4-мавзу: Ўлчаш. ЎЛчашноани. 0+Ликлари



Yüklə 453,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix10.10.2022
ölçüsü453,18 Kb.
#64812
1   2
3-Ma\'ruza taqdimot

trayektoriya deb ataladi. Agar trayektoriya to’gri chiziqdan iborat bo’lsa
to’gri chiziqli harakat deyiladi, egri chiziqdan iborat bo’lsa egri chiziqli
harakat deyiladi.
Masalan, soydagi suvda birorta to’p oqib ketayotgan bo’lsa, shu
soyning egriligi to’pning trayektoriyasi xisoblanadi. Endi shu soyning
bo’yida birorta daraxtni yoki boshqa qo’zg’almas bo’lgan jismni tanlab
olaylik, va shu to’pning harakatini ana shu nuqtadan boshlab o’lchab
borsak, ma’lum vaqt ichida qancha yo’l bosib o’tganligini aniqlaymiz, u
orqali uning tezligini aniqlanadi, agar oqish tezligi gox tez, goxi sekin
bo’lsa, yani tezligi o’zgaruvchan bo’lsa uning tezlanishini ham
aniqlaymiz.


O’sha tanlab olingan qo’zg’almas nuqta, tabiiy o’qning boshi
hisoblanadi va u nuqtani O xarfi bilan belgilanadi. Shu nuqtadan boshlab,
o’qning musbat yoki manfiy taraflarini o’zimiz belgilab olamiz. O’qning
boshidan birorta tomonga qilingan harakatni musbat deb tanlasak, unga
teskari tomonga qilingan harakat manfiy harakat deb belgilanadi, va shunga
qarab tegishli ishoralar bilan belgilanadi. (3.1 shakl)
Shu to’pni o’rniga motorli qayikni olaylik, uning trayektoriyasi xam
shu soyning o’zani bo’ylab yo’nalgandir, yoki tramvay vagonini olsak, u
faqat shu temir yo’l usti bo’ylab harakat qila oladi xolos, yani ularning
trayektoriyalari oldindan malum bo’ladi.


Mexanika fanida to’p, qayiq, tramvay kabi so’zlarni faqat masalalar
yechayotganimizda aytiladi xolos, harakatning nazariyasini o’rganishda ularning
xammasini bir so’z bilan yani nuqta, yoki qattiq jism deb ataladi. Uning malum
t - vaqt o’tgandagi o’rnini belgilovchi funksiya, shu nuqtaning harakat qonuni
deyiladi, va quyidagicha yoziladi,
s=f(t)
(3.1)
masalan
s= 3t
2
-5t+ 2 m. ko’rinishda bo’lsa, t - vaqtni o’rniga istalgan
sekundni qo’ysak shu vaqtda nuqta tabiiy
o’qning qaysi joyida ekanligini
aniqlashimiz mumkin.
Masalan t=0 sekundda nuqtaning tabiiy o’qdagi koordinatasi s=3

0
2
-
5

0+2=2 metr ekan, t=1 sekundda s=3

1
2
-5

1+2=0 metr, yani koordinata
boshiga kelar ekan, demak harakat boshlanganda nuqta o’qning boshlanish
joyidan 2 metr musbat tomonda joylashgan ekan, mexanika tilida nuqtaning
boshlangich xolati deyiladi va lotincha S
0
=2 deb yoziladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi qonuniyat bosib o’tilgan masofani
emas, balki nuqta qaysi vaqtda tabiiy o’qning qaysi joyida ekanligini aniqlab
beradi xolos. Agar nuqta xar doim o’qning bir tomoniga qarab harakatlansa, u
xolda (3.1) formula orqali bosib o’tilgan yo’lni xisoblab chiqarsa bulaveradi.









Yüklə 453,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin