4-mavzu Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari


Psixodiagnostik metodlar imkoniyatlarining chegaralanganligi



Yüklə 43,87 Kb.
səhifə11/12
tarix07.03.2022
ölçüsü43,87 Kb.
#53465
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-mavzu

4.8. Psixodiagnostik metodlar imkoniyatlarining chegaralanganligi.

Psixologik testlar va shaxs so‘rovnomlaridan foydalanishda ularning yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lish mutaxassis faoliyati samaradorligini ta’minlashning muhim shartlari hisoblanadi.

Psixologik testlarning qadr-qimmati quyidagi sifatlari bilan belgilanadi:

1. Testni tadbiq etish sharoitlari va ularning natijalarni standartlashtirilganligi.

2. Test metodikalarni o‘tkazishda foydalanuvchilarning ma’lumotlik darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda tayyorlab qo‘yish mumkin. Bu esa test batareyalari bo‘yicha kompleks xulosalar tayyorlashda yuqori malakali psixologni jalb etish kerak emas, degan ma’noni bermaydi;

3. Operativlik va tejamkorlik. Tipik testlar qisqa topshiriqli seriyalardan tashkil topadi. Ularni bajarish uchun esa juda kam vaqtni oladigan bo‘ladi va odatda testlar bir soatdan oshib ketmaydi. Ba’zi shaxslilik testlari bunday chegaradan chetga chiqishiga ham to‘g‘ri keladi.

4. Baholarning miqdoriy differensiallashgan xarakterga egaligi. Test shkalalari va standartlashganlik uning aniqlovchi instrumenti sanaladi, hamda o‘lchanayotgan xususiyatni miqdoriy baholash imkonini beradi (bilim, ko‘nikma, malaka). Yaxshi test o‘quvchilarni uch toifaga ajratib beradi. A’lochi, o‘rta va qoloq. Qutbli xarakterda esa qobiliyatli va talantli, ishonchlilikning yo‘qligi bilan o‘ta ishonchsizlik (mutlaqo tayyor emaslikni) ajratishga olib keladi. Bundan tashqari test natijalarining miqdoriy testlarning yaxshi ishlab chiqilganligi imkoniyatlarini baholab beradi.

5. Optimal maqbul murakkablik. Professional tarzda tayyorlangan test topshiriqlari optimal murakkablikka ega bo‘ladi. Bunda o‘rta sinaluvchi maksimal miqdordagi ballning 50 foizini to‘play olishi kerak. Bu dastlabki, psixometrik eksperiment vaqtida aniqlanadi.

6. Ishonchlilik.

7. Adolatlilik. Yaxshi test barcha tekshiriluvchilar uchun bir xil shart-sharoit qo‘yiladi.

8. Kompyuterlashtirish imkoniyati. Ommaviy test tadbirlarini o‘tkazishda uning natijalarini qayta ishlash va vaqt tejamkorligini oshirishga yordam beradi. Testlarni kompyuterlashtirish axborot xavfsizligini ta’minlashning eng maqbul yo‘li sanaladi.

9. Psixologik adekvatlik. Bu optimal murakkabligini muhim psixologik sababi hisoblanadi. M: Stressga chidamlilik.

Testlarni qadr-qimmati bilan bir qatorda ularning kamchiliklarini ham sanab o‘tish lozim bo‘ladi.

1. «Ko‘r-ko‘rona» xatoga yo‘l qo‘yish xavfi. Yuqori ma’lumotli bo‘lmagan mutaxassislarga ishonib qo‘yish, ya’ni testlarni avtomatik tarzda ishlatish ba’zida bir qator oqibatlarga olib kelishi mumkin. M: Yo‘riqnomalarni tushunmasdan javob berishga to‘g‘ri kelib qolishi.

2. Profanatsiya xavfi. Bu so‘zning ma’nosini ifodalashda hosil bo‘ladigan effekt. Masalan, mutaxassislar saralash sharoitida MMPIni qo‘llaganda, testning sakkizinchi shkalasidagi maksimal ball «Shizofreniya»ni aniqlashga mo‘ljallangan. Bu original tafakkurni baholovchi tushuncha sanaladi. To‘rtinchi shkalada «psixopatiya-impulsivlik» tarzda ifodalangan. Testning savollari sog‘lom shaxsni ancha tahlikaga solib qo‘yadi.

3. Individual yondashuvning yo‘qligi (Stressga chidamlilik). Test yoppasiga o‘tkazishga ancha qo‘l kelganligi sababli, unda individual xarakterdagi jihatlar e’tibordan chetda ham qolib ketadi.

4. Ishonchlilik sharoitlarining bo‘lmasligi. Test proseduralarining rasmiylik xarakteriga ega ekanligi, psixologni uning muammosiga shaxsan qiziqishiga nisbatan ishonchsizlikni olib keladi.

5. Noadekvat murakkablik individual yondashuvning yo‘qolishi. Ba’zan yuqori ma’lumotli darajasida tuzilmagan testlarda haddan ortiq murakkablik yosh xususiyatlariga ta’sir etadi.




Yüklə 43,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin