4-mavzu. XI-XV asrlarda Germaniya Reja


Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti



Yüklə 43,65 Kb.
səhifə4/5
tarix17.05.2022
ölçüsü43,65 Kb.
#58271
1   2   3   4   5
4-mavzu. XI-XV asrlarda Germaniya

3. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti. XI-XV asrlar Germaniya tarixi uchun xos bo’lgan jihatlardan yana biri shunda ediki, hududda garchi qirollik (imperatorlik) hokimiyati mavjud bo’lsada, lekin XI asr oxiri XII asr boshlaridan bu yerda hududiy knyazlikliklar paydo bo’la boshlaydi va XII-XIII asrlardagi iqtisodiy rivojlanishi natijasida ular xokimiyati yanada mustahkamlanadi. Ko’p hollarda xududiy knyazlar hokimiyatining mustahkamlanishi nemis feodallarining Sharqqa-Polab slavyanlari va Sharqiy Boltiq bo’yi xalqlari hududlariga uyushtirilgan hujumlari ham sabab bo’lgan edi. (Bu yurishlar Drang nach Osten deb atalgan) Italiya va salib yurishlaridagi muvaffaqiyatlikdan so’ng tarqoq slavyanlar yerlariga hujum qilish ancha oson va foydali edi. Bu yurishlarda asosiy rolni imperatorlar emas, balki xududiy knyazlar va ularga xizmat qilgan mayda risarlar o’ynaganlar. Shuningdek unda nemis shaharlari ham ishtirok etganlar.

Bavariya va Saksoniya gersogi Genrix Sher (Velflar sulolasidan) 1170 yilda obodritlar yerlarini egallab, u yerda o’ziga qarash bo’lgan Maklenburg gersogligini tashkil qiladi. Shuningdek u slavyanlarning Oder va Visla oralig’idagi hududlarini ham bosib oladi. Lyutiglar yerlarini bosib olgan Albrext Medved (Ayiq) u yerda Brandenburg markgrafligiga asos soladi, shu hududda Berlin shahri (manbalarda 1237 yildan tilga Olina boshlaydi) paydo bo’ladi.

Nemis risarlarining sharqqa yurishlariga rahnamolik qilgan Katolik cherkovi tomonidan (papa Innokentiy III) 1202 yilda yangi Qilichbardorlar diniy risarlik ordeniga asos solinib, ular XIII asr o’rtalarida hozirgi Latviy va Estoniya hududlarining bir qismini bosib oldilar. Falastindan Boltiq bo’yiga ko’chirilgan Gevton ordeni hali shunday bosqinchilik ishiga jalb qilindi. Har ikkala orden 1237 yilda yagona Gevton ordeniga birlashib Rus yerlariga yurishi Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy tomonidan to’xtatildi (1242 yilda Chud qo’li yaqinida).

Bosib olingan hududlardagi aholi zo’rlik bilan siqib chiqarildi va turli ko’rinishdagi yengilliklar bilan hududni o’zgartirish uchun nemis dehqonlarining jalb qilinishi bu Elbabo’yi hududlarining iqtisodiy rivojiga Omil bo’lib xizmat qildi.

Nemislarning Dunay bo’yi hududlarga yurishlari anchayin tinch xarakterda bo’lib, bu yerda X asr oxirida Sharqiy yoki Avstriya markasi tashkil topdi (XIII asrdan gersoglikka aylandi).

Nemis feodallarining Sharq yurishlaridan farqli ravishda Italiya va papalikni bo’y sundirishga shaxsan German imperatorlarining o’zi boshchilik qildi. Bu siyosatni faol darajada amalga oshirganlardan biri Gogenshtaufenlar sulolasidan bo’lgan (1138-1254) Fridrix I Barbarossa 1152-1190 hisoblanadi. U dastlab imperatorlik tojini kiyish maqsadida 1154 yilda Rimni egallaydi va u yerda tojni kiyadi.

1158 yilda Ronnal vodiysida Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlari vakillarini to’playdi va ular orasidagi bir-biriga dushmanlik kayfiyatidan foydalanib seymda shaharlarni o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum etadi va uning o’rniga imperator tomonidan tasdiqlanadigan, saylab qo’yiladigan konsul amaldorlari – podesta boshqaruvi joriy qilinadi. Amalda bu Shimoliy Italiya shaharlarining to’liq imperatorga bo’y sunishini anglatar edi.

Fridrix I o’z hukmronligi o’rnatish maqsadida keskin choralar ko’radi. Bunga javoban Shimoliy Italiya shaharlaridan 22 tili birlashib, 1167 yilda Lombardiya ligasiga asos soladi va imperatorga qarshi kurash boshlaydi. Ligaga papa Aleksandr III ham faol yordam beradi. 1176 yildagi Ancha va imperator o’rtasidagi hal qiluvchi jangda nemis risarlari mag’lub etiladi. 1183 yilda Konstinsdagi sulh bilan imzolangan yarashuv amalda Shimoliy Italiya shaharlariga o’z-o’zini boshqarishni qaytarib berdi.

Italiyada o’z hokimiyatini o’rnatish uchun so’nggi urinishni Fridrix I nevarasi Fridrix II (1220-1250) amalga oshirdi. U o’z davrining mashhur imperatori edi. Sisiliyada ulg’aygan Fridrix II (Ayni paytda u Sisiliya qiroli edi, chunki uning otasi Genrix VI Sisiliya taxti vorisi bo’lgan malika uylangan bo’lib, undan meros tariqasida o’g’liga o’tgan edi) vizantiyalik, arab, yahudiy olimlari tarbiyasini oldi, Neopol universitetini tomomladi. U grek, Rim, arab mualliflari asarlarini bemalol mutoala qilar, ilmiy kuzatishlar bilan shug’ullanar va ayni paytda badiiy ijodni ham kanda qilmas edi. Undan tashqari u o’z davrida mohir diplomat va diniy masalalarni tushunib yetgan taniqli davlat arboblaridan edi. U ham bobosi singari Shimoliy va Markaziy Italiya ustidan hukmronlik qilishga urindi. Bunda Sisiliyada tayanch nuqta vazifasida foydalandi. Tanafuzlar bilan (davom etgan) 30 yil davom etgan italyan shaharlari va papa bilan davom etgan urush oxir – oqibat Gogenshtaufen Lar sulolasining inqirozi bilan tugadi.

Imperatorlarning Italiya ishlari bilan chalg’ib qolishi Germaniyaning o’zida markazlashgan hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keldi. Masalan Fridrix II butun hukmronligi davomida bor -yo’g’i 3 marta Germaniyaga kelgan va bu yerda jami hisoblaganda 9 yildan kamroq yashagan edi. Markazlashgan hokimiyat kuchsizligini hatto eng qudratli imperator ham o’z vorisi meros tariqasida qirollik tojini mustaqil ravishda topshira olmasligi ham ko’rsatib turibdi.

O’rganilayotgan davrga kelib mamlakatda feodalizasiya jarayonining yakunlanishi oldingi eski qabila gersogliklari o’rnida yuzga yaqin knyazliklar, ulardan 80 dan ortig’i diniy edi, paydo bo’lishiga olib keldi.

Undan tashqari XII asr oxiridan Germaniyada markaziy hokimiyat amalda qirollik tayanchi bo’lgan qirollik ministr komitetini ham yo’qota boshlaydi. Bu qirolnnig nufuzli amaldorlari yirik feodallarga aylanib, qirol bilan uzviy aloqadan chiqadilar.

Ba’zan German imperatorlarining o’zlari knyazlarga turli ko’rinishdagi imtiyozlar berib, ularni kuchayib ketishiga sababchi bo’lgan. Masalan Fridrix I Italiya yurishidagi yordami uchun Genrix Sherga Bavariya va bir qancha hududlarni bergan edi. Lekin boshqa knyazlarning bunga norozi bo’lishi imperatorning ularga qo’shilib Genrix Sher ustiga yurish qilishi olib keladi. Natijada Genrix Sher hukmronligiga gen qo’yiladi, undan qaytarib olingan yerlarni Fridrix I boshqa knyazlarga yana bo’lib beradi.

Imperator Fridrix II bo’lsa knyazlarni asosiy tabaqa sifatida ko’rib, ularga muhim vakolatlarni qonunlashtirib beradi. Endi knyazlar o’z hududida olib sud vazifasini bajargan, tangalar zarb qilgan, soliq va boj to’lovlarini undirgan, shaharlarga asos solganlar. Gogenshtaufenlar hukmronligi barham topgach hokimiyat uchun o’zaro urushlar (1254-1273) ham mamlakat siyosiy tarqoqligini yanada kuchaytirib yubordi. Imperatorlar endilikda o’zlari hududiy knyazlarga aylanib, o’z urug’lari hukmronligini kengaytirishga e’tibor qaratdilar. Xuddi shu siyosatni gabsburglar xonadoni vakili Rudolf (1273-1291) boshlab berdi. Elzas va Shveysariyadan hukmronlik qilgan Rudolf chex qiroli Pshemisl II dan Avstriyani tortib oladi va o’z sulolasi qudratiga asos soladi. Lekin boshqa knyazlar bu sulola hukmronligi kuchayib ketishdan xavfsiragan knyazlar Rudolfdan so’ng taxtga uning o’g’lini o’tkazmaydilar. Shundan boshlab German taxtida Nassau, Lyusemburg, Vittalsbax, Gabsburglar sulolasi va xonadoni vakillari navbatma – navbat bir-birini ag’darib hukmronlik qila boshladilar. Bu knyazlarning imperator hokimiyatini kuchaytirmaslikka qaratilgan siyosati natijasi edi.

Knyazlar XIV – XV asrlar davomida ham imperator hokimiyatining mustahkamlanishiga yo’l qo’ymaslikka urindilar va alohida hududlar doirasida markazlashtirish siyosati davom ettirrib, qirollik taxtiga taniqli bo’lmagan Lyuksemburg grafligi hukmdori Genrix VII (1308-1313)ni o’tkazdilar. U ham o’zidan oldingi qirollar singari sulolasi hukmronligini kuchaytirish yo’lidan borib, o’g’li Chexiya qiroli vorisiga uylantirdi. Ikkinchi tomondan nemis hukmdorlarining eski an’analariga sodiq qolib, deyarli bir asrlik oraliqdan so’ng Italiyaga hujum qilib Rimda imperatorlik tojini kiyishga Musharraf bo’ladi.

Imperator huzuridagi vasallar kengashi XV asr oxiridan reyxstag deb atala boshlandi. Reyxstag ko’proq maslahat kengashi organi hisoblanib, unda biror darajada qudratga ega bo’lganlarning fikri asosan e’tiborga olingan. Reyxstag chiqargan qarorlarni ijro etish uchun Germaniyada hyech qanday muassasa bo’lmagan. Ayrim knyazliklarda Landtaglar faoliyat yuritsada, lekin ular doimiy bo’lmagan.

XIV asr boshlariga kelganda Muqaddas Rim imperiyasi G’arbiy Yevropada yirik siyosiy tuzilma sifatida qolishda davom etgan bo’lsada, ammo ichki birlik yo’q edi. Imperiyasining yadrosini eski nemis yerlari, shuningdek Elbadan to Dunaygacha bo’lgan hududlar, bu yerlar mustamlakachilki yurishlari natijasida germanlashtirilgan edi, tashkil etgan. Undan tashqari, imperiya tarkibiga u iblan rasman bog’langan va amalda muxtor bo’lgan Shimoliy Italiya va Toskana davlatlari, Chexiya ham kirgan. XIV-XV asrlarda imperiya aniq belgilab qo’yilgan chegaralarga ega bo’lmagan, chunki chegaralar doimiy urushlar, sulolaviy nikohlar, vassallik munosabatlaridagi o’zgarishlar natijasida o’zgarib turgan. Hatto imperiya ichidagi knyazliklar o’rtaisda ham aniq chegaralar shakllanmagan edi.

1291-yilda imperiya hududida yangi siyosiy birlashma – Shvesariya ittifoqi paydo bo’ldi. Uch alp “o’rmon yerlari” – Shvisa, Uri va Untervalden yerlarining erkin jamoachilari Gabsburglarni bo’ysindirish va Sankt-Gotxarddan o’tuvchi Germaniya va Italiyani bog’lovchi muhim savdo yo’li ustidan nazorat o’rnatishiga qarshi birlashadi. Bu ittifoq “abadiy ittifoq” nomini oldi. 1315-yilda Morgarten tog’larida dehqonlardan tuzilgan shveysar piyoda askarlari Gabsburglarning risar suvoriylarini tor-mor etishga muvaffaq bo’ldi. O’zining mustaqilligini saqlab qolishga erishgan bu ittifoqqa XIV asrning o’rtalarida yana 5 ta okrug (kantonlar), shu jumladan shaharlar – Lyusern, Syurix, Bern ham qo’shildi. Uzoq yillik kurashlar vaa shveysarlarning yangi-yangi g’alabalari ushbu konfederasiyani mustahkamlash bilan ibrga uning ishtirokchilarining amalda imperiyadan avtonom bo’lishiga olib keldi. Bu voqea 1499-yilda, shvabiya urushida “abadiy ittifoq” a’zolari tomonidan dushmanlari tor-mor etilgandan keyin sodir bo’ldi. Xlqaro miqyosda Shveysariya o’z mustaqilligini 1648-yilga kelib olishga erishdi.

XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida Shveysariya ittifoqi yana beshta yangi a’zolar, shu jumladan Bazel shahri ham, bilan boyidi va 13 ta katta bo’lmagan kanton-davlatlarning konfederasiyasiga aylandi. Konfederasiyada doimiy markaziy boshqaruv organi bo’lmagan, oliy hokimiyat vakolatini tagzatsung – kantonlar vakillarining davriy yig’ilishlari bajargan bo’lib, uning yig’ilishida fikrlar almashilgan va imkoniyatga qarab umumiy yondoshuvlar ishlab chiqilgan. Har bir kanton ichki va tashqi siyosatda mustaiql huquqqa ega bo’lsada, ammo bu huquq unga konfederasiyaning umumiy manfaati qarshi siyosat yuritish majburiyatini bermagan.

Imperatorlik hokimiyatining kuchayishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilgan va alohida hududlar doiraisda markazlashtirishni davom ettirgan knyazlarning keyingi muvaafaqiyatlari XIV-XV asrlar Germaniya siyosiy tarqqiyoti uchun umumiy hususiyatini namoyon etadi. Knyazlar tomonidan deyarli obro’ va ta’sirga ega bo’lmagan Lyuksemburg grafining egasi Genrix VII (1308-1313)ning qirollik taxtiga olib chiqilishi ularning yuqoridagi siyosati yo’lida qilingan tadbirlardan biri edi. O’zidan oldingi o’tgan hukmdorlarning o’z sulolasi mavqyeini mustahkamlash qirollik hokimiyatining keyingi kuchayishiga xizmat qilishi bo’yicha tutgan yo’lini davom ettirib, o’g’lini Chexiya qirolining merosxo’riga uylantirdi. Bu bilan u o’z avlodlariga Chexiyani ham boshqarish imkoniyatini yaratib berishni ko’zlagan edi. Boshqa tomondan u eski nemis hukmdorlari an’analariga sodiqligini ko’rsatib, Italiyaga yurish qildi va Rimda u bir asrlik tanaffusdan keyin imperatorlik tojini kiyishga erishadi.

Lyuksemburglar sulolasining kuchayishida o’zining manfaatlariga tahdidni ko’rgan knyazlarning bir qismi Genrix VII o’limidan keyin taxtga Avstriya gersogi gabsburglar sulolasidan bo’lgan Fridrix Chiroyligini, boshqa qismi bo’lsa Vittelsbaxlar urug’idan bo’lgan Bavariya gersogi Lyudvigni (1314-1347) o’tqazishdi. Qurolli kurashda o’z raqibini yengishga erishgan Lyudvig imperiya taxtiga o’tirishga erishdi. Uning nomi bilan ko’p asrlar davom etgan imperiya va papalik o’rtasidagi kurshaning oxirgi yirik tadbiri bog’lanadi. Rim papasi Ioann XXII ning Germaniyadagi siyosiy va moliyaviy davolariga qarshi chiqqan Lyudvig bu siyosati uchun aksilpapa muxolifatining keng qo’llab-quvvatlashiga erishdi, ushbu muxolifatning asosiy qismini nemis byurgerlari va ruhonyilarining bir qismi tashkil etgan. Ushbu harakatning asosiy g’oyaviy arboblari Rim papasining dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqqan va Germaniyadan boshpana topgan Marsiliy Paduanskiy va Vilyam Okkamlar edi. Rim papasi Lyudvigni cherkovdan chetlashtiradi va unga interdikt joriy qildi, bunga javoban Lyudvig 1327-1330-yillarda Italiyaga yurishni amalga oshiradi va Rim papasi siaftida o’zining “odamini” tayinlaydi va o’zi imperatorlik tojini kiyadi. Lyudvig Bavarskiyning haddan tashqari kuchayib ketishini istamagan nemis knyazlari u hali tirikligi paytidayoq Germaniya taxtiga joimiy ravishda cherkov bilan hamjihat bo’lgan Moraviya markgrafi (tez orada Chexiya qiroli ham bo’ladi), Lyuksemburglar sulolasining vakili Karlni o’tqazadilar.

Karl IV (1346-1378) Avinon papalari bilan mustahkam ittifoqni saqlagan va birinchi navbatda o’zining asosiy tayanchi bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan resurslarning manbasi bo’lmish Chexiyaning iqtisodiy va madaniy tarqqiyoti bo’yicha qayg’urgan holda imperiyani boshqardi. Aynan uning hukmronligi davrida, 1356-yilda Germaniyaning siyosiy tarqoqligini rasmiylashtirib bergan “Oltin bulla” qabul qilindi. Ushbu hujjat to 1806-yilgacha, ya’ni Muqaddas Rim imperiyasi tugatulgunga qadar imperiyaning qonunchiligi asosi bo’lib xizmat qildi.



“Oltin bulla” ga ko’ra “imperator bo’ladigan” nemis qirolini 7 ta knyaz-kurfyuristlar – 3 tasi cherkov (Mayns, Kyoln, Trir arxiyepiskoplari) va 4 tasi dunyoviy (Chexiya qiroli, Reyn pfalsgraqi, Saksoniya gersogi, Brandenburg markgrafi) knyaz-kurfyuritslar saylaydigan bo’ldi. Qirol saylovi Mayns arxiyepiskopining tashabbusi bilan Franfurt-na-Mayneda ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan amalga oishrilishi belgilandi. Bunda Germaniya qirolini (uni “Rim qiroli” deb atashgan) saylashda Rim papasining saylovi talab qilinmagan, faqatgina imperatorlik tojini kiydirishda Rim papalarining ishtiroki tan olingan. Ushbu bulla knyazlarning nafaqat eski imtiyozlarini e’tirof etdi, balki ularning yangi imtiyozlarini ham rasmiylashtirib berdi. Unda knyazlarning oliy sud, tog’ qazilma boyliklarini qayta ishlash, tanga zarb qilish, boj to’lovlarini yig’ish huquqini berdi. Bullada feodallarga “qonuniy e’lon qilingan” shaxsiy urushlar olib borishga (vassallarning o’z senorlariga qarshi urushidan tashqari) ruhsat beragni hold ashaharlar o’rtasidagi ittifoqlar “fitna” sifatida qaralib, bundan ittifoqlar mutloqo taqiqlandi. Umuman mazkur bulla orqali Karl IV o’z sulolasining asosiy dushmani bo’lgan kurfyuristlar kollegiyalari – Bavariya va Avstriya gersoglarining hukmdorning saylovida ishtirok etishdan mosuvo etishga va Chexiyaning mavqyeini mustahkamlashga erishdi.

O’zining o’ttiz yildan sal oshiqroq hukmronligi davrida juda kam muddatgagina Karl IV markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq bo’lsada, ammo Lyuksemburglar sulolasining keyingi an’analari boshlab bera oldi. Buyuk davlat qurishni orzu qilgan imperator Sigizmund (1410-1437) dahriylarni ta’qib etish orqali cherkovning birligini qayta tiklash ishida ishtirok etish va o’sib borayotgan usmoniy turklar xavfiga qarshi Yevropa davlatlarining katta koalisiyasi rejasini tuzish orqali o’zining hokimiyatini mustahkamlashni ko’zladi. Rim papasi bilan ibrgalikda u Chexyaidagi guschilar harakatiga qarshi salib yurishlarini uyushtirdi, lekin bu harbiy yurishlar muvaffaqitya keltirmadi. Faqatgina cherkovning guschilar mo’tadil qanoti bilan kompromiss kelishuvi Sigizmundga o’z hayotining so’nggida chex qiroli degan nom bilan tan olinishiga erishuviga olib keldi.

Lyuksembubrglar sulolasi vakillari hukmronligi to’xtatilgandan keyin imperatorlik taxtiga 1438-yilda Gabsburglar keladi. Amalda imperatorlarning merosiy tarzda hokimiyatlarini o’z avlodlariga qoldirishi o’z mavqyelarini bu paytga kelib mustahkamlab ulgurgan knyazlar uchun ortiqcha jiddiy xavf tug’dirmay qo’ydi. Imperiyaning inqirozi ayni paytda boshqa bir universal mahkama bo’lgan papalikning inqirozi bilan kuchayib bordi. Germaniyada markaziy hokimiyatning kuchsizligi ayniqsa yarim asrdan ziyodroq hukmronlik qilgan Fridrix III (1440-1493) davrida yaqqol namoyon bo’lib qoldi. Uning hukmronlik davri knyazlar o’rtasidagi ko’p sonli o’zaro urushlar, uning natijasida shaharlarning talon-taroj qilinishi va qishloq joylarda butun bir hududlarning huvillab qolishi iblan xarakterlanadi. Imperatorning tinchlikni va tartibni buzishni taqiqilash chora-tadbirlari samarasiz bo’lib chiqdi, sababi uning bu talabini bajarishga majbur etuvchi real kuchi yo’q edi.

Tashqi siyosatda ham uzoq vaqtlar davomida Fridrix III ni muvaffaqiyatsizliklar tark etmadi. Imperiyaning qalin ittifoqchisi bo’lgan Tevton ordeni Polsha tomonidan tor-mor qilindi va 1466-yilda Polsha qiroliga vassal ekanligini tan olishga majbur bo’ldi. 1460-yilda Daniya qiroli imperiya tarkibiga kiruvchi Shlezvig va Golshteynni o’z mulklari tarkibiga qo’shib oldi. 1481-yilda Fransiya imperiyaning Provans hududining egasiga aylandi. Vengryai qiroli Matyash Korvin bo’lsa imperatordan hatto uning ota yurti bo’lgan Yuqori va Quyi Avstriyani va Shtiriyani tortib oldi. Faqatgina Fridrix III hukmronligining oxiriga kelganda uning sulolasi mavqyei bir oz kuchaydi. Avstriya yerlari qaytarib olindi. Burgund davlatining qulashi va Fridrix III ning o’g’li bo’lgan Maksimilianning Burgund malikasi Mariya bilan sulolaviy nikohi Gabsburglarni Niderlandiya egasiga aylantirgan bo’lsa, Fridrix III ning o’limidan keyin amalga oshgan nevarasi va Impaniya qirolining merosxo’ri bo’lgan malika bilan nikohi Gabsburglarni XVI asrga kelganda Yevropaning eng qudratli sulolasiga aylantirdi.

Germaniyadagi imperatorlik va knyazlik hokimiyatining umumiy ahvoli XIV-XV asrlarda nemis tabaqaviy-vakillik organlarining taraqqiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Imperiya tarkibiga kirgan imperator vassallari bo’lgan “amaldorlar” vakillarining kengashi XV asrning oxiriga kelib reyxstag degan nom bilan atala boshlandi. Bu imperiya kengashlari krfyuristlar vakillarini, boshqa diniy va dunyoviy knyazlarni va hukmdorlarni, yirik imperiya va erkin shaharlar vakillarini tarkibiga olgan edi. O’q otar qurollarning keng joriy qilinishi tufayli risarlik oldingi darajadagi tabaqaviy o’rnini boy berib qo’ydi va odddiy harbiy ahamiyat kasb etuvchi yollanma askarlarga aylandi, alohida mustaqil vakillik birlashmalariga ega emas edi. Ruhonyilar ham alohida kuriya ajratilmadi. O’zi shundoq ham kam bo’lgan shahar vakillari bilan bevosita ularning manfaatlariga doir masalalar muhokama qilinganda “hisoblashishar” edi.

Reyxstag maslahat huquqiga ega organ hisoblangan, u birinchi navbatda ortida u yoki bu kuchlar turgan turli xil ijtimoiy guruhlarning fikrlarini tushuntirish va maksimal darajada kelishtirish vazifasini bajargan. Germaniyada reyxstag qarorlarini hayotga tadbiq etish bo’yicha hech qanday maxsus mahkama bo’lmagan. Buning uchun zarur bo’lgan umumimperiya sudi va umumimperiya hazinasi ham yo’q edi.

Germaniyada boshqa mamlakatlarning tabaqaviy-vakillik idoralariga o’xshash mahkama ham bo’lib, bu – landtag edi. Landtaglar bir qator knyazliklar hududida chaqirilgan dvoryanlar, ruhoniylar va knyazlik shaharlari vakillarining kengashi edi. Lekin o’sha pyatlarda bu kengashlar muntazam chaqirilmagan. Imperiya tarqoqligi sharoitida bo’lg’usi mintaqaviy markazlashtirishning boshida turuvchi knyazlar ayniqsa XV asrning ikkinchi yarmidan hududiy boshqaruv organlari, moliya ishlarini tashkil etishni, knyazlikni ma’muriy jihatdan okuraglarga bo’lishni, hududiy qonunchilikni yo’lga qo’yishni kengaytirdi va mustahkamladi. Knyazliklarning rezidensiyalari asta-sekinlik bilan poytaxtlarga aylanib bordi (masalan, Bavariyada Myunxen, Vyurtembergda Shtutgart, Pfalsda Geydelberg kabilar).


Yüklə 43,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin