4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`qitish yo`llari



Yüklə 258,64 Kb.
səhifə7/26
tarix19.06.2023
ölçüsü258,64 Kb.
#132433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`q

O'qish turlari


Boshlang'ich ta'limda o'qishning uch turidan foydalaniladi:

    1. Ovozli o'qish.

    2. Ichda o'qish.

    3. Shivirlab o'qish. (m.79-b)

Ovozli o'qish ovozga asoslangan o'qish bo'lib, undan ta'lim jarayonida keng foydalaniladi.
Ovozli o'qishning yakka, jo'r va rollarga bo'lib o'qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o'qishning bir shaklidir.
Ichda o'qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o'qiladi.
Shivirlab o'qish yarim ovoz bilan o'qishdir. Malakali kitobxon o'qishning har uch turini bilishi zarur.
Ovozli o'qishning ham, ovozsiz ichda o'qishning ham, shivirlab o'qishning ham o'z qo'tlanish o'rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2-sinf o'quvchilari ichda o'qiganda kam so'z o'qiydi, so'zning ma'nolarini tushunmay qoladi, o'qiganlarining mazmunini to'liq o'zlashtira olmaydilar.
Psixologik izlanishlar shuni ko'rsatadiki, o'qishni endi o'rganayotgan o'quvchilar o'qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham e'tibor qaratganlar. Ikkinchidan, 2-sinf o'quvchilarida o'qish ko'nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o'qish jarayonida ayrim so'zlarni noto'g'ri o'qish natijasida uning ma'nosini tushunmaganlar. Shularni nazarda tutgan holda, 1-2- sinflarda ovozli va shivirlab o'qishdan foydalaniladi.
3 – 4 – sinflarda ovozli o'qish bilan birga ichda o'qishdan ham foydalaniladi. Bu sinflarda ichda o'qish ancha samarali bo'ladi, lekin bunda ichda o'qish mexanik o'qishga aylanmasligi kerak. Ichda o'qish biror maqsadga yo'naltirilishi, ya'ni quyidagicha turli topshiriqlar asosida ichda o'qitilishi lozim:

  • She'rni ichingizda o'qib, ifodali o'qishga tayyorlaning.

  • Ichda o'qing, ma'nosi tushunarsiz so'zlarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing. Lug'atdan foydalanib, ularning ma'nosini izohlashga harakat qiling.

  • Hikoyani ichingizda o'qib, uni qismlarga bo'ling.

  • Ichingizda o'qib, ovoz chiqarib to'g'ri o'qishga tayyorlaning.

  • Ichingizda o'qing. Tabiatning ko'rinishi tasvirlangan o'rinni toping.

Bu kabi topshiriqlar sinfdan sinfga o'tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o'quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur.
Ichda o'qish quyidagi afzalliklarga ega:

  1. Bir vaqtning o'zida butun sinf o'quvchilari o'qiydi.

  2. O'quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko'nikmalari takomillashadi.

  3. O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida o'zlashtirish darajasini aniqlaydi.

  4. Ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e'tibor kuchayadi.

Ichda o'qishda o'qituvchi o'quvchilar o'qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishni cheklab qo'yadi.
Ovozli o'qishning afzalliklari quyidagilar:

  1. O'qituvchi o'quvchilarning xato va kamchiliklarini, o'qish ko'nikmalarini aniqlay oladi.

  2. Kichik yoshdagi o'quvchilar ovoz chiqarib o'qisalar, matn mazmunini tez

tushunib oladilar.

  1. Ovozli o'qishdan kitobxon estetik zavq oladi.

  2. Ovozli o'qishda ifodalilikka katta e'tibor beriladi.

Ovozli o'qish o'quvchilar lug'atini boyitish va nutqini o'stirishda katta ahamiyatga ega shivirlab (yarim ovozli) o'qish darsning tashkiliy qismlarida, o'qituvchi sinf jurnali bilan mashg'ul paytda yoki o'quvchilarni darsga tayyorlash bosqichlarida o'tkaziladi.
Maktabda o'qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o'qishdan ichda o'qishga o'tilsa, 3-4-sinflarda ichda o'qishdan ovozli o'qishga o'tiladi. 3-4-sinflarda o'qish turlaridan foydalanishda chegara qo'yilmaydi.
Boshlang'ich sinflarda o'qishning hamma turiga bir xil talab qo'yiladi, ya'ni o'qish to'g'ri bo'lishi, tez, ongli va ifodali bo'lishi zarur.
“Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim sohasida olib boriladigan ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi. Ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga doir tajribalar to’planmoqda va yaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda ham dars o’tish jarayonini takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o’qish darsida ayrim mavzular yuqoridagi usullarda bayon qilinsa, bu mavzu materiallari o’quvchilar tomonidan osonlikcha o’zlashtirib olinadi.

    1. Yüklə 258,64 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin