4-mavzu: Milliy ma'naviyatimizning fakomil bosqiciilari. Reja



Yüklə 118,01 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2023
ölçüsü118,01 Kb.
#157218
маънавият маъруза -4



4-mavzu: Milliy ma'naviyatimizning fakomil bosqiciilari. 
Reja: 
1.
Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari.
2.
Milliy ma'naviyat va shaxs ma'naviyati. 
3.
Ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
4.
Markaziy Osivo xalqlari madaniyati va milliy ma'naviyatimiz.
5.
Jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz rivojining o‘zaro nisbatlari. 
Jahon ma’naviyati va ma’rifatining rivojiga jamiki xalqlar baholi qudrat o‘z 
ulushlarini qo‘shganlar. Ammo bunda SHarq mamlakatlari, jumladan, Markaziy 
Osiyo xalqlarining qo‘shgan hissasi alohidadir. 
Markaziy Osiyo jahonning ilmu fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan 
rivojlangan, tarixi, ma’naviyati nihoyatda boy mintaqalardan biridir. 
Bir necha ming yilliklarda shakllangan Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma’naviyati 
takomil bosqichlari mazkur o‘lkada yuz bergan madaniy rivojlanish jarayonlari bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu sahnda yuz beruvchi ma’naviy hodisa sanaladi. 
Xalqimiz madaniy-ma’naviy taraqqiyoti o‘ta murakkab tarixiy silsilalar, 
o‘zgarishlar va hodisalar majmuini tashkil etadi. 
Ana shu murakkab va ko‘p ming yillik ma’naviy takomilimiz jarayonidan asosiy 
bo‘g‘inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma’naviyatimiz rivojlanishi 
bosqichlari haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. 
Ko‘pgina 
tadqiqotchilarning 
bu 
boradagi 
fikrlarini 
o‘rganib, 
milliy 
ma’naviyatimizning bir necha ming yillik tarixini besh davrga ajratib ko‘zdan 
kechirishni 
ko‘p 
jihatdan 
maqbul 
bildik 
Bu davrlar o‘z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko‘ra aslo teng emas. Biz 
nazarda tutgan birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr IX-
XII asrlarni, uchinchi davr XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrlarni, to‘rtinchi 


davr esa XVII dan XX asrning so‘nggi o‘n yilligiga qadar bo‘lgan davrni qamrab 
olganligi bilan ajralib turadi.
Mazkur mavzuda Islomgacha ma’naviyatimiz takomili, 
mazmuni va mohiyati haqida fikr yuritamiz. Islomgacha bo‘lgan milliy 
ma’naviyatimiz va uning takomillashishi haqidagi eng muhim manbalar guruhini 
to‘rtga bo‘lish mumkin. 1.Zardushtiylikning “Avesto” kitobi va turkiy bitiklar 
(yozuvlar). 2. Qadim SHumer, Bobil, Ashshur, qadim Misr, YUnon, Hind, Xitoy 
manbalari va Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklar. 3. Arxeologik 
yodgorliklar – moddiy ashyolar va turli inshootlar. 4. Xalq og‘zaki va yozma 
adabiyot namunalari, urf - odat va marosimlar, o‘yinlar, bayramlar va boshqalar.
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma’naviyati va ma’rifati haqidagi ma’lumotlar 
asrlardan asrlarga o‘tib hozirgacha saqlanib qolgan xalq og‘zaki ijodi namunalari: 
mif, afsonalar, rivoyatlar, dostonlar va qadimiy yozuvlarda saqlanib kelayotir. 
Avlodu ajdodlarimizning qadim ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, urf-odatlari, an’analari, 
tili, tarixi, madaniyati va ma’naviyatini badiiy-falsafiy jihatdan o‘ziga xos tarzda aks 
ettiradigan og‘zaki ijodiyoti nihoyatda boy va xilma-xildir. Miflar, afsonalar, 
qahramonlar 
to‘g‘risidagi 
dostonlar, 
to‘y-hashamlarda, 
xalq 
yig‘inlarida, 
bayramlarda
, marosimlarda, safarlarda, mehnat jarayonida aytilgan 
ashula-qo‘shiq va laparlar, marsiyalar, lirik she’rlar, maqol va matallar, masal va 
topishmoqlar xalqimiz og‘zaki ijodiyoti madaniyati va ma’naviyatining eng qadimgi 
va uzoq tarixga ega bo‘lgan sohalaridir. 
Tarix qa’ridan, necha-necha o‘tmish dalg‘ovli davrlardan bizgacha eson-omon etib 
kelgan miflar, afsona va rivoyatlar, dostonlar, ertak, maqol va qo‘shiqlar, yozma 
yodgorliklar o‘tmishning shunchaki bir aks sadosi emas, balki ajdodlarimiz 
ko‘nglidagi qayg‘u-hasrat va quvonchu shodlikning yo‘ldoshi, uning bilim qomusi, 
diniy, falsafiy, ma’naviy boyligi hamdir. Ular kishilarni mehnatni sevishga 
o‘rgatgan, tabiatning xatarli kuchlariga qarshi kurashish va ularni oldini olishda 
odamlarga yordam bergan, olamda ro‘y berib turadigan murakkab hodisalar va 


jarayonlar sir-asrorlarini bilib olishga undagan, insonlarning fikri, tafakkuri va 
hayotini o‘tmishdan kelajakka tomon tortgan, hayotni sevishga da’vat etgan. 
Xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, tafakkur va dunyoqarashi, hayotga, 
voqelikka munosabatining ifodasi bo‘lgan bunday xalq og‘zaki ijodi namunalari, 
milliy mafkuramiz oziqlanadigan manbalardir.
1
Markaziy Osiyo xalqlarining 
qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda bo‘lgan. CHunonchi kosmogonik miflar, 
hayvonlar va qushlar haqidagi miflar, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqidagi 
miflar bo‘lib, ularda yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik – yomonlik, 
baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo‘yilgan. SHu asosda baxt 
o‘lkasi va baxtsizlik o‘lkasi degan miflar yuzaga kelgan. YAxshilik va yomonlik 
kuchlari o‘rtasidagi kurash mifologik obrazlar Mitra, Anaxita, Kayumars, 
Yima(Jamshid), Elikbek va boshqalar timsolida mujassamlashtirilgan. Bular 
haqidagi miflar zardushtiylikning “Avesto” kitobiga ham kirgan. 
Mitra – Quyosh xudosi.U 
kishilarga nur
, issiqlik, baxt-saodat baxsh etadi. SHu bilan 
birga u yaxshi qurollangan bo‘lib, dushmanlarga qarshi dahshat soladi, kishilarni 
turli balo va ofatdan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo‘lgan pahlavon 
sifatida tasvirlangan. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni mahv 
etadi. Mitra – ajdodlarimiz tasavvurida o‘tda kuymas, suvda cho‘kmas, o‘q o‘tmas 
qahramon. 
Kayumars haqidagi mif ham «Avesto»ga kirgan. Mifologiyaga ko‘ra Kayumars er 
yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Axura Mazda (Xurmuz) 
tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho‘kiz va odamdan tashkil topgan. 
Insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Axriman Kayumarsni o‘ldiradi. 
Kayumars tanasining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik, sigir va ho‘kiz, 
ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; tananing odam qismidan esa 
erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi. 
Yima (Jamshid) haqidagi mifda kishilar uchun najotkor hukmron obrazi 
tasvirlangan. 


SHunday qilib, yuqoridagi kabi xalq og‘zaki ijodi - miflarda xalq najotkori va 
haloskori ifoda etilgan, kishilarning ma’naviy g‘alabasi va o‘z kelajagiga ishonchi 
tasvirlangan. 
Xalq og‘zaki ijodida mifologik obrazlar bilan birga afsonaviy qahramonlar obrazi 
ham yuzaga kelgan. Bu qahramonlar kishilarning osoyishtaligi va baxt-saodati 
uchun kurashib, fidokorlik ko‘rsatadilar. CHunonchi, Gershasp va Elikbek haqidagi 
afsonalarda ajdar va jinlarni enggan, o‘limdan qo‘rqmas, mard, bahodir, kishilarni 
halokatdan qutqaruvchi qahramonlar obrazlari badiiy bo‘yoqlarda aks ettirilgan. 
Qadim Markaziy Osiyo aholisi yaratgan og‘zaki adabiyoti yodgorliklari orasida 
qahramonlik eposi muhim o‘rin tutadi. Ularda xalqimizning chet el bosqinchilariga 
qarshi vatanparvarlik kurashi asosiy o‘rinni egallagan. 
“To‘maris”, “SHiroq”, “Zariagr va Odatida”, “Zarina va Striangiya”, “Uch og‘a-ini 
botirlar”, “Malikai Husnobod” kabi qissalar va “Alpomish”, “Qirqqiz”, 
“Go‘ro‘g‘li”, “Ravshanxon”, “Avazxon”, “Oysuluv” singari dostonlarda ham 
milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan falsafiy va ma’naviy g‘oyalar 
ilgari surilgan. 
Qahramonlik haqidagi qissalar, ertaklar, dostonlar va afsonalarning falsafiy-
ma’naviy mohiyatini belgilaydigan, ularning asosiy negizini tashkil etadigan 
umumiy g‘oya - inson uchun muqaddas dargoh – Vatanning ozodligi va istiqboli 
uchun chet el bosqinchilariga qarshi murosasiz qahramonona kurashish har erkagu 
ayolning, kattayu kichikning oliy insoniy burchi ekanligi haqidagi qarashlar bayon 
etilganligi bilan o‘ziga jalb etadi. 
“To‘maris” haqidagi qissada massagetlar malikasi To‘marisning Eron 
bosqinchilariga qarshi kurashdagi mardligi, dovyurakligi, jasorati, donishmandligi, 
vataniga sodiqligi, dushmanlarga nisbatan ziyrak va xushyorligi bayon etilgan. 
Qissada aytilishicha, Eron shohi Kir massagetlar yurtini o‘ziga qaram qilish, 
boyliklarini talash maqsadida To‘marisga uylanmoqchi bo‘lib, sovchilar yuboradi. 


Malika shohning asl maqsadi nima ekanligini tushunib unga qayliq bo‘lishni, o‘z 
elini qul qilib topshirishni istamasligini qat’iy qilib aytadi. Bunday javobni eshitgan 
Kir hiyla-nayrang yo‘liga o‘tib, uning o‘g‘li Sparanganizni va massagetlarning bir 
qanchasini mast qilib, qo‘lga oladi. Bundan qattiq g‘azablangan To‘maris shohga 
qarata: “Ey, qonxo‘r Kir, qilgan ishing bilan maqtanmay qo‘yaqol. Sen mening 
o‘g‘limni yuzma-yuz jangda engganing yo‘q, uni makkorlik bilan sharob ichirib 
qo‘lga tushirding. Endi mening nasihatimga kir, O‘g‘limni menga topshirib, kelgan 
eringga ziyon-zahmatsiz qaytib ket. Agar so‘zimga kirmasang, massagetlar tangrisi 
– Quyosh nomi bilan qasamyod qilamanki, men senday ochko‘z xonni qon bilan 
sug‘oraman!..” Kir bu so‘zlarni e’tiborga olmaydi va ochiqdan-ochiq tajovuz qilish 
yo‘liga o‘tadi va massagetlar yurti tomon qo‘shin tortadi. Daryodan o‘tish uchun 
ko‘priklar qurdira boshlaydi. SHohning bu xatti-harakatidan xabardor bo‘lgan 
To‘maris Kirga elchi yuborib shunday deydi: “Ey shoh, qilayotgan ishingni to‘xtat! 
Hali sen boshlagan ishning qanday tugashini bilmaysan-ku? Qo‘y, sen o‘z yurtingda 
podshohlik qilaver, bizni ham o‘z holimizga qo‘y. Lekin sen bunga ko‘nmaydigan 
ko‘rinasan. Agar biz bilan kuch sinashmoqchi bo‘lsang, u holda ko‘priklar qurib, 
ovora bo‘lma, biz daryodan uch kunlik nariga ketamiz, sen bizni erimizga o‘t, yoki 
o‘z yurtingda 
uchrashishni istasang
, shuni xabar qil!”
2
Malika To‘maris boshchiligidagi massagetlar Eron qo‘shinlari bilan bo‘lajak qonli 
to‘qnashuvga, hayot-mamot jangiga tayyorgarlik ko‘ra boshlashadi. Massaget 
qo‘shinlari beomon, ayovsiz jangda qahramonlarcha kurashib eroniylarni mahv etib, 
g‘alabaga erishadilar. Jangda Kir o‘ldiriladi. Jang maydonida emas, nayrang bilan 
qo‘lga olinib halok bo‘lgan o‘g‘li Siparangiz dog‘ida o‘rtangan To‘maris o‘z 
suvoriylariga o‘ldirilgan Kir kallasini kesib, oldiga keltirishni, bir meshni esa qon 
bilan to‘ldirishni buyuradi. SHundan so‘ng u soch-soqoliga qon yopishib qolgan Kir 
kallasini qo‘liga olib, qon bilan to‘ldirilgan meshga solar ekan, jangga yakun yasab 
shunday deydi: “Ey nomard, sen meni jangda halollik bilan engib chiqqan bir ayolni 
– makkorlik bilan o‘g‘lidan judo qilib, farzand dog‘ida kuydirding, sen umring bo‘yi 


qonga to‘ymading, men o‘z ontimga amal qilib seni qon bilan sug‘ordim. Birovning 
yurtiga zo‘ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi shu!”
3
Vatanni himoya qilish, erksevarlik, yurtparvarlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy-
axloqiy fazilatlar ajdodlarimizning qon-qoniga singib ketganligi SHiroq haqidagi 
tarixiy qissada ham chuqur va har taraflama o‘z aksini topgan. Qissada qayd 
etilishicha, eramizdan avvalgi V asr oxirlarida Doro boshchiligidagi Eron 
qo‘shinlari Turon zaminiga bostirib kirib, uning hududidagi turli urug‘ va qabilalarni 
birin-ketin bosib ola boshlaydi. Doro qo‘shini bilan Sak qabilasi o‘rtasida ayovsiz 
jang davom etib turganida SHiroq ismli cho‘pon yigit o‘z podshohi huzuriga kelib, 
agar bolalariga, oilasiga, avlodiga g‘amxo‘rlik qilishca, dushmanni yakka o‘zi hiyla 
bilan halok etajagini aytadi. SHohning va’dasini olgach, SHiroq o‘sha erdayoq 
quloq-burnini kesadi. So‘ng saklardan Eron qo‘shinlari tomonga qochib o‘tgan kishi 
sifatida eroniylar turgan joyga keladi. SHiroq Doroga arz qilib, o‘zini saklardan alam 
ko‘rgan kishi qilib ko‘rsatadi.Eron qo‘shinini saklar turgan joyga olib borajagini, 
ularning saklar ustidan g‘alabasini ta’minlashga yordam berishini aytadi. Eron 
qo‘shinini yo‘lga boshlaydi. Atrofi suvsiz quruq qum sahroga boshlab boradi. 
Dushman qo‘shini suvsizlikdan sahroda halok bo‘ladi. SHu tariqa dushman 
qo‘shinini yakka o‘zi engadi. SHiroq o‘z el-yurtini himoya qilish uchun jonidan 
kechadi. Borsa kelmas joyga kelib qolganidan g‘azablangan Doro o‘limga mahkum 
qilingan yolg‘onning sababani so‘raganida SHiroq kulib bunday deydi: “Men 
g‘alabani qo‘lga kiritdim, chunki vatandoshlarim bo‘lgan saklar boshidagi falokatni 
bartaraf etdim, eroniylarni suvsizlik va ochlikdan o‘ldirdim, endi nima qilsalaring 
ixtiyor o‘zlaringda”.
4
Sak elining mard o‘g‘lonining boshini tanasidan judo qildilar. 
Lekin saklar qo‘shini omon qoladi. 
“SHiroq” eposi ham Markaziy Osiyo xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi 
qahramonona kurashini aks ettiradi. Vatanparvarlik va jasorat, vatan va o‘z xalqi 
baxt-saodati yo‘lida fidoyilik qilishga shay, tayyor turish kabi yuksak ma’naviylik 
sak qabilasining cho‘poni SHiroq timsolida gavdalangan. YUqoridagi har ikkala 
xalq og‘zaki ijodi namunalari zaminida haqiqiy tarixiy faktlar yotadi. To‘maris va 


SHiroq xalq qahramonlari bo‘lib, o‘z xalqi, Vatani uchun jonini ham ayamaydigan 
buyuk va betimsol mardlik va jasorat namunasi sanaladi. Ularga ham qoyil qolib, 
ham havas qilamiz. Markaziy Osiyoda yashagan qadimgi avlod-ajdodlarimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, urf-odatlari, e’tiqodi, tarixi, madaniy-ma’naviy merosi 
haqida qimmatli ma’lumotlar “Avesto”, “Bexustun”, “Bundaxishn” “Denkard” kabi 
tarixiy yozma yodgorliklarda saqlanib qolgan. 
Qadimiy turkiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklardan biri O‘rxun-Enisey 
yodgorliklari V-VIII asrlarga mansub bo‘lib, 
ulardan Kul-Tagin
, Bilka-qoon, 
Tunyukuk qabr toshlariga o‘yib yozilgan matnlar ayniqsa ahamiyatlidir. Bu 
yozuvlarni turkiy-run yozuvi deb ham yuritiladi. Run yozuvi – “yashirin”, “sirli” 
yozuv demakdir. CHunki ularni ancha vaqtgacha o‘qishning iloji bo‘lmagan. Kul-
Tagin Bilka-qoon (ulug‘ hoqon demakdir)ning ukasi bo‘lib 732 yili vafot etgan. U 
urushlarda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatgan. Kul-Tagin qabr toshida Bilka-qoonning 
tilidan aytilgan judolik qayg‘usi-marsiya badiiy til vositasida ifodalangan. U o‘z 
ukasining vafotidan juda qayg‘uga tushadi. CHunonchi: Agar Kul-Tagin bo‘lmasa 
edi, hammangiz halok bo‘lur edinglar. Mening inim Kul-Tagin o‘ldi, men qattiq 
qayg‘urdim, ko‘rar ko‘zlarim ojiz bo‘ldi, aql – fahmim o‘tmas bo‘lib qoldi, o‘zim 
qayg‘urdim. Qismatni ko‘k samo (xudo) taqsim qiladi, odam bolasi o‘lish uchun 
tug‘ilgan... kabi so‘zlar yozilgan. Kul – Tagin qabr toshi yozuvi turk hoqonligi 
davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti, qabila va xalqlarning urf-odatlari, tili, 
ma’naviyati va mafkurasi bilan tanishtiruvchi manbadir. Markaziy Osiyoda 
ma’naviyat bilan birga ma’rifat ham rivojlangan. Ma’rifat rivojining isboti sifatida 
bu o‘lka xalqlarining yozuvini ko‘rsatish mumkin. Eramizdan avvalgi birinchi ming 
yillik o‘rtalarida oromiy, grek yozuvlari, forsiy mixxat mavjud bo‘lgan. Keyinroq 
avesto, xorazm, sug‘d, kushon, run (O‘rxun-Enisey), uyg‘ur yozuvi kelib chiqqan. 
Kitobda ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo‘q, binobarin 
har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur ekanligi 
aytilgan. Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan va o‘zaro kurashayotgan kuchlarning 
qaysi bir tomonida turish, unda ta’kidlanishicha, odamlarning iymon-e’tiqodiga 


bog‘liqdir. Iymon-e’tiqodli odam albatta ezgulik tarafida turadi, ezgulikni 
yovuzlikdan farqlaydi, yovuzlik timsoli bo‘lgan devlar, iblislarga qarshi kurashadi. 
Mazkur kurashda esa ezgulikning yovuzlik, yorug‘likning zulmat ustidan 
g‘alabasiga ishonch bildiriladi. 
Zardushtiylik va uning kitobi “Avesto”da ma’naviyat va ma’rifat masalalari ham 
muhim o‘rin tutadi. 
Axura Mazda odamlarni bir-birlari bilan murosa qilib yashashni odat qilishlari, 
g‘arazgo‘ylik, hasadgo‘ylik, kalondimog‘lik, shuhratparastlik, qonunsiz ishlardan 
o‘zlarini tiyib yurish uchun intilishga chaqiradi. Bergan so‘zning ustidan chiqish, 
unga sodiq qolish, savdo-sodiqda shartnomalarga amal qilish, qarzni vaqtida to‘lash, 
aldamchilik va xiyonatdan holi bo‘lish –iymonlilik alomatlari ekanligi aytiladi. 
Iymonli odam o‘g‘rilik va talonchilikdan, begonalarning molu dunyosiga ko‘z 
olaytirishdan, o‘z-o‘ziga xiyonat qilish, ya’ni o‘z iymoniga xilof ishlardan o‘zini 
saqlay biladigan komil insondir. Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko‘proq 
qayg‘uring, ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo‘lsa, moddiy turmushingiz 
ham mukammal bo‘lib boraveradi, deyiladi “Avesto”da. Iymonli odam, albatta 
ezgulik tarafida turadi; o‘g‘rilik va talonchilikdan, begonalar mol-mulkini talon-
taroj qilish, ularga ko‘z olaytirish, o‘ziga-o‘zi, vijdoniga xiyonat qilish kabilardan 
o‘zini saqlaydi; ham tanini, ham qalbi ya’ni ruhini pok tutadi, deb ta’kidlanadi. 
“Avesto” odamlarni har qanday yomon niyat va so‘zlardan saqlanish, yomon 
amallardan voz kechish, nojo‘ya ishlardan yuz o‘girishga da’vat etadigan ma’naviy-
axloqiy qoidalar, diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko‘pligi bilan ham 
alohida ahamiyatlidir. 
“Avesto”da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-
ne’matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo‘lishi 
uchun avvalo mehnat qilishi

o‘z qo‘li bilan noz-ne’matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. “Avesto”da: “Don ekkan 
kishi taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg‘a suradi, 
imonni oziqlantirib turadi...” deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat 


qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish – 
erdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. “G‘alla erdan unib chiqqanda, deyiladi 
– “Avesto”da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod 
chekadi, g‘alla yanchib-un qilinayotganda qocha boshlaydi, xamir qilinayotganda 
esa devlar mahv bo‘ladi...”deb mehnat ulug‘lanadi. Mehnatni yoqtirmaydigan 
dangasa, tanbal kishilar qattiq qoralanadi. Kimki erga vaqtida ham o‘ng qo‘li, ham 
chap qo‘li bilan ishlov bermagan, mehnat qilmagan bo‘lsa, unday kimsalarga Zamin: 
“O, sen odam, menga topinmaydigan, mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatan 
ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh egib 
turajaksan! Haqiqatan ham sening yoningdan har-xil ziroatlarni olib o‘tadilar, bu 
noz-ne’matlarning barchasi mehnat qilayotgan: to‘q va farovon yashayotgan 
xonadonga nasib qiladi. Abadul abad shunday bo‘lajak”
9
, - deb javob beradi. 
Zardusht xudo Axuramazdadan er yuzidagi eng yaxshi joy qaerda, deb so‘raganida 
u, inson mehnat qilib qaerdaki o‘ziga uy tiklab, olovga va oilasiga, xotini va 
farzandlariga, podalariga o‘rin ajratib bersa, em-xashagi ko‘p bo‘lib, chorvasi va 
itlari to‘q yashasa, uyida noz-ne’matlar muhayyo bo‘lib, xotini va farzandlari 
farovon yashasa, uyida e’tiqodi sobit, olovi alangali, boshqa narsalari ham mo‘l-ko‘l 
bo‘lsa, o‘sha manzil, o‘sha go‘sha ulug‘dir, muhtaramdir, deb javob beradi. 
“Avesto”da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi uchlikda: Gumata – yaxshi 
fikr, Gugta – yaxshi so‘z, Gvarshta – yaxshi ishda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, 
yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman”, - deb ta’kidlaydi Axura 
Mazda. 
YAxshi fikr deganda yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik, xavf-xatar ostida 
qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati uchun faol 
kurashishga 
doim tayyor turish
, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi. 
YAxshi so‘zlar deganda esa o‘z va’dasiga rioya qilish, so‘zining ustidan chiqish, 
savdo-sotiq ishlarida halol bo‘lishga, qarzini o‘z vaqtida to‘lash, o‘g‘rilik va 
talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan o‘zini tiyish va hokazolar tushunilgan. 


YAxshi ishlar deganda insonning o‘z xatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so‘zlarda 
ilgari surilgan barcha ijobiy yo‘l-yo‘riqlarga og‘ishmay amal qilish nazarda tutiladi. 
Prezidentimiz aytganidek, “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan 
“ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” degan tamoyil negizida hozirgi zamon uchun ham 
behad ibratli bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni 
ezgu niyat, so‘z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g‘oyasi sifatida talqin 
etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog‘liq, nechog‘liq 
mutahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.
10
SHu bilan birga mazkur 
tarixiy yodgorlikda g‘arazgo‘ylik, hasad, manmanlik, fitna-fasod qattiq qoralanadi. 
Va’daga vafo qilish, ahdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o‘zaro hurmat, izzat-ikrom 
kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlar ulug‘lanadi. “Avesto” dunyoni inson uchun sinov 
maydoni deb tushuntiradi. 
Asrlar o‘tibdiki “Avesto”da olg‘a surilgan bunday ezgu niyatlar, ezgu kalom va ezgu 
amal hamon barcha insonlarni ezgulik tomon chorlab, ularni ruhan poklab, yuksak 
ma’naviylik tomon yo‘llab kelmoqda. 
Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bo‘lishni qat’iyan 
man etadi. Hayvonlarni kaltaklash va qiynash – gunoh deb hisoblanadi.Kishilarni 
foydali hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularga o‘z vaqtida ovqat berib 
turishga, yirtqich hayvonlardan qo‘riqlashga da’vat etadi. “Avesto”da tozalik, 
poklikka alohida e’tibor qaratilgan. Hovuzdan yuvilmagan, iflos ko‘zada suv olgan 
kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish 
qat’iyan qoralangan. 
YUqorida qayd etilganlardan ko‘rinadiki, mazkur tarixiy asarda bizning zamonda 
tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan ma’naviy muammo tabiatni asrash 
masalasiga ham katta ahamiyat berilgan. Bu o‘ta muhim muammoga e’tiborni 
qaratib Islom Karimov: “Avesto”da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson 
hayotining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas 
bog‘liq holda ko‘rsatilgani ko‘p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy 


dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli 
ta’sir o‘tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi”,
11
-deb aytgan edi 
“Avesto”da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e’tibor berilgan, qattiq nazorat 
qilingan, qarindosh-urug‘, aka-ukaning quda-anda bo‘lishi qoralangan. 
Hozirgi meditsina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi qudachilik 
munosabatlari kelajak avlodning sog‘lom, to‘la-to‘kis bo‘lib tug‘ilishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishini to‘liq aniqlagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon 
aniqlaganlari hozirgi zamon kishisini lol qoldiradi. Qolaversa, yaqin kishilarning 
nikoh masalalarida ma’naviy 
jihatlar ham borki
, bunga inson qalbi yo‘l bermasligi 
kerak. 
Ko‘rinadiki, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qadimiy zardushtiylikda oila va 
nikoh masalalari, inson muammosiga katta ahamiyat berilgan. Insonning jismoniy 
va ma’naviy pokligi Zardushtiylik axloqining eng qadimiy talablaridandir. Oila va 
nikoh yaratuvchining talabiga mos kelganligi bois uni buzish ta’qiqlangan. Agarda 
oilada er yoki xotin axloqsizlik, ya’ni buzuqchilik gunohi sodir etsa, unday kishilar 
tayoq bilan jazolangan. SHu orqali oila mustahkamligi uchun kurashganlar. 
Zardushtiylik ta’limotidan ko‘rinib turibdiki, SHarqda qadimdan oila muqaddas 
hisoblangan. Uni mustahkamlab, darz ketishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Zardushtiylikda 
qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda bo‘lishi kerakligi, u erga mevali 
daraxt o‘tkazish, o‘stirish mumkin emasligi, archa, qayrag‘och kabi mevasiz daraxt 
o‘stirish kerakligi ta’kidlangan. “Avesto”da qadimgi tabiblarning qasamyodi va 
tabobat ramzi ilon va jom berilgan. Demak tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan 
emas, balki bizdan boshlangan. Bu ham bizning ma’naviyatimiz qadimiyligini 
ko‘rsatuvchi dalillardan biridir. “Avesto”da ma’rifatni, ilm va hunarni egallash va 
uni boshqalarga o‘rgatish kerakligi ham uqtirilgan. 
Xulosa shuki, “Avesto” kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma’naviy 
merosi izlari o‘z aksini topgan. Unda yovuzlik, johillik, zo‘ravonlik, tuhmat kabi 


yomon illatlar qoralanadi. Sof ko‘ngilli bo‘lish, xiyonat qilmaslik, savdoda bir-birini 
aldamaslik, haqorat qilmaslik, mehnatsevarlik kabi ma’naviy fazilatlar targ‘ib 
etiladi. 
Bu qadimiy merosni o‘rganish, undagi umumbashariy va abadiy qadr-qimmatga ega 
ma’naviy g‘oyalarni targ‘ib etish xalqimizni, xususan yoshlarimizni ma’naviy 
barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. 
Sirdaryo va Amudaryo bo‘ylarida qadim-qadimdan dehqonchilik, chorvachilik, 
hunarmandchilik taraqqiy topgan, ilm-ma’rifat rivojlangan. O‘zbek xalqi ushbu 
katta mintaqadagi qardoshlari bilan birgalikda islom dini, madaniyati, ma’naviyati 
hamda ma’rifati ravnaqiga alohida ta’sir ko‘rsatgan. 
Islomiy qadriyatlar negizida shakllangan oilaviy muhit, o‘ziga xos urf-odatlar 
mintaqa xalqlarining tabiatiga singib ketgan. Ayni shu jihat ulkan madaniy siljishga, 
dunyo tamadduniga beqiyos ulush qo‘sha olish imkoniyati yuzaga kelishiga turtki 
bergan. 
Jaholatni yenggan Uyg‘onish 
Islom madaniyati, ma’naviyati bu o‘lkaga kirib kelganidan so‘ng, ko‘p o‘tmay 
o‘zining sara mevalarini bera boshladi. Shu bois dunyoning aksariyat din ulamolari 
islom dini, garchi Arabistonda qaror topgan bo‘lsa-da, u o‘zbek zaminidan quvvat 
olganini yakdillik bilan e’tirof etadi. 
Buning isboti sifatida ikki Sharq Renessansini keltirish joizdir. Bu buyuk uyg‘onish 
davrlari jaholat to‘siqlari osha unga madaniy-ma’naviy muhitni hadya etdi. Bugungi 
taraqqiyot va yuksalishni, ilm-fan rivojini, imon-e’tiqod mustahkamligini o‘zbek 
zaminida yuz bergan ana shu beqiyos hodisalar bilan bog‘lashlari ham bejiz emas. 
Bugun yangi O‘zbekiston o‘zini o‘sha ikki buyuk tarixiy burilishning vorisi sifatida 
namoyon etmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida uchinchi 
Renessans sari borish taraddudida. Keyingi yillarda mamlakatda barcha sohada jadal 


olib borilayotgan islohotlar, yuksalish va bunyodkorliklar bunga mustahkam 
poydevor yaratmoqda. 
Yangi O‘zbekiston bunday ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy yangilanishlarni 
aynan madaniy-ma’rifiy zaminga suyangan holda hayotga tatbiq etmoqda. Xuddi 
dastlabki ikki Shark Renessansining asoslarida ham islom dinining madaniy-
ma’rifiy muhiti, ochiq dunyoviy qarashlari, ilm-fanga da’vati yastangani singari. 
IX — XII asrlar oralig‘idagi birinchi Sharq uyg‘onishi davrida Markaziy Osiyo 
mintaqasidan yetishib chiqqan olim va mutafakkirlar hozirgi ilm-fan taraqqiyotining 
asl o‘zagini tashkil qilgan sohalarda beqiyos yutuqlarni qo‘lga kiritdilarki, ularning 
yozgan asarlari, ilgari surgan g‘oyalari keyinchalik butun dunyoni zabt etdi, yangi-
yangi mevalarni bera boshladi. 
Buyuk qomusiy olim Muhammad al-Xorazmiy hind-arab sanoq tizimini joriy etib, 
“nol” raqamini hisobga kiritdi. “Algebra” atamasi uning “Kitob muxtasar min hisob 
al-jabr val-muqobala” kitobi orqali kelib chiqdi, aslida “algoritm” so‘zi ham olim 
ismining lotin tilidagi talaffuzidan olingan. Abu Rayhon Beruniy birinchi bo‘lib 
Yevropa va Osiyo tashqarisida yana boshqa bir noma’lum qit’a bor, degan taxminni 
ilgari surdi hamda Yer aylanasi uzunligini yuksak aniqlik bilan o‘lchadi (uning 
hisobi zamonaviy olimlarning hisobidan atigi 200 milcha farq qiladi). 
G‘arbda “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning “Tib 
qonunlari” asari lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropada bir necha asrlar davomida 
tibbiyot muassasalarining asosiy darsliklaridan bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy 
“muhaddislar sultoni”, hadis ilmida “mo‘minlar amiri” unvonlari bilan sharaflanib, 
nabaviy hadislarning sahihlarini ajratib, ulardan Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi 
ishonchli manba sanalmish “Sahihi Buxoriy” to‘plamini tuzdi. Bular va yana juda 
ko‘plab Markaziy osiyolik olimu ulamolarning asarlari ma’lum bir mamlakat, 
mintaqa yoki qit’a hududidagina emas, balki butun Yer yuzida yuksak madaniy 
siljishlarga sabab bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, butun islom olamida faxr-iftixor 
tuyg‘ularini uyg‘otadi. 


Ilm yuksaklikka ko‘taradi 
Ta’kidlaganimizdek, bunday uyg‘onishlarning ildizi islom madaniyati va 
ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liq. Buni Ma’mun akademiyasida kamolga 
yetgan Ibn Sino, Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, ibn Iroq, Abu Sahal 
Masihiy kabi yuzlab allomalarning o‘zlari ham tan olishgan edi. 
Ilk Uyg‘onish davrining mevalari zoe ketmadi. Ular hazrati Alining “Ilm pastda 
turganlarni yuqori darajaga ko‘taradi. Bilimsizlik esa tepada turganlarni pastga 
tushiradi. Ilm mol-davlatdan ustundir, chunki boylikni sen asraysan. Ilm esa seni 
asraydi”, degan so‘zlari zamiridagi haqiqatni yana bir bor tasdiqladi. 
Yoshlik chog‘laridan muqaddas islom dini ruhida tarbiyalanib, Qur’oni karim, 
hadisi shariflarni sevib mutolaa qilgan Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”, 
Mahmud Shabustariyning “Gulshani roz” asarlari ham muqaddas dinimizdan ozuqa 
olib yaratilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy, shuningdek, Nizomiddin Shomiyning 
“Zafarnoma”lari, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Abdurazzoq 
Samarqandiyning “Matlai sa’dayn” kabi asarlari temuriylar davrida vujudga kelgan 
buyuk uyg‘onish — ikkinchi Sharq Renessansining dastlabki durdonalari sifatida 
dunyo yuzini ko‘rdi. 
Ulug‘ so‘fiylardan tarbiya olib, buyuk sohibqironlik rutbasiga yetgan Amir Temur 
islom ulamolari, olimlar, ma’rifatparvarlar hamda hunarmandlarga alohida e’tibor 
qaratdi. Mo‘g‘ullar vayron qilgan shaharlar, kentu qishloqlar, sug‘orish 
tarmoqlarini, ekinzoru bog‘larni, ko‘p tarmoqli savdo va karvon yo‘llarini kayta 
tikladi. U Samarqandni o‘z saltanatining poytaxtiga aylantirib, bu yerga dunyoning 
turli mintaqalaridan olim, ulamo, shoir, muarrix, usta, hunarmandlarni chorlab, 
homiylik qildi. Temuriylar Uyg‘onish davrida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy 
jabhalar islom dini qoidalari asosida rivojlandi. Buyuk Ipak yo‘lining qayta 
tiklanishi barobarida, savdo-sotiq, pul munosabatlari tartibga solindi, oltin hamda 
kumush tangalar zarb etildi. 
So‘z va amal birligi 


O‘zbekistonda endi-endi mustaqillik shabadalari esa boshlagan kezlardayoq Qur’oni 
karim ma’nosi Shayx Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilib, nashr 
etilgani sobiq sho‘ro respublikalaridagi musulmonlar uchun ham ibrat bo‘ldi. 
Kaminaga aytishlariga qaraganda, o‘shanda bu muqaddas kitob yuz minglab 
nusxalarda nashr etilib, uni odamlar qo‘lma-qo‘l mutolaa qilishar ekan. Inson och 
qolganda nonga muhtoj bo‘lgani kabi ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun o‘z 
e’tiqodiga suyanib, o‘z kitobini izlaydi. O‘zbek xalqining e’tiqodi mustahkamligi, 
qon-qoniga islom dinining qadriyatlari singib ketganligini muqaddas kitobni ko‘z 
yosh bilan kutib olgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin edi. 
Shu o‘rinda bir narsani qayd etib o‘tishni istardikki, dinda ham, zamonaviy ilmda 
ham so‘z va amal birligiga yuksak qadriyat sifatida qaraladi. Garchi o‘zbek xalqi 
ma’lum bir davrlarda muqaddas dinimizning bosh kitobidan, hadisi shariflardan 
mosuvo qilib qo‘yilgan esa-da, o‘z hayot tarzi, amali, to‘g‘riso‘zligi, adolatliligi 
bilan islomga sadoqatini amalda isbotladi. Birgina misol: Ikkinchi jahon urushi 
yillarida jang bo‘layotgan joylardan keltirilgan bolalarni bag‘riga oldi, o‘z 
farzandidek ko‘rib, yuvib-taradi, tarbiyaladi. Zero, Yaratganga e’tiqod insonga mehr 
bilan namoyon bo‘ladi. 
O‘shanda O‘zbekistonda oddiy mehnatkashlardan tortib, ilm va san’at ahli, maorif 
hamda madaniyat xodimlari — barchasi yakdil bo‘lib, Vatanni dushmandan xalos 
etmoqqa bel bog‘lagan edi. Xalq ruhidagi muqaddas islomiy qadriyatlar 
vatanparvarlikka yo‘g‘rilib ketgandi. Bu savobli ishlardan O‘rta Osiyo va 
Qozog‘iston musulmonlari idorasi ham chetda turgani yo‘q. 
Dinimiz mohiyatining to‘g‘ri talqini 
Bugun O‘zbekistonda din ahliga, ilm ahliga yuksak e’tibor ko‘rsatilmoqda. Birinchi 
va ikkinchi Sharq Renessansi davrida uyg‘ongan islom ma’rifati, islom ma’naviyati, 
qadriyatlari Shavkat Mirziyoev rahbarligida yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu 
hol iqtisodiy hamda ijtimoiy, ma’naviy hayotning barcha sohasini qamrab olayotir. 


Mislsiz bu o‘zgarishlarga hamohang islom diniga e’tibor tobora kuchayib 
bormoqda. 
Toshkentda, 1971 yilda muhaddislar sultoni Imom Buxoriy hazratlarining 1225 
yillik tavalludi munosabati bilan Toshkent islom oliy o‘quv yurti tashkil etilib, 1974 
yili unga Imom Buxoriy nomi berilgan. Unda Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, 
Ozarbayjon, Sibir hamda boshqa joylardan ham talabalar kelib o‘qishardi. Kamina 
ham bu muqaddas dargohda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, 
Usmonxon Alimov (O‘zbekiston), Ahmad Qodirov (Rossiya Federatsiyasining 
Checheniston Respublikasi), Ismoil Berdiev (Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-
Cherkes Respublikasi), Ollohshukur Poshshozoda (Ozarbayjon) bilan birga tahsil 
olganimdan faxrlanaman. Chuqur ilohiy bilimlarga ega o‘zbek ulamolari bu yerda 
bizga Qur’oni karim qiroati va tafsiri, fiqh, hadis ilmi, arab tili hamda shu kabi 
mutaxassislik fanlarini zo‘r ishtiyoq bilan o‘rgatishgan. 
Hatto ateizm hukm surgan sobiq sho‘rolar tuzumi davrida ham biz shogirdlar islom 
dinining targ‘iboti, tashviqoti bilan muntazam shug‘ullanardik. Muqaddas kitoblarni 
o‘z ona tilimizga tarjima qilib, masjidlar qurilishiga sa’y-harakat qilardik. Yillar 
davomida islom dinidan uzib qo‘yilgan xalqlarga uning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri 
tushuntira olish nechog‘li qiyin kechganini tasavvur etishning o‘zi ham mushkul. 
Ammo buni O‘zbekistonda ta’lim-tahsil olgan ulamolar sharaf bilan uddalashdi. 
Islomning hozirgi taraqqiyoti shu ma’noda ham yurtingizda islom diniga azaldan 
e’tibor berib kelinganidan har qancha minnatdor bo‘lsa arziydi. 
O‘sha murakkab davrda O‘zbekistonda tahsil olgan turli millatga mansub din 
peshvolari islomning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglatish yo‘lida katta kuch-
g‘ayrat bilan faoliyat olib borishdi. Kamina ham Allohning inoyati bilan ana shu 
safda bo‘lganman. 
Mana, bugungi kunda o‘sha sa’y-harakatlar o‘z natijasini berib, yoshlar orasidan 
ham ko‘plab iqtidorli ulamolar yetishib chiqmoqda. O‘zbekistonda esa bunga davlat 
ahamiyati darajasida qaralayotgani tahsinga loyiqdir. 


Jahon minbarida yangragan yuksak baho 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasida so‘zlagan 
nutqida islom dinining dunyo miqyosidagi o‘rniga yuksak baho berdi hamda 
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul kilish 
tashabbusini ilgari surdi. 
Ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro 
ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 
tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Jaholatga qarshi — 
ma’rifat” g‘oyasi ilmning hamma uchun ochiqligini ta’minlash, din masalasidagi 
jaholatga barham berishni ko‘zda tutadi. O‘ylaymizki, bunday yondashuv uchinchi 
Renessans poydevoriga qo‘yilgan dastlabki asosdir. 
Shu yilning 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Rossiya markaziy 
diniy idorasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha onlayn 
yig‘ilish o‘tkazdik. Kamina bu muloqotda bugungi murakkab davrda hamkorlik 
aloqalarini o‘rnatish har jihatdan muhim ekani, mintaqalarda soxta salafiylik, 
akidaparastlik, ekstremizm hamda terrorizm kabi tahdidlar kuchaygan bir vaqtda 
ulamolarning ittifoqligi zarur ekani haqida so‘zladim. Rossiya Federatsiyasi, MDH 
va Markaziy Osiyo mintaqalarida mehnat qilayotgan ulamolarning aksariyati ilm-
ma’rifatni O‘zbekiston zaminida egallagani yig‘ilish davomida alohida e’tirof etildi. 
Endilikda diniy ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish, ziyorat turizmini yo‘lga 
qo‘yish, mehnat migrantlari bilan ishlashda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish 
oldimizdagi muhim vazifalardir. 
So‘zim yakunida aytmokchimanki, din yo‘li — haq yo‘ldir. Keyingi paytda 
O‘zbekistonda butun dunyo musulmonlariga ibrat bo‘lgulik ishlar amalga 
oshirilmoqda. Insha Alloh, bu ezgu sa’y-harakatlar o‘zining barokatli samaralarini 
berajak.

Yüklə 118,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin