Nazorat uchun savollar.
1.
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy mexnat taqsimoti nimadan iborat.
2.
Ixtisoslashtirish deb nimaga aytiladi.
3.
Ixtisoslashtirishning tamoillarini ayting.
4.
Ixtisoslashtirishni
turkumlang
5.
Ixtisoslashtirishning asosiy va qo’shimcha ko’rsatgichlarini ayting
6.
Ixtisoslashtirishga ta’sir etuvchi
omillarni ayting
7.
Ishlab chiqarishni joylashtirish deb nimaga aytiladi.
8.
Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar.
9.
Tarmoq deb nimaga aytiladi.
10.
Qishloq xo’jalik tarmoqlarini ta’riflang
11.
Bosh tarmoq deb nimaga aytiladi.
12.
Yordamchi tarmoq deb nimaga aytiladi.
13.
Qo’shimcha tarmoqlarga misol keltiring.
14.
Tarmoqlarni muvofiqlashtirish tamoyillarini ayting.
15.
Qishloq xo’jalik korxonalarining tiplari deb nimaga aytiladi.
16.
Korxonalar tiplarini turkumlang.
17.
Qishloq xo’jalik korxonalarini xajm ko’rsatgichlarini ayting.
18.
Yirik korxonalarning afzalliklari va samaradorligini tushuntiring.
GLOSSARIY
HUDUDIY IXTISOSLASHUV- ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, viloyatlarda
qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu hududlarda qulay shart-sharoitlar
mavjudligida ifodalanadi.
ISTIQBOLLI REJALAR - uzoq muddatli davrlar uchun korxonani iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlantirish nisbatlari va yo'nalishlarini belgilab beruvchi rejalar.
IXTISOSLASHTIRISH - mavjud tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar va boshqa omillar ta’sirida u
yoki bu mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuv.
ISHLAB CHIQARISHNI JOYLASHTIRISH - bu qishloq xo’jalik
maxsulotlarini ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy - iqtisodiy va ekologik
omillarini xisobga olgan xolda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo’jalik
ekini yoki chorva
mollari turini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatni mos xolda joylashtirishdir.
IXTISOSLASHUV KOEFFISIYENTI -ixtisoslashuv darajasini xarakterlovchi va loyiha
qarorlarini baholashga imkon beruvchi umumiy ko’rsatkich.
JORIY YOKI YILLIK REJALAR - korxona va uning dastlabki ishlab chiqarish bo’linmalari
(brigada, ferma, oila pudrati) yillik ishlab chiqarish reja va topshiriqlari kiradi.
OPERATIV ISH REJALARI - mavsumiy xarakterga ega bo'lgan sohalarda ayrim ish
davrlari
(ekish, hosilni yig'ib-terib olish, qo'zilatish, chorva mollarini semirtirish va h.k.) uchun tuzilgan,
ishlab chiqarish bir me’yorda kechadigan sohalarda esa chorak, oylar (sut, go'sht
yetishtirish) bo'yicha tuzilgan rejalardan va ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan muddatli reja
naryadlar.
REJALASHTIRISH - korxonani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish yo’llari va sur’ati,
tarmoqlar va bo’linmalar, takror ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari o’rtasida to’g’ri
mutanosiblikni (proporsionallikka)
tashkil etish jarayoni, boshqarishning tarkibiy qismlaridan
biri bo’lib, u iqtisodiy tizimning
kelgusi holatini, unga erishish yo’llari, usullari va vositalarini
belgilab beruvchi rejalarini ishlab chiqish va amalda qo’llashdan iborat.
TARMOQ - qo’llanilayotgan vositalar,
ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish
xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan
farq qiladigan ishlab
chiqarishning bir qismi.
YORDAMCHI TARMOQ - korxonaning tovar mahsuloti bo’yicha asosiy tarmog’idan
keyingi o’rinda turadigan, asosiy tarmoq bilan texnologik hamda tashkiliy jihatdan bog’langan,
asosiy tarmoqning muttasil rivojlanib borishi uchun bevosita yordam ko’rsatadigan tarmoq.
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlar ma'lum
turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.