2.Bog’lanish, ularning turlari va bog’lanish reaksiyalari
Erkin jismda bog’lanish bo’lmaydi, shu sababli u xoxlagan tomonga
harakat qila oladi. Qisman erkin va mutloq erksiz jismlar boshqa bir, yoki
bir nechta jismlar orqali bog’langan xolda bo’ladilar. Shuning uchun shu
qattiq jismlarning erkinliklarini chegaralovchi boshqa
jismlarni
bog’lanishlar deyiladi.
Agar jism uzining erkinligini chegaralovchi boshqa
jismga, yani
bog’lanishga nisbatan biror kuch bilan ta’sir etsa, o’z o’rnida bog’lanish
hisoblangan boshqa jism ham unga aks ta’sir ko’rsatadi, shu aks tasir
kuchini bog’lanish reaksiyasi deyiladi. Yani bog’lanish reaksiyasi ham
kuch vektori bo’lib, ushbu kuch faqat aks ta’sir sifatidagina mavjud
bo’ladi, agar jism bog’lanishga kuch ta’sir etmasa, ya’ni bog’lanish olib
tashlansa uning reaksiyasi ham nolga teng bo’ladi.
Demak bog’lanish reaksiyasi faqat jismning unga ko’rsatgan kuch
vektoriga tegishli ravishda paydo bo’ladi, va ushbu tasir yo’qolsa reaksiya
kuchi ham yo’qoladi yoki o’z yo’nalishi va son qiymatini tegishlicha
o’zgartirishi mumkin. Agar bog’lanish olib tashlansa reaksiya kuchi ham
o’z -o’zidan yo’qoladi.
Shuning uchun bog’lanishlarning reaksiya kuchlarini yo’nalishlarini qanday qilib
aniqlashni ko’rib o’taylik.
1. Silliq yassi yuzadan iborat bog’lanish (1.5 b shakl).
Silliq yassi yuzali bog’lanish deb, shunday yuzaga aytiladiki uning ustida turgan,
yoki unga suyanib turgan jismga xech qanday ishqalish kuchi tasir etmaydi. Shu
sababli bunday tekislikdan iborat bog’lanishlarning reaksiyalari har doim, shu
tekislikka normal (perpendikulyar) xolda yo’nalgan bo’ladi.
Ip, arqon va trosdan iborat bog’lanish.
Bunday bog’lanishlarning reaksiyalari har doim faqat shu arqon, ip yoki trosning
taranglik chiziqlari bo’ylab yo’naladilar.
E’tiboringiz uchun
rahmat!
Dostları ilə paylaş: |