jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir.
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini
tashkil topish manbalarini, xo‘jalik
jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib
borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Ikki yoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida
vujudga keladigan
o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki,
uning yordamida, hisob
ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik
jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning
kreditida aks ettirilishi
buxgalteriya o‘tkazmasi deyiladi.
Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har
oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti
bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni
yoki hammasini
birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi
qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot
vedomost)larda mujassamlanadi.
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari
yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan
bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
1.
Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti;
2.
Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi
xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar
umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida
ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari
quyidagicha shaklda bo‘ladi.
Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot
summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa
kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi.
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birovlariga
tegishli tartibda teng
keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha
boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida
keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida
bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir.
Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas,
chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi.
Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab
shartlanadi.
Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar
summalaridan foydalaniladi.
Gap shundaki, o‘ng tomondagi so‘ngi ustunlarda
ko‘rsatilgan oxirgi qoldiqlarning barchasi birgalikda
korxonaning yangi balansini
anglatadi.
Dostları ilə paylaş: