Xulq-atvorni irodaviy boshqaruv Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi:
1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish.
2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish.
3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq atvorini boshqara olish bilan boshlanadi. Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`zoldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib borish muhim ahamiyatga ega. Masalan, o`smir o`z oldiga o`zida layoqat bo`lmagan qobiliyatni rivojlantirishni maqsad qilib qo`yishimumkin. Bolalarda irodaning rivojlanishi motivatsion va axloqiy sohaning rivojlanishibilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning qo`shilishi irodaviy sifatlarning rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Iroda asosano`smirlik va o`spirinlik davrida jadal sur`atlar bilan rivojlana boshlaydi. Irodani tarbiyalash va qayta tarbiyalashda badiiy adabiyot va kinofil’mlarning o`rni katta. Biroq ota ona va pedagoglarning o`rnini hech narsa to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari kun tartibiga rioya qilish, butun hayotiy talablarga to`g`ri amal qilishdir. Irodali kishi o`z vaqtining xo`jayinidir. O`z faoliyatini oqilona tashkil etadigan kishi o`z ishini shoshilmay bajarishi, faoliyati esa uyushqoqlik va maqsadga yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin.
Irodani tarbiyalash. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo'lishi mumkin. Ularning hammasi quyidagi shartga amal qiladi:
1. Irodani tarbiyalani nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo'lmagan qiyinchilikni, vaqt o'tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga bori, kishi o'z irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi. Har bir qarshilkni «bo'ysindirilmagan qal'a» sifatida baholash lozim va bu qal'ani «olish uchun» barcha imkoniyatni ishga solish kerak.
2. Qiyinchiliklarni, to'siqlarni bartaraf etish ma'lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshirish. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo'lsa, irodaviy motivlar darajasi yuqori bo'lsa, kishi shunchalik katta qiyinchliklarni bartaraf etishga qodirdir.
3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilsa kishining irodasi izdan chiqadi.
4. Agar kishi uzoqqa mo'ljallangan maqsadni oldiga qo'ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi kerak.
Bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, ya'ni kelajakka mo'ljallangan istiqboolni ko'ra olish juda muhim.
Irodali kishi-o'z vaqtining xo'jayini. O'z faoliyatini oqilona tashkil etar ekan, bu bilan u belgilangan narsani shoshilmasdan amalga oshiradi. O'z irodasini chiniqtirish uchun ishda va turmushda tarqoqlik va pala-partishlikka qarshi kun sayin kurash olib borishi kerak.
Sport bilan muntazam shug'ullanishi kishi irodasini chiniqtiradi. Jismoniy mashq bilan shug'ullanishda qiyinchiliklarni bartaraf etish kishining faqat mushaklari emas, balkiuning irodasini chinakam mashq qildirish hisoblanadi.