Bir bog‘lamli ro‘yhat deb elementlarning shunday tartiblangan ketma-ketligiga aytiladiki, har bir element 2 ta maydonga: informatsion maydon info va ko‘rsatkich maydoni ptr ga ega bo‘ladi (3.2-rasm).
Mazkur ko‘rinishdagi ro‘yhat elementi ko‘rsatkichining o‘ziga xosligi shundan iboratki, u faqatgina ro‘yhatning navbatdagi (o‘zidan keyin keluvchi) elementi adresini ko‘rsatadi. Bir tomonlama yo‘naltirilgan ro‘yhatda eng so‘ngi element ko‘rsatkichi bo‘sh, ya’ni NULL bo‘ladi.
Lst – ro‘yhat boshi ko‘rsatkichi. U ro‘yhatni yagona bir butun sifatida ifodalaydi. Ba’zan ro‘yhat bo‘sh bo‘lishi ham mumkin, ya’ni ro‘yhatda bitta ham element bo‘lmasligi mumkin. Bu holda lst = NULL bo‘ladi. Hozir chiziqli bir bog‘lamli ro‘yhat hosil qilish dasturini ko‘rib chiqsak. Buning uchun biz foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan nostandart toifa yaratib olishimiz kerak. Buning bir qancha usullari mavjud, ya’ni klasslar yoki strukturalar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan,
class Node{ public://klass ma’lumotlariga tashqaridan bo‘ladigan murojaatga ruxsat berish int info; // informatsion maydon Node* next;// ko‘rsatkichli maydon }; Bu yerda biz Node nomli toifa yaratdik va ro‘yhatimiz butun sonlardan iborat. Endi ro‘yhat elementlarini shu toifa orqali e’lon qilsak bo‘ladi, ya’ni
Node *lst = NULL;// ro‘yhat boshi ko‘rsatkichi Node *last = NULL;// ro‘yhatga oxirgi kelib tushgan elementning ko‘rsatkichi Endi shu belgilashlar orqali ro‘yhat hosil qilamiz.
Node * p = new Node; int numb = -1; cout<<"son kiriting: "; cin>>numb; p->info = numb; p->next = NULL; if (lst == NULL) { lst = p; last = p; } else{ last->next = p; last = p; } Bu dasturda yangi element ro‘yhat oxiridan kelib qo‘shiladi.
Bir bog‘lamli ro‘yhatlar ustida amallar bajarish algoritmlari