4. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari qanday?



Yüklə 25 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü25 Kb.
#39127
4. Milliy g‘oya-WPS Office


4. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari qanday?

Milliy g‘oya-1) millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. 2) Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlarga ega yaxlit ta'limot. Buyuk davlat va jamoat arbobi I.A. Karimov tomonidan yaratilgan ushbu ta'limot mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzuintilishlarini ifodalaydi.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq birinchi Prezidentimiz tomonidan milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, mezon va xususiyatlari belgilab olindi. Birinchi Prezident Islom Karimovning 1998 yil “Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan “Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin”, 2000 yil “Fidokor” gazetasi muhbiri bilan savol-javoblarida “Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli ma’ruzalarida shu yili chop etilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” va boshqa bir qator asar va ma’ruzalarida milliy g‘oya asoslab berildi.

Xususan, milliy g‘oyaga Prezidentimiz quyidagicha ta'rif beradi: “Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz” 1.

2001-yil 18-yanvarda O‘zbekiston Prezidentining «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimig a joriy etish to‘g’risida»gi Farmoyishi qabul qilindi.

Shuningdek, 2006-yil 25-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g‘oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g’risida»2 Qarori, 2017-yil 28-iyulda“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g’risida” gi PQ-3160-son Qarori[2] qabul qilindi.

Insoniyat taraqqiyoti biron-bir jamiyatning ezgu g‘oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. Milliy g‘oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g‘oyalarni singdirib kelganlar.

Masalan, zardushtiylik dinining “Avesto” kitobidagi g‘oyaviy konsepsiya – “Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal” tamoyili buning yorqin dalilidir. Milliy g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar va mo‘ljallarni ham aks ettiradi. O‘z davrida (1941-1945 yillarda) fashistlar bosib olgan Fransiyada “qarshilik ko‘rsatish” g‘oyasining milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilgani va bu mamlakat ozod etilishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgani fikrimizga dalil bo‘la oladi. Muayyan g‘oyaning milliy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning mavjud holati bilan bevosita bog'liqdir. Chunki, ana shu negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad-muddaolari va mo‘ljallarini to‘g'ri ifodalay olishi mumkin. Har bir xalq o‘z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning o‘zagini tashkil etadigan, o‘ziga xos birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.

Mamlakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz yangi jamiyat qurish, mustaqil demokratik taraqqiyot davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi xilma-xil qarashlar shakllanishi mumkin. Bunday sharoitda millat va jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g'ovlar paydo bo‘ladi.

Milliy g‘oya mamlakatimizda erkin, huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, milliy g‘oyani jamiyatimiz a'zolari ongiga singdirish, milliy g‘oya va “Harakatlar strategiyasi”da ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab berilgan qadriyatlar targ'ibotiga e'tibor qaratish, xalqimizning milliy o‘zligini anglab, mustaqillikni mustahkamlash ishiga kamarbasta bo‘lishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, g‘oya, ya'ni maqsad ko‘p hollarda amaliyotdan ilgari yuradi. Avval muayyan g‘oya jamiyat a'zolarining umumiy maqsadi sifatida ilgari surilib, so‘ng ushbu maqsadni bajarish uchun amaliy faoliyat boshlanadi. Shu jihatdan ham milliy g‘oya o‘zligimizni anglab ijtimoiy taraqqiyot va barqarorlikni ta'minlashimiz yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ta'kidlangan quyidagi fikr mazkur yo‘nalishdagi faoliyat uchun asosiy mezondir: “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”.

Shunday qilib, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir.

Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi.



Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikenglik» kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi.
Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin