4-mavzu. Qadimgi Rim mafkurasi Reja: Rim mafkurasi va uning huquqiy manbai



Yüklə 46,1 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü46,1 Kb.
#119416
4-JSMTT (3)

4-mavzu. Qadimgi Rim mafkurasi

Reja:

1. Rim mafkurasi va uning huquqiy manbai.

2. Sitseronning davlat, siyosat va qonunlar to‘g‘risidagi g‘oyalarlari.

3. Rim stoiklarning siyosiy g‘oyalarlari.

4. Rim huquqshunosligining rivojlanishi.

  • Qadimgi Rim tarixini uch davrga bo‘lib ko‘rib chiqish taomilga aylangan: podshohlik davri (eramizdan avvalgi 754-510 yillar), respublika davri (eramizdan avvalgi 509-28 yillar), imperatorlik davri (eramizdan avvalgi 27 yildan eramizning 476 yiligacha). Eramizning 395 yiliga kelib yagona Rim imperiyasi ikkiga bo‘lindi: ya’ni poytaxti Rim bo‘lgan G‘arbiy va poytaxti Konstantinopol bo‘lgan Sharqiy Rim imperiyalariga ajralib ketdi. Sharqiy Rim imperiyasi to 1453 yilgacha saqlanib qoldi.
  • Qadimgi Rim tarixida plebeylarning asl "Rim xalqi" deb hisoblanuvchi, barcha siyosiy va fuqarolik huquqlarini o‘z qo‘llariga olgan patritseylar bilan teng mavqega erishish uchun olib borgan kurash muhim iz qoldirdi. Bu kurash Rimning oltinchi podshohi Serviy Tulliy islohotlari boshlanishiga olib keldi. Ushbu islohotlar natijasida plebeylar mulkiy (ijtimoiy) ahvoliga qarab besh toifaga bo‘linuvchi "Rim xalqi" tarkibiga kiritildi. Islohotlar davlat boshqaruvida boylar ustunligini ta’minladi. Plebeylar xalq yig‘inida qatnashish, jamoat mulki va yerdan O‘Z ulushiga ega bo‘lish huquqini oldidar. Lekin plebeylar patritseylar bilan teng huquqka ega bo‘la olmadilar, natijada ular patritseylarning imtiyozlariga qarshi yana ko‘p vaqt kurashishlariga to‘g‘ri keldi.
  • Plebeylarning ko‘zga ko‘ringan mafkurachilari va g‘oyaviy rahnomalari, aka-uka Tiberiy (eramizdan avvalgi 133 yil) va Gay Grakx (zramizdan avvalgi 122 yil)lar bo‘lib, ular xalq tribunlari bo‘lib saylangan davrlarda (tegishli ravishda va 123 yillarda) ortiqcha yerlarni tortib olish va ularni yersizlarga tarqatish, yo‘llar qurish va oziq-ovqat narxini pasaytirish g‘oyalari bilan chiqishadi. Bu choralarni amalga oshirish borasidagi ularning o‘rinishlari yuqori tabaqalarning qattiq qarshiligiga uchraydi va oqibatda qurolli to‘qnashuvga aylanib ketadi, bu kurashda aka-uka Grakxlar ham halok bo‘lishdi.
  • Mark Tulliy Sitseron (eramizdan avvalgi 106-43 yillar) - mashhur rimlik notiq, huquqshunos, davlat arbobi va mutafakkir bo‘lgan. Uning ijodida davlat va huquq muammolariga keng o‘rin berilgan. Bu masalalar uning "Davlat to‘g‘risida" va "Qonunlar to‘g‘risida" asarlarida yoritilgan. Bir qator siyosiy-huquqiy masalalar Sitseronning boshqa asarlarida ham (masalan, "Majburiyatlar haqida" asarida) siyosatga va sudga oid nutqlarida ko‘rib chiqilgan.
  • Sitseron: "O‘z marhamati bilan podshohlik, — donishmandligi bilan optimatlar, erkinligi bilan xalq bizni o‘ziga tortadi",-deb yozadi. Sitseronning fikricha, sanab o‘tilgan boshqaruv shakllarining ijobiy jixatlari davlat boshqaruvining aralash (va shu sababli ham eng yaxshi bo‘lgan) shaklida jamlanmog‘i darkor. "Davlatda,-deya ta’kidlaydi Sitseron,- shohona ig‘orlik bo‘lishi kerak, bir qismi hokimiyat boshchilik qiluvchi ilgor kishilarga, bir qismi xalq hukmiga topshirilmogi lozim". U yoki bu tomonga og‘ishlar ruy bermasligi uchun "magsitratlarda hokimiyat, boshchilik qiluvchilarda ta’sir, xalqda erk yetarli bo‘lishi uchun majburiyatlar va vakolatlarni teng taqsimlash" zarurligini o‘qtiradi Sitseron.
  • Rim stoiklarining asosiy vakillari Lutsiy Anney Seneka milodiy (3-65 yy), Epiktet (50-138 yy.) va Mark Avreliy Antonin (121-180 yy.) larning umumnazariy tasavvurlari Qadimgi Yunon stoiklari (Zenon, Xrisipp, Panetiy, Posidoniy va boshq.) ning falsafiy, axloqiy va siyosiy-huquqiy konsepsiyalari ta’sirida bo‘lganlar. Rim stoiklari qarashlari mavjud polis ideologiyalari tanazzulining kuchayib borayotgan va sezarizm rejimining mustahkamlanayotgan sharoitlarda rivojlangan edi.
  • Seneka barcha kishilarning kelib chiqishidan qatiy nazar, ma’naviy erkinliklarini yoqlab chiqdi. Uning fikricha, insonning qulligi tanasi va hissiyotida, aksincha ruhiyati va aqlida emas degan g‘oyalarni ilgari suradi, qulning tanasini sotish va sotib olish mumkin, lekin uning erkin ruhini emas.

Yüklə 46,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin