Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatkichlari qatori-ga quyidagilar kiradi:
buzilmasdan ishlashi;
uzoq muddatga chidamliligi;
ta’mirlashga
yaroqliligi;
saqlanuvchanligi.
Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi, ularni
hisoblash va eksperimentlar
yo‘li bilan aniqlashning asosiy usullari tegishli standartlar bilan tartibga solingan.
Buzilmasdan ishlashi – buyum (mashina, agregat va h.k.)
ni ishlatishning muayyan
sharoitlari va rejimlarida uning o‘z ishlatish ko‘rsatkichlarini talab etiladigan vaqt oralig‘i
yoki ishlash muddatlari mobaynida belgilangan chegaralarda saqlab qolgan holda
belgilangan
funksiya-larni
bajarish
xossasi.
Quyidagilar
buzilmasdan
ishlash
ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
buzilmasdan
ishlash ehtimoli;
birinchi buzilishgacha o‘rtacha ishlash muddati;
buzilguncha ishlashi;
buzilishlar
jadalligi;
kafolatli ishlash muddati.
Buyumning uzoq vaqtga chidamlilik ko‘rsatkich-lari uning jismoniy va ma’naviy
eskirishini hisobga olgan holda birinchi kapital ta’mirlash, zamonaviy-lashtirish va
ro‘yxatdan chiqarishgacha bo‘lgan xizmat muddatini tavsiflaydi.
Uzoq vaqtga chidamlilikning asosiy ko‘rsatkich-lariga quyidagilar kiradi:
resursi;
o‘rtacha xizmat muddati;
birinchi kapital ta’mirlashgacha
xizmat muddati;
ta’mirlashlar orasidagi xizmat muddati;
ro‘yxatdan chiqarilgunga
qadar xizmat muddati;
birinchi kapital ta’mirlashgacha resursi.
Dostları ilə paylaş: