Xarajatlarni moddalari bo‘yicha tahlili
№
|
Xarajat moddalari
|
Haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m
|
Farqlanishi (+,-)
|
Reja tannarxi bo‘yicha
|
Haqiqiy tannarxi bo‘yicha
|
Ming so‘m
|
% da
|
Rejaga nisbatan
|
Jami reja tannarxiga nisbatan
|
A
|
B
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
Xomashyo va materiallar
|
43 456
|
37 865
|
-5 591
|
-12,9
|
-2,75
|
2
|
Qaytarilgan chiqitlar
|
-96
|
-107
|
-11
|
+11,5
|
-0,01
|
3
|
Xomashyo va materiallar sarfi chiqitlar qaytarilgan holda (1-2)
|
43 360
|
37 758
|
-5 602
|
-12,9
|
-2,75
|
4
|
Korxona va tashkilotlardan sotib olingan buyumlar, yarim fabrikatlar va ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlar
|
19 344
|
17 134
|
-2 210
|
-11,4
|
-1,09
|
5
|
Texnologik maqsadlar uchun elektr energiya va yoqilg‘i sarfi
|
1 006
|
1 024
|
+18
|
+1,8
|
+0,01
|
6
|
Moddiy xarajatlar jami
|
63 710
|
55 916
|
-7 794
|
-12,2
|
-3,83
|
7
|
Ishchilarning asosiy ish haqi
|
46 783
|
42 424
|
-4 359
|
-9,3
|
-2,14
|
8
|
Ishchilarning qo‘shimcha ish haqi
|
8 561
|
8 545
|
-16
|
-0,2
|
-0,01
|
9
|
Ijtimoiy sug‘urta xarajatlari
|
23 730
|
21 353
|
-2 377
|
-10,0
|
-1,17
|
10
|
Ish haqi va ajratmalarga xarajatlar jami
|
79 074
|
72 322
|
-6 752
|
-8,5
|
-3,32
|
11
|
Ishlab chiqarishga tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari
|
2 561
|
2 549
|
-12
|
-0,5
|
-0,01
|
12
|
Uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari
|
10 716
|
10 329
|
-387
|
-3,6
|
-0,19
|
13
|
Sex xarajatlari
|
13 170
|
12873
|
-297
|
-2,3
|
-0,15
|
14
|
Umumxo‘jalik xarajatlari
|
18 420
|
18 515
|
+95
|
+0,5
|
+0,05
|
15
|
Ishlab chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari jami
|
44 867
|
44 266
|
-601
|
-1,3
|
-0,30
|
16
|
Brakdan yo‘qotishlar
|
X
|
72
|
+72
|
X
|
+0,04
|
17
|
Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari
|
15 903
|
19 554
|
+3 651
|
+23,0
|
+1,79
|
18
|
Tovar mahsulotining jami ishlab chiqarish tannarxi
|
203 554
|
19 2130
|
-11 424
|
-5,6
|
x
|
Korxonada moddiy xarajatlar reja tannarxiga nisbatan 7 794 ming so‘mga, nisbiy ifodada 12,2%ga kam sarflangan, jami reja tannarxida moddiy xarajatlar o‘zgarishining salmog‘i 3,38%ga teng bo‘lgan.
Ish haqi va ish haqidan ajratmalar reja tannarxiga nisbatan 6 752 ming so‘mga, nisbiy ifodada 3,32%ga kam sarflangan.
Mahsulotning reja tannarxi 11 424 ming so‘mga kam bo‘lgan, nisbiy ifodada mahsulotning to‘liq tannarxi 12,2%ga arzonlashtirishga erishilgan. Bu o‘zgarishlarni albatta ijobiy deyish mumkin.
Moddiy, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va ishlatish xarajatlari tahlili. Moddiy xarajatlar. Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi va shu sababli ham ularni tahlil etishga muhim ahamiyat qaratiladi.
Moddiy xarajatlar tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- moddiy xarajatlarning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlarni va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
- moddiy xarajatlarni iqtisod qilish yuzasidan imkoniyatlarni aniqlash;
- mahsulotning moddiy xarajatlar sig‘imiga baho berish va ulardan samarali foydalanishning ichki imkoniyatlarini aniqlash;
- moddiy resurslardan tejamli va natijali foydalanish yo‘llarini aniqlash.
Moddiy xarajatlar tahlili ularning o‘zgarishini o‘rganishdan boshlanadi. Moddiy xarajatlarning o‘zgarishi va unga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
14-jadval.
Moddiy xarajatlar va ularning o‘zgarishi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Moddiy xarajatlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
|
Summasi
|
1. Reja bo‘yicha moddiy xarajatlar
|
35 250
|
2. Haqiqatdagi mahsulot hajmi va tarkibi bo‘yicha qayta hisoblangan rejadagi moddiy xarajatlar
|
35 600
|
3. Haqiqatdagi moddiy xarajatlar
|
35 700
|
4. Jami o‘zgarish
|
+450
|
SHu jumladan:
|
|
4.1. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi hisobiga
|
+3 525 (35 250*10/100)
|
4.2. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o‘zgarishi hisobiga
|
-3 175 (35 600-35 250-3 525)
|
4.3. Materiallar tarkibining o‘zgarishi hisobiga
|
+100 ( 35 700-35 600)
|
*Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish darajasi – 10 %
Moddiy xarajatlarning reja bo‘yicha tannarxi 35 250 mln so‘m qilib belgilangan. Lekin, uning haqiqiy tannarxi 35 700 mln so‘mga teng bo‘lgan. Moddiy xarajatlarning jami o‘zgarishi +450 mln so‘mni tashkil qilgan. Ushbu o‘zgarishga ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi hisobiga (moddiy xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibiga kirib mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o‘sib borishi tufayli) +3 525 mln so‘mga ortganligini, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning strukturaviy o‘zgarishlari hisobiga -3 175 mln so‘mga kamayganligini, materiallar tarkibining o‘zgarishi hisobiga o‘zgarish +100 mln so‘mni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Barcha omillar ta’sirini jamlasak, uning umumiy o‘zgarishga teng ekanligini ko‘rish mumkin (+3 525+(-3 175)+100).
Ish haqi xarajatlari tahlili. Ish haqi xarajatlari ishlab chiqarish korxonalarida salmog‘i bo‘yicha moddiy xarajatlardan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi xarajat elementi hisoblanadi. O‘z navbatida ish haqi xarajatlari uchinchi muhim xarajat elementi ish haqidan ajratmalar uchun ham asos bo‘ladi. Ish haqidan ajratmalarning kichik va yirik biznes vakillariga nisbatan 15 va 25 foizlik normalari belgilangan. Ish haqidan ajratmalarning mahsulot ishlab chiqarish tannarxida sig‘imlilik darajasi ish haqiga birlashtirilgan holda o‘rganiladi. Eng muhim ko‘rsatkichlar sifatida tahlil etishda quyidagi ko‘rsatkichlar tarkiblanadi: ish haqi fondi, bitta xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik ish haqi, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ish o‘rtacha oylik ish haqi, bir kunlik o‘rtacha ish haqi, bir soatlik o‘rtacha ish haqi.
15-jadval.
Korxonada ish haqi fondining tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari
|
Ishchilar
|
Ish haqi fondi, mln so‘m
|
|
|
O‘tgan yil
|
17 706,9
|
17 116,5
|
Haqiqatda
|
26 025,6
|
19 767,0
|
Farqi (+,-)
|
+8 318,7
|
+2 650,5
|
Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat bo‘yicha soni, kishi
|
|
|
O‘tgan yil
|
1 065
|
844
|
Haqiqatda
|
962
|
769
|
Farqi (+,-)
|
-103
|
-75
|
Xodimlarning o‘rtacha ish haqi, ming so‘m
|
|
|
O‘tgan yil
|
16 626,2
|
20 280,9
|
Hisobot yili
|
27 053,6.
|
25 704,4
|
Farqi (+,-)
|
+10 427,4
|
+5 426,6
|
Ish haqi fondining jami o‘zgarishi, ming so‘m
|
+8 318,7
|
+2 650,5
|
SHu jumladan:
|
|
|
Xodimlar soni o‘zgarishi hisobiga, ming so‘m
|
-1 712,5
|
-1 521,0
|
O‘rtacha ish haqi o‘zgarishi hisobiga, ming so‘m
|
+10 031,1
|
+4 171,5
|
Korxonada ish haqi fondining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi sanoat ishlab chiqarish xodimlari bo‘yicha 8 318,7 mln so‘mni, ishchilar bo‘yicha 2650,5 mln so‘mni tashkil qilgan.
Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni o‘tgan yilga nisbatan sanoat ishlab chiqarish xodimlari bo‘yicha 103 kishiga, ishchilarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni 75 kishiga kam bo‘lgan.
Xodimlarning o‘rtacha ish haqi o‘tgan yilga nisbatan sanoat ishlab chiqarish xodimlari bo‘yicha +8 318,7 ming so‘mga, ishchilar bo‘yicha 2 650,5 ming so‘mga o‘sganligini ko‘rish mumkin.
Ish haqi fondining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida xodimlar sonining o‘zgarishi va o‘rtacha bir xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqining o‘zgarishi hisob-kitob qilinadi. Korxonada ushbu omillar hisobiga mehnat haqi fondining o‘zgarishi sanoat ishlab chiqarish xodimlariga nisbatan +10 031 ming so‘m (bir xodimga o‘rtacha ish haqining o‘zgarishi (10 427,4)) va -1 712,5 ming so‘mni (sanoat ishlab chiqarish xodimlari sonining o‘zgarishi hisobiga (-103)) tashkil etgan.
Ishchilarning mehnat haqi fondining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillari hisob-kitobi mos ravishda +4 171,5 ming so‘m va -1 521,0 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Bitta xodimga yoki bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ish haqi o‘zgarishlariga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish mumkin.
16-jadval.
Dostları ilə paylaş: |