SOLIQ IMTIYOZLARI Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari 1998 yil 1 yanvardan Soliq kodeksining joriy etilishi bilan birga hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo, amaliyotda bu tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi - yetkazib beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari 1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi.
Ya’ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta‘minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat’iy nazar hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq summasi hisobvaraq faktura asosida byudjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi.