4-mmt-22 Guruh talabasi Mahmudova Munisa Umirzoqovnaning “Labirintlar va ularning yechimi bilan tanishtirish. ” mavzusida bajarilgan 1-topshirig’i



Yüklə 30,75 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#184378
Labirintlar va ularning yechimlari Mahmudova M.





XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
4-MMT-22 Guruh talabasi
Mahmudova Munisa Umirzoqovnaning
Labirintlar va ularning yechimi bilan tanishtirish. ” 
mavzusida bajarilgan 1-topshirig’i

Toshkent 2023
Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruh uchun mashg‘ulot ishlanmasi.
Faoliyat: Elementar matematik malakalar.
Mavzu: Labirinlar va ularning yechimi bilan tanishtirish.
Ta'limiy faoliyat maqsadlari:
Ta'limiy: Bolalarda labirintlar haqida tushuncha hosil qilish va ularning yechimlarini topishga o’rgatish
Rivojlantiruvchi: Bolalarning aqliy qobiliyatlarini o’stirshi va matematik bilimlarga qiziqishini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Mehnatga va sabr-toqatga o’rgatadi, do’stona munosabatlarni o’rganadi
Ta'limiy faoliyatda foydalaniladigan metodlar: tushuntirish, savol-javob bolalar faoliyatini baholash, ijodiy va amaliy metod.
Kerakli jihozlar: Turli labirintlar tasviri (bo’yi 20 sm, eni 30 sm): rangli qalamlar
Ta'limiy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar mana bunday o’yinlarni o’ynaganmisiz? (turli labirintlar ko’rsatiladi) Bu o’yinlar qanday nimlanadi? Bunday o’yinlar labirint deyiladi. “Labirint” so’zi bolajonlar, yunonchadan olingan bo’lib “xonalari behad ko’p, yo’laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino” degan ma’noni anglatadi Tarbiyalanuvchilarni faollashtirish:
1-topshiriq.
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar bilan turli xil shakllarni o’rgangan edik esingizdami? Hozir esingizdami yoqmi buni sinab ko’ramiz. Siz ularni to‘g‘ri ayta olarmikinsiz? Bu qanday shakl deb nomlanadi?...Uning nechta burchagi bor?
Labirintda topshiriq aniq bo’lgan manzilning boshi va oxiri chalkash yo’llari ko’p boladi. Topshiriq asosida manzilning boshidan, chalkash yo’llarning ichidan eng qulayini topib oxirgi manzilga yetib boorish kerak.
Hozir men sizlar bilan labirintlarning chalkash yo’llaridan to’grisini topishni o’rganamiz.

Tarbiyalovchi: Qani bolajonlar menga aytingchi rasmda nimani ko’ryapmiz?
Tarbiyalanuvchilar: Bolalar, qushlar, uy, yo’llar
Tarbiyalovchi: Barakalla bolajonlar, to’g’ri topdingiz. Bu labirintda shunday topshiriq berilgan: Opa-uka, Aziza va Ali qushlardan qochib uylariga yeta olmayaptilar. Biz ularga uylarini topishda yordam beramizmi?
Tarbiyalanuvchilar: Haaa
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar biz Aziza va Aliga uylariga yetib olishlariga yordam beramiz. Ularning turgan joyidan to uylarigacha bo’lgan barcha yo’llarni ko’rib chiqamiz va eng tog’ri yo’lni topib olamiz. Buning uchun stolimiz ustida turgan qalamlardan foydalanib uyga olib boruvchi yo’lni topib beramiz. Bolajonlar, qanday rangdagi qalamlarda chizishni hohlaysiz?
Birinchi urinish uchun qaysi rangdagi qalamni tanlaymiz?
Ikkinchi urinish uchun qaysi rangni tanlaymiz?
Uchinchi urinish uchun qaysi rangdagi qalamni ishlatamiz?
To’rtinchi urinish uchun qaysi rangdagi qalamni ishlatamiz?
2- topshiriq
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Labirintda to’gri yo’lni topamiz”
Polga labirint chiziladi. Labirintning nechta yo;li bo’lsa, bolalar navbat bilan shu yo’llardan yurib, eng oson yo’lni topadilar. Oyin oxirida tarbiyachi bolalardan eng oson yo’lni ko’rsatishni so’raydi. Barcha bolalar o’z fikrlarini bildiradilar.
3- topshiriq: amaliy ish
Har bir bolaning oldiga bir xil labirintli topshiriq qo’yaladi va nima qilish kerakligi yana takror eslatib boriladi
Tarbiyachi: Bolajonlar, hammaga bir hil labirint berildi

  1. urinish uchun qizil rangli qalamdan foydalanamiz,

  2. ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­urinishni sariq rangda chizing,

  3. urinishni ko’k rangda chizing,

  4. urinishni yashil rangda chizing,

  5. urinishni binafsha rangda chizing,

Tushunarlimi, eslab qoldikmi bolajonlar?
Endi esa chizishni boshlang bolajonlar

Bolalar chizib bo’lganlaridan keyin yonidagi o’rtog’ining bajargan ishini ko’rib chiqadilar va nechanchi urinishda to’g’ri yo’lni topganlarini aniqlab chiqadilar va tegishli joyga belgilab qo’yadilar.
Tarbiyachi: Juda yaxshi bolajonlar siz topshiriqni a’lo darajada bajardingiz barakalla endi esa qolgan rasmlarni ham o’zingiz istagan ranglarga bo’yashingiz mumkin, qushlar, bolalar va uyni
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni bajargan ishlari uchun rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantiriladi
Xulosa
Bolalar labirintlar haqida tushunchaga ega bo’ldilar va ularning yechimini topishni o’rganib oldilar
Bolalar bilimini sinash va mustahkamlash uchun savollar:
Labirint so’zining ma’nosini ayting.
Labirintlarning yechimini topishda qiynalmadingizmi?
Labirintlarning yechimini ishlash qiziqarli ekanmi?

Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin