4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja: O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. «O‘zbek modeli»



Yüklə 379,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix10.04.2023
ölçüsü379,82 Kb.
#95967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-mavzu

№ 
Asosiy tamoyillar 
Asosiy tamoyillarning mohiyati 

Iqtisodiyotning 
siyosatdan ustunligi 
Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida 
qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi 
mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot 
siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi 
iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak. 

Davlat bosh islohotchi, 
iqtisodiy 
o‘zgartirishlarning 
tashabbuskori 
Davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning 
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar 
siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan 
o‘tkazishi, 
jaholatparastlar 
va 
konservatorlar 
qarshiligini bartaraf etishi shart. 

Qonunlar va ularga 
rioya qilish ustuvorligi 
Qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi 
lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan 
qabul qilingan Yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech 
istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay 
rioya etishi lozim. 

Kuchli ijtimoiy siyosat 
yurgizish 
Aholining demografik tarkibini hisobga olgan 
holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor 
munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini 



ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan 
choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti 
yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan 
keyin ham shunday bo‘lib qoladi. 

Bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma – bosqich 
o‘tib borish 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy 
qonunlarning 
talablarini 
hisobga 
olgan 
holda, 
o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion 
yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma – bosqich amalga 
oshirilishi kerak. 
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va 
amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy 
qayta o‘zgartirishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi. Amaliy islohotlar jarayonida
xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish 
strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi 
faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV 
sessiyasida (1999-yil 14-aprel) quyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi: 
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada 
erkinlashtirish. 
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish. 
3. Kadrlar masalasi. 
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi aholini yanada kuchli 
ijtimoiy himoya qilish. 
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash. 
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, 
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash. 
Islohotlarning 
strategik 
maqsadlari. 
Ijtimoiy 
yo‘naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyoti O‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi. Bu 
yo‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, 
iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
 ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma-bosqich shakllantirish,
milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib 
sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim 
yaratish;
 ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini 
bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos 
bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini 
ta’minlash; 
 korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning 
xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni 
boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar 
va rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash; 



 moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, 
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga 
kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; 
 iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
 jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
 kishilarda 
yangicha 
iqtisodiy 
tafakkurni 
shakllantirish, 
ularning 
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va 
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish. 
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning asosiy va muhim 
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy 
tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: 
 mulkiy islohotlar; 
 institutsional va moliya – kredit islohotlari; 
 agrar islohotlar; 
 tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari; 
 ijtimoiy sohadagi islohotlar. 
O‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy 
qadriyatlarning qayta tiklanishi, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning 
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, 
demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi 
va boshqalarda o‘z ifodasini topdi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari. O‘zbekiston 1991-yil 31-avgustda 
mustaqillikka erishgandan keyin mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan 
amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i 
to‘g‘risida, respublika gerbining nushasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni 
haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasiining ekspert 
guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy 
Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan 
hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, 
navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
1991-yil 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII 
sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat 

Yüklə 379,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin