24-VARIANT (Umumiy 7 ball) Test (4 ball (har bir testga 0,8 ball)) Savol (3 ball) TEST. 1.Moliyaviy bozorlani tarkibiy qismi to’g’ri berilgan javobni belgilang. A) kapital bozor, kredit bozori
B) pul bozori, buyum bozori
C) qimmatli qog’ozlar bozori, pul bozori
D) pul bozori, kapital bozori
2.Aksiyani sotib olish va sotish ……………da amalga oshiriladi. A) fond bozori;
B) pul bozori ;
C) valyuta bozori ;
D) kapital bozori;
3.Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon hamda qay tarzda qarz olingan mablag‘idan foydalanishi kerakligini aniqlashda uy xo’jaliklarini qaysi turidagi qaroridan foydalanadi? A) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;
B) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar;
C) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar;
D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar;
4.Aksiyaning turlari to’g’ri berilgan javobni belgilang. A) imtiyozli, oddiy;
B) belgili, imtiyozli;
C) oddiy, yutuqli;
D) uzoq va qisqa muddatli;
5.Kelgusi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalarni qanday ataymiz? A) resurslari defitsit bo’lgan subyektlar;
B) ortiq mablag’ga ega bo’lgan subyektlar;
C) resurslari avval ortib keyin kamayib ketadigan subyektlar;
D) moliyaviy qaram subyektlar
SAVOL Moliyaviy vositachilar: Banklar va kredit uyushmalari.
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya
bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra
yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan
iborat. Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va
sug‘urta korxonalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga,
boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning
qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy
vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U
ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi. Bunday fondlar o‘z operatsiyalari
masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli
darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli
qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar
oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini 16-rasmdagidek tasavvur etish
mumkin.
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi
hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini
taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan
savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi
banklarni ayirboshlovchilar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banca"
(italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan.
Sababi, ayirboshlovchilar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari deb nomlanadi.