qayta tarkiblashning yalpi dasturi nafaqat iqtisodiy nochorlik holatiga tushib qolgan korxonalarga, balki samarali faoliyat ko‘rsatib turgan korxonalarga ham foydali bo‘lishi mumkin. Chunki, u oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish zaruratini asoslash, ishlab chiqarishni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilashga ko‘maklashadi. Dasturni amaliyotga joriy etish korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
4.5. Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda boshqaruv samaradorligini baholash
Korxonalarda biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilishga bevosita bog‘liq.
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvi samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotini istiqbolli rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur holatda korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ichki va tashqi omillar ta’sirida takomillashadi. Ular oldiga o‘z faoliyatlarini bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda tashkil etish talabi qo‘yiladi.
Bu kabi talablar korxonalarga xaridorlar ehtiyojlarini optimal darajada qondirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan hamda tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvchan boshqaruv tizimini vujudga keltirishni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda boshqaruv samaradorligi alohida o‘rin egallaydi, chunki har bir iqtisodiy tizim va jarayon samarali boshqarishni talab qiladi. Iqtisodiyotning boshqarish samaradorligi deyilganda, avvalombor, boshqarish jarayonining natijaviyligi tushuniladi.
Agar korxona boshqaruv faoliyatining natijaviyligi xodimlar faoliyatining pirovard natijaviyligi bilan to‘g‘ri kelsa, boshqarishda murakkab, ko‘p qirrali ob’ektni baholash bo‘yicha to‘liq (umumiy) yoki shaklan samaradorlik yuzaga keladi (4-.7.-rasm).

4.7-rasm. Korxonada boshqaruv samaradorligining turlari


Samaradorlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida boshqaruvning barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, tashkiliy, marketing hamda boshqa munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligi boshqaruvning o‘ziga emas, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. Bu holat boshqaruv va ishlab chiqarishni bir-biridan ajratib bo‘lmasligi, biroq bu yaxlitlikda ishlab chiqarish ustuvor hisoblanishi lozimligi bilan izohlanadi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish faqat ishlab chiqarishni emas, balki korxona faoliyatining boshqa jihatlari, xususan, bozorlarni o‘rganish, xodimlar va moliyani boshqarish kabilarning samaradorligini oshirishni ham talab etadi. Shu sababali, boshqaruv samaradorligi deganda pirovard natijada ob’ektni yaxlit tizim sifatida oqilona faoliyat ko‘rsatishi va uning rivojlanishini ta’minlaydigan boshqarishni tushunish zarur.
Korxona boshqaruvi samaradorligini ta’minlashda uning uslubiy jihatdan mezon va ko‘rsatkichlari aniqlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun boshqaruv tizimi samaradorligining tahlilini o‘tkazish lozim. Chunki o‘tkaziladigan tahlil qanchalik chuqur va sifatli bo‘lsa, boshqaruv samaradorligining ob’ektiv baholanishiga shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tahlil jarayonida aniqlangan mezon va ko‘rsatkichlardan foydalanib boshqaruv samaradorligiga baho beriladi. Quyidagi rasmda boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilish modeli keltirilgan (4-.8.-rasm):
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tahlil modeli shartli ravishda uchta blokka bo‘lingan:
I-blok - korxonaning ta’minot tahlili (kadrlar, moddiy, texnik, axborot va h.k.);
II-blok - boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv jarayonlari tahlili;
III-blok - ishlab chiqarish bo‘linmalari va hisob tizimi holati tahlili.
Ushbu tahlil bloklari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash boshqaruv tizimi samaradorligi tahlilini sifatli va ishonchli o‘tkazishni ta’minlaydi.
Shuni ta’kidlash zarurki, muayyan ob’ektning boshqaruv samaradorligiga baho berayotganda uning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi zarur.

4.8-rasm. Boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilish modeli


Masalan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga tegishli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
sub’ektlarning strategik ahamiyatga molik ekanligi;
ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmog‘i xususiyatlarining uyg‘unlashganligi. Jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mahsulot tannarxining asosiy qismini xomashyo tashkil etadi ya’ni bunda material sig‘imi yuqori;
qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishiga tabiiy iqlim omillarining bevosita ta’sir etishi.
Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv samaradorligini haqqoniy baholash quyidagi tamoyillarni hisobga olishni taqozo qiladi:
tezkorlik hamda boshqaruv jarayoni maqsad va vazifalarini bozor iqtisodiyoti talablarini e’tiborga olgan holda amalga oshirish;
foydalilik va boshqaruvning tashkiliyligi ya’ni ishlab chiqarish hamda korxona boshqaruvining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
tejamkorlik yoki natijaviylik ya’ni boshqaruvni imkon darajada kam mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar sarflash orqali tashkil etish.
Yuqoridagilarga asoslanib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvi samaradorligi mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
ishlab chiqarishning yuqori darajadagi samaradorligi;
bozordagi ulushning ortishi;
xarajatlar darajasi;
tashqi muhit bilan o‘zaro aloqadorlik darajasi;
boshqaruv qarorlari qabul qilishning to‘g‘riligi va tezligi;
tizimning o‘z-o‘zini tartiblash va tashkil etish imkoniyati.
Bu mezonlardan kelib chiqib boshqaruv samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini quyidagicha asoslash mumkin (4.5.-jadval):
Ushbu ko‘rsatkichlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nafaqat ichki samaradorligi, balki tashqi samaradorligini ham o‘zida aks ettiradi.
Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish yirik korxonalarda boshqaruvni kichik va o‘rta biznes sub’ektlari boshqaruvi kabi tashkil etishni anglatadi.
Boshqaruv tizimini bunday tartibda shakllantirishning afzalligi yirik korxonalarning daromadi yuqoriligi va ularni ishsizlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashishi bilan ifodalanadi.
Biznesni amalga oshiruvchi shaxs biznes sub’ekti yoki biznesmen deb ataladi. Biznes xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, jumladan, mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishdan iborat faoliyat majmuini ifodalaydi.
4.3.-jadval
Boshqaruv samaradorliginibaholovchi ko‘rsatkichlar tizimi

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

Ko‘rsatkichlar
hisob-kitobi

Tarkibiy ko‘rsatkich-larning izohi

1.

Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligi (Kis)



D - yillik daroma;
Xis- mahsulotni ishlab chiqa-rish va sotishga sarflangan bir yillik xarajatlar

2.

Ishlab chiqarishni
tashkil etish darajasi (Kt)


Id - ishlabchiqarish davri-ning davomiyligi;


Ao - aylanma mablag‘lar obo-rotining davomiyligi.

3.

Ishlab chiqarish va so-tish rentabelligi (Kr)



Fs - sof foyda;
Sx - mahsulotni sotish
hajmi.

4.

Kapitalni manevrlik darajasi (Km)


Kak - aylanma mablag‘lar sum-


masi;
Ku - o‘zining kapitalini
o‘rtacha yillik kapitalidagi ulushi.

5.

Amortizatsiya ajratma-larining jamg‘arilishi (Kj)



AFb - asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati;
A - amortizatsiya ajratma-
lari summasi.

6.

Mahsulot
rentabelligi (Kmx)



T - mahsulot sotishdan
olingan tushum;
X - mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xara-jatlar.

7.

Aksiyador kapitalidan
foydalanish samaradorligi.
Bitta aksiyaning
qiymati (Ka)


Kch- muomalaga chiqarilgan aksiyalarning qiymati;


Sa - sotilgan aksiyalarning
qiymati.



Iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Kichik va o‘rta biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi har bir mamlakatdagi mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muhitga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi paytgacha respublikamizda kichik va o‘rta biznesni istiqbolli rivojlantirish borasida ko‘pgina amaliy ishlar qilindi, jumladan uni bevosita qo‘llab-quvvatlovchi quyidagi maxsus qo‘mita va kengashlar tashkil etildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi islohotlar va investitsiyalar bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash;
Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining restruk-turizatsiya xususiylashtirish qo‘mitasi;
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi va h.k.
Ushbu davlat organlarining muhim vazifasi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy organlar, hokimliklar ham o‘z hududiy xususiyatlariga asoslangan holda, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib, amalga oshiradilar.
Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida «Korxonalar to‘g‘risida», «Mulkchilik to‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi.
Kichik va o‘rta biznes (KO‘B) sub’ektlarini hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
KO‘Blarni rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
KO‘Blarda zamonaviy, rag‘batlantiruvchi boshqaruv tuzilma-sini barpo qilish;
KO‘Blarga moddiy-texnika bazani shakllantirishda yordam berish;
KO‘Blarni ishonchli axborot manbalari bilan ta’minlash.
Ushbu me’yoriy hujjatlar respublikamiz iqtisodiyotida markazlashtirilma-gan boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, bu jarayonda kichik va o‘rta biznes korxonalarining ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ishlab chiqarishni markazlashtirilmagan holda boshqarishning muhim sharti iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish birliklarini vujudga keltirish hisoblanadi. Bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik jihatdan mustaqil yoki mustaqil bo‘lmasligi mumkin.
Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish zaruriyati korxona iqtisodiy nochorlik holatiga tushib qolganda ya’ni uning kreditorlar oldidagi o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajara olmaslik hollarida ham yuzaga keladi.
Korxonalarda boshqarishning mazkur tartibini samarali joriy etish ularda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirishga bevosita bog‘liq. Bunda korxonaning hisob tizimini xarajatlar va javobgarlik markazlari ustidan hamda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan chetlanishlar bo‘yicha tezkor nazorat o‘rnatish, shuningdek, bo‘linmalar o‘rtasida transfert baholarni to‘g‘ri shakllantirish, ular moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini batafsil aks ettiradigan segmentar hisobotlarni tuzishga imkon berishi talab qilinadi.

4.6. Rivojlangan mamlakatlarda biznesni arkazlashtiril magan holda boshqarish tajribasi


AQSh iqtisodiyotida biznes tarkibini o‘zgartirish amaliyoti XIX asrning 50-60-yillarida korxonalarda markazlashgan boshqaruvdan foyda, investitsiya kabi markazlarning huquq va majburiyatlarini oshirishga o‘tilishi bilan boshlandi.
Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra, korxonalar o‘rtasidagi raqobat kurashining kuchayishi ishlab chiqarishning moslashuvchanligi va samaradorligini oshirish, har qanday ichki va tashqi omillar ta’siriga tayyor turish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Bunday sharoitda yirik korxonalar oldida vertikal integratsiyalashish darajasini haqqoniy baholash, uni pasaytirish imkoniyatlarini izlash, bo‘linmalarning xo‘jalik mustaqilligini ta’minlash kabi vazifalar yuzaga keladi.
G‘arb mamlakatlari tajribasining tasdiqlashicha, biznesni nomarkazlashtirishda korxona rahbariyati bozorni o‘rganish, ishlab chiqarishni boshqarish va nazorat qilish, tovar va xizmatlarni sotish to‘g‘risida yetarlicha axborotlar to‘plash borasida dastlabki marketing izlanishlarini amalga oshirmasdan iqtisodiy samaradorlikka erishishi qiyin.
Marketing izlanishlari tovar (ish va xizmat)larni bozorda foydali sotish bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos vazifasini bajaradi. Mazkur izlanishlar mahsulotlar sifati va bahosiga ta’sir etuvchi omillar hamda ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlari (sotish hajmi va joyi, mol yetkazib beruvchilar, vositachilar va h.k.)ni ifoda etadi.
Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda quyidagilar marketing faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish;
joriy biznes faoliyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish;
korxonaning ichki biznes tarkibini tahlil qilish;
korxonaning faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy tuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholash.
Korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilishda uning bozorda muayyan faoliyat turi bo‘yicha raqobatlashish darajasi aniqlanadi.
AQSh iqtisodchisi, strategik boshqarish bo‘yicha yetuk iqtisodchi olim M.I.Porter korxona biznesining rivojlanishiga olib keluvchi to‘rtta o‘zaro raqobatlashadigan iqtisodiy sub’ektni ajratadi (4.9-rasm).
Korxonalar o‘z biznes faoliyatini tashkil qilishda mol yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni hisobga olishi zarur. Mol yetkazib beruvchilar korxonalar faoliyatiga yetkazib beriladigan mahsulotlarni bahosi va sifatining maqbulligini ta’minlash orqali ta’sir ko‘rsatadi.

4.9-rasm. Bozorda harakat qiladigan o‘zaro raqobatlashuvchi iqtisodiy sub’ektlar


Bu omillarning ta’sir darajasi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
etkazib beriladigan o‘rinbosar mahsulotlarning yo‘qligi;
mahsulot (tovar)larning korxona uchun ahamiyatliligi;
mol yetkazib beruvchilarning faoliyat doirasi (yirik yoki kichik korxona);
sotuvchi-mol yetkazib beruvchi tizimida xaridorlarning hissasi (agar bu hissa yuqori bo‘lmasa, sotuvchi baholarni oshirishi yoki mahsulot sifatini pasaytirishi mumkin).
Biznesni boshqarishga ta’sir etuvchi mijoz va xaridorlarning o‘zaro aloqasi omili korxonalarga bozorda mustahkam o‘rin egallash uchun distribterlik tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. Mijoz va xaridorlarning korxona faoliyatiga ta’siri mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar bahosini pasaytirish va ularning sifatini oshirish bilan bog‘liq.
Ushbu omillarning ta’sir darajasi quyidagilar orqali ifodalanadi:
mijoz va xaridorlarning zarur axborotlar bilan ta’minlanganligi;
mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning xaridor uchun nafliligi va h.k.
Bozorda o‘rinbosar tovarlarning paydo bo‘lishi an’anaviy, zamonaviy talablarga javob bermaydigan tovarlarni siqib chiqaradi. Shuningdek, bu holat bozorda raqobat muhitini shakllantiradi va korxona biznesini boshqarishga yangi talablarni qo‘yadi, jumladan:
mahsulot (tovar)larning yangi turini ishlab chiqarishni taqozo etadi;
faol marketing tadqiqotlarini olib borish, tovarlar reklamasini samarali yo‘lga qo‘yish zaruriyatini yuzaga keltiradi;
mahsulot (tovar)larning bahosini pasaytirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlashni talab qiladi;
xaridor (mijoz)larga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, iste’molchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Yuqorida ta’kidlangan omillar korxonalarda biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarishni tashkil etish va istiqbolli rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi biznesni samarali amalga oshirishda korporativ boshqaruvni joriy etish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Korporativ boshqaruv tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmalarning shakllanishi yirik va o‘rta korxonalarni vujudga kelishi bilan bog‘liq iqtisodiyotni kapitalizatsiyalash jarayonining boshlanishidir. Korporativ boshqaruvning asosini korporatsiya, xolding kabi tuzilmalar tashkil etadi.
«Korporatsiya» (lot. corporatio - birlashma) biznesni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, u umumiy maqsadlarga erishish, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashgan va huquqiy mustaqil sub’ektlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda korporatsiyalar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va menejerlar tomonidan boshqariladi.
Korporativ boshqaruv konsepsiyasi dastlab Britaniyada 19-asrda ishlab chiqilgan. Korporativ boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
korporativ boshqaruv tuzilmasi ko‘p pog‘onali bo‘lib, nisbatan murakkabligi bilan ajralib turadi;
boshqaruv jarayoniga (strategiyasi va taktikasi) tegishli mexanizm orqali (aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi) ta’sir eta olish imkoni mavjud;
mulkdorni korxonaga egalik qilishi, biroq, uning korxonani joriy boshqarishga bevosita aralasha olmasligi;
ishlab chiqarishni boshqarish yollanma boshqaruvchilar tomonidan amalga oshirilishi, aksiyadorlarga esa nazorat qilish funksiyasi yuklatilishi;
aksiyadorlarning soni cheklanmaganligi, bu holat yirik investorlarga korxona boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi.
Korporativ boshqaruv tuzilmalarining mohiyatini tushunish uchun aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi mazmuniga to‘xtalib o‘tish zarur. Chunki, mazkur tuzilmalarning asosini aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etadi.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining umumiy tashkiliy tuzilmasi 3-ilovada keltirilgan.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining oliy organi bo‘lib, u kamida bir yilda bir marta chaqiriladi. Bu organ korxona rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, mavjud qonunchilik doirasida korxonani boshqarishning qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Umumiy majlislar oralig‘idagi muddat ichida aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiluvchi va Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajaruvchi Kuzatuv kengash tuziladi. Kengash a’zolari yillik majlisda aksiyadorlar safidan saylanadi. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining a’zolari Kuzatuv kengashiga a’zo bo‘la olmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi (ijro organi)yokiNizomdako‘rsatilgan boshqa idoralar aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organi hisoblanib, jamiyat faoliyatini tashkil qiladi va uning faoliyati yakunlari bo‘yicha yig‘ilishga yillik hisobotni taqdim etadi.
Aksiyadorlik jamiyatining Nizomiga muvofiq tayinlanadigan yoki saylanadigan boshqaruv raisi boshqaruv ishiga rahbarlik qiladi. Boshqaruv raisi ishonch qog‘ozisiz jamiyat nomidan faoliyat ko‘rsatishga haqlidir.
Aksiyadorlar safidan saylanuvchi taftish komissiyasi jamiyat boshqaruvining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi. Taftish komissiyasining a’zolari jamiyatning ijroiya organi tarkibiga kira olmaydilar.
Aksiyadorlik jamiyati har yili kamida bir marta o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishga majburdir.
Jahon tajribasi boshqaruvni tashkil qilishning aksiyadorlik shakli yuqori samaraga ega ekanligini isbotlaydi.
Korporativ shaklidagi tuzilmalarning rivojlanishini tahlil qilishda ularning afzallik va kamchilik jihatlarini inobatga olish zarur (4-4-jadval).

4.4-jadval


Korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari


Afzalliklar

Kamchiliklar

Aksiyadorlarkorporatsiyaningqarzlaribo‘yicha, korporatsiyaesaaksiyadorlarningqarzlaribo‘yichashaxsiyjavobgarlikkaegaemas

Korporatsiya mulkdorlarining ikki tomonlama soliqqa tortilishi

Yirik va mayda sarmoyadorlarni jalb etish yo‘li bilan kapitalni tezda yig‘ib olish imkoniyati mavjud

Yakka tadbirkorlik yoki hamkorlikka nisbatan korporativ faoliyatning ancha qat’iy tartibga solinishi

Aksiyalar egalari almashishi munosabati bilan korporatsiyaning faoliyati to‘xtab qolmaydi

Aksiyadorlar uchun korporatsiyani joriy boshqarishda cheklanishlarning mavjudligi

Korporativ tuzilmalarning asosiy turlaridan biri xolding kompaniyasi hisoblanadi. Xolding (angl.) - boshqa kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish maqsadida ular aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lgan kompaniyadir. Amaliyotda sof va aralash xolding turlari mavjud.


Sof xolding aksiyalar nazorat paketiga egalik qila turib, boshqa korxonalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Aralash xolding muayyan sohada (sanoat, savdo, transport va h.k.) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi”.
Xoldingning tarkibiga kiruvchi korxonalar sho‘‘ba korxona bo‘lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi deganda korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarning qabul qilinishi yoki rad etilishini ta’minlovchi, korxona kapitalida ishtirok etishning istalgan shakli nazarda tutiladi. Aksiyalarning nazorat paketlari to‘g‘risidagi qaror monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi va tartibga solinadi.
Xolding aktivlari quyidagilardan tashkil topadi:
qimmatli qog‘ozlar;
muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek, xolding mablag‘lari hisobidan xarid qilingan aktivlar;
pul mablag‘lari va h.k.
Xoldinglar qisman yoki to‘liq xorijiy sarmoya asosida, shuningdek, xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan ham tashkil qilinadi.
Xoldingning aktivlari tarkibiga sho‘‘ba korxonalari aksiyalarining nazorat paketlari bilan bir qatorda aksiyalarning teng (paritet) paketlari (ikkita ishtirokchi bo‘lganda 50 foiz) va boshqa xo‘jalik jamiyatlari kapitalidagi ishtirok paketlari (aksiyalarning nazoratsiz paketlari) kiritilishi mumkin.
Sho‘‘ba korxonalar o‘z majburiyatlari bo‘yicha ularga tegishli mol-mulk, shu jumladan bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalar nazorat paketining qiymati bilan javob berishadi.
Xolding kompaniyalarining tashkil etilishi moddiy, moliyaviy resurslarning integratsiyalashuviga erishish, ularni yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishga ko‘maklashadi.
Xolding korxonalarni alohida faoliyat turlari bo‘yicha, amaldagi monopoliyaga qarshi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asoslangan holda birlashtiradi.
Xoldingni tashkil etish bosh kompaniya balansini taqsimlashni har tomonlama asoslangan tartib bo‘yicha amalga oshirish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va ularni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlash kabi bosqichlardan iborat.
Bosh va sho‘‘ba korxona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ta’sis shartnomasida bosh va sho‘‘ba korxona o‘rtasida balansning taqsimlanish tartibi belgilanadi, asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi, sho‘‘ba korxonasining aylanma mablag‘larini to‘ldirishning umumiy asoslari belgilanadi.
Respublikamizda xolding kompaniyalarini shakllantirish ularning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslashga bevosita bog‘liq (4.7.-jadval).
Odatda, xoldinglarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun mustahkam ichki iqtisodiy aloqalar zarur hisoblanadi. Bunga esa uning barcha bo‘linmalarini birlashtirish, tashkil etish va boshqarish orqali erishiladi. Bunday tizimli yondashuvga asoslangan boshqaruvni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maqsad va vazifalarni belgilash; ish turlari va hajmini aniqlash maqsadida vazifalarni guruhlarga bo‘lish; javobgarlikni taqsimlash va boshqarish iyerarxiyasida darajalar sonini aniqlash; korxonani qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun xodimlarni rag‘batlantiradigan muhitni shakllantirish; boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlovchi kommunikatsiya tizimini loyihalash.
4.5-jadval
Xolding kompaniyalarining afzallik va kamchiliklarini qiyosiy tavsifi

Afzalliklar

Kamchiliklar

Ishlab chiqarishni kooperatsiyala-
shuvining rivojlanishi

Turli tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarning ko‘pligi

Aksiyalar bozorida faol qatnashish imkoni

Har bir korxonaning alohida taftish qilinishi

Bozordagi raqobatda ustunlikka erishish

Sho‘‘ba korxonalarining hisobot-larni har yili katta xarajat sarflab e’lon qilishga majburligi

Uzoq muddatli investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi

Monopoliya va raqobatning chegaralanishiga moyillik

Sarmoyadorlar uchun alohida korxonalarga qaraganda imtiyoz-larning ko‘pligi

Bozorni muayyan segmentlariga egalik qilish investitsiyalardan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiladi

Sho‘‘ba korxonalari o‘rtasida raqobatni yumshatish

Xolding ichidagi raqobatga barham berilishi iqtisodiy turg‘unlikka olib kelishi mumkin

Hisob yuritish va moliyaviy hisobotning birlashtirilishi

Oddiy aksiyadorlar uchun ayrim masalalarni hal etishning murakkabligi

Ishlab chiqarish xarajatlaridagi tejamkorlik

Baho shakllanishining nazorat qilinishi mustaqil korxonalarni bankrotlikka olib kelishi mumkin

Resurslarning mobilligini oshirish

Samarasiz korxonalar faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi

Malakali xodimlar

Xolding afzalliklaridan keng foydalanish imkoniyatining yetish-masligi

Mazkur boshqaruvni tashkil etishning muhim elementi bu uning tuzilmasidir. Korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasiga ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvni har xil darajalaridagi vakolatlarni taqsimlash boshqaruv jarayonining samaradorligiga sezilarli darajada ta’sir etadi.


Korporatsiya faoliyatini tashkiliy jihatlari uning maqsadi va strategiyasi bilan aniqlanadi.
Maqsad bu - korporatsiyaning kelajakdagi holatidir. Maqsad aniqlangandan so‘ng uning strategiyasi ishlab chiqiladi. Korporatsiya o‘z strategiyasini ishlab chiqishda moslashuvchan bo‘lishi lozim. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning zamonaviy talablarga javob bermay qolishi, texnologiyalarni yangilash zaruratining yuzaga kelishi hollarida korxona mahsulot nomenklaturasini takomillashtirish orqali bozordagi o‘zgarishlarga tezda moslashishi zarur.
Jahon tajribasida korporatsiyani boshqarishda asosan 4 daraja farqlanadi.
Birinchi darajada korporatsiyani boshqarishning umumiy siyosati ishlab chiqiladi. Ikkinchisida esa boshqarish va uni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Uchinchi darajada xizmat ko‘rsatish va maslahatlar berish bo‘linmalari tuziladi.
Korporatsiyani boshqarishning to‘rtinchi darajasi boshqaruv jarayonini amalga oshirishga mo‘ljallangan.
AQSh korporatsiyalarida umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi direktorlar kengashi ichki va tashqi a’zolardan iborat.
Ichki direktorlarga qat’iy belgilangan ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchilar kiradi. Ularni, odatda, «boshqaruvchi direktorlar» yoki boshqaruv tizimiga mansubligi sababli, «top-menedjerlar» deb ham atashadi.
Tashqi direktorlar - bu aksiyalarning asosiy egalari bo‘lgan boshqa yirik firmalar, moliyaviy muassasalarning vakillaridir.
Agar ichki direktorlar muayyan miqdorda maosh olishsa, tashqi direktorlar faqatgina kengashning har bir majlisi uchun mukofot olishadi.
Boshqaruv kengashi tarkibida tashqi direktorlar sonini belgilash va ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat korxona rahbariyati tomonidan uning faoliyatini baholashga haqqoniy yondashish imkonini beradi. Shu sababli, Nyu-York fond birjasida kotirovkaga kengash tarkibida kamida uchta, taftish komissiyasida esa kamida beshta tashqi direktorga ega bo‘lgan korxonalarning aksiyalariga ruxsat etiladi.
Rivojlangan mamlakatlar korxonalari kuzatuv kengashlari tarkibida tafovutlar mavjud. Bu ularning vazifalaridagi farqlarga emas, balki aksiyadorlarning tarkibi va sonidagi farqlarga hamda tarixiy sabablarga bog‘liq.
AQShda yuqori texnologiyali korxonalarda kuzatuv kengashining tashqi a’zolari ilmiy muassasalarning xodimlari ham bo‘lishi mumkin. Yirik korxonalarda ular turli «jamiyatlar»ning a’zolari hisoblanishadi. Ammo, kuzatuv kengashi a’zolarining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha korxona boshqaruvining a’zolaridan iborat bo‘lishi talab qilinadi.
O‘z tarkibida sanoat tuzilmalarini birlashtiruvchi tashqi a’zolarga ega bo‘lgan kuzatuv kengashlarining ustunlik tomonlari shundan iboratki, ular orqali korxona boshqaruvini baholashni sanoat sohasida yetarlicha ish tajribasiga ega bo‘lmagan kengash a’zosiga qaraganda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Kengashning tashqi a’zolari, shuningdek, boshqaruvni kelgusi rivojlantirish borasida ham maslahatlar berishlari mumkin.
Britaniyada korxona kuzatuv kengashlarining tarkibi ko‘p jihatdan AQSh korxonalari amaliyoti bilan o‘xshash, lekin Britaniyada kuzatuv kengashi raisi kengashning mustaqil a’zosi hisoblanadi. Ikkinchidan, kuzatuv kengashida korxona boshqaruvining ko‘p a’zolari ishtirok etishadi.
Germaniya korxonalarida esa amaldagi qonunchilikka muvofiq, kuzatuv kengashi tarkibida korxona boshqaruvining vakillari qatnashmaydi. Bunda faqat aksiyadorlar va korxona xodimlari kengashning a’zolari hisoblanadilar.
Shuningdek, Germaniyada banklar yirik kompaniyalarning aksiya paketlariga egalik qiladi va kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi. AQShda banklar uchun kompaniyaning aksiyadori bo‘lish taqiqlangan.
Germaniyaning yirik kompaniyalarida 1949 yildan boshlab kengashlarning deyarli 50 foizi kompaniyalar xodimlaridan tashkil etiladigan bo‘ldi.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) moliyaviy, ishlab chiqarish va tovar kapitalini qayta ishlab chiqarish, jamg‘arish va uni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Ularni tuzish asoslarini «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Moliya-sanoat guruhlari to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari tashkil etadi.
MSGda ishtirok etish korxonalarga quyidagi afzalliklarni beradi:
istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun investitsiyalarni birlashtirish;
ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarini saqlab turish uchun zarur resurslarni to‘plash;
investitsiyalarni kam rentabelli tarmoqlardan foydali tarmoqlarga o‘tkazish imkoniyati;
investitsiyalarni amalga oshirish uchun kredit resurslari bilan ta’minlash;
bozorni tadqiq qilish, mahsulot va xizmatlarni sotishni yaxshilash uchun yagona marketing xizmatini tashkil etish;
yagona ta’minot xizmatini barpo etish va guruhning barcha korxonalari uchun ulgurji xarid qilish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratish va h.k.
Banklar uchun MSGda ishtirok etishning jozibadorligi ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etish, o‘z navbatida foyda olishning yangi manbalariga ega bo‘lish, bank faoliyatini kengaytirish va tabaqalashdan iborat.
Kelgusida MSGga kirishdan pensiya jamg‘armalari, investitsiya va sug‘urta kompaniyalari ham manfaatdordir. Bunda zaxiralarni yuqori daromadli aktivlarga investitsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi nodavlat pensiya jamg‘armalari uchun pensiya miqdorini oshirish maqsadi qo‘yiladi.
Investitsiya kompaniyalari omonatchilar jamg‘armalarini jalb etgan holda olingan pul mablag‘larini guruhning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qiladi. MSGga kiruvchi korxonalarning korporativ qimmatli qog‘ozlarini oldindan taxminlash mumkin. Shuning uchun guruhning qisqa va uzoq muddatli investitsion loyihalarida ishtirok etish xatari investitsiya kompaniyasi uchun ancha pasayadi.

Takrorlash uchun savollar



“Xarajatlar - mahsulot hajmi - foyda” tahlili korxona ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda qanday ahamiyatga ega?
“Xarajatlar - mahsulot hajmi - foyda” tahlilining qanday asosiy elementlari mavjud?
Zararsizlik nuqtasi qanday hisoblanadi?
Marjinal daromadni aniqlashning qanday usullari mavjud?
Chidamlilikning marjinal zaxirasining iqtisodiy mohiyati nimada?
Korxonalarda ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish qanday xususiyatlarga ega?
Ishlab chiqarish dastagi o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning qanday bosqichlari mavjud?
Investitsiyalar samaradorligi qanday aniqlanadi?
Korxonalarda biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish zaruratini izohlang.
Kichik biznes sub’ektlarida boshqaruvni tashkil etish qanday ijobiy afzalliklarga ega?
Korxona biznesini markazlashtirilmagan holda boshqarish qanday
Yüklə 250,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin