2.1. 4-sinf o'quvchilarini chizish va yasashga doir masalalar bilan tanishtirish.
Boshlang'ich sinf matematika kursi mazmuniga qo'yilgan talablarning amalga oshirilishi, butunicha o'qitilishning tashkil etilishiga va o'qitish metodlariga bogʻliq. Matematika kursida bolalar son, o'lchash, fazoviy figura kabi mavhum tushunchalarni uchratadilar. Lekin bu tushuncha bizni o'rab turgan atrof-muhitning predmetlari va hodisalari o'rtasida boʻlgan real munosabatlarni aks ettirish sifatida yuzaga keladi. Matematika mavhum boʻlishiga qaramasdan, u borliq va ong, tabiat va fan orasidagi aloqalarni ochib beradi. Mamlakatimizning eng ilg'or o'qituvchilarining ish tajribalarini, pedagogika fani yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan asarda bunday deyiladi: "Matematika fani bilan shug'ullanish bolalarga ilmiy dunyoqarashning ko'p asoslarini shakllantirishga, ularning bilimi, qobiliyatlarini o'stirishga va ko'pgina yaxshi xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Shu bilan birga o'quvchilarning ilmiy fikrlash malakasini shakllantirilishi, alohida o'qitish metodlarini shakllanishi ko'zda tutiladi".
Matematika tushunchalarini o'quvchilarning shaxsiy tajribalari asosida shakllantirish, o'qitish metodlariga qo'yiladigan birinchi shart, birinchi talab boʻlib, undan o'qitish jarayonini turmush bilan, o'quvchilarning amaliy faoliyati bilan bogʻliq boʻlish prinsipi kelib chiqadi. O'qitishning turmush bilan bogʻlanishini faqat o'qituvchining so'zidagina ko'rsatib qolmasdan, balki o'qituvchi o'quvchilaming matematika oʻrganish jarayonidagi butun amaliy faoliyatlarida ko'rsatib berishi lozim. Shu sababli oʻqituvchi sistematik olib boriladigan mustaqil ishlar bilan matematik bilimlar haqiqatan hal etishga yordam berishini o'quvchilarga isbotlab berish lozim, bu rivojlantiruvchi ta'limning ikkinchi shartidir.
O'quvchilarning nazariya va amaliyot yuzasidan bog'lanishlarning murakkabligini anglab olishlari, chizish va yasash darslari deyilganda odamda, o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan o'quv predmeti toʻliq va chuqur o'zlashtirishga hamda oʻrganilayotgan obyektlar va hodisalar haqida o'quvchilarda aniq tasavvur hosil qilishga imkon beradigan mustaqil ishlar tushuniladi.
Geometriyada chizish va yasash darslari deganda o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida oʻtkaziladigan o'quv predmetlarini toʻliq va chuqur o'zlashtirishiga, aniq tasavvurlar hosil qilishiga imkon beradigan mustaqil ishlar tushuniladi.
Geometriyadan chizish va yasash darslari o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligidagi o'qish faoliyatining ko'rinishlaridan biridir. Bunday o'qish jarayonida geometrik shakllarni konstruksiyalash hamda yasash, hosil bo'lgan figuralar va ular orasidagi munosabatlarni o'quv, nazariy va amaliy tadqiqot yo'li bilan o'rganiladi. Chizish va yasash darslari o'quvchilarning formulalar va ular orqali miqdoriy munosabatlarni o'zlashtirishlariga, olingan bilimlarni turli amaliy va nazariy masalalami hal etishga tadbiq qila olishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Chizish va yasash darslari ta'lim berishda prespektiv prinsipni amalga oshirish uchun katta ahamiyatga ega. Bu prinsipning mohiyati boshlang'ich maktabga nisbatan quyidagilardan iborat: geometriya materialini o'rganish vaqtida geometrik figuralar
masalalari hal etishga tadbiq qila olishlariga tjobiy ta'sir ko'rsatadi. Chizish va yasash darslari ta'lim berishda prespektiv prinsipni amalga oshirish uchun katta ahamiyatga ega. Bu prinsipning mohiyati boshlang'ich maktabga nisbatan quyidagilardan iborat: geometriya materialini o'rganish vaqtida geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarini to'plash, geometrik figuralar yasash malakalarini hosil qilsh yo'li bilan navbatdagi sistematik kursni o'rganishga tayyorlaydi.
Darsda o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o'qituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ishdir. Chizish va yasash darslari o'qitishning Jami ish ritimini buzmasdan differensiallab olib borish imkonini beradi. Chizish va yasash darslari ilgari o'rgatilgan materialni o'tish bilan birga olib boriladi. Geometrik tasavvurlami toʻplashga asoslanib navbatdagi mavzularni o'rganish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar vujudga keladi.
Chizish va yasash darslari predmetlararo aloqalarining eng yaxshi vositalaridan biri bo'lib, o'quvchini o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmasini rivojlantiradi va takomillashtiradi, qiziquvchanligi va topqirligini o'stiradi. Matematika chizish va yasash darslarida bogʻlangan maqolalarning ko'pchiligi ham bu ishlarni pedagogika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligini, mamlakatimizda ilg'or pedagogik tajribaning mulki boʻlib kelayotganligi haqida guvohlik berib turibdi. Matematikani maktabda o'qitishda chizish va yasash darslaridan foydalanish g'oyasi, matematika taʼlim ishining mazmun, shakl, metod va Iva turlarida keng aks etmoqda.
Chizish va yasash darslariga o'lchash, hisoblash, chizish, yasash usullarining kompleks qoʻllanilishini talab etadigan barcha ishlar taalluqlidir. Chizish va yasash darslarini uch guruhga bo'lish mumkin: tayyorlov, asosiy va amally Ishlar. Tayyorlov ishlari yordamida yangi materiallarni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan materiallar takrorlanadi, o'qitiladigan mavzu bolalarning kuchi yetadigan tarzda qo'yiladi. Asosiy ishlarni bajarish bilan o'quvchilar o'rganilayotgan figuralarning xususiyatlarini ko'rib chiqadilar va isbot qiladilar. Amaliy ishlarni bajarishdan maqsad topilgan xulosalami amaliy va nazariy masalalarda qo'llashdir. Buning natijasida bolalarning bilimi chuqurlashadi va mustahkamlanadi. Boshlang'ich sinflarda taʼlim berish yo'li o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu yerda, Jumladan, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak, o'quv predmeti mazmunining xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Demak, boshlang'ich maktablarda chizish va yasash darslari o'tkazishning tashkil etilishi ham, texnikasi va metodikasi ham o'ziga xos xususiyatga ega. Chirich vs usesch darslari mavzularini tanlashda uning mazmuniga nishatan bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak, o'quv predmeti mazmunining xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Demak, boshlang'ich maktablarda chizish va yasash darslari o'tkazishning tashkil etilishi ham, texnikasi va metodikasi ham o'ziga xos xususiyatga ega. Chizish va yasash darslari mavzularini tanlashda ularning mazmuniga nisbatan qo'yiladigan mulohazalarga asoslanish mumkin:
1. Chizish va yasash darslari dastur materiali bilan uzviy bog'liq bo'lishi va boshlang'ich matematika o'qitish sistemasidan tashqariga chiqmasligi kerak. 2. O'quvchilarning amaliy ko'nikmalarni o'lchash va yasashga oid qobiliyatlarining shakllanishga iloji boricha to'laroq yordam berish, ularning texnik tayorgarligiga ko'maklashish lozim.
3. Ishlar orasida shundaylari ham boʻlishi lozimki, ular o'quvchilardan faqat geometriyadan tegishli ma'lumotlar va hisobotlarning qo'llanilishini talab qilmasdan, balki maʼlum bo'lgan matematik bilimlami kompleks qo'llanishini talab etsin. Chizish va yasash darslarini o'tkazish metodikasi shunday bo'lishi kerakki, birinchidan, bu ishlarni bajarish kuzatuvchanlikni, gipoteza va taxminlarni ko'p bilishi hamda tekshira bilishni rivojlantirishga, analogiya bo'yicha xato fikrlash va umumlashtirishlarini rad eta olishga, o'quvchilarning bilish qobiliyatlarini o'stirishga tadqiqot xarakteridagi o'quv faoliyatini rivojlantirishga yordam berishi;
Ikkinchidan, ishlaml bajarish, o'lchash, hisoblash malakalarining egallanishiga
yordam berish.
Uchinchidan, bu ishlar o'quvchi topshiriqlarini, mustaqil bajara olish, fikrlash, ekspriment o'tkazish, o'zini qiziqtirayotgan masalalarga mustaqil Javob qilish va xulosa chiqarish, mustaqil ishlarda chizmachilik asboblaridan foydalanish hamda bilimlari amalda qo'llash uchun malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga va mustahkamlashga yordam berish kerak.
Boshlang'ich maktablarda chizish va yasash darslari oʻtkazishni tashkil etish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Geometrik figuralar to'plami bilan ishlayotgan o'quvchilar bu figuralarning ko'p xususiyatlarini qaytaradilar va yana boshqa xususiyatlari bilan tanishadilar. Masalan, kvadratlarni teng to'rt boʻlakka bo'lishda o'quvchilar bu topshiriqni bajarishning Ikkita usuli mavjudligini oson payqaydilar.