OB’EKTIVLAR
|
DIALOGIKLAR
|
test
ko‘pgina so‘rovnomalar shkalali texnikalar
|
suhbat
intervyu
diagnostik o‘yinlar
patopsixologik eksperiment
bir qator proektiv metodikalar
|
4.7. Proektiv metodikalar tavsifi.
Proektiv testlar (oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma’nosini bildiradi): proeksiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganishga qaratil-gan metodlar majmuasi proektiv testlar deyiladi. Psixologik himoyalanishdan tashqari, favquloddagi vaziyatda individualligini o‘ziga xos namoyish etish kabilarda mujassamlashadi. Bunday testlar turkumi assotsiativ (tugallanmagan gaplar yoki hikoya), ekspressiv (psixodrama, o‘yinlar, ishbilarmandlik o‘yinlari, sotstrening, erkin mavzuda rasm chizish) turlariga ajratiladi. Shaxsning ichki dunyosi mohiyatini sub’ektning shaxsan o‘zi to‘laroq namoyish etishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa (maqsadga) erishish testlari (ular darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (akliy taraqqiyot daraja-sini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxslilik testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va hulqini baholashga yo‘nalti-rilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari (savollarga bitta aniqjavob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatlarining «loyihasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari kiradi.
Endi testga ayrim misollar keltiramiz.
Ortiqcha so‘zni chiqarib tashlang:
A) Yenisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr - u Yevropada joylashgan);
B) Petrozavodsk, Ijevsk, Siktivkar, Abakan (javob: Abakan - u Osiyoda joylashgan).
Dostları ilə paylaş: |