Nazariy savollar:
1. Plastik deform atsiya nim aning hisobiga hosil boMadi?
2. Rekristallanish deganda nimani tushunasiz?
3. Elastik deform atsiyaning fizik mohiyatini tushuntirib bering?
20-Mavzu: Lak, bo‘yoq, Rezina va prokladka materiallari.
Reja:
1. Plastmassalarga qanday ishlov berishlar
2. Charchashga qarshi moddala
3. Bo‘yoqlar
Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tassavur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiðed shinalari, o‘tkazgichlarning izolatsiyalari va shunga o‘xshagan xalq xo‘jaligi mashina mexanizmlarida rezina juda keng ishlatiladi. Rezina materiallar, asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, vulkanizatsiya reagentlari, tezlashtiruvchilar va boshqalarni qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega materialdir. Bulardan eng muhimi uning elastiklanuvchanligidir, ya’ni 100 % qotish xususiyati mavjud. Rezinadagi aralashmaning 10—98 % ini kauchuk tashkil qiladi. Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, daraxt „yig‘isi“ degan iborani anglatadi, ya’ni daraxtni kesganda undan suyuqlik ajralib chiqadi, demakdir. Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchuk tashuvchi (hosil qiluvchi) o‘simliklardan (daraxtlardan) olinadi. U etilda, benzinda, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90°gacha qizdirilganda yumshab, 0 °C dan past haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. Texnikaning intensiv taraqqiyoti tufayli faqat tabiiy kauchukdangina emas, balki sintetik kauchuklar (SK)dan ham foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. Etil spirti, asetilen, butan, etilen, benzol, ba’zi uglevodorodlar sintetik kauchuk hosil qilishning asosiy materiali hisoblanadi. Rezinalar vazifasiga yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy turdagi rezinalar suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havo (50—18 °C) muhitida ishlatilishi mumkin. Bunday rezinalardan mashina shinalari, transport tasmalari, kabellarning izolatsiyalari va turli buyumlar tayyorlanadi. Masalan: TK, natriy butadionli sintetik kauchuk (SKB), butadion stirolli (SKS-30,SKS-Za), butadion-metilstirolli (SK MS-30) kauchuklar. Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moyga, benzinga, issiq va sovuqqa, elektroizolatsiya gazlariga va suyuqliklarga chidamli bo‘lgan turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, maxsus rezina turi bo‘lib, unga armaturali rezinalar kiradi. Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar quyidagi turlarga bo‘linadi: Y7 — benzinga chidamli; natriyli (polixloroprenli kauchuk), butadion-nitrilli (SKN-18, SKN-26, SKN-40), butadionli (SKBM), butadion stirolli (SKS-10 SKSM-10)— sovuqqa chidamli shinalar, transportyorlar, issiqbardosh rezinalar. Baland va past haroratda, agressiv muhitda va amaliy ishlarda kauchukning o‘zi toza holda ishlatilmaydi. Yuqori fizikmexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun rezinaga ingrediyentlar deb ataluvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bular quyidagilardir: 1. Vulkanizatsiyalangan (qattiqlashtirilgan) rezinani shishiradigan eng asosiy modda bu oltingugurt. Bunda ma’lum haroratda oltingugurt atomlari kauchukning molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi. Hozir 93 % rezina oltingugurt bilan qattiqlashtiriladi. Agarda oltingugurt miqdori 1 —35 % bo‘lsa — yumshoq, 25—20 % bo‘lsa — yarimqattiq, 30—50 % bo‘lsa — qattiq rezina hosil bo‘ladi. 2. Qattiqlashtirish-tezlashtirgich (vulkanizatsiya). Bular organik va noorganik bo‘ladi. Organik moddalar metall oksidlaridir; noorganigi — oletaks, koptaks, sogtaks. 3. To‘ldirgichlar. Bular aktiv va aktivmas bo‘ladi. Aktivlari — kaolin, kukun qo‘shimchalar, aktivmasi — bor, talk. 4. Plastifikatorlar — plastiklikni oshiradi. 5. Charchashga qarshi moddalar. Bunday materiallar rezinaning tez ishdan chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunday materiallar turiga neoden D (fenilbetanaftilimin) va aldol (aldalal fanaftimin) kabi murakkab moddalar kiradi. 6. Bo‘yoqlar. Bo‘yoqlar rezinaning fizik va mexanik xossalarini yaxshilash bilan birga, ularga rang ham beradi. Ulardan biri qurumdir, shuning uchun rezinaning ko‘pi qora rangda bo‘ladi. Oq va boshqa rangli rezina olish uchun alohida bo‘yoqlar qo‘shiladi.
Odatda, metallarning mexanik xossalari deganda, uning quyidagi ko‘rsatkichlari tushuniladi: • mustahkamligi — metallning deformatsiyaga va yemirilishga qarshilik ko‘rsatishi; • plastikligi — metallning qoldiq deformatsiyada yemirilmasdan turish xususiyati. Metallarda plastiklikning kamligi yoki yo‘qligi mo‘rtlik deyiladi. Mexanik xossalar konstruktor va texnologlarga yuklamalarning chegarasini belgilash va mashinalarni ishlatish sharoitini aniqlash imkonini beradi. Mexanik xossalar tavsiflarining son qiymatlari, ya’ni zo‘riqishlar yoki deformatsiyalar qiymatlari mexanik sinovlar natijasida olinadi. Mexanik sinovlardan metallarning tayyorlanish va ishlov berish sifatini nazorat qilishda keng ko‘lamda foydalaniladi. Qo‘yilgan kuchlar ta’sirida detal o‘lchamlari va shaklining o‘zgarishi deformatsiya deyiladi. Deformatsiya jismga qo‘yilgan tashqi kuchlar ta’sirida yoki jismning o‘zida sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlarda vujudga keladigan ichki kuchlar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Bunda vujudga keladigan zo‘riqishlar o‘q yo‘nalishida cho‘zilishning oddiy holida quyidagiga teng bo‘ladi: σ = P / F , bunda: P – kuch (N); F – jismning ko‘ndalang kesim yuzi (m2). Jismda normal va urunma zo‘riqishlar vujudga keladi. Muvaqqat (tashqi) zo‘riqish bilan ichki zo‘riqishlarni bir-biridan farqlash lozim. Muvaqqat zo‘riqishlar tashqi yuklama ta’sirida vujudga keladi va muvozanatlashadi. Ichki zo‘riqishlar tashqi kuchlar ta’sirisiz, berilgan jism doirasida vujudga keladi va muvozanatlashadi. Ichki zo‘riqishlarning hosil bo‘lishi deformatsiyalarning jism hajmi bo‘yicha notekis taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ichki zo‘riqishlar haroratning metall hajmi bo‘yicha notekis taqsimlanishi natijasida vujudga keladi. Masalan, metall tez isitilganda va sovitilganda metallning tashqi va ichki qatlamlari notekis kengayadi (siqiladi). Bunday zo‘riqish issiqlikdan zo‘riqish deyiladi. Bundan tashqari, ichki zo‘riqishlar termik ishlov berishdagi faza o‘zgarishlari natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Bunday zo‘riqish faza (tuzilish) zo‘riqish deyiladi. Ichki zo‘riqishlar quyidagicha tasniflanadi: Jismning butun hajmida muvozanatlashadigan I tur zo‘- riqish, u makrozo‘riqish deyiladi. Bitta donining (kristallitning) yoki bir necha blokning hajmida muvozanatlashadigan II tur zo‘riqish, u mikrozo‘riqish deyiladi. Kristall katakcha o‘lchamlariga yaqin hajmlarda muvozanatlashadigan III tur zo‘riqish, u submikroskopik zo‘riqish deyiladi. Ichki zo‘riqishlar metallarning xossalariga va ularda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga katta ta’sir etadi. Deformatsiya elastik va plastik bo‘lishi mumkin. Tashqi kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin to‘liq yo‘qoladigan deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi. Elastik deformatsiya metallning tuzilishi va xossalarida katta o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydi. Elastik cho‘zilish qiymati juda kichik bo‘ladi va Guk qonuniga binoan yuklamaga chiziqli bog‘lanishda bo‘ladi: σ = E(∆l/l), bunda: ∆l/l — kristallning nisbiy elastik deformatsiyalanishi; E — elastiklik moduli, u metallning bikirligini, ya’ni elastik deformatsiyalarga qarshilik ko‘rsatishini tavsiflaydi, N/m2.
Nazariy savollar:
1.Metallmas konstruksion materiallar qanday tasniflanadi?
2. Presslash orqali quyish jarayonini tushuntiring.
3. Rezina qanday hosil qilinadi
Dostları ilə paylaş: |