4-mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda kommunikatsiya majmui Reja



Yüklə 473,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix22.10.2023
ölçüsü473,87 Kb.
#159740
1   2
8-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda kommunikatsiya majmui

2-savol bayoni: 
O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi 
transportning barcha temir yo’l, avtomobil, aviatsiya, shaxar elektr transport, daryo, truboprovod transporti, 
shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan - temir yo’l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti 
rivoj topgan. 2001 yil mamlakat yalpi ichki mahsulotning 8,8%i transport tarmoqlari hissasiga to’g’ri 
keldi. Transport tarmoqlarida band bo’lgan ishchi-xizmatchilarning o’rtacha yillik soni 318,1 ming nafarni, 
jumladan, temir yo’l transportida 62,1 ming, suv, daryo transportida 0,6 ming, avtomabil, shaxar elektr
transporti, yuk ortish- tushirish korxonalarida 303,8 ming nafarni tashkil etdi. Mustaqillikkacha respublika
transportining asosiy turlari sobiq ittifoqining markaziy vazirliklariga yoki ularning O’rta Osiyo, 
O’zbekiston bo’yicha hududiy boshqarmalariga bo’ysungan: temir yo’l transportiga O’rta Osiyo temir 
yo’l transportiga, O’rta Osiyo davlat paraxodchiligi boshqarmasi, havo transportiga Ittifoq fuqaro
aviatsiya vazirligining O’zbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, umumiy foydalanishdagi avtomabil
transportiga O’zSSR avtomabil transporti vazirligi rahbarlik qilgan.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin transportning xalq xo’jaligiga va aholiga xizmat
ko’rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida 
«O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi», «O’zbekiston avtomabil transporti», davlat
aktsiyadorlik korportsiyasi, «O’zbekiston temir yo’llari» davlat - aktsiyadorlik kompaniyasi va boshqa
idoralar tashkil etildi. Mamlakat transport korxonalari davlat ishtirokidagi aktsionerlik kompaniyalari,
korporatsiyalari, ochiq turdagi aktsionerlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga
aylantirildi. 
Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi jamoa xo’jaliklari, fuqarolarning mulki. Sanoat 
va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning o’sish, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiy 
- texnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yo’lovchilar tashish hajmlari ham orta bordi. 
Respublikamizning umumiy yuk oborotida transport turlarining solishtirma hissasi ham o’zgardi. Umumiy
foydalanishdagi va sanoat transporti turlarida yuk, avtomobil tarnsportida esa yo’lovchilarning asosiy 
qismi tashildi. 
Respublikada transport iqtisodiy rayonlar va korxonalar, xalq, xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida,
shuningdek, mamlakatlaro iqtisodiy aloqalarni ta’minlaydi. 
Respublikaning transport tizimi temir yo’l, avtomobil yo’llari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 
vokzallar, stantsiyalar, yuk omborlari va boshqa infratuzilma bo’linmalarini qamraydigan murakkab xalq 
xo’jaligi majmuini tashkil etadi. 
Transport majmuini tartibga solishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: 
tashiladigan yuklarning hajmi; 
yuk oboroti; 
yo’lovchi oboroti; 
yuk tashishning o’rtacha masofasi 
harakatdagi transport vositalaridan foydalanishning texnik ko’rsatkichlari. 
Bu ko’rsatkichlar har bir transport turining xususiyatlariga qarab ajratiladi. Temir yo’l transporti texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlariga ko’ra bo’linadi: a) 1-vagonga to’g’ri keladigan statik va dinamik og’irlik;
b)vagonlarning aylanish vaqti; v) texnik va uchastka tizimi; g) yuk vagonlarining o’rtacha sutkalik mehnat 
unumdorligi. 
Iqtisod qilish, yani tejash natijasida olingan moddiy yoki moliyaviy resurs, vaqt, foyda. Iqtisodiyotning 
asl ma’nosi uy xo’jaligini yuritish, xo’jalikni boshqarish san’ati.
Iqtisodiyot keng ma’noda esa: 
-xizmat ko’rsatish mablag’larining korxona miqyosidagi boshqarish subektiga bog’liqligi; 
-ishlab chiqarish munosabatlarining jami (tizimi), jamiyatning ijtimoiy bazasi; 
-mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar xo’jaligi, ayrim bir tarmoq, masalan transportning bir tarmog’i - 
avto transporti; sanoat; qishloq xo’jaligi; 
-ishlab chiqarish munosabatlarini va xo’jalik tegishli tarmoqlari (transport, savdo, qurilish iqtisodiyoti va 
boshqalar) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadigan fan sohasi, 
xo’jalikning tegishli bo’g’inlari (korxona kontsern, assotsiatsiya iqtisodiyotining iqtisodiy muammolarini, 


boyliklar, resurslar), masalan, mehnat resurslarining turli xillaridan foydalanishni o’rganadigan fanning 
mustaqil sohasi. 
Iqtisodiyot fanlari ishlab chiqarish munosabatlarini, odamlar orasidagi munosabatlarni o’rganadi. 
Iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan munosabatlarning darajasi va 
tavsiflari bilan aniqlanadi. 
Iqtisodiyot – bu, jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni o’rganadigan iqtisodiy fanlar tizimi (tarmoq 
iqtisodiy fanlari – sanoat, transport va boshqalar; vazifasi, ishi, xizmati yoki funktsiyasiga oid iqtisodiy 
fanlar – moliya, hisobchilik hisobi, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va boshqalar).
Iqtisodiyotning aniq turlarini va amal qilish mexanizmini talqin qilishdagi bosqich - boshqaruvning 
tashkiliy tuzilmalarini va ularning vazifalarini tahlil qilishdir. Xo’jalikni boshqarish – umumlashtirilgan 
mehnatning mahsuli va zaruriy shartidir. 
1
Mehnat taqsimoti uning ijtimoiy xususiyati kuchayishi jarayonida boshqaruv faoliyatining mustaqil bir 
turi sifatida ajralib chiqdi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va maxsus organlari shundan kelib chiqadi. 
Umumlashtirish mantiiqiga muvofiq faqat shunday tuzilmalar va boshqaruv organlari yashash huquqiga ega 
bo’ldiki, bularsiz ishlab chiqarish bo’g’inlari (transport xizmati, aholi transporti vositalariga TXK 
korxonalari va uning bo’linmalari )ning o’zlari (korxonalar, kontsernlar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar) 
muayyan o’zaro aloqasidan kelib chiquvchi tarmoq jarayonlarini yagona ijtimoiy jarayonga qo’shish 
vazifalarini hal etishga qodir bo’lmay qolmaydi.
Iqtisodiyot mulkchilik shaklidan, tarmoq va hududlarning tarixiy davrlaridan qat’i nazar xo’jalik 
yuritishning bir qancha tamoyillariga rioya qilinishi mustasno etadi. Bu – natijalar va harakatlarni o’lchab 
bo’lish, boyliklarni hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish, ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum 
rag’batlantirish imkonini yaratish, demakdir. 
Iqtisod aholining turmush darajasini ko’tarish, jamiyatning ijtimoiy va boshqa hayot faoliyatlarini 
taraqqiy ettirish bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, O’zbekiston aholisining hozirgi darajasiga nisbatan ancha 
yuqori, jamiyatimizning esa ijtimoiy faolligi o’ta baland. Shu tufayli xalqimizning shaxsiy mulki, shu 
jumladan, shaxsiy avtomobillar ortib bormoqda. 
Korxona faoliyati deganda uning bajaradigan ishi, ma’lum bir yo’nalishda ishlashi, avtomobil transporti 
yoki avtomobillarga TXK, korxona jamosining ijtimoiy harakati, maqsadga erishish uchun jamoa a’zolariga 
ta’sir etish, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish dasturining bajarilishiga harakat qilish, xo’jalikni 
yuritish, xo’jalikni boshqarish, aqliy va jismoniy kuchlardan, korxona mablag’laridan foydalanish kabi 
vazifalar tushiniladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun korxonani tashkil etuvchi odamlar guruhlarining 
faoliyatlari o’zaro muvofiqlashtiriladi. 
Korxonaning iqtisodiy va xizmat ko’rsatish faoliyati darajasi foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari - 
mablag’dan olinadigan daromad, xizmat ko’rsatish sifati, daromad yoki tushumning o’sish sur’ati, mehnat 
unumdorligi, foyda, bajariladigan xizmatlar harakati va shu kabilar bilan baholanadi. 
Korxonaning faoliyati ko’p qirrali va uni boshqarish san’ati uning iqtisodiyotidadir. Har qanday korxona 
tizim qurishini ifodalaydi: 
-boshqarish tizimi, ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish), ta’minot, zaxira, jo’natuvchi, qabul etuvchi va 
shunga o’xshashlar. 
Korxonaning maqsadi unumdorlikni oshirishda va xarajatlarni pasaytirishda, xizmat ko’rsatish sifatini 
oshirishda, iste’mol bahosini va doirasini kengaytirishda va xizmat ko’rsatishni reklama qilishda, xizmat 
yoki mahsulot turini topishda, ehtiyojni qondirishda ifodalanadi. 
Korxonaning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash uchun xizmat ko’rsatuvchilar, ayniqsa uning menejerlari 
ko’pgina qoidalarni, jarayonlar va tavsiflarni bilishlari kerak. Ular natijasida mehnat (xizmat ko’rsatish)ning 
tartibi birlashsin, shakllari rivojlansin, xizmat ko’rsatishning unsurlari provard natijaga ijobiy ta’sir etib, 
samaradorlik oshsin. Korxonaning samaradorligini oshirish va foydani ko’paytirish kabilar yordami bilan 
xizmat ko’rsatish tamoyillari, unsurlari va vositalari korxona menejmenti mohiyati va mazmunini ifodalaydi. 
Albatta, korxona faoliyati murakkab tizim va har xil ko’rinishdagi faoliyatdir: tashkiliy-boshqarish, 
muxandislik-menejerli, hisobga olish-iqtisodiy, nazorat-taftish, tadqiqot loyihali- tadqiqot va boshqa 
faoliyatning umumiy savollaridan tuzilgan. 
Korxona bo’linmalari ichida o’zaro bir-biriga bog’liq tizim biri-biriga ta’sir ko’rsatadi, shu jarayonlarga, 
ya’ni ta’sir etuvchi tashqi omillar ham bor. Korxonaning ichki faoliyati xizmat ko’rsatishni bajarishda
xodimlar, uskunalar, vositalar, asboblar va binolar bilan ta’minlashda namoyon bo’ladi. 
1
Mc Connell, Brue. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2014


Tashqi omillar (mijozlar, yo’lovchilar, mulkdorlar, ehtiyot qismlar materiallar) dan birortasi bo’lmasa, 
korxona faoliyati qiyinlashadi, ba’zi hollarda korxonada ish to’xtab qoladi, korxona mablag’lari
(avtoransport, uskunular)ning texnik tayyorlik darajasi pasayadi. 
Korxonaning xizmat ko’rsatish faoliyatini takomillashtirish xizmat jarayonlarini tashkil etishni 
yaxshilash, me’yoriy–texnik ta’minlash, egiluvchan yoki epchil boshqarish tizimini yaratish, ehtiyot qism va 
materiallar bilan ta’minlash, bajariladigan ish sifatini oshirish, korxona xodimlarining malakasini oshirish va 
bajariladigan ishlarni sifati va unumi oshishidan xodimlar manfaatdorligini ta’minlash, ularni 
rag’batlantirish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishda namoyon bo’ladi. 
Korxonaning xizmat ko’rsatish va boshqarish tarkibini tanlash, shakllantirishda tizimning tarkibiy 
usullari orasidagi nisbatan va o’zaro ta’sirni aniqlash, xizmat ko’rsatish jarayonlarini maqbullashtirish 
hamda zamonaviy texnologik jarayonlar yaratishda o’z ifodasini topadi. 
Korxonaning xizmat ko’rsatish faoliyatini samarali tashkil etishda quyidagilarga e’tibor berish o’ta 
muhim; ish tartibini tanlash; xizmat ko’rsatish va boshqa ishlar bir maromda bajarilishini ta’minlash; eng 
qo’lay bo’linmalar tuzilishini ishlab chiqish; korxonaning barcha bo’linmalari bilan eng samarali 
boshqariladigan usullarni ishlab chikish va amalga joriy etish; korxona zaxiralarini maqbul darajada 
boshqarish. 
Korxonani maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash masalalarining ko’pchiligini ommaviy 
xizmat ko’rsatish nazariyasi usullarini qo’llash orqali hal qilinishi mumkin. 
Bu jarayonda, shuningdek, hujjatlarning shakl va aylanish jarayonlarini to’g’ri tanlash va 
takomillashtirish, xizmat ko’rsatishni boshqarishga, mulkning turli shakllarini ishlatishga va mehnatni ilmiy 
asosda tashkil etish usullariga e’tibor berish zarur. Bunda, to’g’ri tanlangan boshqaruv apparati xodimlariga 
ko’p narsa bog’liq. Ularning maqsadga muvofiq ish yuritishi korxonaning xizmat ko’rsatish faoliyatini 
ta’minlaydi. 
Yuk va yo’lovchilarni tashish, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish, korxona 
menejmentining muhim vazifasi. 
Korxonaning istiqbolda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishini ta’minlashda quyidagilarga rioya qilish 
kerak:
-transport va texnika xizmati ko’rsatish jarayonini texnologik jihatdan qayta qurish va avtomatlashtirish 
ish jarayoniga, yuqori malakali xodimlarni jalb etishga o’tish; 
-korxona xodimlari uchun qulay mehnat sharoitni yaratish, yuqoriroq ish haqi belgilash, bir qancha 
nomoddiy rag’batlantirish shakllarini joriy qilish; 
-korxona faoliyatining samaradorligini doimiy nazorat qilish, uning barcha bo’linmalari ishini 
muvofiqlashtirish; 
-muntazam izlanish va yangi bozorlarni o’zlashtirish. 
Shu bilan birga korxonaning taraqqiy etish maqsadlarini aniqlash, bunda quyidagilarga alohida e’tibor 
berish lozim: 
-eng muhim masalalarni, ular navbati va echimining ketma-ketligini aniqlay bilish; 
-korxonaning ustuvor rivojlanish ishlanmasini tayyorlash – xo’jalik masalalari tizimi va ularni echish 
yo’llari; 
- har xil davrlarga mo’ljallangan muammolarni echmoq uchun chora-tadbirlar tizimini tayyorlash; 
-zarur bo’lgan ne’matlarni va ularni ta’minlash manbalarini baholash; 
-qo’yilgan masala va topshiriqlarning bajarilish ustidan qattiq nazorat o’rnatish.
Korxona istiqbolli faoliyat ko’rsatishi uchun ustuvor boshqarishga alohida e’tibor berish lozim. 
Buning uchun biznesning bosh maqsadini ishlab chikish, omillar ta’sir ko’rsatib turgan sharoitda 
korxonaning taraqqiy etish natijalarini bashorat qila bilish, natijalar parametrlaridan og’masligi uchun 
ustuvor rivojlantirishni qo’llash kerak. Yuqoridagi chora-tadborlar kundalik faoliyatda tezkor boshqarish 
orqali ro’yobga chiqarilishi shart. 
2012 yilda 517 kilometrlik avtomobil yo’llari, ikkita yirik transport bog’lamasi, 544 pogon-metr 
ko’prik va yo’l o’tkazgichlarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish mo’ljallanmoqda. Buning uchun 
Respublika yo’l jamg’armasidan 360 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o’tgan yilga nisbatan 12,5 
foiz ko’p mablag’ yo’naltirish rejalashtirilmoqda.
O’zbek milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy 
Osiyo mintaqasi uchun ulkan strategik ahamiyatga ega ekanini inobatga olgan holda, ushbu loyihani amalga 
oshirishda Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtirish guruhi a’zolari singari 
xalqaro moliya tuzilmalari faol ishtirok etmoqda.

Yüklə 473,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin