4-mavzu. G’oʻzada begona oʻtlarga qarshi gerbitsidlarni qoʻllashda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/2
tarix14.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#143404
  1   2
4-mavzu


4-mavzu. G’oʻzada begona oʻtlarga qarshi gerbitsidlarni qoʻllashda zamonaviy texnologiyalar
REJA

  1. G’oʻzada uchrovchi begona oʻtlar

  2. G’o’zada gerbisidlarni qoʻllashda zamonaviy texnologiyalar

Ta’rif: Gerbitsidlar deb o’tlarni yo’q qilishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga aytiladi. herbum, herbi-ut, sidos-o’ldiraman degan ma’noni anglatadi.


Gerbitsidlarning asosiy qismi organik birikmalar bo’lib, yuqori biologik samaradorlikka ega, kam miqdordagi normada ham o’tlarga ta’siri katta. Gerbitsidlarning anorganik guruhlari ham mavjud.
Gerbitsidlarning kimyoviy tarkibiga qarab:
1.Yoppasiga ta’sir etadigan.
2.Tanlab ta’sir etadigan guruhlarga bo’linadi.
YOppasiga ta’sir etuvchi gerbitsidlar madaniy ekinlar ekilmagan maydonlardagi barcha turdagi o’tlarni yo’qotishda qo’llaniladi. Jumladan: YUllar atrofida, temir yullar atrofida, elektr liniyalar atrofida, sug’orish ariq va zavurlar atrofida, sport maydonchalaridagi begona o’tlarni yo’qotishda keng qo’llaniladi.
Tanlab ta’sir etuvchi (selektiv) gerbitsidlar esa o’tlarning bir turiga ta’sir etib qolgan turlariga ta’sir etmasligini inobatga olgan holda barcha madaniy o’simliklar orasiga qo’llash uchun tavsiya etiladi.
Gerbitsidning normalari, qo’llash muddatlari, qo’llash usullari hamda gerbitsidni to’g’ri tanlab qo’llaganda madaniy o’simliklarga ta’sir etmagan holda ko’plab begona o’tlarni yo’qotishga erishish mumkin.
Gerbitsidlarning tanlab ta’sir etishi- selektivligi o’simlikning anatomik- morfologik va fiziologik xususiyatlari va gerbitsidning o’zining fizik- kimyoviy xususiyatlari hamda fiziologik aktivligiga bog’liq.
Bundan tasniflanishni qo’yidagicha ta’riflash mumkin bo’ladi. Gerbitsidlar yoppasiga ta’sir etuvchilari- barcha o’simliklarga ta’sir etsa, tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlar o’z navbatida biokimyoviy xususiyatlariga qarab, topografik (anotomiyasi- fiziologiyasiga qarab) tanlash keng qamrovli va tor qamrovli bo’lishini yuqoridagi misollarda keltirib o’tgan edik.
Topografik tanlash tushunchasi shundan iboratki o’simlikning po’stini qalinligi, kutikulasining tuzilishi, mum qatlami (g’ubori), tuklanishi, barglarning tik yoki yotiq joylashishi, ildiz sistemasining chuqurligi va hokazolar topografik tanlashga misol bo’la oladi.
Agarda barg qattiq bo’lsa, po’st qalin bo’lsa gerbitsid ta’siri kamroq bo’ladi, barg tik (vertikal) joylashganda ham ta’siri kamroq bo’ladi chunki gerbitsid oqib ketadi, tukli yuzada ham gerbitsid samarasi past, ildiz sistemasi chuqur joylashgan o’simliklarga ham gerbitsid samarasi past bo’ladi. Biokimyoviy tanlash gerbitsid o’simlik shirasiga so’rilishi bilan bir qancha o’zgarishlarga uchraydi ayrim hollarda inaktivizatsiya holiga tushsa ko’pchilik hollarda fitontsidlik xususiyati namoyon bo’ladi.
Selektiv (tanlab ta’sir etuvchi) gerbitsidlar o’simlikni har xil yullar bilan ayrimlari barg orqali o’tib naychalar orqali floyemaga, ayrimlari tuproqdagi eritmalar orqali ildiz sistemalariga so’riladi. SHuning uchun ham gerbitsidlarni qo’llash usullarini tanlashga katta e’tibor berish kerak bo’ladi. Birinchi holda gerbitsidlar o’simlikka purkalsa, ikkinchisida esa tuproqqa beriladi. Lekin shunday gerbitsidlar ham borki, ham barg ham ildizdan o’simlikka so’riladi (Dilapon).
Tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlar ta’sir etish xususiyatiga qarab kontakt (badaniga tegib) va sistemali ta’sir etuvchi guruhlarga bo’linadi. Kontakt ta’sir etuvchi gerbitsidlar o’simliklarni tekkan joylarini quritadi xolos, o’simlikka so’rilmasdan ildiz sistemasiga ham ta’sir etmaydi, bunday o’tlar qayta ko’karishi mumkin.
Sistemali gerbitsidlar - O’simlikning ozuqa naychalari orqali butun o’simlik buylab siljiydi va o’simlikning barcha organlariga ta’sir etadi. Hujayralardagi ozuqa moddalar tarkibidagi moddalar bilan birikib gerbitsid qisman inaktivizatsiyaga uchraydi, hujayralar yutadi, fermentlar yemiriladi. Floyema buylab siljib ildiz sistemasigacha boradi. generativ organlari o’sish nuqtalari, meristema to’qimalariga yig’ilib fiziologik jarayonlarni ishini buzadi va o’simlikni o’limga olib keladi.
Tuproqdagi eritmalardan gerbitsid ildiz tukchalari bilan ildizga so’rilib kselemagacha yetib boradi va bargga yetib borib yig’iladi. Sistemali ta’sir etuvchi gerbitsidlar ildizi chuqur joylashgan o’tlar va butalar uchun samarali.
Ta’rif: Gerbitsidlarni qo’llash muddatlari va usullari. Mutaxassis gerbitsidlar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lib, gerbitsidlarni to’g’ri tanlay bilishi kerak, aks holda gerbitsidlar noto’g’ri tanlanganda madaniy ekinlarga ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Gerbitsidlarni tanlash, ularning normalarini, qo’llash usullarini tanlash katta ahamiyatga egadir. Gerbitsidlarni qo’llash muddatlari va usullari preparativ formalari, o’simlikka o’tish yullariga ta’sir etish doirasiga ya’ni qo’llaniladigan joylariga bog’liq bo’ladi. Gerbitsidlarni kuzda kuzgi shudgor bilan qo’llash ko’p yillik begona o’tlar uchun samarali (g’umay, ajriq, hilol). Bu davrda gerbitsidlarni purkash yuli bilan ko’karib turgan o’simliklarga (o’tlarga) asosan sistemali va kantakt ta’sir etuvchi gerbitsidlardan foydalanish mumkin. Tuproqka beriladigan gerbitsidlardan ham foydalanilganda gerbitsidlarning yuqori normalarda qo’llash ma’qul chunki bahorgacha bu gerbitsidlar inaktivizatsiyaga uchrab bahorda ekilgan ekinlarga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Ekinlarni ekishda va nihollarni (ko’chatlarni) o’tkazishdan oldin gerbitsidlarni tuproqqa mineral o’g’itlar bilan, maydonlarga gerbitsidlar suspenziya, emulsiya, eritmalarini purkash yuli bilan ham berish mumkin, bunda ko’karayotgan o’tlar nobud bo’ladi.
Gerbitsidlarni donador formalari, emulsiya, suspenziya va eritmalarini purkash yuli bilan madaniy ekinlarni ekishdan oldin berish ham mumkin, bunda begona o’tlar madaniy ekinlar ekilishigacha nobud bo’ladi. Gerbitsidlarning madaniy ekinlar ekilishigacha berilishi juda qisqa muddatda bajariladi, chunki bahorda bu davr o’ta tez o’tadi, bunda gerbitsidlarning tez bug’lanmaydigan formalaridan foydalanish tavsiya etiladi, gerbitsid albatta nam yuzaga tushishiga erishish kerak chunki quriq yuzada gerbitsid yaxshi ta’sir etmaydi samarasi past bo’ladi. ekishdan oldingi muddat eng samarali, chunki begona o’tlarning yoshlik davrida yo’q qilishga erishiladi.
Ekinlar ko’karib chiqqandan keyin gerbitsidlar purkash yuli bilan va qator oralariga donador holda beriladi. ekishdan keyin gerbitsidlarni qo’llashda gerbitsidlarni normasini, muddatlarini to’g’ri aniqlash katta ahamiyatga ega, agarda shu talablarga xatoga yul qo’yilsa madaniy o’simliklarni ham ko’yishi nobud bo’lishi mumkin.
Qator oralari ishlanadigan ekinlardagi begona o’tlarni yo’qotishda maxsus purkagichlar yordamida gerbitsidlarni purkash yoki qator oralariga berish ham tajribadan o’tkazilgan. Gerbitsidlarning donador formalari maxsus mashinalar yordamida ma’lum chuqurlikka yoki qator oralariga solinadi. Donador gerbitsidlar tuproqda uzoq saqlanadi, mikroorganizmlar tomonidan juda sekin parchalanadi. Ayrim mamlakatlarda gerbitsidlarni sug’oriladigan suv bilan berish ham mumkin(gerbigatsiya).
Ta’rif: Gerbitsidlarning sarflash normalari. Gerbitsidlarning sarflash normalarini to’g’ri belgilash juda katta ahamiyatga ega, normalari tavsiya etilgan ko’rsatkichlardan ortiq olinganda madaniy o’simliklarning kuyishi, hosildorlikni kamayishiga olib kelsa, normalari kam olinganda ham gerbitsidning ta’siri kamayishiga, begona o’tlar o’tlarning ko’payishi natijasida hosildorlikning pasayishiga sabab bo’ladi. Barcha gerbitsidlar uchun tajribalar asosida ularning barcha ekinlar uchun sarflash normalari qo’llash usullari aniqlanib tavsiya etiladi. Lekin har qaysi tuproq-iqlim sharoitida gerbitsidlarning normalari aniq bir sharoit
Gerbitsidning ishchi aralashmalari sarfi ham tuproq iqlim sharoiti, qo’llaniladigan agregatlar turiga bog’liq bo’ladi, kontakt ta’sir etuvchi gerbitsidlar uchun ishchi aralashma sarfi yuqori bo’ladi. yer ustidan qo’llaniladigan purkagichlar bilan gerbitsidlar qo’llanilganda ishchi aralashmalar sarfi havodan purkalgandan ko’ra ko’proq olinadi. yer ustidan purkashda ishchi aralashmalarning sarflash normalarini takribiy ko’rsatkichlari(l/ga)
1. Kontakt gerbitsidlar 300-600
2. Sistemali gerbitsidlar 150-300
3. Tuproq gerbitsidlari 300-400
Havodan purkashda: 25-50l/ga; 50-100l/ga; 100-200l/ga.
Ishchi aralashmalar quvvatini aniqlash
Ta’rif: Gerbitsidlar ayrim guruhlarining tasniflanishi:
Nitrafen- tarkibida 30-35% suv bo’ladi, sanoatdan quyuq pasta holatida chiqariladi 60% gacha ta’sir etuvchi modda netrofenoli bo’lib suvda yaxshi eriydi. Bedazorlarda zarpechakka qarshi beda o’rib olingandan keyin 2-3 kun orasida har gektariga 40-75 kg normada tavsiya etilgan. UD50 kalamushlar uchun 900-1300 mg/kg.

t/r

Preparat ishlab chiqaruvchi firma mamlakat, qayta ro’yxatga olish sanasi

Sariflash me’yori
ga/kg
yoki ga/l

Preparadan foydalinadigan ekin turi

Qaysi begona o’tga qarshi ishlatiladi.

Ishlatish mudati-usuli, va tavsiya etigan cheklov
lar

Bir maxsumda necha marta ishlati-ladi

1


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin