4-Mavzu. Yer-suv resurslari, ulardan samarali foydalanish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#177475
4-Mavzu . Yer-suv resurslari, ulardan samarali foydalanish.



1
4-Mavzu . Yer-suv resurslari, ulardan samarali foydalanish. 
0‘quv maqsadi: Respublikaning yer-suv fondi va qishloq xo‘jaligida 
foydalaniladigan yer-suv resurslari, ulaming iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati, miqdori, 
turlari, tarkibi va sug‘oriladigan yerlar miqdori va sifatini tahlil qilish, yer-suv 
munosabatlarining huquqiy asoslarini, yer-suv resurslaridan oqilona va samarali 
foydalanishga oid hukumat chora- tadbirlarining ahamiyatini, yer kadastrining 
mazmun-mohiyatini, yer- suvdan foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
tizimini o‘rganish, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda 
davlatning roli hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishda yangi sug‘orish 
usullarini, texnikalami joriy etishni o‘rgatish. 
Tayanch iboralar: yer-suv fondi, yer-suv resurslari, sug‘ori[adigan yerlar, yer-
suv munosabatlari, yer kadastri, irrigatsiya va melioratsiya, suvdan 
foydalanuvchilar uyushmasi, almashlab ekish, tuproq unumdorligi, havza usul, suv 
islohoti. 
Respublikaning yer-suv fondi, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer-suv 
resurslari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati 
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asoslaridan biri bu tabiiy resurslardir. 
Tabiiy resurslaming eng kerakli unsurlariga esa yer kiradi. Yer qishloq xo‘jaligida 
ishlab chiqarishning asosiy omili, mehnat yo‘naltirilgan ob‘ekt sifatidagi mehnat 
predmeti, shuningdek, turli xil mahsulotlaming joylashuv makoni, insonlar uchun 
turar joy hamda hayvonot va o‘simliklar dunyosining yashashiga mo‘ljallangan 
mehnat qurolidir. Har bir halq va millat yemi asosiy boyligi sifatida e’tirof etadi, 
bir nechta shart va omillami birlashtirgan holda qishloq xo‘jaligidagi afzalliklami 
yer orqaU tavsiflaydi. 
Yer resurslari - bu quruqlik yuzasining jami yig‘indisi bo‘lib, uning tarkibiga 
boshqa tabiiy ob‘ektlar ham kiritiladi. Bular: o‘rmonlar, o'simlik va boshqa tirik 
organizmlar, suv ob‘ektlari. Yer resurslarining suv ob'ektlari o‘z ichiga ko‘llar, 
ko‘lmak va hovuzlar, ariqlami qamrab oladi. Okean, dengizlar va daryolar esa suv 
resurslari tarkibiga kiradi. 
Har bir davlatning yer-suv resurslari tabiat va jamiyatda yashash manbaidir, 
shuningdek, yer va suv bir-birining mavjudhgini taqozo qiladi. 
Yer resurslari ham boshqa resurslardek o‘z xususiyatlariga ega. 


2
Birinchidan, yer - tabiat mabsuli, in'omi hisoblanib, u inson mehnati bilan 
yaratilmaydi. Inson faqatgina yerga mehnatini yo‘naltirib, yo yeming ahvolini 
yaxshilaydi, yoki umuman yomon ahvolga solishi mumkin. Lekin inson o‘z 
xohishi bilan yer resurslarini hosil qilohnaydi. 
Ikkichnidan, yer chegaralangan tabiiy resursdir. Inson xohlagancha yemi 
ko‘paytira yoki kamaytira olmaydi. Shu sababli, bosh maqsad yerdan samarali va 
to‘g‘ri foydalanishdir. Bir mamlakat miqyosida yer miqdori uning chegaralari bilan 
aniqlansa, umuman hududlar sifatida esa yer miqdori quruqlilc yuzasi bilan 
belgilanadi. 
Yer resurslari jismoniy nuqtai nazardan murakkab majmua hisoblanadi. Bu 
majmua turli omillar (kimyoviy, fizik, biologik) birlash- masi bilan xarakterlanadi. 
Yer resurslari turli yer uchastkalaridan iborat bo‘lib, ular bir-biridan tuproq turlari, 
relyefi, miqdori va boshqa xarakteristikasi bilan farqlanadi. 
Uchinchidan, yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Shuningdek, yer har 
doim ishlab chiqarishdagi eng asosiy omil sifatida o‘z o‘mini yo‘qotmaydi. Undan 
mablag'ni ko‘paytirish, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar orqali qishloq 
xo‘jalikdagi yerlardan unumli va samarah foydalanish, shuningdek sanoat va uy-
joy qurilishi maqsadida foydalanish mumkin. Shu bilan birga, texnika taraqqiyoti 
yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilganiga qaramay yemi boshqa ishlab chiqarish omillari 
bilan almashtirib bo‘lmaydi. 
Yer-suv resurslari, ularning miqdori, turlari va tarkibi, sug'oriladigan yerlar 
miqdori, sifati 
Yer-suv resurslari jamoa mulki hisoblanib, ulardan hech qachon alohida shaxs 
manfaatlari uchun foydalanilmaydi. Yer barcha uchun birdek muhim va ahamiyatli 
resurs bo‘Isa, suv hayot manbaidir. Shu sababli davlat organlari yer-suv 
resurslaridan foydalanishni tartibga solib, taqsimlaydilar. 
Yer resurslarining asosiy qismi qishloqlarga to‘g‘ri keladi. Statistika 
ma’lumotlarga qaraganda, AQSH qishloq xo‘jaligiga mamlakatdagi mavjud 
yerlarning 90 foizini ajratadi. Evropa ittifoqi mamlakatlarida mavjud maydonning 
80 foizi, Rossiya Federatsiyasida esa 90 foizga yaqini qishloq xo‘jaligiga 
yo‘naltirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydoni 44,74 mln. gektar. Shundan 
36,6 mln gektari yaylov va pichanzorlar, yerlaming 16 foizi yoki 30-32 mln. 
gektari haydaladigan yerlami tashkil etadi, 3 foizi esa foydalanilmaydigan yerlar, 
chunki bu yerlarda namlik juda kam hisoblanadi (6.1-jadval). 


3
Yer-suv resurslaridan foydalanish usullari turlicha bo‘lib, ayniqsa yer 
fondidan foydalanish uchun insonlar va jamoalar bir-biri bilan raqobat qiladilar. 
Ular o‘z manfaatlari yo‘lida, shuningdek davlatga foydalari tegishi maqsadida 
yerlardan foydalanadilar. 
Yer fondlarini taqsimlash va davlat hisobidan o‘tkazish davlatlarda yer 
kategoriyalari hamda yer bonitetlariga qarab amalga oshiriladi.Yer kategoriyalari 
bu yer fondining bir qismi bo‘lib, ular maqsadli ravishda huquqiy rejim asosida 
taqsimlangan. Qonun hujjatlari asosida yer kategoriyalari quyidagilarga bo‘linadi 
(6.2-jadval): 
6.2-jadvaI 
O‘zbekiston er fondining toifalar bo‘yicha taqsimlanishi 
№ 
Yer fondining toifalari 
Jami maydon 
Shundan 
sug‘oriladigani 
Ming, ga Jami yerga 
Nisbatan 
foizi 
Ming, ga 
Jami yerga 
Nisbatan 
foizi 
1. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljal- langan yerlar 
22264,6 50,13 
4213,8 
9,49 
2. 
Aholi punktlarining yerlari 
235,4 
0,53 
49,7 
0,11 
3. 
Sanoat, transport, aloqa, mu- dofaa va boshqa 
maqsad- larga moijallangan yerlar 
1968,0 
4,43 
11,7 
0,03 
4. 
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, 
rekreat- siya maqsadlariga mo'ljal- langan 
yerlar 
75,5 
0,17 
0,6 
0,001 
5. 
Tarixiy-madaniy ahamiyat- gamolik yerlar 
0,4 
0,001 


6. 
0‘rmon fondi yerlari 
8661,2 
19,50 
29,4 
0,07 
7. 
Suv fondi yerlari 
815,8 
1,84 
4,5 
0,01 
8. 
Zahira yerlar 
10389,4 23,40 
1,9 
0,004 
Jami yerlar: 
44410,3 100 
4311,6 
9,71 


sanoat, energetika, transport, aloqa, televidenie, radio, informatika, mudofaa va 
boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan; 
qo‘riqxonalar uchun ajratilgan territoriya va ob‘ektlar (Davlataing tabiat 
muhofazasiga mo‘ljallangan yerlari, parklar, botanikabog‘lari, kurort va boshqa 
yerlar). 
Yer ekin maydoni bu shunday yerlarki, u aniq maqsad yo‘lida, xo'jaliklar 
shaklida foydalanishga yaroqlidir. Yer kategoriyalari yig‘ma va shartli tushuncha 
bo‘lsa, ekin maydoni malum chegara, maydon va joylashuvga ega. Qishloq 
xo‘jaligiga moljallangan yer kategoriyasining asosini ham unumdor yerlar" tashkil 
qiladi. Quyida respublikamizning 2000-2009 yillardagi qishloq xo'jalik ekin 
maydonlari tarkibi berilgan (6.4-jadval) 
6.4-jadval 
O‘zbekistonda 2000-2009 yillarda qishloq xo‘jalik ekin maydonlari 
tarkibining o‘zgarishi (ming ga.) 
№ 
Ko‘ratkicbIar 
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 
I. 
Jami ekin 
maydoni 
shundan: 
3778,9 3444,6 3540,8 3790,1 3694,2 3646,3 3637,4 3561,0 3608,7 3608,5 
1.1. Jami donli ekinlar, 
shu |umlad;ui: 
1614 1393,7 1533,4 1790,9 1667,1 1616,1 1618,0 1538,9 1559,0 1610,6 
1.1.1. Bug‘doy 
1355,8 1219,8 1282,6 1507,6 1470,4 1439,7 1448,5 1382,8 1373,6 1354,6 
1.1.2. Guruch 
131,8 39,5 
64,4 121 
66,1 52,5 
60,6 47,9 33,8 43,5 
1.1.3. Makka don uchun 49,2 
38,7 
35,1 34,7 34,8 33,6 
32,8 34,2 323 
30,1 
1.2. Texnika ekmlari: 
Shujumladan 
1512,5 1500,3 1462,2 1445 1518,5 1518,4 1478,2 1477,0 1507,2 1423,2 
1.2.1. Paxta 
1444,6 1452,1 1421 1393 1456,3 1472,3 1448,2 1452,6 1425,0 1347,1 
1.3. Kartoshka va 
poliz ekinlari, 
shundan: 
222,8 219,3 216,1 237,7 224,4 221,4 244,4 253,9 264,4 272,2 
1.3.1. Kaitoshka 
52,2 
50,8 
48,9 49,2 52,1 49,8 
52,6 56,0 59,9 62,8 
1.3.2. Sabzavotlar 
130 
131,2 127,5 145,6 137,6 137,7 154,4 159,8 162,3 165,4 
1.3.3. Poliz ekmlari 
37 
35,6 
373 
41,3 34,7 33,9 
37,4 38,1 42D 
44,0 
1.4. Yem-xashak 
429 
331,3 329,1 316,5 284,2 290,4 296,4 290,3 278,2 302,5 
0‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy chegarasidagi yer maydoni 44896,9 
ming gektami tashkil qiladi. 2000 yil holatiga respublikamiz bo‘yicha korxona, 
tashkilot, muassasalar va fiiqarolar foydalanishidagi jami yerlar 44410,3 ming 
gektami tashkil etadi. Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 4303,0 ming 
gektar, bu esa umumiy maydonning 9,7 % ni tashkil qiladi. Yuqorida aytilgan yer 
kategoriyalari (toifalari) bo‘yicha yer fondining taqsimlanishi raqamlar asosida 
quyidagi jadvalda kengroq yoritilgan (6.5-jadval). 
6.5-jadval 


5
0‘zbekiston Respublikasida yiliga 72,4 km3 suvdan foydalaniladi, shundan 61 
km3 oqava suvlami, 113 km3 yer osti suvlarini tashkil etadi. Iqlimimiz keskin 
kontinental ekanini, respublikamiz qurg‘oqchilik zonasida joylashganini hisobga 
olib, shuni aytib o‘tish kerakki, yoz oylari yerdagi suv namlari parlanib havoga 
chiqib ketadi. Ekinlarimizning ham ko‘p qismi nobud bo‘lishi, sifatsiz bo‘lishi 
yuqoridagi omilga, suvsizlikka bog‘liq. 
0‘zbekiston Respublikasidan tashqari 0‘rta Osiyodagi qolgan yana uchta - 
Qirg'iziston, Tojikiston, Qozog‘iston respublikalari ham hududimizdan oqib 
o‘tuvchi ikki daryo - Amudaryo va Sirdaryo daryolaming suvlarini iste’mol qiladi. 
Turkmanistongina bundan mustasno. Bu ildri daryoning yillik suv o‘tkazish quwati 
121690 mln. m3 bo‘lib, shundan eng ko‘p - 63020 mln m3 qismidan O'zbekiston 
foydalanadi. Qirg‘iziston 5140 mln. m3, Tojikiston 13230 mln. m3, Qozog‘iston 
25010 mln. m3 suv iste’mol qiladilar. Bu suv resurslaridan qishloq xo‘jaligi uchun 
- 85,6 foizi, sanoat va maishiy xizmat sohalariga 14,4 foizi sarflanadi. Qishloq 
xo‘jalik ekinlari yetarli suv bilan ta’minlanmasa, hosildorlik pasayib, turli 
kasallildar ortadi, shu bilan birga mahsulot sifati yomonlashadi. Mahsulot sifatini 
yaxshilash esa qishloq xo‘jaligidagi asosiy muammolardan biridir. 
Yer-suv resurslaridan foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 
Iqtisodiyotda muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjudki, ular yer-suv 
resurslaridan foydalanishda ham muhim rol o‘ynaydi. Eng awalo, suv resurslaridan 
foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga to‘xtalamiz. Chunki yer 
resurslariga chuqurroq va batafsilroq to‘xtaUshga to‘g‘ri keladi. 
Xalq xo‘jaligida suvdan foydalanish asosan to‘rt turga bo‘linadi: 
suvdan asosiy maqsadga muvofiq foydalanish; 
suvdan umumiy va maxsus foydalanish; 
suvdan birgalikda va tanho holda foydalanish; - 
suvdan birlamchi va ikkilamchi foydalanish. 
Suvdan umumiy va maxsus foydalanishning 2 xili mavjud: 
Suvdan umumiy foydalanish - suvning holatiga ta’sir qiladigan inshootlar 
yoki texnikaviy qurilmalami qo‘llamay turib foydalanish; 
Suvdan maxsus foydalanish inshootlarmi yoki qurilmalarini qo‘llash yo‘li 
bilan foydalainish. 


6
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda bevosita qishloq 
xo‘jalik korxonasida ishlatilgan suv ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Suvdan 
foydalanuvchilar uyushmasi yoki irrigatsiya tizimi boshqarmalarida inshoot va 
qurilmalami qo‘llashdagi ko‘rsatkichlar asosida suv samaradorligi aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligida suvdan unumli foydalanish darajasini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar tizimi quyidagilardan iborat: 
limit bo‘yicha suv hajmi, m3; 
suvdan foydalanish darajasi, %; 
suv bilan ta’minlanganlik darajasi, %; 
suv bilan ta’minlash xarajatlari, so‘m; 
sug‘orish uchun ajratilgan pul mablag‘i, so‘m; 
sug‘orish suvidan foydalanish unumdorligi, so‘m; 
sof foyda, so‘m; 
rentabellik, %. 
Yer resurslaridan samarali foydalanish, davlat organlari tomonidan yer va 
soliq siyosatining ratsional ravishda olib borilishi uchun awalo yer bahosini bilish 
zarur. Buning uchun eng awalo davlat tomonidan yer uchastkalarining kadastr 
bahosi hisobga olinadi (6.6-jadval). 
Kadastr qiymati deganda hisobdagi rentadan kelayotgan daromad ham 
tushuniladi. Albatta quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi yer resurslaridan foydalanishda 
ishlatiladi: 
ekin hosildorligi, ts/ga; 
unumdorlik 1 ga olinadigan yalpi mahsulotning natural va qiymat shaklidagi 
ko‘rinishi; 
1 ga sarflangan xarajatlar, so‘m; 
1 ga olingan yalpi mahsulot qiymati, so‘m; 
1 ga yeming kadastr qiymati, so‘m; 
yemi iqtisodiy baholash ko‘rsatkichi ball boniteti, ball; 


7
sof foyda, so‘m va hokazo. 
Qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga esa yer 
qaytimi, yer sig‘imi, yo‘qotilgan hosil; qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish 
koeffitsenti, fond bilan ta’minlanganlik, tovar qaytimi kabi ko‘rsatkichlar kiritiladi. 
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkieh yemi iqtisodiy baholash, quyidagi formula 
yordamida topiladi. 
YAM 
Xk=—
MT 
Bunda Xk - xarajatlami qoplash; 
YAM - yalpi mahsulot; 
MT - mahsulot tannarxi.
6.6-jadvaI 
O‘zbekiston Respublikasi tuproqlarining sifat bahosi (sug‘oriladigan qishloq 
xo‘jaligi yerlari bo‘yicha, ga) 
Yomon 
yerlar 
0‘rtachadan past 
yerlar 
Yaxshi yerlar 
Yaxshi yerlar 
Eng yaxshi 
yerlar 
0‘rta 


SH 
IV 

VI 
Vll 
VILI 
IX 

cha 
Viloyatlar 
klass klass klass 
klass 
klass 
klass 
klass 
klass 
klass 
klass Jami 
ball 
BONTTET BALLI 
boni- 
0-10 11-20 21-30 31-40 
41-50 51-60 61-70 71-80 81-90 91- 
MO 
teti 
Qoraqalpog'isto

Respublikasi 
1919 29810 237202 69846 46458 24497 6801 
416533 41 
Andiion 
311 9593 
34322 
39801 45187 50547 38267 6015 
35 
224078 57 
Buxoro 
1038 16521 57391 
42070 55294 40843 19456 83 
232696 50 
Jizzax 
2132 
22885 
143493 60887 28974 10178 1398 
269948 51 
Qashqadaryo 
3455 
71977 
198976 87416 50375 25003 8177 
445379 51 
Namangan 
235 13499 45776 
47117 36667 32553 33383 18181 1301 228712 59 
Navoiy 
3358 9618 
15253 
17668 18200 20423 12853 2099 
99472 
52 
Samarqand 
41 
2044 
29478 1 72263 89756 57187 38321 16770 547 306407 57 
Surxondaiyo 
704 11047 43203 
59838 79317 50049 20985 6915 
272058 56 
Sirdaryo 
1738,9 36343,9 93771,8 60918,1 51580,1 7694,3 8 
252055,

51,5 
Toslikent 
2631 
37586 
86361 67968 74385 45380 14600 29 
328940 59 
Farg‘ona 
1426 8043 
59139 
56142 58386 67580 33001 5570 
452 289739 56 
Xorazra 
625 8839 
46296 
34932 82052. 49291 11848 102 
233985 53 
Respublika 
bo‘yicha: 
9680 118902 714830,8 935202 814159 62619 298929 75497,5 2337 3595715 55 


8
Qishloq xo‘jalik ekinlarining samaradorligi va sof foyda quyidagicha 
hisoblanadi: 
SF = YAM-Mt; bunda SF - sof foyda; 
YAM - yalpi mahsulot; 
MT - mahsulot tannarxi. 
Yeming iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari asosan qiymat 
ko‘rsatkichlaridir. Bunga yer sig‘imi, yer qaytimi, iqtisodiy samara ko‘rsatkichlari 
kiradi. 
Yer sig‘imi bu qishloq xo‘jalik yeriari bahosining yalpi mahsulotga nisbatidir: 
EB 
E = 
; so‘mda 
YAM 
Yer qaytimi esa bu yer sig‘imiga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, yalpi 
mahsulotning yer resurslari bahosiga nisbatidir (so‘mda ifodalanadi). 
YAM 
Ek 
; so‘m 
EB 
Iqtisodiy samaradorlik yalpi va tovar mahsulot hajmi orqali ifodalanib, 
dehqochilikda ekin maydoniga nisbatan hisoblanadi: 
YAM(TM) YAM0Sj = 
yoki Sj=—


Sj - samaradorlik 
S - ekin maydoni 
YAM - yalpi mahsulot YAM0- o‘simlikchilikdagi yalpi mahsulot TM - tovar 
mahsulot 
Yerlaming samaradorligini hisoblashning 2-usuli quyidagicha aniqlanadi: 
YAD 
S2= 



9

bu yerda YAD - yalpi daromad, so‘m S - ekin maydoni, ga, bunda YAD = 
YAM-MX (MX-moddiy xarajatlar) 
Yerlarning samaradorligini hisoblashning 3-usuli quyidagicha: 
SF 
S3= 


SF - sof foyda, so‘m S - ekin maydoni, ga 
Bunda SF = YAM - T (T-tannarx) yoki SF = YAM -MH (MH - mehnat haqi) 
Samaradorlikni hisobalashning 4 usuli quyidagicha: 

S4= 

F = UT-TT 

F - foyda, so‘m; S - ekin maydoni, ga, bunda: UT - umumiy tushum, so‘m, 
TT - tolatannarx, so‘m. 
Qishloq xo‘jaiigida tovar qaytimi quyidagicha hisoblanadi: 
YAM yoki TM T = • 
Aq 


bunda: Tq - tovar qaytimi, so‘m; 
YAM - yalpi mahsulot, so‘m; 
TM - tovar mahsulot, so‘m; 
S - ekin maydoni, ga. 
Qishloq xo‘jaligida fond bilan ta‘milanganlik ko‘rsatkichi quyidagicha 
hisoblanadi; 
AF 
Ft= 



10

bunda; Ft - fond bilan ta’minlanganlik, so‘m; 
AF - asosiy fondlar, so‘m; 
S- ekin maydoni, ga. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi natural ko‘rsatkichlar - bu 
hosildorlik va yalpi mahsulotdir. Yerdan intensiv foydalanish orqali 
mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi oshib, bu holat qishloq xo‘jaligi 
yerlaridan foydalanish koeffitsienti orqali aniqlanadi: 
Yer resurslaridan foydalanish koeffitsienti: 
Q/Xe 
YERFK = 
; bunda 

YERFk - yer resurslaridan foydalanish koeffitsienti; 
Q/Xe - qishloq xo‘jalik yeriari, ga; 
S - ekin maydoni, ga 
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish koeffitsienti: 
HS 
Q/xefk= 

Q/Xe 
Q/Xefc-qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish koeffitsienti; 
HS - haydaladigan yer maydoni, ga; 
Q/Xe - qishloq xo‘jaligi yeriari, ga. 
Yer fondidan intensiv foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 
yer resurslari bilan joylashtirish; mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; 
mavjud resurslardan oqilona foydalanish; bozor talabi bo‘yicha mahsulot ishlab 
chiqarish. Yer resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil 
etish salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, tuproqning yomonlashib ketishi 
oqibatida hosildorlik tushib ketadi, ekinlarni joylashtirish samaradorligi pasayadi 


11
va hokazo. Shunday holatlardan biri - tuproq unumdorligining kamayishi natijasida 
yo‘qotilgan hosil quyidagicha aniqlanadi: 
Hos o‘r' Tupb 
Hy= 
Tubb 
Bimda: Nu - yo‘qotilgan hosil, ts/ga; 
Hos o‘r - joriy yilda ushbu yerdan olingan o‘rtacha hosildorlik, ts/ga; 
Tupb - tuproq unumdorligining pasayishi, ts/ga; 
Tubb - tuproqning umumiy ball boniteti, ball. 
Bonitet - tuproqning tabiiy unumdorligi bo‘lib, 100 ballik shkalada 
baholanadi. Yemi iqtisodiy jihatdan baholash quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
H 100 
V= 

YAMQ 
Bunda: 
- baholanadigan yeming bonitet bali, ball; 
H -1 gektardan olingan hosil, ts/ga 
YAMQ - yalpi mahsulot qiymati, so‘m. 
Yuqoridagi ko‘rsatkichlaming barchasi yer resurslaridan samarali 
foydalanishda nihoyatda ahamiyatli hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jalik yerlarini baholash, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini 
amalga oshirishda davlatning roli 
Qishloq xo‘jalik yerlati xalqimiz uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Qishloq 
xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish tuproqning sifat jihatdan baholanishiga 
bog‘liq. Chunki tuproq unumdorligi yuqori bo‘lsa, mahsulotning sifatli 
yetishtirilishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Yeming sifat jihatdan baholanishi ekin 
maydoni - dalaning har bir kartasiga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari o‘tgan 3-5 yilning 
yakunlariga solishtiriladi. Bu usulni odatda yemi pasportlash deyiladi. Yer 


12
kadastrlari deb, dalalar kartalarini bir-biriga har tomonlama solishtirish asosida 
ulami iqtisodiy baholashga aytiladi. 
Qishloq xo‘jaliklariga suvni o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish uchun 
boshqaruv tizirnini bozor mimosabatlarida shaldlantirib, iqtisodiy islohotlami 
chuqurlashtirish lozim. Qishloq xo‘jalik korxonalariga suvni yetkazib berish va 
undan foydalanishda yeming meliorativ holatiga, shuningdek melioratsiya tizimiga 
e’tibor berish kerak. 
Irrigatsiya deganda, suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyati 
tushuniladi. Melioratsiya esa yeming tabiiy unumdorligini yaxshilash chora-
tadbirlarining jamlanmasidir. 
Yer-suv resurslaridan foydalanishda davlat roli nihoyatda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Davlat tomonidan yer va suv xo‘jaligiga doir iqtisodiy islohotlar olib 
boriladi, qonunlar, qaror va farmoyishlar ishlab chiqariladi. 
0‘zbekiston Respublikasida yer resurslaridan unumli foydalanish uchun "Yer 
to‘g‘risida" gi Qonun va "Yer kodeksi" Vazirlar Mahkamasining "Yer monitoringi 
to‘g‘risida" gi Nizomi kabilar, suv resurslaridan samarali foydalanish uchun "Suv 
va suvdan foydalanish to‘g‘risida" gi qonunlar qabul qilingan. 
Yer monitoringi - yer tarkibidagi o‘zgarishni vaqtida aniqlash, salbiy 
jarayonlar oldini olish, yerlami baholash, salbiy oqibatlami tugatish uchun yer 
fondining umumiy holatini kuzatish tizimidir. 0‘zbekiston Respublikasining barcha 
yerlari, (mulkchilik va xo‘jalik shaklidan qat‘iy nazar) qanday maqsadda 
foydalanilishiga qaramay monitoring ob‘yekti sifatida tan olingan. 
Davlat yer kadastrlari yuritish, yer resurslaridan foydalanish, yer tuzish, yer 
fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini 
amalga oshirish, yerlami muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer 
monitoringi asosida amalga oshiriladi. 
Yer monitoringi 0‘zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi, 
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Geodeziya, kartografiya 
va davlat kadastrlari" bosh boshqarmasi, 0‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi va tegishli vazirlik hamda tashkilotlaming bevosita ishtirokida 
amalga oshiriladi. 
0‘zbekiston Yer resurslari davlat qo‘mitasi yer monitoringi ma’lumotlarini 
umumlashtiradi. Monitoring tadqiqotlarini olib borishda asosiy maydonlami 
tanlash, vaqt o‘tishi bilan tuproqlaming asosiy xususiyatlari o‘zgarishini tahlil 
etish; tadqiqot olib boriladigan ekologik maydonlarda tuproqning holatini 


13
isbotlovchi ko‘rsatkichlami asoslash, tuproqning holatini kuzatish va 
ma’lumotlami to‘plash hamda ularga o‘zgarishlar kiritish ishlarini olib boradi. 
Qishloq xo‘jalik yerlari tuproqning suv, shamol erroziyasi ta’siri oqibatida 
o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik 
darajasining o‘zgarishi jarayoni monitoringi; yerlaming zaharlanganlik 
darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining 
texnogen o‘zgarishi monitoringi; o‘simliklarning zaharli ximikatlar bilan 
zaharlanish darajasi monitoringi; organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish 
natijasida tuproq tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer kadarstrini tuzishda quyidagi jarayonlar 
amalga oshiriladi; 
yerdan foydalanishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 
yeming sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish; 
yemi baholash, bunda bonitetlash va iqtisodiy baholash ham hisobga 
kiritiladi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazish, yerlami xususiylashtirish, ularga egalik qilish, 
foydalanish va ijaraga berish tuman hokimlari tomonidan qaror qabul qilingach, 
yer uchastkalarining chegaralarini aniqlab, hujjatlami rasmiylashtirib berilgandan 
keyin shu asosda'amalga oshiriladi. 
Yeming sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish, yer mulkining 
ob‘ektlari bo‘yicha, foydalanuvchilar yer uchastkalariga qarab, shuningdek, ekin 
maydoni turlariga ko‘ra amalga oshiriladi. 
Yemi iqtisodiy baholash orqali esa yeming ishlab chiqarishga qanchalik 
yaroqlihgini ko‘rish mumkin. Bunda albatta tuproq unum- dorligi ham rol 
o‘ynaydi. 
Tuproq unumdorligi hosildorlik, mahsulotni sotish bahosi, tannarx orqali 
aniqlanadi. Tuproq unumdorligini aniqlashda ball bonitetiga e’tibor qaratiladi. 
Yer bonitlrovkasi - bu tuproqning unumdorligiga ko‘ra yerlami bir- biriga 
taqqoslash, solishtirish bahosidir. U agrotexnik tadbirlar va yerga ishlov berish 
intensivligi darajasida o‘tkaziladi. Bonitirovka qilishdagi ko‘rsatkichlar tizimda 
qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi bilan birgalikda tuproq turlari va tarkibi, 
xususiyatlari (fizik holati, gumus, mineral o‘g‘itlar, namlik o‘tkazuvchanligi) ham 
e’tiborga olinadi. Natijada ball bonitet hisoblanib, guruhlar bo‘yicha hisob-kitob 


14
qilinadi. Shunga ko‘ra bonitet - tuproqning tabiiy unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘lib, u 
100 ballik shaklda baholanadi. 
Qishloq xo‘jalik korxonasini suv bilan ta’minlash esa suv ob‘ektlaridan suvni 
me‘yorlar bo‘yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solishdan iborat. 
Davlat bu ishlami nazorat qilish maqsadidal993 yilda "Suv va Suvdan foydalanish 
to‘g‘risida" gi qonunni qabul qildi. Qonun 
bob, 119-moddadan iborat bo‘lib, suvga doir munosabatlami tartibga sohsh, 
suvdan oqilona foydalanish, suvni bug‘lanib ketishdan saqlash, unga zararli 
ta’sirlaming oldini olish, suv ob‘ektlarining holatini yaxshilash, shuningdek suv 
ta‘minoti korxonasi bilan suv iste’molchilari o‘rtasidagi munosabatlami 
yaxshilash, suvdan unumli foydalanishning huquqiy asoslaridan iborat. 
Suv uchun haq to‘lash, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, nazorat qilishni 
Yazirlar Mahkamasi belgilaydi. Shuningdek, yer monitoringi kabi suv monitoringi 
degan tushuncha ham mavjud. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni 
monitoring qilish orqali salbiy jarayonlaming sabablari va oqibatlarini o'rganib, 
suvdan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. 
Suvdan foydalanuvchilar qonunlarda belilangan tartibda irrigatsiya va 
melioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar. 
Davlat yer va suv resurslarini isrof qilmasdan, ulardan unumli foydalanishni 
soliqlar bilan ham nazorat qihb turadi. Umumiy aytganda yagona yer solig‘i bilan 
tartibga solib turadi. 
Yagona yer solig‘ining maqsadi yerdan ratsional foydalanishni yo‘lga 
qo‘yish, yer muhofazasi va unga mulk sifatida qarash, tuproq unumdorligini 
oshirish hamda turli toifa yerlarda ijtimoiy-iqtisodiy shaklda tenglik tamoyili 
asosida xo‘jalik yuritishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Yagona yer solig‘iga har yili 
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulk egalari tortiladilar. Ijara haqi 
vaqtincha foydalanish uchun ijaraga olgan sub‘ektning yer egasiga beradigan 
haqidir. Uning miqdori shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Yer bahosi esa yer munosabatlarini amalga oshirish va yoiga qo‘yishda, yemi 
mulkka aylantirishda meros qilishda va hokazolarda ahamiyatlidir. 
Suv iste’molchilari uyushmasi. Yer-suv resurslaridan foydalanishning 
iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari 
0‘zbekiston Respublikasida suvga bo‘lgan talabni qondirish muammolarini 
yechish barchaning zimmasidagi vazifadir. Qishloq xo‘jalik korxonasini suv bilan 


15
ta’minlashda suv ob‘ektlaridan tejamli foydalanish, suvni me‘yorlar bo‘yicha 
olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solish zarurdir. Suv bilan ta’minlash 
va sug‘orish ishlarini magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi 
ob‘ektlari bajaradi. Suvlardan foydalanish ishlari ichki xo‘jalik va suv tizimi 
rejalariga asosan amalga oshiriladi. 
Suvdan maxsus foydalanish ruxsataomasi bo‘lganlarga suv limit bo‘yicha 
beriladi. Suvdan foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan ishlab 
chiqiladi. Vazirlar mahkamasi esa suv uchun haq to‘lash, suvdan limit bo‘yicha 
foydalanish, nazorat qilishni amalga oshiradi. Suv olish va uning hisob-kitobini 
yuritish suv xo‘jaligi organi bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. 
Suvdan foydalanuvchilar sug‘orishni ichki suv yo‘llari, drenaj, suv chiqarish 
quduqlari yordamida amalga oshiradilar. 
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq 
xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari 
to‘g‘risida” gi PF-3226-sonli Farmoniga asosan respublikada fermer xo‘jaliklarini 
rivojlantirish ustuvor yo‘nalish deb belgilandi. Farmonga muvofiq respublika 
qisliloq va suv xo‘jaligida o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, 
soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 
28 iyundagi 290-sonli va 21 iyuldagi 320-sonli qarorlari qabul qilindi. Respublika 
suv xo‘jaligida muhim o'zgarishlar yuz berdi. Suv resurslarini ma'muriy-hududiy 
boshqarishdan havzaviy boshqarish printsipiga o‘tkazildi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini 
boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari printsiplariga asosan 
qayta qurishni taqozo etmoqda. 
Respublikada suv xo‘jaligi kompleksini qayta qurish jarayoni uch yo‘naUsh 
bo‘yicha amalga oshirilmoqda. 
Birinchi yo‘nalish. Qayta qurilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida 
tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga suv xizmati tuzilmasining bozor munosabatlari 
sharoitiga mos shaklini barpo qilish. 
Ikkinchi yo‘nalish. Respublika suv xo‘jaligi kompleksini boshqarishni 
takomillashtirish. 
Uchinchiyo‘nalish. Suv xo‘jaligi ob‘ektlarini zamonaviylashtirish. 
Hozirgi kunda tugatilgan qishloq xo‘jaligi korxo‘nalari negizida tashkil 
etilayotgan fermer xo‘jaliklariga suv xizmati ko‘rsatuvchi tuzilmaning bozor 
munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish, xo‘jalik ichki sug‘orish 


16
tarmoqlarida suvdan foydalanuvchilar soni ko‘payib, suvning hisob-kitobini olib 
borish hamda suvdan oqilona va maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish muhim 
vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 
yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi 
korxonasi hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish 
to‘g‘risida” gi tartib tasdiqlandi. 
Mazkur tartibga asosan tugatilgan xo‘jaliklar hududida joylashgan barcha 
ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar birlashtirilib, sug‘orish tarmog‘i bo‘yicha 
ulaming “Uyushmasi” tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Suv iste’molchilari 
uyushmasi (SIU) zimmasiga xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini bir maromda 
ishlatish, ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida adolatli suv taqsimotini 
o‘matish, sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini joriy qilish vazifalari turadi. 
Shuningdek, ular bir sug'orish tarmog‘ida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan 
foydalanuvchilaming ixtiyoriy ravishda birlashgan tashkilotidir. 
Suv iste’molchilari uyushmalariga qator imtiyozlar yaratilgan. SnipopsЫ, 
SlUlari notijorat shaklda faoliyat ko‘rsatgani uchun 0‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligi bilan notijorat tashkilotlariga berilgan barcha imtiyozlardan 
foydalanadilar. Respubhka Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli 
qaroriga asosan suvdan solig‘, foyda va mulk solig'i hisoblanishi vato‘lanishidan 2 
yil muddatga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi 
PF- 3342-Faimoniga asosan suvdan foydalanuvchilar uyushmasining xizmatlari 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, daromad va mulk solig‘ini qo‘shish va to‘lashdan 3 yil 
muddatga ozod qilingan. 
Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) bir yoki undan ortiq kanal atrofidagi 
suvdan foydalanuvchilarning xohish-irodasi bilan tuziladigan va ular tomonidan 
boshqariladigan notijorat tashkilotdir. 
Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan 
foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa 
faoliyatni amalga oishruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa 
yuridik jismoniy shaxslar birlashma- si(uyushmasi)dir. 
Suv iste’molchilari - fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari va 
boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya 
tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo'yish orqali uyushma hududida 
sug‘orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o‘zlarining moliyaviy 
va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar. 


17
Suv iste’molchilari - cheklangan miqdordagi suvni olish, undan va ichki suv 
xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik hamda boshqa 
faoliyatlami amalga oshruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa yuridik 
va jismoniy shaxslardir (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli 
qaroridan). 
SIU o‘z a‘zolari bo‘lgan suvdan foydalanuvchilarga sug‘orish tarmog‘idagi 
suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asosda boshqarishda faol qatnashish 
imkoniyatini beradi. Suv iste’molchilari SIU ning moliyaviy boshqaruvini oshkora 
tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Bu 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilami birlashtirgan holda nafaqat 
suv xo‘jaligi, balki qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq umumiy muammolami hal 
qilishda ham yordam beradi. Bundan tashqari suvdan samarali foydalanish 
hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining oshishi fermerda ertangi kunga 
bo‘lgan ishonchini orttiradi. 
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy 
jarayonlaming sabab va oqibatlari o‘rganihb, suvlardan foydalanish samaradoriigi 
oshiriladi. 
Suv iste’molchilari qonunlarda belgilangan tartibda imgatsiya- melioratsiya 
ishlarini bajarishga jalb etiladilar. Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish yo‘llari quyidagilar: 
Suv resurslaridan foydalanishda suvning aniq hisob-kitobmi joyiga qo‘yish; 
Suv o‘lchash qurilmasi, ya’ni gidropostlar qurilishini tashkil etish; 
Qishloq xo‘jalik korxonasida ekin maydonlari atrofidagi ariq, kanal 
va zovurlar tozaligini doimiy nazorat qilish; 
Eng asosiysi, suv sarfi isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Belgilangan suv limitlari asosida suvdan tejamli foydalanishni yo‘lga qo‘yish 
va hokazolar. 
Xo‘jaliklardagi mirohlarning roli pasayib, xo‘jalik boshliqlari irrigatsiya 
ishlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlari bilgancha bajarishi oqibatida suv ta‘minotining 
buzilishi kundan-kunga ko‘paymoqda. Hatto xo‘jalik ichidagi suv bo‘linadigan 
inshootlarning darvozalari e’tiborsizlik tufayli yaroqsiz holga kelib qolgan. Suv 
taqsimoti ayrim xo‘jaliklarda eski usul bilan taxminiy ravishda bajarilayotganini 
inobatga olib, shu kamchiliklami tugatish bilan suv resurslaridan oqilona 
foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin. (6.1-rasm). 


18
Shuningdek, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun suv 
ta‘minoti tizimini zarur asbob-uskunalar, texnika va mablag‘lar bilan 
ta‘minlanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Qishloq xo‘jaliklariga suvni o‘z vaqtida 
yetkazib berishni tashkil etish uchun boshqaruv tizimini bozor munosabatlariga 
mos ravishda shakllantirib, iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish maqsadga 
mubofiqdir. Suv ta‘minoti korxonalarining asosiy vazifasi iste’molchilariga suvni 
o‘z vaqtida shartnoma asosida yetkazib berish va suv uchun sarf-xarajatlami 
kamaytirishdan iborat. 
Respublikamizdagi mavjud suv xo‘jaligi tashkilotlari, xizmat ko‘rsatuvchi 
tuzilmalar hamda ulaming hududiy bo‘linmalari negizida irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasi tuzildi. Havza boshqarmasining vazifasi xalq xo‘jalik tarmoqlari 
hamda qishloq xo‘jalik korxonasida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan 
ta’minlash va suv xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatishdan iborat. 


19
rasm. Qishloq xo‘jalik yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha 
chora-tadbirlar tizimi 
rasm. Yerdan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash yo‘llari 
Havza boshqarmasi o‘z funktsiyalariga ega bo‘lib, suvdan foydalanish 
bashoratini umumlashtiradi, 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligiga suv limitlari bo‘yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida 
viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari 
boshqarmalari, magistral kanal (tizim) lar, suv xo‘jaligi ob‘ektlari, irrigatsiya 
tizimlari, viloyat va tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilab beradi. 
Shuningdek, suv xo‘jaligi va suvdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi hisob-kitob 
ishlarini yuritadi, suv resurslari balansini tuzadi, suv kadastrlarini yuritadi. Suv 
o‘lchash vositalari ta‘minoti, aloqa, avtomatika, telemexanikaning zamonaviy 
tizimlarini joriy etadi; tizimlami rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va 
ulami amalga oshiradi; havza suv xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish strategik 
rejalami tuzadi; investitsiyalar kiritadi; irrigatsiya tizimlari va inshootlarini 
jihozlash va rekonstraktsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, suv resursla- 
rining byudjet mablag‘larini belgilab beradi va hokazo (6.2-rasm). 
Yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun 
esa yerdan foydalanuvchilar ham bir qancha qonun- qoidalarga rioya etishlari 
kerak. 


20
Bular quyidagilar: 
yer resurslaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish; 
tabiiy resurs-ob ‘ ekt bo ‘ lmish yerga zarar yetkizmaslik; 
yer uchastkasini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uning unumdorligini 
saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish; 
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yer 
uchastkasini bir yil ichida o‘zlashtirish; 
yer uchastkalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda uning holatiga, 
unumdorligiga e’tibor berish; 
yer uchastkalarini turli kimyoviy o‘g‘itlar, zahri qotil ximikatlar bilan 
zararlantirib, nochor ahvolga solmaslik; 
yerga sarflanayotgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash va undan kelayotgan 
daromadni to‘g‘ri sarflash va hokazo. 
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlari 
Yer resurslari, umuman tabiiy resurslar har bir mamlakatning, umuman 
olganda butun jahon boyligining bir qismidir. Yer abadiy mavjud va aj- dodlardan 
avlodlarga o‘tib keladi. Yer resurslarining sifati qishloq xo‘ja- lik yerlarining 
hosildorligiga bog‘liq bo‘lib, odamlaming oziq-ovqat mah sulotlariga, yashash va 
dam olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Masalan, qishloq 
xo‘jalik yerlaridan noratsional foydalanish ulaming hosildorligi tushib ketishiga 
sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va 
darajasiga salbiy ta’sir qiladi. 
Yerlarga kimyoviy elementlar, ximikatlar yordamida ishlov berish ulami 
zararlantiradi, bu esa yerlami boshqa maqsadlarda ham ishlatib bo‘lmasligiga olib 
keladi. Shuning uchun jamiyat yerlami hozirgi kunda va kelajak avlodlar 
tomonidan foydalanilishi uchun asrash va muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab 
chiqishi kerak. 
Yer-suv resurslaridan foydalanish salbiy va ijobiy natijalarga bog‘liq. F.kin 
maydoniga yaqin joy yoki qo‘shni yer uchastkasidagi keraksiz qurilishlar 
ungaqo‘shni bo‘lgan boshqa yer uchastkalariga soya bo‘lishi, quyoshni to‘sib 
qo‘yishi bilan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 


21
Qishloq xo‘jalik yerlarida kimyoviy o‘g‘itlaming ko‘p ishlatihshi nafaqat 
mahsulotlar sifatiga, balki yer osti suvlarining ifloslanishiga, tuproq 
unumdorligining pasayishiga, ko‘l va daryolardagi baliqlaming nobud bo‘Ushiga 
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Qishloq xo‘jaligida an‘anaviy texnologiyalardan foydalanish, qishloq 
joylarida azaliy hayot tarzining saqlanib qolishi har doim ijobiy natija bergan. 
Chunki bu orqali tabiatni asrash va qishloq xo‘jaligining afzalliklari namoyish 
etiladi. Vaqtlar o'tishi, jamiyatning rivojlanishi natijasida qishloq aholisi turmush 
tarzida ham o‘zgarishlar yuz beradi, ayrim holatlarda nimalardandir voz kechishga 
to‘g‘ri keladi, jamiyat va davlat bu nimalamingdir o‘mini to‘ldirish bo‘yicha ham 
rag‘batlantiri- lishlami yo‘lga qo‘yadi, imoratlaming qurilishi, yashash shart-
sharoitlari (suv, gaz, elektr energiya, madaniy maskanlar) ning yaxshilanishi 
qishloq aholisiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday rahbatlantirish jamiyat 
manfaatlari uchun yer-suv resurslaridan unumli foydalanishda o‘z aksini topadi. 
Ayniqsa, davlat tomonidan qishloqlarda olib boriladigan islohotlar qatoriga 
yuqoridagi kabi dam olish maskanlari, sihatgohlar, istirohat bog‘lari, tabiat 
manzarasiga boy tibbiy sanatoriyalar, kinoteatrlar qurish va ishga tushirish kabilar 
ham qo‘shiladi. 
Bulardan tashqari jamiyatimiz oldida turgan maqsadlarimizdan yana biri yer 
mulkchiligi bilan bog‘liq daromadlaming to‘g‘ri taqsimlanishidir. Davlat yer-suv 
resurslaridan foydalanuvchilari uchun shunday tartibni yo‘lga qo‘yishi kerakki, 
bundan faqat yer egasi - mulkdorgina emas, balki yerda yollanib ishlovchilar ham 
manfaatdor bo‘lsinlar. 
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirishda quyidagi maqsadlar 
ko‘zda tutiladi: 
yer-suv resurslarini yanada yaxshilash va muhofaza qilish. 
atrof-muhit muhofazasi va inson hayoti uchun kerakli shart- sharoitlar 
yaratish; 
yer-suv resurslaridan ijobiy natijalar keltiruvchi omillar sifatida foydalanish 
va yer resurslarini taqsimlashda tenglik tamoyiliga rioya qilish; 
yerga bo‘lgan huquqlarga kafolatlar yaratilishi; 
yer resurslarini ishlatishdan kelgan daromadning to‘g‘ri taqsim- lanishi. 
Ushbu asosiy maqsadlardan keUb chiqib, davlatning rag‘batlantirish 
yo‘nalishlari belgilab berilgan, bu yo‘nalishlarga quyidagilami kiritish mumkin: 


22
yer-suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish; 
yer-suv resurslarini taqsimlash ustidan nazorat o‘matish; 
yer-suv resurslaring sohq siyosatini olib borish; 
yer resurslarini ishlatish va taqsimlash; 
xususiy mulk egalarining yerlaridan jamiyat manfaatlari yo‘li- da foydalanish 
uchun olish va hokazo. 
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirish uchun davlat yer 
siyosatini amalga oshiradi. Umuman olganda, yer islohoti, suv islohoti kabilar 
amalga oshiriladi. 
Yer islohoti bu yer munosabatlarining shakllanishi bo‘lib, odamlar orasida 
yerdan foydalanish, taqsimlash va egalik qilish borasidagi munosabatlar 
yig‘indisidir. Respublikamizda yer islohotlarining asosiy yo‘nalishlari 
iqtisodiyotning agrar sektoriga qaratildi. Ayniqsa 1998 yil 
aprelda qabul qilingan "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi, "Dehqon xo‘jaligi 
to‘grisida"gi Qonunlar yer uchastkalarining fermer va dehqonlarga taqsimlanishida 
asosiy dasturulamal bo’ldi. Bu qonunlar orqali haqiqiy yer egalari, mulkdorlar sinfi 
shakllantirilib, ham aholiga, ham davlatga katta foyda keltirish imkoniyatlari 
ko'rsatildi. 
Ko‘pchilik davlatlarda agrar yer siyosati oilaviy xo‘jaliklar-fermer va 
dehqonlarga yo‘naltirilgan. Qoidalar ishlab chiqishda ko‘pincha fermer, dehqonlar 
manfaatlari hisobga olinadi, chunki ular yer islohotiga hammadan ko‘ra muhtoj va 
mas‘uldirlar. Yer islohotida ko‘pincha yer uchastkalari bilan bogliq masalalarda 
turli cheklanishlar ham qo‘llaniladi. Masalan, alohida talablami ilgari suradigan 
masalalar qatoriga sotish va sotib olish, ijaraga olish, yerlami meros qilish kabi 
masalalami kiritish mumkin. Shunga ko‘ra yer miqdori turli davlatlarda turlicha 
belgilangan. Masalan, Daniyada bu miqdor 150 gektami, Germaniyaning janubiy 
hududlarida 400-500 gektami, Shveytsariyaning ba‘zi hududlarida 20-30 gektami 
tashkil etadi. 
Suv islohoti suvdan foydalanish, suvni to‘g‘ri taqsimlash va bu boradagi 
munosabatlar majmuidir. 
0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi 
bosh boshqarmasi ushbu vazirlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bosh boshqarma 
yer usti suvlaridan foydalanishni tartibga solish hamda respublika iqtisodiyoti va 


23
aholini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlami amalga oshiradi. Bunday 
tadbirlarga quyidagilar kiradi: 
suv islohotlarini joriy etish; 
suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish; 
suv xo‘jaligida yagona texnika siyosati o‘tkazish; 
suvni tejash uchun ilg‘or texnologiyalar joriy etish; 
iste’molchilami o‘z vaqtida suv bilan uzluksiz ta’minlash; 
Yuqoridagilar qatorida boshqarmaning yana bir qator vazifalari 
belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat; 
Suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilik shakllarini 
rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ulami amalga oshirilishining 
monitoringini olib borish; 
Suv to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘matish, qonun 
buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslami belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni 
ta’minlash; 
Suv resurslaridan foydalanish va drenaj oqova suvlarini oqizib yuborish, 
yangi korxonalar qurish, ishlayotgan korxonalami rekonstruktsiya qilish loyihalari 
bo‘yicha xulosalar berish; 
Suvdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnomalar berishni va suv chiqarish 
inshootlarini ro‘yxatga olish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ulardan 
boshqa birlashmalami tashkil etish va rivojlantirishda, ichki xo‘jalik suv hisobini 
tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam berish va hokazo. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
Respublika yer-suv fondiga nimalar kiradi? 
Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer-suv resurslarining iqtisodiy-ijtimoiy 
ahamiyatini bayon eting, 
Yer-suv resurslari, ulaming miqdori, turlari va tarkibi nimalardan iborat? 
Yer-suv munosabatlarining huquqiy asoslari nimalardan iborat? 
Yer kadastri, qishloq xo‘jalik yerlarini baholash qanday amalga oshiriladi? 


24
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli 
qanday? 
Yer-suv resurslaridan foydalanish darajasi va samaradorligi qanday 
aniqlanadi? 
Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) haqida tushuncha bering. 
Yer-suv resurslaridan foydalanishda iqtisodiy samaradorlikni oshirishning 
qanday yo‘llari bor? 
Yangi sug‘orish usullarini, texnikalami joriy etish qanday amalga oshiriladi? 
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirishni bayon eting. 
Suv islohoti nima? 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin