Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) —kompyutеrning va kompyutеr tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage)—bu aniq bir prеdmеt soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga muljallangan dasturlar majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini beruvchi, masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish,biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saydlarni ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi.
Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari—yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga muljallangan.