4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə1/16
tarix20.11.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#166541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Metallarresiklingi4-bob


4. Metall temir-tersaklari va ularni CHiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish
VA qayta ishlash
4.1. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini
yig‘ishni tashkil qilish
Yurtimiz xalq xo‘jaligida rangli metall juda qadrlanadi. Chunki, bu jamiyat taraqqiyoti uchun muhim hisoblanadigan xom ashyo sirasiga kiradi. Shuning uchun qora bozorda ham rangli metallning xaridori ko‘p. Aynan rangli metall parchalari yig‘ish va mamlakatimiz hududidan tashqariga noqonuniy ravishda sotish bilan shug‘ullanayotganlar paydo bo‘lmoqda. Biroq, ana shu kimsalar rangli metall o‘zimizning sanoatda juda kerakli ekanligini unutib qo‘ymoqdalar. Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, tarkibida rangli metallar bo‘lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketish hollari uchrab turibdi. "O‘zikkilamchiranglimetall" OAJ va uning hududiy bo‘linmalari rangli metall parchalarini to‘liq yig‘ib olish, temir-tersak topshiruvchilar bilan shartnomalarni o‘z vaqtida tuzish va ularni rag‘batlashtirishning ta’sirchan tizimini joriy etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmayaptilar.
Aynan shuning uchun ham, hukumatimiz tomonidan muhim sanoat xom ashyosi bo‘lgan boshqa qazilma boyliklari va ishlab chiqarish sohalari qatorida rangli metall va uni ishlab chiqarish sohasiga doir qaror va farmonlar hayotga joriy qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyayev ning 7 fevral kungi farmoni bilan 2017-2021 yillarda o’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha xarakatlar strategeyasini tasdiqladi.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makro iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori milliy iqtisodiyotning raqobat bardoshligini oshirish,qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlatirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy isloxatlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustivor movqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
Tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish hududlarda tuman va shaharlarni kompleks va mutonosib xolda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investetsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga faol jalb etish.
Qaror rangli metalldan bo‘lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketish hollarining oldini olishga qaratilgan. Bundan tashqari, rangli metallarni yig‘ib olishning ta’sirchan tizimini joriy etish ko‘zda tutildi. Suningdek, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ya’ni rangli metallarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish hamda ularni qayta ishlash uchun zamonaviy yuksak samarali uskuna va texnologiyalarini tadbiq etish va ishni rivojlantirish bosh maqsad qilib qo‘yilgan. Qarorda "O‘zikkilamchiranglimetall" OAJ va uning hududiy bo‘linmalarini qayta tashkil etish va ularning negizida "Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq hissadorlik jamiyatini tashkil qilish, rangli metall parchalari va chiqindilarini kompleks ravishda qayta ishlash, respublika iste’molchilarining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda eksportga etkazib berishni kengaytirish uchun ulardan prokat, qotishmalar va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish, topshiriladigan rangli metall parchalari va chiqindilari uchun faqat yuridik shaxslar - temir-tersak topshiruvchilar tomonidan erkin narxlar bo‘yicha hisob-kitob tizimini joriy qilish, "Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" OAJ boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlash kabilar ko‘zda tutilgan.


Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin